Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2023
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 1996-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi amalga kiritilgan kundan e’tiboran mehnat to‘g‘risidagi amaldagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning Kodeksga zid bo‘lmagan qismi qo‘llaniladi.
3. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi Kodeks amalga kiritilganidan keyin, ya’ni 1996-yil 1-apreldan e’tiboran yuzaga kelgan mehnatga oid huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Mehnat kodeksi amalga kiritilgunga qadar yuzaga kelgan mehnatga oid huquqiy munosabatlarda taraflarning huquqlari va burchlari 1996-yil 1-apreldan e’tiboran Mehnat kodeksiga muvofiq tartibga solinadi.
4. Muddatli mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilishning Mehnat kodeksi 99-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibi va 104-moddasining qoidalari Mehnat kodeksi amalga kiritilganidan keyin, ya’ni 1996-yil 1-apreldan boshlab tuzilgan muddatli mehnat shartnomalariga nisbatan qo‘llaniladi.
5. Mehnat kodeksi 151-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ta’tilning eng oz muddatidan ortiqcha qismini pullik kompensatsiya bilan almashtirish 1996-yil 1-apreldan e’tiboran oxirgi ish yilidagi va shundan keyingi yillardagi ta’tillarga nisbatan qo‘llaniladi.
7. Mehnat kodeksi 1996-yil 1-apreldan keyin kelib chiqqan mehnat nizolariga tatbiq etiladi.
Oliy Majlisga O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini Mehnat kodeksiga muvofiqlashtirish to‘g‘risida takliflar taqdim etsin;
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari Mehnat kodeksiga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi