Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmoni bilan boshlangan yer munosabatlari sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish, shuningdek, elektr uzatish tarmoqlari, aloqa liniyalari, gaz, neft, suv va kanalizatsiya quvurlari, temir yo‘l liniyalari, avtomobil yo‘llari, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari va shu kabi boshqa inshootlar (keyingi o‘rinlarda — muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari) uchun yer uchastkalarini ajratish jarayonlarini kompleks huquqiy tartibga solish maqsadida:
temir yo‘l liniyalari va avtomobil yo‘llari, ularning ajratilgan mintaqalari, suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 20-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori asosida doimiy foydalanish huquqi bilan yer uchastkalari ajratiladi;
 LexUZ sharhi
o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi Yer kodeksining 30-moddasiga muvofiq, servitut to‘g‘risidagi kelishuv shaklida, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud qarori bilan rasmiylashtirilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
ishchi organ Suv xo‘jaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va Kadastr agentligi tizimi xodimlari bilan birga joyiga chiqqan holda har bir taklif Yer kodeksining 44 va 45-moddalarida hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rganadi, o‘rganish yakunlari bo‘yicha o‘z xulosasini Hukumat komissiyasiga taqdim etadi;
Hukumat komissiyasining qarori bayon shaklida rasmiylashtiriladi, bayonga Yer kodeksining 9-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va (yoki) Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi ilova qilinadi, bayon va farmoyish loyihasi uni yoqlab ovoz berganlar tomonidan imzolanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/15/0050-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qaroriga 9-ilovada ko‘rsatilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bir oy muddatda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joylashgan foydalanishdagi yer uchastkalarining, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qarorlarda nazarda tutilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joylashadigan yer uchastkalarining yer fondi toifasini o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni Hukumat komissiyasining ishchi organiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbir nomi

Chora-tadbirning asosiy mazmuni

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

I. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) institutini yanada rivojlantirish

1.

O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvning namunaviy shaklini takomillashtirish.

1. Servitut turlari bo‘yicha, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini o‘tkazish uchun servitut to‘g‘risidagi kelishuvning shaklini ishlab chiqish.

2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha loyiha ishlab chiqish va kelishish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil 1-iyun

Kadastr agentligi,

Adliya vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi

3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 10-iyun

2.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini o‘tkazish uchun servitut to‘g‘risida kelishuv tuzish amaliyotini keng joriy etish.

1. Balansda saqlovchi tashkilotga ajratilmagan yerlardan o‘tgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini xatlovdan o‘tkazish, ularning manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-iyul

Energetika vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

2. Servitut to‘g‘risidagi kelishuv loyihalarini tayyorlash va huquq egalariga yetkazish.

2022-yil 1-sentabr

3. Taraflarning roziligiga ko‘ra servitut to‘g‘risidagi kelishuvlarni rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Doimiy ravishda

4. Kelishuvga erishilmagan obyektlar bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritish.

Doimiy ravishda

3.

Servitut institutini qo‘llashni yanada kengaytirish.

1. Servitut institutini qo‘llash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba va milliy amaliyotni o‘rganish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil 1-iyul

Adliya vazirligi,

Kadastr agentligi,

TDYUU

2. Servitut institutiga doir qoidalarni yanada kengaytirish, shu jumladan “ommav?y servitut” (“public servitude”) tushunchasini Yer kodeksi, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga kiritish bo‘yicha loyihalar tayyorlash.

2022-yil 1-avgust

3. Loyihalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-sentabr

II. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining hisobi va davlat kadastrini yuritish tartibini takomillashtirish

4.

Ichimlik va oqova suv quvurlari davlat kadastrini yuritishni joriy etish (yangi tur yoki mavjud kadastrlardan birining qismi).

1. Ichimlik va oqova suv quvurlari hisobini yuritish tizimini tahlil qilish.

2. Ichimlik va oqova suv quvurlari davlat kadastrini yuritish tartibini ishlab chiqish, moliyalashtirish manbalarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil 1-iyul

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

“O‘zsuvta’minot” AJ,

Qurilish vazirligi,

Kadastr agentligi

5.

Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etilayotgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari haqidagi davlat kadastrlari ma’lumotlarining tarkibini kengaytirish.

1. Suv, shaharsozlik, transport quvurlari, aloqa obyektlari, energetika obyektlari va boshqa davlat kadastrlarida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari haqidagi ma’lumotlar tarkibini tahlil qilish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil 1-iyun

Kadastr agentligi, davlat kadastrlarini yuritish majburiyati yuklatilgan vazirlik va idoralar

2. Davlat kadastrlarini yuritish tartibi haqidagi nizomlar hamda Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlarining tarkibini kengaytirish.

2022-yil 1-iyul

III. Doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yer uchastkalaridan foydalanish sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirish

6.

Doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yerlarni boshqa tashkilotlarga ijaraga berish amaliyotini tahlil qilish va takomillashtirish.

1. Doimiy foydalanishga berilgan yerlarni boshqa tashkilotlarga ijaraga berish tartibini ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumotlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil 1-iyun

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Adliya vazirligi,

Energetika vazirligi,

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

2. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yer uchastkalarini boshqarish sohasidagi faoliyatini tahlil qilish.

2022-yil 20-iyun

3. Qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-avgust

7.

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun amalda foydalanib kelinayotgan yer uchastkalarini soddalashtirilgan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berish tartibini belgilash.

1. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan, ko‘p kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini doimiy foydalanish uchun ajratish, ushbu yerlarda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini tahlil qilish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil 1-may

Kadastr agentligi,

Adliya vazirligi,

Qurilish vazirligi

2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish.

2022-yil 1-iyun

8.

Doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan va boshqa tashkilotlarga ijaraga berilgan yerlarga soliq solish tartibini takomillashtirish.

1. Budjet tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan hamda ular tomonidan tijorat va notijorat tashkilotlarga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan yer solig‘ini undirish amaliyotini tahlil qilish.

O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi

2022-yil 1-may

Moliya vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Energetika vazirligi

2. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari obyektlarini balansda saqlovchi tashkilotlarga berilgan soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish.

2022-yil 20-may

3. Budjet tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan va ular tomonidan tijorat va notijorat tashkilotlarga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan soliq undirish, ushbu holatda ijaraga beruvchi yoki ijaraga oluvchi uchun berilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibini aniqlashtirish bo‘yicha Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida takliflar tayyorlash.

2022-yil 1-iyun

4. Loyihani kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-iyul

9.

Yer uchastkalari ijarasi turlarini tasniflash, ularning xususiyatlarini aniq belgilash.

1. Yer uchastkalari ijarasi sohasida ilg‘or xorijiy tajriba va milliy amaliyotni o‘rganish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil 1-may

Adliya vazirligi,

Kadastr agentligi

2. Yer kodeksi, Fuqarolik kodeksi, “Ijara to‘g‘risida”gi, “Garov reyestri to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2022-yil 1-sentabr

10.

Hokimlar tomonidan qurilishga ruxsat berish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish amaliyotini o‘rganish.

1. “E-qaror” tizimi orqali qurilishga ruxsat berish to‘g‘risidagi qarorlarni tahlil qilish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil 1-iyun

Adliya vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Kadastr agentligi

2. Ushbu qarorlarni qabul qilish zaruratini o‘rganish, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

2022-yil 1-iyul

11.

Hokimlar tomonidan xo‘jaliklararo yer tuzish loyihasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish amaliyotini o‘rganish.

1. “E-qaror” tizimi orqali xo‘jaliklararo yer tuzish loyihasini tasdiqlash haqidagi qarorlarni tahlil qilish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil 1-iyun

Kadastr agentligi, Adliya vazirligi

2. Ushbu qarorlarni qabul qilish zaruratini o‘rganish, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

2022-yil 1-iyul

12.

Ko‘p kvartirali uylar mulkdorlariga yer uchastkalarini doimiy foydalanishga ajratishning xususiyatlarini aniq belgilash.

1. Foydalanishga topshirilgan ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni ularning mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish xususiyatlarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil 1-iyun

Kadastr agentligi,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Adliya vazirligi

2. Ko‘p kvartirali uy foydalanishga qabul qilinganidan keyin yer uchastkasiga bo‘lgan huquq quruvchidan uy-joy mulkdorlariga o‘tishining xususiyatlarini belgilash.

2022-yil 1-iyul

IV. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun zarur yer uchastkalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilash

13.

Avtomobil yo‘llariga ajratilgan mintaqa uchun zarur yer uchastkalarini aniqlash, yo‘l bo‘yi mintaqasini belgilash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash.

1. Ilg‘or xorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ushbu Nizom loyihasini ishlab chiqish, loyihada avtomobil yo‘llari bo‘ylab va ularning muhofaza zonalarida boshqa turdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini o‘tkazish tartibini ham nazarda tutish.

Transport vazirining buyrug‘i

2022-yil 1-iyun

Transport vazirligi,

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi,

Qurilish vazirligi,

Kadastr agentligi,

Adliya vazirligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va qabul qilish.

2022-yil 1-iyul

3. Hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2022-yil 1-avgust

14.

Muhofaza zonalari va ajratilgan mintaqa chegaralarida temir yo‘l transporti yerlarining o‘lchamini belgilash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash.

1. Ilg‘or xorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ushbu Nizom loyihasini ishlab chiqish, loyihada temir yo‘l tarmoqlari bo‘ylab va ularning muhofaza zonalarida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini o‘tkazish tartibini ham nazarda tutish.

Transport vazirining buyrug‘i

2022-yil 1-iyun

Transport vazirligi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

Qurilish vazirligi,

Kadastr agentligi,

Adliya vazirligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va qabul qilish.

2022-yil 1-iyul

3. Hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2022-yil 1-avgust

15.

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomni takomillashtirish.

1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha loyiha ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2022-yil 1-iyun

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Kadastr agentligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2022-yil 1-iyul

3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-avgust

16.

Elektr uzatish tarmoqlari uchun zarur yer uchastkalarini aniqlash, ularning muhofaza zonalarini belgilash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash.

1. Ilg‘or xorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ushbu Nizom loyihasini ishlab chiqish, loyihada mazkur turdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan hamda servitut belgilanadigan holatlarni aniqlash.

Energetika vazirining buyrug‘i

2022-yil 1-iyun

Energetika vazirligi,

“O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ,

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,

Qurilish vazirligi,

Kadastr agentligi,

Adliya vazirligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va qabul qilish.

2022-yil 1-iyul

3. Hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2022-yil 1-avgust

17.

Aloqa liniyalari, radiorele va mobil aloqa tayanch stansiyalari hamda antenna machta inshootlari uchun zarur yer uchastkalarini aniqlash, ularning muhofaza zonalarini belgilash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash.

1. Ilg‘or xorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ushbu Nizom loyihasini ishlab chiqish, loyihada mazkur turdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan hamda servitut belgilanadigan holatlarni aniqlash.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining buyrug‘i

2022-yil 1-iyun

Axborot texnologiyalari vazirligi,

“O‘zbektelekom” AK,

Qurilish vazirligi,

Kadastr agentligi,

Adliya vazirligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va qabul qilish.

2022-yil 1-iyul

3. Hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2022-yil 1-avgust

18.

Gaz va neft quvurlari uchun zarur yer uchastkalarini aniqlash, ularning muhofaza zonalarini belgilash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash.

1. Ilg‘or xorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ushbu Nizom loyihasini ishlab chiqish, loyihada mazkur turdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan hamda servitut belgilanadigan holatlarni aniqlash.

Energetika vazirining buyrug‘i

2022-yil 1-iyun

Energetika vazirligi,

“O‘ztransgaz” AJ,

“Hududgazta’minot” AJ,

“O‘zbekneftgaz” AJ,

Qurilish vazirligi,

Kadastr agentligi,

Adliya vazirligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va qabul qilish.

2022-yil 1-iyul

3. Hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2022-yil 1-avgust

19.

Suv va kanalizatsiya quvurlari uchun zarur yer uchastkalarini aniqlash, ularning muhofaza zonalarini belgilash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash.

1. Ilg‘or xorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ushbu Nizom loyihasini ishlab chiqish, loyihada mazkur turdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan hamda servitut belgilanadigan holatlarni aniqlash.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining buyrug‘i

2022-yil 1-iyun

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

“O‘zsuvta’minot” AJ,

Qurilish vazirligi,

Kadastr agentligi,

Adliya vazirligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va qabul qilish.

2022-yil 1-iyul

3. Hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2022-yil 1-avgust

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PQ-78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 07/23/78/0112-son)
a) 1 — 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 10-11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 13-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
e) Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
j) Nizomga 2-ilovaning 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
z) Nizomga 5-ilovaning 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 7-bandning “a” kichik bandidagi “mulkdorlar yoki boshqaruvchilarga” so‘zlari “mulkdorlarga” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovaning 11-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar nomi” ustunidan “yoki boshqaruvchilari” so‘zlari chiqarib tashlansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi