Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

×
 ×
Shahar yo‘lovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida

1-ILOVA
2014-2015-yillar davrida Toshkent shahrida shahar yo‘lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari KOMPLEKS DASTURI

2-ILOVA
2013 — 2015-yillar davrida “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish chora-tadbirlari KOMPLEKSI

3-ILOVA
Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini takomillashtirishga doir tasdiqlangan chora-tadbirlar kompleksi bajarilishi monitoringini olib borish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan muvofiqlashtiruvchi guruh TARKIBI

4-ILOVA
Yo‘lovchilarning shahar atrofi yo‘nalishidan shahar yo‘nalishlariga o‘tirishlari uchun Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan yo‘lovchi tashish stansiyalari ro‘yxati

5-ILOVA
Toshkent shahrida yo‘nalishli xususiy taksilarda yo‘lovchi tashish tartibi to‘g‘risida NIZOM

I. Umumiy qoidalar

II. Yo‘lovchilar tashish Yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchi tashish turlari va ularni tashkil etish

III. Yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchilar tashishga qo‘yiladigan talablar

6-ILOVA
“Toshshahartransxizmat” uyushmasini, “Toshavtobustrans”, “Toshyo‘lovchita’mirservis” aksiyadorlik kompaniyalarini va “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasini tugatish komissiyasi TARKIBI

7-ILOVA
Davlatga tegishli ulushlari (aktivlari) va mol-mulki “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga berilayotgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tashkilotlar RO‘YXATI

8-ILOVA
“3-son tramvay-trolleybus deposi” DUK va “Shahar elektr transportiga xizmat ko‘rsatish shu’basi” DUKning kimoshdi savdolarida sotiladigan mulkiy komplekslari ro‘yxati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-son qarorini bajarish yuzasidan hamda oraliq bo‘g‘inlarni bartaraf etish, boshqaruv xodimlari sonini qisqartirish, avtobus saroylarini joylashtirish sxemasini takomillashtirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini tartibga solish va transport tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish yo‘li bilan shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
7-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat ulushini nominal qiymati bo‘yicha, shuningdek boshqa tashkilotlarning mol-mulkini balans qiymati bo‘yicha berish hisobiga “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasining boshlang‘ich ustav fondini shakllantirsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
T/rTadbirlar nomi Bajarish muddatiBajarish uchun mas’ullar

I. Yo‘nalish tarmog‘ini maqbullashtirish va harakatlanadigan tarkibdan samarali foydalanishni ta’minlash

1.

Yo‘lovchilar tashishni tashkil etish samaradorligini oshirish, avtobus yo‘nalishlarini yanada maqbullashtirish maqsadida Toshkent shahar jamoat transportining barcha turlarida yo‘lovchilar oqimini o‘rganib chiqishni tizimli asosda amalga oshirish, rusumi va sig‘imi bo‘yicha harakat tarkibining oqilona sonini va ish rejimini aniqlash, shahar yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarining pasportlarini tasdiqlagan holda tashuvlarni tashkil etish samaradorligini oshirish.
Avtomobilda tashuvlarni amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun to‘lanadigan davlat boji mablag‘larining bir qismini Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentiga hamda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga (yuk tashuvlari bo‘yicha) va shaharda yo‘lovchilar tashuvlarini rivojlantirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq foydalaniladigan mablag‘lar hisobiga kompleks tekshirishni moliyalashtirish.

2014-yil
II chorak
Toshkent shahar hokimligi
Yo‘lovchi transportining barcha
turlari harakatini litsenziyalash
va muvofiqlashtirish departamenti,
“Toshshahartransxizmat” AK
2.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi harakatlanadigan tarkibdan foydalanishning prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish:
yo‘nalishli taksilarning 4 ta yo‘nalishini bosqichma-bosqich yopish, 18 ta yo‘nalishning uzunligini qisqartirish va 15 ta yo‘nalishning harakatl�nish sxemasini o‘zgartirish yo‘li bilan liniyadagi avtobuslar va yo‘nalishli taksilar harakati yo‘nalishlarining bir-birini takrorlashini bartaraf etish;
sutkaning turli vaqtida yo‘lovchilar oqimi intensivligiga va shahar ko‘chalarining o‘tkazish layoqatiga qarab bir yo‘nalishda katta va o‘rtacha sig‘imli avtobuslardan samarali foydalanish;
bo‘sh qatnovlarni kamaytirish, avtobuslar va yo‘nalishli taksilar qatnov yo‘nalishlarining metropoliten stansiyalari va elektr transportining oxirgi punktlari bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash hisobiga yo‘nalishlarning sxemalari va uzunligini maqbullashtirish, shuningdek shaharlar va shahar atrofi yo‘nalishlarini oqilona uyg‘unlashtirish;
3 ta yo‘nalishni bosqichma-bosqich yopish, yo‘lovchilar oqimi kam bo‘lgan yo‘nalishlarda “Mercedes-Benz” avtobuslarini 17 ta “Isuzu” avtobuslariga almashtirish hisobiga zarar ko‘ruvchanligi 30 foizdan ortiq bo‘lgan avtobus yo‘nalishlarida harakatlanish jadvallarini va harakatlanadigan tarkibdan foydalanishni qayta ko‘rib chiqish.

2014-
2015-yillar
Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, “Toshshahartransxizmat” AK
3.

Shahar atrofi yo‘nalishlarining oxirgi to‘xtash joylarini Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab joylashtirgan holda shahar va shahar atrofi yo‘nalishlari sxemalarini maqbullashtirish:
8 ta: “Baxt” (Olmaliq yo‘nalishi), “Tuzel” (Tuzel yo‘nalishi), “Agrar universitet” (Unqo‘rg‘on yo‘nalishi), “Uch qahramon” (Chimkent yo‘nalishi), “Keles” (Keles yo‘nalishi), “Beshqayrag‘och” (Nazarbek yo‘nalishi), “Erkin” (Chinoz yo‘nalishi), “Choshtepa” (Yangiyo‘l-Zangiota yo‘nalishi) yangi yo‘lovchilar avtostansiyalarini qurish;
“Qo‘yliq S-1” (Bekobod yo‘nalishi) avtostansiyasini rekonstruksiya qilish va kengaytirish;
3 ta mavjud avtostansiyadan: “TTZ” (Chirchiq yo‘nalishi), “Tibbiyot shaharchasi” (Toshkent mineral suvlar yo‘nalishi) va “Do‘stlik-2” (Yangiyo‘l yo‘nalishi)dan foydalanish;
shahar atrofiga qatnaydigan liniyadagi taksilar fuqarolarning qayta o‘tirishi uchun eng qulay joylarda to‘xtab turishi uchun maydonchalar tashkil etish.

2014-yilToshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari, Ichki ishlar vazirligi
4.

Oxirgi yo‘nalishlarda transport vositalari kelishi va ketishi vaqtini qayd etadigan elektron terminallar, shuningdek har bir to‘xtash punktida avtobus yo‘nalishlarining ish rejimini, aniq jadvalini va harakatlanish oraliqlarini aks ettiruvchi ma’lumot beruvchi tablo o‘rnatgan holda jadvalga va harakatlanish oraliqlariga rioya qilish intizomini kuchaytirish.

2015-yilToshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, “Toshshahartransxizmat” AK
5.

Tashuvchilar tomonidan litsenziya bitimlari shartlari va talablariga, yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalariga rioya etilishi, shuningdek tashuvlarni ruxsat beruvchi hujjatlarsiz amalga oshirish holatlarini aniqlash yuzasidan muntazam ravishda qo‘shma reydlar o‘tkazish.

Muntazam ravishdaIchki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti
6.

1994 —1998-yillarda sotib olingan, 100 foiz eskirgan, foydalanish muddati 15 yildan ortiq va yo‘l bosish masofasi 1,25 mln km bo‘lgan “Mercedes-Benz O405” rusumli 78 ta avtobusni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish.

2013-yil
IV chorak
“Toshshahartransxizmat” AK
II. Yo‘lovchilar tashishni tashkil etishni yanada takomillashtirish, shahar jamoat transporti korxonalarining samaradorligini va
moliya-xo‘jalik faoliyati rentabelligini oshirish
7.

Avtobus saroylari tarkibida yo‘lovchilarni yo‘nalishli taksilarda tashish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan avtokolonnalar tashkil etish, ularni malakali haydovchilar va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi talablariga javob beradigan zamonaviy harakatlanadigan tarkib bilan butlash.

2014-2015-yillar“Toshshahartransxizmat” AK
8.

Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transporti korxonalarida tovar-moddiy boyliklarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish yo‘li bilan xarajatlarni hisobga olish va tahlil qilishni takomillashtirish.

2014-yil
III chorak
“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi
9.

Belgilangan tartibda tender savdolari o‘tkazish yo‘li bilan “Toshavtota’mirxizmat” UK orqali harakatlanadigan tarkib uchun ehtiyot qismlar va materiallarni markazlashtirilgan tartibda xarid qilish mexanizmini joriy etish yo‘li bilan shahar yo‘lovchi tashish transporti korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish.

2014-yil
II chorak
Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” AK
10.

Yo‘lovchilar tashish xarajatlarini qisqartirish va tannarxini pasaytirish maqsadida avtobus saroylari, tramvay deposi va tegishli xizmatlarning boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish.

2014-yil
I chorak
“Toshshahartransxizmat” AK
11.

Aholiga va tashkilotlarga, shu jumladan xususiy tashuvchilarga pulli xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish yo‘li bilan (harakatlanadigan tarkibni saqlash uchun ishlab chiqarish binolari va hududlar ijarasi, avtotransportni qatnovdan oldin texnika ko‘rigidan va haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tantanali tadbirlarga va boshqa tadbirlarga xizmat ko‘rsatish, reklama va boshqa xizmatlar) shahar jamoat transporti korxonalarining moliya-xo‘jalik faoliyati rentabelligini oshi�ish, foydani shaharda yo‘lovchilar tashishdan ko‘rilgan zararlarni qisman qoplashga yo‘naltirish.

Doimo“Toshshahartransxizmat” AK
12.

Liniyadan pul tushumi tushishining real prognozini aniqlash maqsadida shahar yo‘lovchi tashish transportining har bir yo‘nalishi bo‘yicha xronometrajni tizimli asosda o‘tkazish.

Tizimli ravishdaDavlat soliq qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, “Toshshahartransxizmat” AK
13.

Axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda aholi uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, transport vositalari harakati oraliqlariga va yo‘nalishlar harakati jadvallariga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlaydigan harakatlanadigan tarkibni uzoqdan nazorat qilish tizimini (GPS) joriy etish yo‘li bilan shahar yo‘lovchi tashish transporti ishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolarning shahar yo‘lovchilar tashish transporti ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlari, shikoyatlari va takliflari bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish uchun SMS xabarlarini qabul qilish xizmatini tashkil etish.

2014-2015-yillar Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, “Toshshahartransxizmat” AK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
14.

Keyinchalik belgilangan tartibda realizatsiya qilish uchun “3-son tramvay-trolleybus deposi” DUK (sobiq trolleybus kompleksi) va “Shahar elektr transportlariga xizmat ko‘rsatish shu’basi”ning mulkiy komplekslarini xatlovdan o‘tkazish va konservatsiyalash.

2014-yil
I chorak
Davlat raqobat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” AK
III. Transport korxonalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish, avtobus saroylarining malakali haydovchilar tarkibi bilan to‘ldirilganligini ta’minlash
15.

Quyidagilarni kuchaytirishga yo‘naltirilgan “Toshshahartransxizmat” AK tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha Nizomni tasdiqlash:
haydovchilar tarkibining yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashdan, harakatlanish xavfsizligi va maromiga rioya etishdan, faoliyatining prognoz ko‘rsatkichlarini bajarishdan, avtotransport vositalaridan ehtiyotlab va samarali foydalanishdan manfaatdorligini oshirish uchun mehnatga haq to‘lash fondi tarkibidagi rag‘batlantiruvchi to‘lovlarning rolini kuchaytirish;
rahbarlarning va ijro etuvchi apparat boshqaruv xodimlarining idoraviy mansub tashkilotlar xo‘jalik faoliyatining pirovard natijalari hamda shahar transportining barqaror ishlashini tashkil etish yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish.

2013-yil
IV chorak
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, “Toshshahartransxizmat” AK
16.

“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi, uning tarkibiy bo‘linmalari va tashkilotlarining boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarini malakali, kasbiy tayyorlangan kadrlar bilan to‘liq butlashni ta’minlash.

2014-yil
I chorak
Toshkent shahar hokimligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Toshshahartransxizmat” AK
17.

Shtatlarni malakali haydovchilar bilan butlashni ta’minlash uchun Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transporti avtobuslari haydovchilarini maxsus tayyorlash dasturini ishlab chiqish.

2014-yil
II chorak
Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Toshshahartransxizmat” AK
IV. Shahar yo‘lovchi tashish transporti korxonalari faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish
18.

Avtotransport vositalarini qatnovdan oldin texnik ko‘rikdan hamda yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni avtomobilda tashiydigan haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2014-yil
II chorak
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi
19.

Ishdan tashqari vaqtda transport vositalarini saqlash joylari, haydovchilarni qatnovdan oldin tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish punktlari mavjudligi shartligini nazarda tutuvchi yo‘lovchilar tashish turlari bo‘yicha namunaviy litsenziya bitimini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2014-yil
II chorak
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti
20.

Shahar yo‘lovchi tashish transportida chiptasiz yurganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, shu jumladan chiptasiz yurganlik uchun jarima summasini ikki baravar ko‘paytirish bo‘yicha takliflar kiritish.

2014-yil
II chorak
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti
Oldingi tahrirga qarang.
T/rTadbirlarning nomiBajarish muddatlariMoliyalashtirish manbalariBaholash xarajatlari (mln so‘m)*

Mas’ul bajaruvchilar

1. Kompyuterlashtirishni va AT-infratuzilmani rivojlantirish
1.1.

Markaziy apparatda va tarkibiy bo‘linmalarda kompyuter texnikasini yangilash

2013 — 2015-yillarO‘z
mablag‘lari
380,0“Toshshahartransxizmat” AK
1.2.

Markaziy apparat va tarkibiy bo‘linmalarning o‘zaro hamkorligi zarur darajasini ta’minlash maqsadida korporativ tarmoqni, shuningdek texnik va dasturiy infratuzilmani yaratish

2014-yil
II chorak
Tijorat
banklari
kreditlari
450,0

“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi

Jami830,0
2. Ishlab chiqarish va moliya resurslarini boshqarish bo‘yicha axborot tizimlarini yaratish va joriy etish
2.1.

Markaziy apparat va tarkibiy bo‘linmalarda elektron hujjatlar aylanishi tizimini joriy etish

2014-yil
III chorak
O‘z
mablag‘lari
95,0

“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi

2.2.

Moliya resurslarini boshqarish bo‘yicha yagona avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minotni joriy etish

2014-yil
II chorak
O‘z
mablag‘lari
50,0

“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi

2.3.

Texnik vositalarni, shu jumladan transport vositalari soni, ularning holati, zaxira qismlar va boshqa moddiy boyliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisobga olish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimni yaratish va joriy etish

2014-yil
III chorak
O‘z
mablag‘lari
50,0“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi
Jami195,0
3. Harakatlanadigan tarkibni boshqarish va uning harakatini nazorat qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan vositalarni va dasturiy
komplekslarni yaratish va joriy etish
3.1.

Navigatsiya tizimlarini joriy etishni va transport vositalari haydovchilarini aloqa vositalari bilan ta’minlashni hisobga olgan holda harakatlanadigan tarkibning harakatini uzoqdan nazorat qilish tizimini (GPS) joriy etish

2013-2014-yillarTijorat banklari kreditlari 0,54 mln.
doll.

Toshkent shahri hokimligining Yo‘lovchi tashish
transporti barcha turlari harakatini litsenziyalash
va muvofiqlashtirish departamenti, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Toshshahartransxizmat” AK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

O‘z
mablag‘lari
150,0
3.2

Yo‘l varaqalarini hisobga olish va avtomatik qayta ishlash bo‘yicha dasturiy ta’minot joriy etilishini hisobga olgan holda Toshkent shahrida yo‘lovchi tashuvlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish

2014-2015-yillar

Tijorat
banklari
kreditlari

0,4 mln
dollar

Jami
150,0mln so‘m
0,94mln AQSh dollari
4. Axborot resurslari va axborot tizimlarini rivojlantirish
4.1.

Yo‘lovchilarga interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni hisobga olgan holda veb-saytni takomillashtirish

2013-yil
IV chorak
O‘z
mablag‘lari
15,0“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi
4.2.

Yozib olish funksiyasiga ega bo‘lgan “ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroqlarni hisobga olish xizmatlarini joriy etish

2014-yil
IV chorak
O‘z
mablag‘lari
20,0“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi
4.3.

Shahar transporti yo‘lovchilari uchun tegishli yo‘nalishlar transport vositalarining qayerdaligini kuzatib borish funksiyasiga ega bo‘lgan mobil aloqani tashkil etish

2015-yil
III chorak
O‘z
mablag‘lari
15,0“Toshshahartransxizmat”, AK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Jami

50,0
5. Axborot xavfsizligini ta’minlash
5.1.

Axborot xavfsizligining zarur darajasini ta’minlash bo‘yicha ichki normativ hujjatlarni (axborot xavfsizligining korporativ siyosati, axborot xavfsizligi tavakkalchiliklarini boshqarish to‘g‘risidagi, axborot xavfsizligining noxush hodisalarini boshqarish to‘g‘risidagi nizomlar va boshqalarni) ishlab chiqish va tasdiqlash

2013-2014-yillarO‘z
mablag‘lari
45,0“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi
5.2.

Ichki normativ hujjatlarni (korporativ tarmoqdan va kompyuter texnikasidan foydalanish qoidalari, elektron shakllar va hisobot berish muddatlari bo‘yicha nizomlar va boshqalarni) takomillashtirish

2014-yil
I chorak
O‘z
mablag‘lari
-“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi

Jami

45,0

Hammasi

ulardan:


1270,0
0,94

mln so‘m
mln AQSh dollari

o‘z mablag‘lari820,0

mln so‘m

tijorat banklarining kreditlari450,0
0,94

mln so‘m
mln AQSh dollari

Oldingi tahrirga qarang.
1.Qodirov R.H.O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori, muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari
2.Usmonov R.J.Toshkent shahar hokimi, muvofiqlashtiruvchi guruh rahbarining o‘rinbosari
3.Mamatov R.T.O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari
4.Mirzamaxmudov J.TO‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari
5.Abdullayev M.R.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari
6.Rustamov O.B.O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
7.Gaffarov S.X.

O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

8.Fayzullayev A.N.Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari
9.Shovahobov Sh.Sh. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining o‘rinbosari
10.Odilov M.A.Toshkent shahar ichki ishlar bo� boshqarmasi boshlig‘i
11.Saydaliyev X.A.Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i
12.Sodiqov B.G.“Toshkent metropoliteni” DUK boshlig‘i
13.Aytubayev Z.S.Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash
va muvofiqlashtirish departamentining boshlig‘i
14.Abrarov Z.Z.“Toshshahartransxizmat” uyushmasi raisi v.b.
15.Xanov N.M. Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi
masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri, muvofiqlashtiruvchi guruh kotibi
1. Toshkent shahrida yo‘nalishli xususiy taksilarda yo‘lovchi tashish tartibi to‘g‘risidagi ushbu Nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-son qarorini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan va yo‘lovchilar xavfsizligini, xizmat ko‘rsatishning yuksak madaniyatini, yo‘lovchilar tashishni tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilishni ta’minlash tamoyillaridan kelib chiqib Toshkent shahrida yo‘nalishli xususiy taksilarda yo‘lovchilar tashishni bajarish bo‘yicha avtomobilda xususiy yo‘lovchi tashuvchilar uchun yagona tartib va shartlarni belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi