O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasini bajarish yuzasidan hamda sog‘lom oilani shakllantirish, irsiyatga bog‘liq va tug‘ma kasalliklarga chalingan bolalar tug‘ilishining oldini olish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2004-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
4. Nikohlanuvchi shaxslar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq hajmlarda psixik, narkologik, tanosil kasalliklari, sil kasalligi va OIV/OITS yuzasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
29. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan keyin nikoh tuzilishiga O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasida nazarda tutilgan to‘siq mavjud bo‘lmagan taqdirda FHDY organlari tomonidan nikohni qayd etish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
31. Agar nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijasida ularning bittasida yoki har ikkalasida mazkur Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan kasallik, shuningdek, dispanserizatsiya natijasida boshqa kasalliklar aniqlangan taqdirda, nikohni qayd etish tomonlarning ushbu tekshirish natijalaridan xabardorligi tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi.