Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida

1-ILOVA
Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Noruda materiallar noqonuniy qazib olinganligi oqibatida tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni aniqlash tartibi

3-bob. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash usullari

1-§. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda keng tarqalgan foydali qazilmalarga yetkazilgan zararni hisoblash

2-§. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda ifloslantiruvchi moddalarning suv obyektlariga va joylarning relyefiga oqizib yuborilishi oqibatida yetkazilgan zararni hisoblash

4-bob. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni qoplash va undirish tartibi

5-bob. Yakunlovchi qoida

ILOVA
Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash SXEMASI

2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha

Hujjat 24.11.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddatlar

1-bosqich

Maxsus vakolatli organ

Qonun buzilishi holati bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘lganda, nazorat qiluvchi organ tomonidan o‘tkazilgan “Xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan holda yoki xabardor etish tartibida tekshirishlar o‘tkaziladi.

1 kundan 10 kungacha

2-bosqich

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Inson salomatligiga yoki hayotiga, tabiiy resurslarga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zararli ta’sir etgan yoki bunday ta’sir etish xavfi tug‘ilgan taqdirda, korxonalar, tashkilotlarning faoliyatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish haqida qaror qabul qiladi.

Holat aniqlanganda

3-bosqich

Maxsus vakolatli organ

1. Zaruratdan kelib chiqib yetkazilgan zararni aniqlashda ixtisoslashgan korxona va tashkilotlarni, ilmiy-tadqiqot muassasalarini, qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan yoki texnik jihatdan muvofiqligi ma’qullangan yoxud malakalanganligi rasman tasdiqlangan laboratoriyalarni, shuningdek, malakali ekpertlarni jalb etadi.

5 ish kunida

2. To‘plangan ma’lumotlar asosida tabiiy obyektlarga yetkazilgan zarar miqdorini hisoblaydi.

2 ish kunida

4-bosqich

Maxsus vakolatli organ

1. Tekshirishlar natijalarini dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi va tegishli ko‘rsatmalar beradi.

Tekshirish yakunlangan kun

2. Tekshirish dalolatnomasining bir nusxasini tadbirkorlik subyektiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboradi.

Dalolatnoma tuzilgan kundan keyingi ish kuni

5-bosqich

Maxsus vakolatli organ

Tabiiy obyektlarga zarar yetkazish natijasida jinoyat alomatlari aniqlansa, to‘plangan hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboradi.

3 ish kunida

1. 2-pozitsiyaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

2.

Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi)

Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishida aybdor bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslardan ma’muriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar va pul mablag‘lari, hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarimalar va pul mablag‘lari bundan mustasno

74

Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzganlik va atrof muhit obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun chet el fuqarolari, shuningdek, �oshqa davlatlarning yuridik shaxslaridan ma’muriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar va pul mablag‘lari, hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarimalar va pul mablag‘lari bundan mustasno

74

Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari

74

Ifloslantiruvchi moddalar avariya tufayli ko‘plab chiqarib tashlanishi (oqova oqizish, chiqindilarni joylashtirish) tufayli atrof muhitga yetkazilgan zarar uchun tabiatdan foydalanuvchilardan undiriladigan mablag‘lar va jarimalar

74

davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesganlik uchun to‘lov

74

tabiiy resurslardan hamda ulardan olinadigan xomashyodan me’yoridan ortiqcha va nokompleks foydalanganlik (nobud qilganlik) uchun tabiatdan foydalanuvchilar to‘lovlari

40

xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat natijasida atrof tabiiy muhit obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun tabiatdan foydalanuvchilardan undiriladigan mablag‘lar

40

”.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi