Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasiga erkin kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega bo‘lib, qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Sudlarga tushuntirilsinki, JK ning 223-moddasida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlik shaxs chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoxud O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tish yuzasidan belgilangan tartibni faqat qasddan buzgan hollardagina kelib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Jinoyat kodeksi 223-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasiga ko‘ra, mazkur jinoyat qonunga xilof ravishda chet elga chiqish, qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoki qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan o‘tishda ifodalangan bir yoki bir necha harakatlar ko‘rinishida sodir etilishi mumkin.
Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish, qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirish deganda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining belgilangan o‘tkazish punktlari orqali (Qonunning 12-moddasi), biroq belgilangan hujjatlarsiz yoki O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomasiz kesib o‘tilishi tushunilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Normativ-huquqiy hujjatlarda (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-2142-sonli qarori) muayyan toifadagi shaxslarning (harbiy xizmatchilar, davlat siri bo‘lgan ma’lumotlardan xabardor shaxslar va h.k.larning) chet elga chiqishi uchun xorijiy davlat bilan vizasiz rejim mavjudligidan qat’iy nazar, boshqacha tartib belgilanishi mumkin. Binobarin, mazkur toifadagi shaxslarning viza rasmiylashtirilishi talab etilmaydigan xorijiy davlatlarga maxsus ruxsatsiz chiqishi ularning JK 223-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 223-moddasi bo‘yicha javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirilmagan holda yoki amal qilish muddati o‘tgan xorijga chiqish biometrik pasporti bilan O‘zbekiston Respublikasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ularga kirish uchun kirish vizalari talab etilmaydigan har qanday xorijiy davlatdan boshqa, kirish vizasi rasmiylashtirilishi talab etiladigan xorijiy davlatga kirgan hollarda kelib chiqadi.
Shu bilan birga, fuqarolar kirish chiqish Tartibida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlat hududida bo‘lishi muddati chegarasi belgilanmaganligi sababli, ularning xorijiy davlat hududida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan muddatlardan ortiq bo‘lishlari ma’muriy (MJTK 226-moddasi) yoki jinoiy (JK 223-moddasi) javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi.
8. Jinoyat kodeksining 223-moddasida nazarda tutilgan jinoyat O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi chizig‘i kesib o‘tilgan paytdan boshlab, Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida esa — chegara nazoratidan o‘tilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
9. Sudlarga tushuntirilsinki, agar jinoyat Davlat chegarasini yorib o‘tish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, shaxsning harakatlari JK 223-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda yorib o‘tish deganda, jumladan, qo‘riqlanadigan Davlat chegarasini chegara postiga yoki chegarachilar naryadiga hujum qilish, chegara qo‘shinlarining qonuniy faoliyatiga boshqacha faol qarshilik ko‘rsatish (masalan, Davlat chegarasi rejimi talablariga ochiqdan-ochiq bo‘ysunmaslik, o‘zining xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilish), Davlat chegarasini qo‘riqlashga doir texnik vositalarni nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish va h.k. yo‘li bilan kesib o‘tishda ifodalangan harakatlar tushunilishi lozim.
Agar Davlat chegarasini yorib o‘tish paytida aybdor tomonidan Davlat chegarasini qo‘riqlovchi shaxs badaniga qasddan og‘ir shikast yetkazilgan yoki u qasddan o‘ldirilgan bo‘lsa, qilmish JK ning 223-moddasi va tegishlicha JK ning 104, 97-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday holatlarda qasddan badanga yengil yoki o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati, shuningdek mulkiy ziyon yetkazilishi JK ning 223-moddasi ikkinchi qismi dispozitsiyasi bilan qamrab olinadi va tegishlicha JK ning 105, 109 va 173-moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 223-moddasi ikkinchi qismining “g” bandida nazarda tutilgan jinoyat subyekti bo‘lib, faqat xorijiy mamlakatlarga chiqishi maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslar bo‘la oladilar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ 2142-sonli qarorining 1 va 2-bandlari).
Oldingi tahrirga qarang.
12. Jinoyat kodeksi 223-moddasi dispozitsiyasi blanket norma bo‘lganligi tufayli, shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorda dastlabki tergov organlari shaxs tomonidan chet elga chiqish, O‘zbekiston Respublikasiga kirish, O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan o‘tish tartibini belgilovchi aynan qaysi normativ-huquqiy hujjat talabi buzilganligini aniq ko‘rsatishlari shart. Sud hukmida ham mazkur jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsning harakatlarida JK ning 223-moddasida nazarda tutilgan belgilardan qaysi biri mavjudligi aniq ko‘rsatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi