Oliy Majlis va Jo‘qorg‘i Kengesning qonun chiqaruvchi hokimiyatini amalga oshirishi deputatlarning qonunlar tayyorlash va ularni qabul qilishda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida oliy davlat vakillik organlarining ixtiyoriga berilgan masalalarni hal qilishda tashabbuskorlik bilan faol ishtirok etishiga asoslanadi.