Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 16.02.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-sentabrdagi PF-6314-son Farmoniga muvofiq Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil) tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish jarayonlarini muvofiqlashtirish va ularning ochiqligini ta’minlash, shuningdek, davlat nazorati funksiyalari, majburiy talablar va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega mansabdor shaxslarning elektron reyestrlarini yuritish imkonini beruvchi “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi ishga tushirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni.
6. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-sentabrdagi PF-6314-son Farmoni talablariga muvofiq, “Yagona davlat nazorati” tizimida davlat nazorati funksiyalari, majburiy talablar, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega mansabdor shaxslarning elektron reyestrlari lozim darajada (dolzarb) va barcha uchun ochiq holatda yuritilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-110-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi PF-125-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 06/23/125/0553-son)
12. Ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar va tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari, tadbirkorlik subyektlari uchun profilaktika tadbirlari o‘tkazilganligi bo‘yicha tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari va (yoki) ma’lumotlar hamda tekshiruv dasturi buyurtmaga ilova sifatida Axborot tizimiga kiritiladi.
Tekshiruv dasturi ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan asoslar doirasida tuzilishi va nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlanishi shart.
Buyruqda (qarorda, farmoyishda) tekshiruv o‘tkazish uchun mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan asoslarning biri, nazorat qiluvchi organning tekshiruvda ishtirok etadigan mas’ul xodimlari tarkibi, tekshiriladigan tadbirkorlik subyektining nomi (filiali yoki shoxobchasi), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, manzili, tekshiruv maqsadi, muddati, tekshiriladigan faoliyat davri va tekshiruv Axborot tizimida ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi tekshiruv kodi ko‘rsatiladi hamda tekshiruv dasturi ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi PF-125-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 06/23/125/0553-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi PF-125-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 06/23/125/0553-son)
22. Nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxslari Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirishdan bosh tortgan taqdirda yoki mazkur Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘liq taqdim etmagan hamda tekshiruvga nazorat qiluvchi organning buyrug‘ida (qarori, farmoyishi) ko‘rsatilmagan boshqa shaxslarni jalb etish holatlarida, tekshiruvga shartnoma asosida auditorlik tashkilotlari va (yoki) ekspertlarni jalb etish holatlari bundan mustasno, tadbirkorlik subyekti tekshiruv o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda ushbu holat haqida vakolatli organga, Savdo-sanoat palatasiga va prokuratura organlariga xabar berishga haqli.
Nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxslari tekshiruv boshlanishidan oldin tadbirkorlik subyekti rahbariga (rahbar vazifasini bajaruvchi shaxsga) mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslarni tekshiruvda ishtirok etishga jalb qilish huquqini tushuntiradi hamda bu haqda tadbirkorlik subyekti rahbari (rahbar vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan tekshiruv o‘tkazishga asos bo‘lgan hujjatlar nusxalari olinganligini tasdiqlovchi tilxatda ma’lumot qayd etiladi.
Tadbirkorlik subyekti tomonidan ma’lum qilingan mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslarning tekshiruvda ishtirok etish uchun yetib kelmasligi tekshiruv o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Vakolatli organni xabardor etgan holda tekshiruvlarni o‘tkazish ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan asoslar va tartib bo‘yicha ham tashabbus qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(47-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi PF-125-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 06/23/125/0553-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi