Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Oldingi tahrirga qarang.
I. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida hamda ular asosida qabul qilingan qonunchilikda belgilab berilgan hokimiyat konstitutsiyaviy idoralarining vakolatlarini o‘zlashtirishga hech kim haqli emas. Hokimiyat konstitutsiyaviy idoralarining faoliyatini to‘xtatib turish yoki tugatish yoxud O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida ko‘zda tutilgan tartibdan farqli o‘laroq tarzda hokimiyat tuzilmalarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi hamda qonunga binoan javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. Hokimiyat konstitutsiyaviy idoralarining vakolatlarini o‘zlashtirib olgan idoralar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tarqatib yuborilishi lozim.
(I bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-son qaroriga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi