Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-13-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2024-y., 07/24/13/0013-son)
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan to‘lovlar respublika budjetining daromadlar qismida qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishga rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-225-son qarori doirasida Agentlikning Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga 12 oy muddatga, shu jumladan 11 oylik imtiyozli davr bilan, 2023-yilda 400 milliard so‘m (birinchi yarim yillikda 200 mlrd so‘m) budjet ssudasini yillik 10 foiz stavkada ajratsin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Suv xo‘jaligi vazirligi, Vazirlik 2023-yilda 3-ilovada keltirilgan prognoz ko‘rsatkichlariga muvofiq 100,4 ming gektar yer maydonlarining qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritilishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-13-son qaroriga asosan 6 — 8-bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2024-y., 07/24/13/0013-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash

1.

“Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasida quyidagilarni nazarda tutish:

oziq-ovqat xavfsizligi v� sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash, yer va suv resurslari, ekologik va moliyaviy boshqaruv tizimlarini takomillashtirish;

samarali bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, shu jumladan strategik mahsulotlar zaxirasini yaratish;

yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni boshqarishda oldindan ogohlantirish va monitoring platformasini yaratish;

ijtimoiy himoyaning milliy tizimlarini takomillashtirish va barqarorligini ta’minlash;

oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi darajasini yaxshilash uchun sog‘lom ovqatlanish tamoyillarini hamda xavfsizlikni ta’minlash amaliyotlari va ko‘rsatkich me’yorlarini targ‘ib qilishni ko‘zda tutish.

Loyihani manfaatdor vazirlik idoralar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2.

Boshoqli don hosildorligini o‘rtacha 68 sentnerga yetkazish.

1. Hududlarning ob-havo sharoitidan kelib chiqib, azotli mineral o‘g‘itlar bilan tabaqalashtirilgan holda oziqlantirishni tashkil etish.

2. Begona o‘t, zang va boshqa kasalliklar hamda zararkunanda hasharotlarga qarshi tizimli chora-tadbirlar ko‘rish.

3. 100 ming ga g‘alla maydonlarini lazerli yer tekislash, 184 ming ga g‘allani zamonaviy seyalkada ekishni tashkil etish.

4. Yangi ertapishar, don sifat ko‘rsatkichlari va hosildorligi yuqori bo‘lgan navlar maydonini 585 ming gektarga kengaytirish.

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va mahsulot yetishtiruvchi subyektlar mablag‘lari, bank kreditlari

2023-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

3.

Yuqori avlodli urug‘lik kartoshka yetishtirishni yo‘lga qo‘yish.

1. Super va super elita urug‘lik kartoshka yetishtirishni yo‘lga qo‘yish uchun boshlang‘ich material sifatida yuqori hosildorlikka ega, sifat ko‘rsatkichlari yaxshi, kasallikka chidamli, davlat reyestriga kiritilgan kartoshka navlarini tanlash.

Tashabbuskorlar mablag‘lari, bank kreditlari, XMI mablag‘lari

2023-yil aprel-may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, viloyatlar hokimliklari

2. Mavjud 5 ta “in-vitro” laboratoriyalari tomonidan yetishtirilgan kartoshka o‘simligidan maxsus issiqxonalarda va ochiq joylarda yil yakuniga qadar 23 mln dona super va super elita urug‘lik yetishtirishni yo‘lga qo‘yish.

2023-yil oktyabr-noyabr

3. Super va super elita urug‘lik kartoshka yetishtirish bo‘yicha joylarda ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazish va doimiy ravishda nazorat o‘rnatish.

doimiy

4. Urug‘lik kartoshka ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlar olib borilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritish.

mavsum davomida

4.

Respublikadagi mavjud “in-vitro” laboratoriyalarida meva va uzumning sifatli ko‘chatlarini ko‘paytirish.

1. Respublikada mavjud meva-uzum ko‘chatchiligiga ixtisoslashgan 9 ta “in-vitro” laboratoriyalarida virusdan holi bo‘lgan 8 mln dona ko‘chatlar, payvandtaglar va o‘simliklar tayyorlash.

2. Ko‘chatchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarning ochiq va yopiq maxsus dala maydonlarida laboratoriyada yetishtirilgan o‘simliklarni ekish va parvarishlash ishlarini tashkil etish.

3. Xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘larini jalb etish.

Tashabbuskorlar mablag‘lari, bank kreditlari, XMI mablag‘lari

2023-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

5.

Meva (danakli, yong‘oq mevali, anor) va uzum yetishtirishni ko‘paytirish uchun yangi mevali bog‘ va uzumzorlar barpo etish.

1. Hududlarda 25 ming gektar bog‘lar va 35 ming gektar uzumzorlar barpo etish.

2. Talab etiladigan ko‘chatlar va boshqa moddiy resurslarni yetkazib berish choralarini ko‘rish.

3. Iqtisodiy samara bermayotgan 8 ming gektar yaroqsiz bog‘ va 3,5 ming gektar yaroqsiz uzumzorlarni rekonstruksiya qilish.

4. Yerosti suvlarining zaxirasi va tarkibini o‘rganish, barpo etiladigan intensiv bog‘lar uchun sug‘orish tizimini (tik quduqlar burg‘ilash) joriy qilish.

5. Tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy qilingan subyektlarga amaliy yordam berish.

Tashabbuskorlar mablag‘lari, bank kreditlari, XMI mablag‘lari

2023-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi, “Agroservis operator” DUK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

6.

Asosiy maydonlarda chorva ozuqasi ekinlari ulushini 12 foizga yet�azish.

1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga qarashli 200 gektar hamda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutiga tegishli 12,5 gektar maydonlarda ozuqabop ekinlardan makkajo‘xori, lavlagi va oraliq ekinlarning elita va super elita urug‘larini yetishtirishni yo‘lga qo‘yish.

2. Etishtirilgan urug‘larni chorvachilik subyektlariga yetkazib berish.

3. Chorva ozuqa maydonini 430 ming gektarga yetkazish.

Bunda, bahor va kuz mavsumida 206 ming gektar paxta va g‘alla maydonlarida almashlab (beda va boshqa ozuqabop) ekishni 10 foizga yetkazish.

Mazkur maydonlarning har gektaridan o‘rtacha 300 sentner hosil olish va 12,5 mln tonna ozuqabop mahsulotlar yetishtirish.

4. Asosiy maydonlarga ekilgan bahorgi makkajo‘xoridan bo‘shagan maydonlarning 102,2 ming gektariga oraliq ekinlar ekish.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari, shu jumladan bank kreditlari

2023-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

7.

Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini 3,8 foizga oshirish.

Chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish va mahsuldorligini oshirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish. Bunda:

1. 1 900 ta chorvachilik loyihalarini ishga tushirish hamda 250 ta chorvachilik subyektlarini “Naslchilik toifasi”ga o‘tkazish.

2. Sun’iy urug‘lantirishga jalb etilgan 3 ming nafar texnik oseminatorlardan (urug‘lantiruvchilar) 15 foizining bosqichma-bosqich malakasini oshirish.

3. Yirik shoxli qoramol bosh sonini 14,7 mln boshga, qo‘y-echkilarni 24,3 mln boshga, parranda bosh sonini 100,1 mln boshga yetkazish.

Xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

8.

Aholi jon boshiga go‘sht (tirik vaznda) ishlab chiqarish 48 kg, sut ishlab chiqarish 340 l, tuxum ishlab chiqarish 230 dona va baliq ishlab chiqarishni 9 kgga yetkazish choralarini ko‘rish.

1. Aholi jon boshiga zarur bo‘ladigan go‘sht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha (Qoramolchilik, qo‘ychilik, parrandachilik, yilqichilik, tuyachilik, baliqchilik) yangi loyihalar ishga tushirilishini ta’minlash.

2. Barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikda naslni yaxshilash, to‘la qiymatli oziqlantirishni qo‘llash va saqlash sharoitlarini yaxshilash orqali go‘sht ishlab chiqarishni 2,8 mln tonnaga, sut ishlab chiqarishni 12,3 mln tonnaga, tuxum ishlab chiqarishni 8,7 mlrdga hamda baliq yetishtirishni 400 ming tonnaga yetkazish.

Xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, respublika tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

9.

Pillachilikda yillik o‘sish sur’atlarini kamida 6 foizga yetkazish hamda ipak qurti ozuqa bazasini mustahkamlash.

1. Pillachilik mavsumlarida 443,5 ming quti ipak qurti parvarishlash hamda 25,7 ming tonna pilla ishlab chiqarish.

2. Ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida jami 123,8 mln tup tut ko‘chatlari ekish ishlarini tashkil etish.

3. 3,1 trln so‘mlik ipak mahsulotlari ishlab chiqarish, yillik prognoz o‘sishni ta’minlash.

Xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari kreditlari va tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

10.

Cho‘l-yaylov o‘simliklari urug‘chiligini rivojlantirish.

1. Birlamchi urug‘chilik yetishtirish uchun yer maydonlarini tanlash.

2. 3,6 ming gektar yaylov maydonlariga cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklarining birlamchi urug‘chiligini tashkil qilish.

3. Mavjud cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklari urug‘chilik maydonlari hisobidan 15 turdagi 42 tn cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklari urug‘i zaxirasini yaratish.

Tijorat banklari kreditlari va tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

11.

Parrandachilik yo‘nalishida naslchilikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish.

Parrandachilik yo‘nalishidagi 281 ta loyihani amalga oshirish.

Bunda, parrandachilik yo‘nalishida naslchilik xo‘jaliklari sonini 52 taga yetkazish;

inkubatsion tuxum ishlab chiqarishni 290 mln donaga yetkazish.

Xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

“Parrandasanoat” uyushmasi, respublika tijorat banklari, Qoraqa�pog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

12.

Baliqchilikni rivojlantirish va baliq yetishtirish hajmini ko‘paytirish.

Baliqchilikni rivojlantirish va baliq yetishtirish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash.

Bunda, hududlardagi hosildorligi past bo‘lgan sun’iy suv havzalarini bosqichma-bosqich intensivlashtirish va baliq yetishtirish hosildorligini 4-5 barobarga oshirish;

3 ta oqsilga boy omuxta yem ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish;

ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 7 ta baliq lichinkalarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy inkubatsiya sexlari va reproduktor havzalar barpo etish.

Xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlar mablag‘i

2023-yil davomida

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, respublika tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari.

13.

Asalarichilikni rivojlantirish va asal yetishtirishni ko‘paytirish.

1. 2023-yilda asalari oilalari sonini 1,4 mln donaga yetkazish va 31 ming tonna asal yetishtirish.

2. Asalari paketlari eksportini 350 ming donaga yetkazish.

Bank kreditlari va tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

II. Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish

14.

“Qishloq xo‘jaligi kooperativi” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qilish.

1. “Qishloq xo‘jaligi kooperativi” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

3. Qonunning qabul qilinishini ta’minlash.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil sentyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi

15.

Oziq-ovqat tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish maqsadida import o‘rnini bosuvchi 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish choralarini ko‘rish.

1. Oziq-ovqat sanoati uchun xomashyo bazasini bosqichma-bosqich kengaytirish.

Bunda, qayta ishlash quvvatlarini meva-sabzavotda 3,2 mln tonnaga, sutda 3 mln tonnaga va go‘shtda 450 ming tonnaga yetkazish;

qayta ishlash darajasini meva-sabzavotda 18 foizga, go‘shtda 22 foizga, sutda 28 foizga yetkazish choralarini ko‘rish.

2. Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi tomonidan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat import m�hsulotlarini respublikada ishlab chiqarish va ko‘paytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.

Hisob-kitoblar asosida

2023-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

16.

Hududlarda 10 ta agrologistika markazlari va 41 ta sovitkichli sig‘imlarni tashkil etish.

1. Respublika hududlarida tashkil etiladigan agrologistika markazlari va saqlash korxonalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

Tashabbuskorlar o‘z mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar va bank kreditlari

2023-yil aprel

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Amalga oshiriladigan loyihalarda investitsiya mablag‘larining o‘zlashtirilishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha oylik monitoring o‘rnatish.

3. Loyihalarni ishga tushirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni o‘rganish va bartaraf etish choralarini ko‘rib borish.

2023-yil davomida

17.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini 1,6 mlrd dollarga yetkazish.

1. Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan yirik savdo tarmoqlari ro‘yxatini va buyurtmalar portfelini shakllantirish.

2. Asosiy turdagi meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlardagi narx-navo konyunkturasini tahlil qilish.

3. 2,5 mln tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish.

4. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalariga xalqaro standartlar (Organic, Global G.A.P. va boshqalar) talablarini joriy qilish.

5. GSP+ doirasida mahsulotlar eksporti hajmini 2 barobarga oshirish.

6. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va ishlab chiqaruvchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va eksport geografiyasini oshirish.

Davlat budjeti va tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

18.

Umumiy oziq-ovqat mahsulotlarining eksport hajmida qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulushini 30 foizdan 37 foizga yetkazish choralarini ko‘rish.

1. Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar (Yevropa va Yaqin Sharq davlatlari, Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Latviya, Koreya, BAA, Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Xitoy va boshqalar) tomonidan yirik savdo tarmoqlari ro‘yxatini va buyurtmalar portfelini shakllantirish.

2. Oziq-ovqat mahsulotlarining tashqi bozorlardagi narx-navo konyunkturasini tahlil qilib borish.

3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

Davlat budjeti va tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

19.

Qishloq xo‘jaligida har gektar sug‘oriladigan erdan olinadigan o‘rtacha daromadni 4,8 ming AQSh dollariga yetkazish.

1. Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali paxta, g‘alla, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish va daromadni oshirish.

2. Meva-uzumchilikda “in-vitro” laboratoriyalarida 8 mln dona sertifikatlangan ko‘chatlarni ko‘paytirish uchun 4 gektar issiqxonalar tashkil etish.

3. Sabzavotchilikda 28,2 ming gektarda intensiv usulda mahsulot yetishtirishni tashkil etish.

4. G‘alladan bo‘shagan 783 ming gektar ekin maydonlarida takroriy ekinlarni ekish asosida qo‘shimcha daromad olishni ta’minlash.

Davlat budjeti va tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

20.

2023-yilda xalqaro va mahalliy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi klaster va kooperativlarning har biriga alohida yondashgan holda ularning biznes rejalari va rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishga ko‘maklashish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi orqali jalb qilingan 1,5 million AQSh dollari miqdoridagi grant mablag‘laridan samarali foydalanish choralarini ko‘rish.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

2023-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish

21.

Mahsulot yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlariga hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, suv bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish bo‘yicha tavsiya berish, ichki va tashqi bozorlardagi joriy hamda prognoz narxlari to‘g‘risida xabardor qilish tizimini yo‘lga qo‘yish mexanizmini ishlab chiqish.

1. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlariga hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, suv bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish bo‘yicha tavsiya berish.

2. Ichki va tashqi bozorlardagi joriy hamda prognoz narxlar to‘g‘risida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni xabardor qilish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil iyul

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

22.

Hududlardagi dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga o‘simliklarni himoya qilish sohasida “Karantin xizmati — dehqonga ko‘makchi” tizimini joriy etish.

1. Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga “Karantin xizmati — dehqonga ko‘makchi” shiori ostida zararli organizmlardan himoya qilishda uyg‘unlashgan qarshi kurash bo‘yicha inspektorlar tomonidan ko‘rgazmali seminar va taqdimotlar o‘tkazish.

2. Uyg‘unlashgan qarshi kurash (IPM) bo‘yicha ixcham va ommabop flayerlarni (5 mln dona) joylarga yetkazish.

3. Innovatsion “Agroko‘makchi” mobil ilovasidan foydalanish usullarini keng ommaga yetkazish.

4. Agrosanoat majmui tarkibidagi idoralar xodimlarini uyg‘unlashgan qarshi kurash bo‘yicha o‘qitib, trener sifatida tayyorlash.

5. Mahsulot yetishtiruvchi subyektlarning o‘simliklarni himoya qilish, mahsulotlarni eksportga tayyorlash sohasidagi bilim va saviyalarini doimiy ravishda oshirib borish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil davomida

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari

23.

Agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘larni yo‘naltirish.

1. Xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda jalb qilinadigan loyihalarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish.

Bunda, agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 386,2 mln dollar imtiyozli kredit mablag‘larini jalb qilish.

2. Davlat va hududiy investitsiya dasturlari doirasida shakllantirilgan 711 mln dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

3. Loyihalarni ishga tushirish va ularning bajarilishi ustidan monitoring yuritish.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlar o‘z mablag‘lari

2023-yil davomida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

24.

Hududlarda fitosanitar laboratoriyalar faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax, Namangan viloyatlarida fitosanitar laboratoriyalarni zarur uskunalar bilan jihozlash va faoliyatini tashkil etish.

2. Hududiy laboratoriyalar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish.

3. Laboratoriyalar xodimlarini xorijda yoki xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda o‘qitish va malakasini oshirib borish.

4. Xorijiy davlatlarning fitosanitar laboratoriyalari bilan o‘zaro taqqoslama laboratoriya tahlillarini o‘tkazish.

Xalqaro moliya institutlari va davlat budjeti mablag‘lari

2023-yil davomida

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax va Namangan viloyatlari hokimliklari

IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash

25.

Yerlarning sho‘rlanish darajasini pasaytirish tadbirlarini amalga oshirish.

Yerlarning sho‘rlanish darajasini pasaytirish. Bunda:
14,3 ming km kollektor-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash;
2,1 ming dona meliorativ quduqlarga erosti suvlari minerallashuvini onlayn nazorat qiluvchi qurilmalarni o‘rnatish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha sho‘rlangan maydonlar xaritasini ishlab chiqish
.

Hisob-kitoblar asosida Davlat budjeti va tadbirkorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

26.

Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda suvni tejaydigan innovatsion sug‘orish texnologiyalari joriy etiladigan ekin maydonlarini kengaytirish orqali 7 mlrd metrkub suvni iqtisod qilish.

1. 300 ming gektar maydonda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda 200 ming gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini lazerli tekislagich yordamida tekislash ishlarini amalga oshirish.

2. Irrigatsiya (428 km kanal, 39 km lotok tarmoqlari) obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish.

3. 411 km kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish hisobiga tuproqning meliorativ holatini yaxshilash.

4. Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 13057 ta obyektga raqamli texnologiyalarni joriy qilish.

Respublika va mahalliy budjet hamda tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

27.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining “E-IJARA” axborot tizimi orqali aholiga 92,6 ming gektar yer maydonini dehqon xo‘jaligini tashkil etish maqsadida ochiq elektron tanlov orqali ajratish.

1. Dehqon xo‘jaligini tashkil etish maqsadlari uchun zaxiradagi yer maydonlarini lotlar asosidagi yer tuzish loyihalarini ishlab chiqqan holda ochiq elektron tanlovlarga chiqarish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, tegishli vazirlik va idoralar

2. Dehqon xo‘jaligi tashki� etish uchun aholiga, jumladan ijtimoiy ehtiyojmand oilalarga yer maydonlarini ochiq elektron tanlov orqali ajratish ishlarini samarali tashkil etish.

2023-yil davomida

28.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda jami 100 ming gektar(37,1 ming ga foydalanishdan chiqqan sug‘oriladigan yer hisobidan, 63,3 ming ga lalmi-yaylovlar hisobidan) yer maydonlarini foydalanishga kiritish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan shakllantirilgan manzilli ro‘yxatga muvofiq, foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarida 1745 km irrigatsiya tarmoqlarini va 1844 km meliorativ tarmoqlarini ta’mirlash-tiklash, 995 dona sug‘orish quduqlarini qazish, 111 dona nasos agregatlarini qurish, 306 dona transformatorlar o‘rnatish va 463 km elektr tarmoqlarini tortish tadbirlarini amalga oshirish.

2. Qayta foydalanishga kiritilgan va o‘zlashtirilgan yer maydonlarda ekinlarning joylashtirilishi yuzasidan monitoring yuritish.

Davlat budjeti va tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi v� viloyatlar hokimliklari, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

29.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni tartibga solish tizimini takomillashtirish.

1. “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

Bunda, amaldagi qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning ixtisosligini o‘zgartirish;

sug‘oriladigan ekin yerlarda bog‘dorchilik, uzumchilik va boshqa ko‘p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etish tartibini belgilash;

yerdan foydalanuvchilarning qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yer turlari hududida yengil konstruksiyali infratuzilma obyektlarini (ko‘chma obyektlar, konteynerlardan tashkil topadigan dala shiyponi, mahsulot saqlanadigan kichik omborlar, qayta ishlash va qadoqlash sexlari) qurish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini belgilash nazarda tutiladi.

Ushbu tartiblari joriy etish bo‘yicha mezonlar va talablar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi va uning xulosalari asosida amalga oshiriladi.

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil sentyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar

30.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida suv resurslarini boshqarish jarayonini avtomatlashtirish loyihasini amalga oshirish.

XMI mablag‘larini jalb qilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida Avstraliyaning “Rubikon” kompaniyasi tajribasi asosida suv resurslarini boshqarish jarayonini avtomatlashtirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Xalqaro moliya institutlarining kredit va grant mablag‘lari

2023-yil dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo viloyati hokimligi

V. Tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversif�katsiya qilish

31.

Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash to‘g‘risidagi nizomni qabul qilish.

1. Subsidiyalashning ustuvor yo‘nalishlari va siyosiy maqsadlarini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash bo‘yicha texnik ishchi guruhni tashkil etish.

2. Qishloq xo‘jaligiga ajratilayotgan subsidiyalar monitoringini yuritish va baholash maqsadida vazirlik tizimida bo‘lim tashkil etish.

3. Ushbu bo‘limga davlat idoralari tomonidan sektorga taqsimlangan barcha subsidiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash, tahlil qilish va ularning ta’sirini baholash vazifasini yuklash.

4. Subsidiya ajratishda talab etiladigan hujjatlarni qisqartirish.

5. Sohaga yangi subsidiyalarni joriy etishda tariflar, muddatlar, tartiblar va javobgarliklarni aniq belgilash.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

32.

Qishloq xo‘jaligida sug‘urta xizmatlarini takomillashtirish.

1. Qishloq xo‘jaligida Turkiya va Ispaniya davlatlarining qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha amaliy tajribasidan kelib chiqqan holda hosilni sug‘urtalashni joriy etish.

Xalqaro moliya instituti mablag‘lari

2024-yil II chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “O‘zagrosug‘urta” AJ

2. Germaniyaning “InsuResilience Solutions Fund” fondidan 2,5 mln yevro grant mablag‘lari ajratish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash.

2023-yil aprel — iyun

3. Farg‘ona vodiysida gilos, uzum, o‘rik hosilini Germaniyaning “KFW” banki bilan birgalikda iqlimning noqulay ta’siridan sug‘urtalashni yo‘lga qo‘yish. Bunda, sug‘urta qildiruvchilarning tabiiy geografik joylashuvi, yetishtiriladigan mahsulot turini inobatga olib sug‘urta xizmati narxlarini belgilash.

2024-yil II chorak

33.

Qishloq xo‘jaligi texnikalari parkining yangilanish darajasini 10 foizga oshirish.

1. Mavjud 267,8 mingta qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari holatini tahlil qilish.

Tijorat banklari kredit mablag‘lari, lizing tashkilotlari resurslari va tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil aprel

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrolizing” AJ, tijorat banklari

2. Tashabbuskor klasterlar, kooperatsiyalar, fermerlar va mashina-traktor parklari ro‘yxatini shakllantirish.

2023-yil may

3. Tashabbuskorlarga qiymati 2,6 mlrd so‘mlik 11 mingta qishloq xo‘jaligi texnikalarini bank krediti va lizing asosida yetkazib berish choralarini ko‘rish.

2023-yil davomida

34.

Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish huquqlarini kafolatlash, uni bozor aktiviga aylantirish va likvidlikni ta’minlash.

Yer uchastkasining uzoq muddatli ijara huquqini realizatsiya qilish bozorini shakllantirish bo‘yicha amaldagi qonunchilikni takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil 1-sentabr

Adliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

35.

Mevali bog‘larda bo‘lg‘usi hosilni kredit ta’minoti sifatida foydalanish hamda sug‘urta qilish bo‘yicha Farg‘ona vodiysida pilot loyihani ishga tushirish.

Mevali bog‘larda bo‘lg‘usi hosilni kredit ta’minoti sifatida foydalanish hamda sug‘urta qilish bo‘yicha Farg‘ona vodiysida pilot loyihani ishga tushirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

Bir oy muddatda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

VI. Qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish

36.

Ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.

1. Barcha hududlarda va 33 ta tumanda (AKIS) agroxizmatlar markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Har bir hududiy agroxizmatlar markazlarig� 12 nafardan (8 ta yo‘nalishda — o‘simliklar himoyasi va karantini, zootexniya, mexanizatsiya, agrokimyo-tuproqshunoslik, agronomiya, veterinariya, iqtisodiyot, irrigatsiya) jami 156 nafar xodimni jalb etish.

Hududiy agroxizmatlarning budjetdan tashqari mablag‘lari

2023-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

2. Qishloq xo‘jaligi vazirligining tuman bo‘limlari faoliyatini xizmat ko‘rsatishga ixtisosl?shtirish.

Bosqichma-bosqich tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlarini AKIS markazlari bilan transformatsiya qilish.

3. Ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini tijoratlashtirish.

Bunda, 2 ta ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati tijoratlashtiriladi, 12 ta ilmiy-tadqiqot institutida tajribali xorijiy ekspertlarning ma’ruza bilan ishtirok etishi ta’minlanadi.

Institutlarning Ilmiy faoliyatiga oid davlat dasturlari grantlari va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

37.

Qishloq xo‘jaligi fundamental tadqiqotlar markazi (center of excellense) faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Qishloq xo‘jaligi fundamental tadqiqotlar markazini tashkil qilish yuzasidan xorijiy hamkorlar bilan kelishuvlarga erishish.

2. Markaz konsepsiyasini ishlab chiqish.

3. Markaz binosining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va uni qurish bilan bog‘liq tegishli tadbirlarni amalga oshirish.

4. Markazda yuqori texnologiyali zamonaviy laboratoriyalar, o‘simliklar florasi milliy genbanki, strategik tahlil markazlarini tashkil etish.

5. Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda har yili 25 nafar mahalliy yosh kadrlarni tayyorlash.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, Ilmiy faoliyatiga oid davlat dasturlari grantlari va budjetdan tashqari mablag‘lar

2023-2024-yillar davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

VII. Qishloq hududlarini rivojlantirish

38.

Respublika hududlarida agroturizmni rivojlantirish maqsadida 8 ta agroturizm obyektini ishga tushirish.

1. Qishloq hududlarida agroturizmni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2. Ushbu yo‘nalishda tashabbuskorlarni aniqlash hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan vakolatli vazirlik va idoralarga taklif kiritish.

Tashabbuskorlar o‘z mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar va bank kreditlari

2023-yil avgust

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

VIII. Tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish

39.

“Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasini yaratish.

1. Loyihani joriy etuvchi integrator kompaniyani tanlash bo‘yicha xalqaro tender tanlovlarini o‘tkazish.

Xorijiy moliya institutlari kredit mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar

2023-yil aprel — sentyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJ, tegishli vazirlik va idoralar

2. Loyihani bosqichma-bosqich joriy etish.

2024-yildan boshlab

40.

Suv resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan o‘tkazish.

Xorijiy moliya institutlari mablag‘lari, budjet mablag‘lari va tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil iyun

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “O‘zbekkosmos” agentligi, “Markaziy aerogeodeziya” DUK tegishli vazirlik va idoralar

2. Axborot tizimini ishlab chiquvchi kompaniyani aniqlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish.

2023-yil avgust

3. Irrigatsiya elektron raqamli xaritalarini yaratish (I bosqich).

2023-yil avgust — dekabr

4. Irrigatsiya elektron raqamli xaritalari orqali suv hisobini yuritish, kosmik suratlarni tahlil qilish orqali suv bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash tizimini yo‘lga qo‘yish (II bosqich).

2023 — 2025-yillarda

(alohida reja-grafikka muvofiq)

41.

“Agroplatforma” axborot tizimini joriy etish.

1. Axborot tizimida vazirlik, idora va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning ishlash tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

XMI mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Markaziy bank, tegishli vazirlik va idoralar, tijorat banklari

2. “Agroplatforma” axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish.

2023-yil avgust

42.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining Geoaxborot tizimidan foydalanishni kengaytirish.

1. Geoaxborot tizimini Internet tarmog‘iga joylashtirish va barcha foydalanuvchilar uchun erkin foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, tegishli vazirlik va idoralar

2. Integratsiya jarayonlarini kengaytirish, bozordagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilib borish.

2023-yil dekabr

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4803-son qarorining 5-bandi oltinchi xatboshisidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligining O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish boshqarmasi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “100 milliard” so‘zlari “400 milliard” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi “dorivor o‘simliklar” so‘zlaridan keyin “tut, pilla” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
a) 2-bandning birinchi xatboshisi, 4-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi va 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “95 169” raqami “92 655” raqami bilan almashtirilsin;
v) 1.2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi