Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat 25.11.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasiga erkin kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega bo‘lib, qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Sudlarga tushuntirilsinki, JK ning 223-moddasida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlik shaxs chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoxud O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tish yuzasidan belgilangan tartibni faqat qasddan buzgan hollardagina kelib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Jinoyat kodeksi 223-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasiga ko‘ra, mazkur jinoyat qonunga xilof ravishda chet elga chiqish, qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoki qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan o‘tishda ifodalangan bir yoki bir necha harakatlar ko‘rinishida sodir etilishi mumkin.
Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish, qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirish deganda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining belgilangan o‘tkazish punktlari orqali (Qonunning 12-moddasi), biroq belgilangan hujjatlarsiz yoki O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomasiz kesib o‘tilishi tushunilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Belgilangan tartibga ko‘ra, kirish-chiqish uchun vizasiz rejim o‘rnatilgan MDH mamlakatlariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chiqishi uchun stiker rasmiylashtirilishi talab etilmaydi (fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I bo‘limi 2-bandi). Biroq, normativ-huquqiy hujjatlarda ayrim mamlakatlar bilan vizasiz rejim mavjudligidan qat’i nazar, muayyan toifadagi fuqarolarning (masalan, harbiy xizmatchilar, davlat siri bo‘lgan ma’lumotlardan xabardor shaxslar va h.k.larning) chet elga chiqishi uchun boshqacha tartib belgilanishi mumkin (fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I bo‘limi 3-bandi, II bo‘limi 4-bandi). Binobarin, mazkur toifadagi shaxslarning kirish vizasi rasmiylashtirilishi talab etilmaydigan MDH mamlakatlariga maxsus ruxsatsiz chiqishi ularning JK ning 223-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Jinoyat kodeksining 223-moddasida nazarda tutilgan jinoyat O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi chizig‘i kesib o‘tilgan paytdan boshlab, Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida esa — chegara nazoratidan o‘tilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
9. Sudlarga tushuntirilsinki, agar jinoyat Davlat chegarasini yorib o‘tish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, shaxsning harakatlari JK 223-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda yorib o‘tish deganda, jumladan, qo‘riqlanadigan Davlat chegarasini chegara postiga yoki chegarachilar naryadiga hujum qilish, chegara qo‘shinlarining qonuniy faoliyatiga boshqacha faol qarshilik ko‘rsatish (masalan, Davlat chegarasi rejimi talablariga ochiqdan-ochiq bo‘ysunmaslik, o‘zining xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilish), Davlat chegarasini qo‘riqlashga doir texnik vositalarni nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish va h.k. yo‘li bilan kesib o‘tishda ifodalangan harakatlar tushunilishi lozim.
Agar Davlat chegarasini yorib o‘tish paytida aybdor tomonidan Davlat chegarasini qo‘riqlovchi shaxs badaniga qasddan og‘ir shikast yetkazilgan yoki u qasddan o‘ldirilgan bo‘lsa, qilmish JK ning 223-moddasi va tegishlicha JK ning 104, 97-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday holatlarda qasddan badanga yengil yoki o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati, shuningdek mulkiy ziyon yetkazilishi JK ning 223-moddasi ikkinchi qismi dispozitsiyasi bilan qamrab olinadi va tegishlicha JK ning 105, 109 va 173-moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi.
10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK ning 223-moddasi ikkinchi qismining “v” bandida nazarda tutilgan jinoyat subyekti bo‘lib, faqat, “Chet elga borishlari maxsus rozilikni talab etadigan mansabdor shaxslar ro‘yxati”ga kiritilgan mansabdor shaxslar bo‘la oladilar (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-sonli qaroriga 4-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Jinoyat kodeksi 223-moddasi dispozitsiyasi blanket norma bo‘lganligi tufayli, shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorda dastlabki tergov organlari shaxs tomonidan chet elga chiqish, O‘zbekiston Respublikasiga kirish, O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan o‘tish tartibini belgilovchi aynan qaysi normativ-huquqiy hujjat talabi buzilganligini aniq ko‘rsatishlari shart. Sud hukmida ham mazkur jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsning harakatlarida JK ning 223-moddasida nazarda tutilgan belgilardan qaysi biri mavjudligi aniq ko‘rsatilishi lozim.
Dastlabki tergov organlari va sudlar tomonidan jinoyat-protsessual qonuni (JPK 419-moddasi) talablariga rioya etilmasligi ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari bekor qilinishiga va ishning qo‘shimcha tergov yuritish uchun qaytarilishiga sabab bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi