Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?
Avtorizatsiya qilish
Ro‘yxatdan o‘tish
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Asosiy rekvizitlar
Kodifikatsiya
Qayta ko‘rib chiqilgan hujjatlar
Hujjatni qayta ko‘rib chiqishga asos bo‘lgan hujjatlar
Korrespondentlar
Respondentlar
Joriy versiya
08.12.1992
30.09.1991
Hammasi
Keyingi tahrirga havola
Oldingi tahrirga havola
APK bo‘yicha indekslash
QSUK bo‘yicha indekslash
TTR bo‘yicha indekslash
QMQ bo‘yicha indekslash
O‘zgartirishlar manbasi
Rasmiy nashr manbasi
Sharh
364-XII 30.09.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.12.1992
[
OKOZ:
1.
01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi]
[
TSZ:
1.
Davlat va jamiyat qurilishi / Suverenitet. Konstitutsiya]
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON SSR KONSTITUTSIYASI (ASOSIY QONUNI)GA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi
Qonuni
qabul qilinishi munosabati bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1. Respublikaning amaldagi Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning va qonun hujjatlarining nomidagi hamda matnidagi “O‘zbekiston SSR” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 118-5-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“118-5-modda. Mudofaa masalalarida respublika siyosatini hayotga tadbiq etish, iqtisodiy mustaqillikni hamda ekologiya xavfsizligini mustahkamlash, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda holatlar oqibatlariga barham berish, jamiyatda barqarorlik va huquqiy tartibni ta’minlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huzurida Maslahat kengashi amal qiladi. Maslahat kengashiga O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti boshchilik qiladi. Maslahat kengashining vazifalari Maslahat kengashi to‘g‘risidagi Nizomda belgilab beriladi.
Maslahat kengashining a’zolari O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Maslahat kengashining majlislarida qatnashishga haqlidirlar”.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 30-sentabr,
364-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 11-son, 273-modda)
×
×