Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 31.01.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti tashkil etilganligi munosabati bilan sohaga oid ayrim qonunchilik hujjatlarini o‘zaro muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan Temir yo‘l vokzallarida (stansiyalarda) yo‘lovchilar va boshqa shaxslarni, qo‘l yukini, bagajni ko‘zdan kechirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi, 4-bandi oltinchi xatboshisi va 8-bandi “d” kichik bandidagi “Ichki ishlar vazirligining Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 727-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidagi “Ichki ishlar vazirligining Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-noyabrdagi 939-son qarorining 6-bandi beshinchi xatboshisidagi “Ichki ishlar vazirligining Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasiga” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentining Xavfsiz turizm boshqarmasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 669-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidagi “Ichki ishlar vazirligining Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentining Xavfsiz turizm boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Ichki ishlar vazirligining Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi