“Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 8-iyuldagi PQ-911-son
qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-911-son qarori bilan tashkil etilgan Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzurida Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha 30 o‘ringa mo‘ljallangan Respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.