Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli va 2006-yil 3-fevraldagi 5-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksining 87-moddasida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralarini qo‘llagan holda ularni javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish masalasiga yetarli e’tibor qaratilmayapti.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyat ishlarini sudda ko‘rish uchun tayinlash vaqtida sudlar ayblanuvchiga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish sifatidagi ehtiyot chorasining asosli ekanligini sinchiklab tekshirishlari, ayni vaqtda JPKning 242, 243-moddalariga va Oliy sud Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi “Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilgan tushuntirishlarga muvofiq bunday ehtiyot chorasi sudlanuvchining shaxsi, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi shuni taqozo etgan hollardagina qo‘llanishini nazarda tutishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat protsessual kodeksining 51-moddasiga muvofiq, surishtiruv, dastlabki tergov harakatlari va sud muhokamasi davrida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyat ishlari bo‘yicha advokatning ishtirok etishi shart. Mazkur qoida JPKning 52-moddasi talabiga ko‘ra voyaga yetmagan shaxs himoyachidan voz kechganda ham tatbiq etiladi. Ushbu protsessual qonun talablariga rioya qilmaslik JPK 49722-moddasiga asosan, hukmning bekor qilinishiga asos bo‘ladigan jinoyat protsessual qonunning jiddiy buzilishi deb qaralishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jinoyat-protsessual kodeksining 551 va 562-moddalariga muvofiq sud voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyat ishlari ko‘riladigan vaqt va joy haqida ularning ota-onasini, ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarni, vasiylik yoki homiylik organi vakillarini, voyaga yetmaganlar o‘qigan yoki ishlagan korxona, muassasa, tashkilotni, bolalar masalalari bo‘yicha komissiyani, zarur bo‘lsa boshqa tashkilotlarni ham xabardor qiladi. Sud bu tashkilotlarning vakillarini, sudlanuvchining vasiy yoki homiysini, bolalar masalalari bo‘yicha komissiyaning vakillarini guvoh sifatida so‘roq qilish uchun sud majlisiga chaqirishga haqlidir.
Voyaga yetmagan sudlanuvchining qonuniy vakili masalasi hal etilayotganda shuni nazarda tutish kerakki, JPKning 60-moddasining 2-qismida keltirilgan qonuniy vakil bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati qat’iy berilgan.
5. Sudlar JPKning 548-moddasiga ko‘ra voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar qatoriga yoshini va shaxsini aniqlashlik ham kirishini nazarda tutishlari zarur. Ayni vaqtda, shu narsani e’tiborda tutish kerakki, shaxs tug‘ilgan kunidan boshlab emas, balki tug‘ilgan kuni o‘tganidan so‘ng, ya’ni ertasi kunning nol soatidan boshlab jinoyat uchun javobgarlik boshlanadigan yoshga to‘lgan deb hisoblanadi.
6. Shuni nazarda tutish lozimki, JKning 87-moddasi 3-qismiga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxs rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan ancha orqada qolgan bo‘lsa va sodir etgan qilmishining ahamiyatini to‘la ravishda anglab yetmasa, sud jazo o‘rniga majburlov chorasi qo‘llash maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksining 87-moddasining 2-qismida ko‘rsatilgan asoslar bilan voyaga yetmaganni jazodan ozod etish va unga nisbatan shu kodeksning 88-moddasida ko‘rsatilgan majburlov choralarini qo‘llash yuzasidan sud jazo tayinlamasdan turib jazodan ozod etish haqida hukm chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksining 55-moddasi “g” bandiga ko‘ra jinoyatning jismoniy yoki ruhiy tazyiq o‘tkazilishi natijasida sodir etilishi, yoxud voyaga yetmagan shaxsning moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaramliligi sababli sodir etilishi javobgarlikni yengillashtiruvchi holat ekanligini ham nazarda tutish kerak. Shu munosabat bilan sudlar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan aynan qanday jismoniy yoki ruhiy tazyiq o‘tkazilganligini aniqlashlari shart.
Sudlar voyaga yetmaganlarga nisbatan JKning 72-moddasini qo‘llaganlarida sudlanganga sinov muddati davrida qanday muayyan majburiyatlar yuklatilishini (o‘qishni yakunlashi, ishga joylashishi va hokazolar) hukmda aniq ko‘rsatishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlayotganda JK 82-86-moddalari talablaridan kelib chiqish lozim bo‘lib, bunda JK 57-moddasini qo‘llash talab etilmaydi. Sudlanuvchiga u aybdor deb topilgan JK Maxsus qismining moddasida nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazolarning tayinlanish hollari bundan mustasnodir.
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda shu Kodeksning 560-moddasiga muvofiq, voyaga yetmaganlar jinoyatlari to‘g‘risidagi ish yopiq sud majlisida ko‘riladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Agar dastlabki tergov organlari, asos bo‘la turib, Fuqarolik kodeksining 993 va 994-moddalarida ko‘rsatilgan shaxslar va tashkilotlarni fuqaroviy javobgar deb e’tirof etmagan bo‘lsa, sud bu masala yuzasidan tegishli ajrim chiqarishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi