Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, inson resurslarini rivojlantirish va uning salohiyatidan samarali foydalanish, kafolatli mehnat bozorini shakllantirish maqsadida:
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoniga asosan yigirma beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Natsionalnaya baza dannix zakonodatelstva, 16.02.2024 g., № 06/24/36/0130)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda hamda tumanlarda agroxizmatlar markazlari faoliyatini tizimli tashkil qilish.

1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Agrobank” ATB boshqaruvining joylarda ilmiy tavsiya va maslahatlarga asoslangan agroxizmatlar markazlarini o‘zaro uzviy va muvofiqlashgan faoliyatini tashkil etishning aniq mexanizmlarini o‘z ichiga olgan qo‘shma qarorini qabul qilish.

2023-yil avgust

Mablag‘ talab etilmaydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

“Agrobank” ATB

(R. Mamatqulov)

2. Zamonaviy bilimga ega va yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, zarur tahlil-laboratoriya, tashkiliy texnika va jihozlar bilan ta’minlash orqali agroxizmatlar markazlarining moddiy-texnika va intellektual bazasini mustahkamlash.

2023-2024-yillar

Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov)

3. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, hududiy Agroxizmatlar markazlari faoliyatini tanqidiy tahlil qilgan holda ularning tumanlar Agroxizmatlar markazlari bilan uyg‘un va muvofiqlashgan faoliyatini tashkil qilishga qaratilgan qo‘shimcha tashkiliy, tarkibiy va me’yoriy choralar belgilash.

2023-yil yakuniga qadar

Mablag‘ talab etilmaydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev)

4. Barcha turdagi qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun ochiq, shaffof va tezkor agroxizmatlar ko‘rsatish hamda ilmiy asoslangan tavsiya, maslahatlar berilishini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, axborot maydonida maxsus platformalar tashkil etish.

2023-yil yakuniga qadar

Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

2.

Qishloq xo‘jaligi fundamental tadqiqotlari markazi (Centre Of Excellence) hamda Dala ekinlari urug‘chiligi milliy tadqiqot majmuasi direksiyasi faoliyatini tashkil etish.

1. Qishloq xo‘jaligi fundamental tadqiqotlari markazini (Centre Of Excellence) (keyingi o‘rinlarda — Markaz) Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirish.

Markazga Toshkent davlat agrar universitetining Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hududidagi 10 gektar yer maydonini ijara huquqi asosida ajratish.

2023-yil oktyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev)

2. Markaz uchun Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga qarashli yer maydonida yangi bino barpo etish bo‘yicha dasturni tasdiqlash. Bunda Markaz binosini loyiha hujjatlarini tayyorlash, Jahon banki talablari asosida tender savdolarini o‘tkazish va qurilish ishlarini yakunlash, zarur laboratoriya jihozlarini xarid qilish choralarini ko‘rish.

2023-2024-yillar

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov)

3. Dala ekinlari urug‘chiligi milliy tadqiqot majmuasi direksiyasini (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, “A. Yassaviy” MFY hududidagi Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi binosiga joylashtirish.

Direksiyaga Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, “A. Yassaviy” MFY hududidagi Toshkent viloyati Agroxizmatlar markaziga qarashli 57 gektar, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga qarashli 7,3 gektar yer maydonlarini ijara huquqi asosida, 0,5 gektar issiqxona joylashgan yer maydonlarini belgilangan tartibda ajratish hamda 1 000 tonna sig‘imdagi sovutgich majmuasini, shuningdek, texnika, agregat, jihozlar va asbob-uskunalari bilan komplekt holda belgilangan tartibda operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazib berish.

2023-yil sentyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov)

3.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodim va izlanuvchilarini xorijiy davlatlarga stajirovka o‘tash va malaka oshirish uchun yuborish.

1. Innovatsion rivojlanish agentligining malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun ajratilgan mablag‘lari hamda xalqaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar hisobidan vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodim va izlanuvchilarini xorijiy davlatlarga stajirovka va malaka oshirish uchun yuborish choralarini ko‘rish.

2024-yil yanvardan boshlab

Innovatsion rivojlanish agentligining mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov)

2. O‘zbekistonning xorijdagi elchixona va vakolatxonalari tomonidan agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalarining talaba, magistrant, doktorantlari, soha mutaxassislarining xorijiy davlatlarda amaliyot (stajirovka) o‘tashlari uchun vazirlik talabnomasiga ko‘ra viza rasmiylashtirish va amaliyot o‘taladigan korxonalar bilan hamkorlikni tashkil etishga ko‘maklashish.

Doimiy

Mablag‘ talab etilmaydi

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov)

3. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalarga donorlik qiluvchi xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, xorijiy davlatlar vakolatxonalari bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalarga milliy koordinator sifatida Qishloq xo‘jaligi vazirligining malakali mutaxassislarini biriktirish.

2023-yil yakuniga qadar

Mablag‘ talab etilmaydi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov)

4.

Agrar sohadagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari uchun sohaviy yagona elektron axborot resurs markazlarini tashkil qilish.

1. Ilmiy-tadqiqot institutlari kutubxonalari va oliy ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlarida mavjud ilmiy hamda o‘quv adabiyotlarini xatlovdan o‘tkazish.

2023-yil noyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

2. Talab etilayotgan yangi adabiyotlar, davriy matbuot nashrlari yagona reyestrini hamda ular bo‘yicha yetakchi xorijiy davlatlarda chop etilgan adabiyot va nashrlar ro‘yxatini shakllantirish.

2023-yil dekabr

Mablag‘ talab etilmaydi

3. Mazkur adabiyotlar, nashrlarni xarid qilish, tarjimasi va elektron variantlarini yaratish ishlarini tashkil qilish.

2023-yil dekabr

Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari mablag‘lari, homiylar mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

4. “Qishloq xo‘jaligi terminlarining izohli lug‘ati” va “Qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi”ni nashr etish va ularning elektron variantlarini yaratish.

2023-2024-yillar

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

5. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Respublika ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalararo elektron axborot-resurs markazini tashkil qilish hamda unda ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar tomonidan xorijiy va mahalliy bosma va elektron nashrlari, jumladan ilmiy jurnallardan bepul foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

2023-2024-yillar

Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari mablag‘lari, homiylar mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

5.

Agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari va nizomlarini zamonaviy talablar asosida qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

Kadrlar buyurtmachilari va oliy ta’lim muassasalari takliflari hamda rivojlangan davlatlar tajribasi asosida mutaxassislar tayyorlash, oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar soni, malakaviy talablar, o‘quv rejalari va dasturlarini tanqidiy ko‘rib chiqish hamda o‘quv adabiyotlarini (o‘quv-metodik komplekslari) qaytadan ishlab chiqilishini tashkil qilish.

Vazirliklar, idoralar, agroklasterlar va kooperativlarning maxsus stipendiyalarini ta’sis etish, yetakchi xorijiy ta’lim muassasalariga tajriba orttirish uchun yuborish maqsadida talabalar o‘rtasida tanlovlar tashkil etish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov)

6.

Agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilishda homiylar imkoniyatlaridan foydalanish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, agroklasterlar va kooperativlar, qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlarini jalb qilgan holda vasiylik kengashlari tashkil qilish.

2023-yil sentyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari

2. O‘quv-uslubiy bazani zarur jihozlar va laboratoriya uskunalari bilan boyitish va yangilash.

2023 — 2026-yillar

Oliy ta’lim muassasalari mablag‘lari, homiylar mablag‘lari va xorijiy grantlar

3. Ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining ta’mirlash va jihozlash talab etiladigan ijtimoiy obyektlarini va infratuzilmalarini “Ochiq budjet” portali orqali e’lon qilinadigan tashabbusli loyihalarda ishtirokini tashkil etish yo‘li bilan ularning ta’mirlanishi va jihozlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

2023 — 2026-yillar mobaynida

Davlat va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hududdagi ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda

7.

Agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalarining laboratoriya bazasi va o‘quv auditoriya fondlarini boyitish.

1. Toshkent davlat agrar universiteti O‘rmon xo‘jaligi fakulteti binosini ta’mirlash va jihozlash ishlarini nihoyasiga yetkazish.

2023-yil sentyabr

Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi

(N. Bakirov)

2. Rossiya Federatsiyasi Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyati filialida o‘quv jarayonlarini Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti va baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik subyektlari bilan integratsiyalash maqsadida o‘quv binolari bilan ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil avgust

Mablag‘ talab etilmaydi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev)

3. O‘simliklarni biologik himoya qilish ilmiy-tadqiqot markazi binosini rekonstruksiya qilib, uning negizida Ekofiziologik tadqiqotlar laboratoriyasini tashkil etish.

2023-2024-yillar

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov)

8.

Agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun haq to‘lanadigan xorijiy stajirovkalarni tashkil qilish.

Talabalarni yozgi ta’til davrida zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari va yuqori unumli resurs tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni samarali qo‘llayotgan rivojlangan mamlakatlardagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish korxonalariga amaliyotga yuborish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari

9.

Agrar sohadagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 3-uyda joylashgan Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti sobiq binosini institutga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazish.

2023-yil sentyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov)

10.

Ilmiy ishlar natijadorligi va ularni amaliyotga joriy qilish samaradorligini ta’minlash.

1. Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligin� ta’minlash borasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar hamda soha va uning tarmoqlaridagi dolzarb muammolar yuzasidan bir yoki bir nechta ilmiy muassasalar o‘zaro hamkorlikda izlanishlar va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirib, amaliyotga joriy etishda aniq amaliy natijalar beradigan mavzular asosida fundamental, amaliy, innovatsion loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish mexanizmini ishlab chiqish, qo‘shma qaror bilan tasdiqlash.

2023-yil avgust

Mablag‘ talab etilmaydi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

2. Ilmiy-texnik loyihalar va dissertatsiyalar mavzulari dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati hamda ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlari yakunlari natijadorligini baholash, tayyor ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish uchun Idoralararo ilmiy-texnologik kengash tashkil qilish.

2023-yil sentyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

3. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar, dissertatsiyalar natijalari va amalda ishlab chiqarishga joriy etilgan yoxud alohida ahamiyatga molik, joriy etilishi talab etiladigan loyihalar to‘g‘risida ma’lumotlar bankini shakllantirish, ularni tatbiq etish choralarini belgilash hamda ushbu jarayonlarni jadallashtirish maqsadida loyihalash, konstruktor-texnologik muassasalarni faol jalb qilish.

2023-yil oktyabrdan boshlab

Mablag‘ talab etilmaydi

4. Hududlarda qishloq xo‘jaligidagi mavjud muammolarga ilmiy-amaliy yechim topish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, veterinariya, o‘simliklar himoyasi va karantini, oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi ilmiy, innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining jamoalariga mahalliy budjetning oshirib bajarilgan qismidan maqsadli mablag‘lar ajratish tizimini joriy qilish.

2024-yildan boshlab

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari

11.

Agrar sohadagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish.

1. Faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi xorijiy va milliy ilmiy muassasalar tajribalari asosida zarur laboratoriya-tahlil va tajriba-sinov jihozlari va uskunalari ro‘yxatini shakllantirish, ularning barcha parametrlarini tahlil qilgan holda tegishli ekspertlar xulosalari asosida xaridlarini tashkil qilish.

2023 — 2026-yillar

Davlat budjeti, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

2. Ma’muriy bo‘ysunuvidan qat’i nazar ilmiy muassasalardagi mavjud laboratoriya-tahlil va tajriba-sinov jihozlaridan tadqiqot ishlarida hamkorlikda foydalanish tizimini joriy qilish.

2024-yildan boshlab

Mablag‘ talab etilmaydi

3. Katta qiymatdagi laboratoriya-tahlil va tajriba-sinov jihoz va uskunalaridan samarali foydalanish hamda hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish maqsadida biotadqiqot va texnologiyalarning yagona majmuasini — Markazni (Centre of Excellence) tashkil qilish.

2024 — 2026-yillar

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

12.

Agrar sohadagi ilmiy va ilmiy pedagog xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish.

1. Yosh tadqiqotchilar va doktorantlar uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida shartnoma asosida ularning stipendiyalari va ish haqining 50 foizigacha moddiy rag‘batlantirishni agroklasterlar, kooperativlar, xo‘jalik birlashmalari, qishloq xo‘jaligi korxonalari hisobidan amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil yakuniga qadar

Korxonalarning mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Iqtisod�yot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev)

2. Doktorantura bitiruvchilarini oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga yo‘llanma asosida yuborilishini, ularning mehnat faoliyatini rag‘batlantirish uchun bazaviy doktoranturaning 2-kursidan imtiyozli ipoteka kreditini 15 yil muddatga ajratish mexanizmi joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil yakuniga qadar

Mablag‘ talab etilmaydi

3. Alohida ahamiyatga ega ilmiy ishlanmalarni amalga oshirgan hamda natijalarga erishgan tadqiqotchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish.

2023-yil yakuniga qadar

Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, agroklasterlar, kooperativlar mablag‘lari

13.

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Xalqaro qishloq xo‘jaligi ilmiy tadqiqotlari maslahat guruhiga a’zo bo‘lish, guruh tarkibidagi xalqaro ilmiy markazlar bilan vazirlik tizimidagi ilmiy tadqiqot muassasalarining o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil yakuniga qadar

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov)

14.

Agrar oliy ta’lim muassasalarida xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda qo‘shma dasturlarni hamda akademik almashinuv salmog‘ini ko‘paytirish.

1. Agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalarida qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha kirish sinovlarini bir bosqichli qilib tashkil etish, ya’ni, hamkor oliy ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan tartib bo‘yicha abituriyentlarni qabul qilish.

Natijalarni belgilangan tartibda mamlakatimizdagi hamkor oliy ta’lim muassasalariga taqdim etish, oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalikka tavsiya etish to‘g‘risida buyruq qabul qilish.

2023-yil yakuniga qadar

Mablag‘ talab etilmaydi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov)

2. Agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalarida mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, tegishincha Italiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Latviya, Polsha va boshqa mamlakatlar qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini va oliy ta’lim muassasalarini ochish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2023-yil yakuniga qadar

Mablag‘ talab etilmaydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov)

15.

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) Kuzatuv kengashi tarkibini tasdiqlash.

Institutning ustavi va tuzilmasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda uni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Institutning Kuzatuv kengashi tarkibini tasdiqlash.

2023-yil avgust

Mablag‘ talab eti�maydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Institut Kuzatuv kengashi

Institutning Kuzatuv kengashi yig‘ilishlarini davriy ravishda o‘tkazib borish.

2023-yil sentyabr

16.

Institut faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar.

Institut faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolish (Davlat budjeti mablag‘lari, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, xo‘jalik, ilmiy faoliyat va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlarining grantlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar).

Institutga Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Dahbed shaharchasi, A. Temur ko‘chasi 7-uyda joylashgan b�no va inshootlarini tegishli hududi va tajriba xo‘jaligi bilan birga operativ boshqaruv huquqi asosida berish, uning o‘quv va laboratoriya jihozlari, transport vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari, kompyuter texnikalari, o‘quv adabiyotlari hamda boshqa mol-mulkini topshirish.

Oqdaryo tuman hokimligiga qarashli Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Dahbed shaharchasi, A. Temur ko‘chasi 7-uydagi yotoqxona binosini Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazish.

2023-yil avgust

Mablag‘ talab etilmaydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov)

17.

Koreya Respublikasi Hukumatining 4,5 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari hisobidan “Kartoshka urug‘chiligi va ishlab chiqarish tizimini rivojlantirishda kadrlar salohiyati va tadqiqotlarni rivojlantirish” loyihasi doirasida Institut huzurida O‘zbekiston-Koreya kartoshka urug‘chiligi markazini tashkil qilish.

O‘zbekiston-Koreya kartoshka urug‘chiligi markazining asosiy vazifalarini belgilash.

O‘zbekistonlik mutaxassislarga hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga bilimlarni tarqatish — ekstenshn xizmati tashkil etish.

Innovatsion laboratoriyada “in-vitro” usulida ko‘paytirilgan ko‘chatlardan mikro va minituganaklarni ko‘paytirib, tajriba maydonida super-elita urug‘lik yetishtirishni yo‘lga qo‘yish.

Xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘quv-amaliy seminarlar va konferensiyalar tashkil etish va sohani rivojlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2023-yil sentyabr

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov)

18.

Yevropa Ittifoqining ta’lim dasturi doirasida yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan Institut huzurida “Bioiqtisodiyot” markazini tashkil etish.

Quyidagilarni hisobga olgan holda “Bioiqtisodiyot” markazining asosiy vazifalarini belgilash:

iqtisodiyotni qayta tiklanuvchi tabiiy resurslarga asoslangan iqtisodiyotga o‘tkazish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish;

bioiqtisodiyot bo‘yicha ta’lim va tadqiqotlarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Xalqaro hamkorlar bilan seminar va konferensiyalar tashkil etish va sohani rivojlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil sentyabr

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov)

19.

Institut huzurida tashkil etilayotgan CARIS “Samarqand innovatsion ta’lim va qishloq xo‘jaligi islohotlari tadqiqotlari” markazining asosiy vazifalarini belgilash.

Markazda xalqaro standartlar asosida qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar samarasi tahlil va tadqiqotlarini o‘tkazish.

Jahondagi yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar bo‘yicha rahbar kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash.

Doimiy

Mablag‘ talab etilmaydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Institut

20.

Agrar sohadagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining rahbar, professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining ish samaradorligini oshirish.

1. Pedagog va ilmiy xodimlarni ishga qabul qilishning yangi tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Rahbariyat, kafedralar va tarkibiy bo‘linmalarning faoliyati samaradorligini baholash mezonlari (KPI) asosida rag‘batlantirib borish tizimini joriy etish.

2023-yil sentyabr

Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

tegishli oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari

2. Ilmiy, ilmiy-pedagog xodimlar, professor-o‘qituvchilar, shu jumladan, yosh tadqiqotchilar uchun zarur ijtimoiy sharoitlar yaratish maqsadida bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali ularni uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida xonadonlar bilan ta’minlash.

2024-yil yanvardan boshlab

Ipoteka kreditlari mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

21.

Agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun yetarli sharoit yaratish.

1. Talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun oliy ta’lim muassasalarida innovatsion kutubxona tashkil qilish hamda kitoblar fondini yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan boyitish.

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab

Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari, grant mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari

2. Ushbu kutubxonalar va o‘quv zallarini sohaviy yagona elektron axborot-resurs markaziga ulanishini ta’minlash.

22.

Agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar hamda malaka amaliyotlarini tashkil etish.

1. Ish beruvchi tashkilotlar hamda sohada faoliyat yuritayotgan boshqa xo‘jalik subyektlari bilan talabalarni maliy ma?g‘ulotlar va malaka amaliyotiga biriktirish bo‘yicha shartnomalar tuzish.

2024-yil mart

Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

manfaatdor vazirlik va idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari

2. Mazkur shartnomalarga muvofiq amaliy mashg‘ulotlar va malaka amaliyotini o‘quv jarayoni jadvali asosida tashkil etish.

Reja asosida

3. Malaka amaliyotlarini o‘tayotgan talabalarga korxonalar tomonidan ish haqlari berilishini tashkil qilish.

2023-yildan boshlab

Korxonalarning mablag‘lari

23.

Agrar sohadagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy-innovatsion faoliyatni tashkil etish va rivojlantirish.

1. Professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga maqsadli jalb qilish.

Har yili oktyabr-noyabr oylarida

Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari

2. Olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini Scopus, Web of Science ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda chop etish. Natijalarni ishlab chiqarish sohasida amaliyotga keng joriy etish choralarini ko‘rish.

Doimiy

24.

Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va pedagog xodimlari, yosh tadqiqotchilar hamda talabalar tomonidan yaratilgan ilm-fan yutuqlarini doimiy ravishda tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni jalb etish ishlarini tashkil etish.

Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish yuzasidan ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari, agroklasterlar hamda oziq-ovqat sanoati korxonalarining mavjud va kelgusi ehtiyojlarini o‘rganib chiqib, tahlil qilish.

Doimiy

Mablag‘ talab etilmaydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

25.

Agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, talabalar qabulini tashkil etish hamda professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalarini akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish.

1. Tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, agroklasterlar, kooperativlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining ehtiyojlari hamda sohani yaqin kelajakdagi istiqbollarini inobatga olib, ta’lim yo‘nalishlarini belgilash va qabulni tashkil etish.

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab

Mablag‘ talab etilmaydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev),

tizimdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari

2. Agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalarini xorijiy davlatlarning hamkor universitet va ilmiy tadqiqot muassasalarida tajriba almashish va o‘qib kelishlari uchun hamkor oliy ta’lim muassasalari va Yevropa Ittifoqining Erasmus+ mobillik loyihalarida ishtirok etish.

2023-yildan boshlab doimiy

Xalqaro grant dasturlari mablag‘lari

26.

Toshkent davlat agrar universitetining o‘quv laboratoriyasi, moddiy-texnika bazasini yaxshilash va bino-inshootlarining kadastr hujjatlarini tayyorlash.

1. Toshkent davlat agrar universitetining foydalanishida bo‘lgan 31,9 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini universitetga ijara huquqi asosida berish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish.

2023-yil sentyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Vazirlar Mahkamasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov)

2. Toshkent davlat agrar universitetining ma’muriy va o‘quv binolari, shuningdek, inshootlari hamda talabalar turar joylari joylashgan 32 gektar yer maydonini universitetga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish yuzasidan Toshkent viloyati hokimining qarorini qabul qilish.

2023-yil sentyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev)

3. Toshkent davlat agrar universitetining bino-inshootlarining kadastr hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirish.

2023-yil oktyabr

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

(F. Po‘latov)

4. Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi sobiq G‘o‘za urug‘chiligi markazi uchun xarid qilingan laboratoriya jihozlarini Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazidan Toshkent davlat agrar universitetga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazish.

2023-yil sentyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov)

27.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti va Institutda xorijiy tillar bo‘yicha ta’lim berishning samarali usullarini qo‘llash choralarini ko‘rish.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti va Institutda 2023/2024 o‘quv yilidan tajriba-sinov tariqasida xorijiy tillarni o‘rgatishni autsorsing shaklida tashkil etish.

2023/2024 o‘quv yilidan

Oliy ta’lim muassasalarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov)

28.

Institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2023-yil oktyabr

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov)

2. O‘quv binosini qurish, talabalar turar joyi binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha tenderlar o‘tkazish.

2024-yil mart

3. Institutda 1 000 o‘rinli o‘quv binosini qurish, 360 o‘rinli talabalar turar joyi binosini rekonstruksiya qilish.

2024/2025 o‘quv yiliga qadar

Davlat budjeti mablag‘lari

29.

Talabalarning bo‘sh vaqtlarida o‘z ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

1. Qishloq xo‘jaligi korxonalari, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqa yerlarida agromaslahatlar va xizmatlarga bo‘lgan talablarni qondirishda talaba yoshlar, magistrlar va doktorantlar imkoniyatlaridan foydalanish hamda ularning kasbiy malaka va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida “Servis guruhlari”ni tashkil qilish.

2023-yildan boshlab

Mablag‘ talab etilmaydi

Oliy ta’lim muassasalari rahbarlari

2. “Servis guruhlari”ni faoliyat uchun zarur mini-texnika va agregatlar, ish qurollari bilan ta’minlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratish.

2023-yil oktyabrdan boshlab

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratiladigan imtiyozli kreditlar

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov)

3. Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, qo‘shimcha kasb egallashi, o‘z ustida ishlashi uchun oliy ta’lim muassasalari qoshida ularning ehtiyojidan kelib chiqib, turli o‘quv kurslari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2024-yil yanvar oyidan boshlab doimiy

Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

tizimdagi oliy ta’lim muassasalari

30.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tizimidagi xodimlar, Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilarining madaniy hordiq chiqarishlari hamda talabalarning o‘quv amaliyotlarini samarali tashkil etish uchun sharoit yaratish.

1. Toshkent davlat agrar universitetining Bo‘stonliq tumanidagi 5,4 gektar maydondagi “Yusufxona” o‘quv amaliyoti maskanini davlat xususiy-sheriklik asosida xususiy sektorni jalb qilgan holda rekonstruksiya qilish, zamonaviy jihozlash, professor-o‘qituvchilar, talabalar va vazirlik hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun dam olish maskani, o‘quv markazi va boshqa qulay shart-sharoitlarga ega bo‘lgan binolarni qurish. Bunda maxsus dam olish maskani direksiyasini tashkil qilish.

2023 — 2025-yillar

Tashabbuskorlar mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Toshkent davlat agrar universiteti

(S. Islomov)

2. Toshkent davlat agrar universitetining O‘rtachirchiq tumanidagi 2,55 gektarda joylashgan o‘quv amaliyot bazasida talabalarning o‘quv amaliyotini samarali tashkil etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

2023-yil oktyabr

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, xususiy sektor mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Toshkent davlat agrar universiteti

(S. Islomov)

31.

Agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari qoshidagi akademik litseylar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirishi ulushini oshirish.

1. Agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari qoshidagi akademik litseylarda o‘quv jarayonlarini hamda moddiy-texnika bazasini yaxshilash.

Doimiy

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hamda oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov)

2. Agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilarini ushbu oliy ta’lim muassasalariga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash.

2023-yil sentyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

32.

Toshkent davlat agrar universitetining o‘quv auditoriya fondini boyitish choralarini ko‘rish.

1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatining Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy manzilidagi binosini Toshkent davlat agrar universitetga o‘tkazish.

2023-yil avgust

Mablag‘ talab etilmaydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov)

2. 1997-1998-yillarda Toshkent davlat agrar universitetidan Mudofaa vazirligiga berilgan Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 1-uyda joylashgan (143-harbiy shaharcha manzili) binosini universitetga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazish.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Mudofaa vazirligining taklifiga ko‘ra, mazkur binoda joylashgan tuzilmalarni joylashtirish uchun bo‘sh turgan bino ajratilishi va ularni operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilishini ta’minlash.

2023-yil oktyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Mudofaa vazirligi

(B. Qurbonov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov)

3. 2018-yilda uzoq muddatli ijaraga berilgan Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi Akademik litseyning 6-qavatli ma’muriy bino va inshootlarini Universitetning ixtiyoriga qaytarilishini ta’minlash.

2023-yil yakuniga qadar

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov)

33.

Toshkent davlat agrar universitetining sport kompleksi va talabalar turar joylari bilan ta’minlash darajasini oshirish.

Toshkent davlat agrar universitetining sport kompleksi, 7 va 12-talabalar turar joyini kapital ta’mirlash maqsadida 2024-2025-yilgi investitsiya dasturiga kiritish choralarini ko‘rish.

2024-2025-yillar

Davlat budjeti mablag‘lari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov)

34.

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalarini talabalar turar joylari bilan ta’minlash darajasini oshirish.

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining 550 o‘rinli bosh o‘quv binosi, shuningdek, 1 va 2-talabalar turar joyini kapital ta’mirlash maqsadida 2024-2025-yilgi investitsiya dasturiga kiritish choralarini ko‘rish.

35.

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti faoliyatini samarali tashkil etish.

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutiga 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 2 ta magistratura mutaxassisliklariga qabulni tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-2024 o‘quv yili

Mablag‘ talab etilmaydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Oliy ta’l�m, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov)

36.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining talabalar amaliyot bazalarini mustahkamlash.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining foydalanishida bo‘lgan Andijon tumanidagi 50,6 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini Institutga ijara huquqi asosida berish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish.

2023-yil sentyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Vazirlar Mahkamasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov)

37.

Agrar sohada magistrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasi uchun magistratura mutaxassisliklarida o‘qish muddatini 1 yil, ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi talabalar uchun o‘qish muddatini 2 yil etib belgilash.

2024-yil

Mablag‘ talab etilmaydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov)

38.

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Zomin ilmiy-tajriba stansiyasini tashkil etish.

1. Kartoshkachilik bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, hududlarning tabiiy-iqlim sharoitlariga mos, serhosil navlarini yaratish, birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va mahsulot yetishtirishda ilmiy yondashuvni yanada jadallashtirish maqsadida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Zomin ilmiy-tajriba stansiyasini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil sentyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Zomin tumani hokimligiga qarashli bo‘sh turgan binolardan Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Zomin ilmiy-tajriba stansiyasiga operativ boshqaruv huquqi asosida ajratish.

2023-yil noyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Jizzax viloyati hokimligi

(E. Saliyev)

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov)

3. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Zomin ilmiy-tajriba stansiyasini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rish.

2024-yil davomida

Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov)

39.

Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg‘ona ilmiy-tajriba stansiyasi faoliyatini samarali tashkil etish.

Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan “Yangi Dehqonov zamini” massividagi 883, 927, 928 va 959-konturlardagi jami 9,58 gektar yer maydonini zamonaviy ko‘chatxona majmuasini tashkil qilish maqsadida Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Farg‘ona ilmiy-tajriba stansiyasiga ijara huquqi asosida o‘tkazish.

2024-yil fevral

Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi mablag‘lari

Farg‘ona viloyati hokimligi

(X. Bozarov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

40.

Toshkent davlat agrar universitetining 0,5 ga yer maydonini egallagan avariya holatidagi bokslar o‘rnida universitet ilmiy, ilmiy-pedagog xodimlari, yosh tadqiqotchilari va ishchi — xizmatchilarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida kamida 150 xonadondan iborat bo‘lgan arzon narxlardagi turar-joy majmuasini xususiy investorlarning yoki universitet xodimlarining mablag‘larini paychilik asosida jalb etgan holda qurish.

Turar-joy majmuasining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda ichimlik suv, oqava suv, gaz va elektr tarmoqlarini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishiga ruxsat berish.

Turar-joy majmuasidan xonadon ajratilgan universitet xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga imtiyozli shartlarda, uzoq muddatli ipoteka kreditlari ajratish.

2024-yilning yakuniga qadar

Xususiy investorlarning mablag‘lari, universitet xodimlarining paychilik asosida jalb etilgan mablag‘lari, universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(A. Voitov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev),

Toshkent davlat agrar universiteti

(S. Islomov)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
b) 4-ilova quyidagi mazmundagi 441-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
v) 6-ilovaning 86-pozitsiya chiqarib tashlansin.
* mazkur ilovaning 13-bandi 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi