O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi hamda “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi
Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qaroriga muvofiq mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibini belgilaydi.
Mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 67-moddasida nazarda tutilgan hollarda bekor qilingandan, harbiy xizmatchi muddatli harbiy xizmat safidan bo‘shatilgandan keyin bir oy ichida mehnatga vaqtincha layoqatsizlik vujudga kelgan bo‘lsa, mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-apreldagi 170-son “Chernobil halokatidan ziyon ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqida”gi qaroriga asosan, ishlovchi Chernobil AESdagi halokat oqibatini bartaraf etish bilan bog‘liq holda nogiron bo‘lganlarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi uzluksiz to‘rt oygacha, tanaffus bilan o‘n ikki oy mobaynida jami besh oygacha beriladi.
47. Karantin davrida mazkur Yo‘riknomaning 46-bandida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan mehnatga layokatsizlik varaqasi ish beruvchiga elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Mastlik holati bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (094\x shakl) mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga, ta’lim olayotgan shaxslar uchun mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (095\x shakl)
3-ilovasiga, bemor bolani parvarishlash uchun mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (138\x shakl)
4-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi. Ushbu Yo‘riqnomaning
2-bandida nazarda tutilgan boshqa holatlar bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari tibbiy hujjatlar asosida erkin shaklda beriladi.