Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

×
 ×
Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida

ILOVA
Ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash TARTIBI

Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 623-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 09/19/623/3479-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2021-y., 09/21/306/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Davlat xizmatlarining nomi

Ishlar narxi

I. Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

1.1.

Umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

1.2.

Umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk

Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi

1.3.

Umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan 5000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining 17,25 baravari

1.4.

Umumiy maydoni 5000 kvadrat metrdan 15000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining 34,5 baravari

1.5.

Umumiy maydoni 15000 kvadrat metrdan 50000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining 57,5 baravari

1.6.

Umumiy maydoni 50000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan ko‘chmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining 80,5 baravari

II. Ko‘chmas mulk obyektlarining turarjoy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

2.1.

Ko‘p kvartirali uydagi kvartira

Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi

2.2.

Yakka tartibdagi turarjoy

Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi

III. Yer uchastkalariga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

3.1.

Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bepul

3.2.

Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

3.3.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

3.4.

Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

3.5.

Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari

3.6.

Ko‘p yillik dov-daraxtlar

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari va har 1 gektar dov-daraxtlar bilan egallangan yer uchastkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi

IV. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

4.1.

Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan turarjoy ko‘chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

4.2.

Jismoniy shaxslarning umumiy �aydoni 100 kvadrat metrdan 300 kvadrat metrgacha bo‘lgan turarjoy ko‘chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 baravari

4.3.

Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 300 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan turarjoy ko‘chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari

4.4.

Yuridik shaxslarning turarjoy ko‘chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari

4.5.

Jismoniy shaxslarning noturarjoy ko‘chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari

4.6.

Yuridik shaxslarning noturarjoy ko‘chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari

4.7.

Jismoniy shaxslarning yakka tartibda turarjoy qurish uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari

4.8.

Jismoniy shaxslarning noturarjoy obyektlari uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari

4.9.

Yuridik shaxslarga berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari

4.10

Jismoniy shaxslarning (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaligi bundan mustasno) qishloq xo‘jaligi uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari

4.11

Yuridik shaxslarga (yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaligi bundan mustasno) qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari

4.12.

Ipotekani, shuningdek, ijara huquqini (yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi bundan mustasno), yer uchastkasi bo‘yicha servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda garov xatini rasmiylashtirish

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

4.13.

Mulkida turarjoy borligi (yo‘qligi) haqida ma’lumotnoma berish

Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi

(har bir fuqaro uchun)

4.14.

Ko‘chmas mulkka oid kadastr ma’lumotlarini taqdim etish

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi

(davlat organlari uchun bepul)

4.15.

Shahodatnomaga ega bo‘lgan kadastr muhandisi tomonidan tayyorlangan kadastr yig‘majildiga asosan ko‘chmas mulkni hisobga olish va kadastr pasportini berish

a) bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari

b) ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini hisoblash talab etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 baravari

4.16.

Jismoniy shaxslarning ko‘p yillik dov-daraxtlari davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari

4.17.

Yuridik shaxslarning ko‘p yillik dov-daraxtlari davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari

4.18.

Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi

(davlat organlari uchun bepul)

V. Ko‘chmas mulk obyektlariga manzillar berish, ularni o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish

5.1.

Ko‘chmas mulk obyektlariga manzillar berish, ularni o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari

VI. Ko‘chmas mulkni bo‘lish, birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash

6.1

Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari

6.2

Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari

7. “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq dehqon xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi