Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.02.2006
Hujjat 19.07.1996 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
1.3. Sudlar jazo tayinlashda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 56-moddasida ko‘rsatilgan va doirasi tugal bo‘lmish jazoni og‘irlashtiruvchi holatlarni e’tibordan chetda qoldirishga haqli emaslar. Sud bu holatlardan birortasini jazoni og‘irlashtiruvchi holat deb topmagan taqdirda, bunga hukmda batafsil asoslar keltirishi lozim.
1.4. Jinoyat kodeksining 36-moddasiga muvofiq garchi rasmiy jihatdan jinoyat qonunida ko‘rsatilgan biror bir harakatning alomatlari mavjud bo‘lsa ham, lekin o‘zining kam ahamiyatliligi sababli ijtimoiy xavfli bo‘lmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb hisoblanmaydi. Shu sababli sudlar har bir muayyan ishni ko‘rish paytida, xatti-harakatning jamoat uchun xavflilik darajasi masalasini batafsil muhokama qilib, aniqlangan holatlarga qarab asoslantirilgan qaror qabul qilishlari zarur.
Jinoyat kodeksining 65, 66, 68, 69, 70, 71, 76-moddalariga binoan shaxs ilgari sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod etilgan bo‘lsa.
Keyingi tahrirga qarang.
1.8. Jinoyat kodeksining 51-moddasiga binoan o‘lim jazosi faqat aybni og‘irlashtiruvchi alohida holatlar va shu bilan birga o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxsning mutlaq xavfliligi uni qo‘llash zaruriyatini taqozo etgan taqdirdagina qo‘llaniladi. Bunday jazo qo‘llash chog‘ida sudlanuvchining ruhiy jihatdan tekshirilganligiga sudlar alohida e’tibor berishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud hukmda dastavval har bir jinoyatga alohida jazo tayinlab, so‘ngra jinoyatlar jami bo‘yicha qat’iy jazo belgilashi zarurligi to‘g‘risida Jinoyat kodeksining 59-moddasi, shuningdek Jinoyat-protsessual kodeksining 468-moddasida belgilangan tartib ham asosiy jazo, ham qo‘shimcha jazo choralari tayinlashga taalluqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
2.4. Jinoyat kodeksi 59-moddasining 4-qismini qo‘llashda jinoyatlar jami uchun belgilangan qat’iy jazo, birinchi hukm bo‘yicha tayinlangan jazodan kam bo‘lishi mumkin emas, chunki bunday holda jazolarni qo‘shish paytida sud birinchi hukm bo‘yicha tayinlangan jazoning o‘talmagan qismidan emas, balki uning to‘liq miqdoridan kelib chiqishi zarur.
2.5. Hukmni chiqarish uni ochiq e’lon qilish bilan yakunlanishi sababli Jinoyat kodeksining 60-moddasida ko‘zda tutilgan hukmlar jami bo‘yicha jazo tayinlash qoidasi mahkum tomonidan birinchi hukm e’lon qilingandan so‘ng, lekin hukm bo‘yicha tayinlangan asosiy va qo‘shimcha jazolar to‘la o‘talgunga qadar yangi jinoyat sodir etilgan hollarda qo‘llaniladi.
2.6. Agar ish bo‘yicha hukm chiqarilgandan keyin mahkumning yana boshqa jinoyatlarda aybdorligi aniqlanib, ulardan ayrimlari birinchi hukm chiqarilgunga qadar, boshqalari esa o‘sha hukm chiqarilgandan so‘ng sodir etilgan bo‘lsa, ikkinchi hukm bo‘yicha jazo Jinoyat kodeksining ham 59, ham 60-moddalarida belgilangan tartibga rioya etilgan holda tayinlanadi. Bunda avvalo birinchi hukm chiqarilgunga qadar sodir etilgan jinoyatlar jami bo‘yicha, undan keyin Jinoyat kodeksining 59-moddasini 4-qismi qoidasiga asosan, so‘ngra birinchi hukm chiqarilgandan keyin sodir etilgan jinoyatlar jami bo‘yicha va nihoyat, hukmlar jami bo‘yicha jazolar belgilanadi.
Jinoyat kodeksining 72-moddasida ko‘rsatilgan tartibda shartli hukm qilinganda, shuningdek, JPKning 533-moddasida nazarda tutilgan tartibda hukmning ijrosi kechiktirilganda jazoning to‘liq muddati /ehtiyot chorasi yoki ushlab turish tarzida qamoqda saqlangan vaqt bundan mustasno/;
Afv to‘g‘risidagi hujjatga ko‘ra yoki Jinoyat kodeksining 74-moddasiga asosan o‘talmagan jazo qismi boshqa yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxsga yangi jinoyat sodir etganligi uchun jazo tayinlash paytida, yangi jinoyat uchun tayinlangan jazoga o‘sha yengil jazoning o‘talmagan qismi to‘la yoki qisman qo‘shiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2.9. Jinoyat kodeksi 60-moddasi ma’nosiga ko‘ra, ilgarigi hukm bo‘yicha tayinlangan va o‘talmagan qo‘shimcha jazo, qat’iy asosiy jazoga to‘la yoki qisman qo‘shimcha jazo sifatida biriktirib berilishi yoki yangi hukm bo‘yicha tayinlangan turdagi qo‘shimcha jazoga, shu turdagi qo‘shimcha jazo uchun belgilangan muddat doirasida to‘la yoki qisman qo‘shib qo‘yilishi mumkin. Har xil turdagi qo‘shimcha jazolar alohida-alohida ijro etiladi.
2.11. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Jinoyat kodeksi 59-moddasining 4-qismi, 60-moddasi talablariga muvofiq belgilangan qat’iy jazoni o‘tash muddati oxirgi hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi hamda tayinlangan jazodan so‘nggi ish bo‘yicha sudgacha ehtiyot chorasi yoki ushlab turish tartibida qamoqda o‘tirgan vaqt inobatga olingan holda chegirib tashlanadi. Jinoyat kodeksi 59-moddasining 4-qismi qoidasi tartibida tayinlangan jazo muddatidan, bundan tashqari, birinchi hukm bo‘yicha o‘talgan jazo ham chegirilib tashlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4.3. Jinoyat kodeksi 46-moddasi 4-qismining mazmuniga ko‘ra, axloq tuzatish ishiga mahkum etilgan shaxs jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud axloq tuzatish ishining o‘talmagan muddatini shu muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan almashtirishi mumkin. Bunda Jinoyat kodeksining aybdor sudlangan moddasi sanksiyasi almashtirilishi lozim bo‘lgan axloq tuzatish ishi muddatidan kam ozodlikdan mahrum qilish jazosini ko‘zda tutishining yoki umuman ozodlikdan mahrum qilish jazosini kuzda tutmasligining ahamiyati yo‘q.
4.6. Jinoyat-protsessual kodeksining 541, 542-moddasiga binoan axloq tuzatish ishining o‘talmagan qismini ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqidagi ishlar sud majlisida, odatda, mahkumning ishtirokida ko‘riladi, uning yashirinib yurganligi yoki sudga kelishdan bo‘yin tovlayotganligi to‘g‘risida ishda yetarli asoslar mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Sudning shartli hukm qilish to‘g‘risidagi qarori asoslantirilgan bo‘lishi hamda bu xulosa Jinoyat-protsessual kodeksining 457-moddasi talabiga ko‘ra hukmning bayonot-asoslantirish qismida yoritib berilishi lozim. Hukmning qaror qismida esa bitta jinoyat, jinoyatlar jami yoki hukmlar jami uchun qat’iy jazo belgilangandan so‘ng, ushbu jazo Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan shartli deb hisoblanishi va sinov muddati belgilanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
8.1. Jinoyat kodeksining 57-moddasiga muvofiq qonunda nazarda tutilgan jazoning eng kam qismidan ham kamroq jazo tayinlash yoki boshqa yengilroq jazo turiga o‘tish faqat sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligi darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar mavjud bo‘lgandagina mumkin bo‘ladi, masalan: ma’naviy ziyonni yo‘qligi yoki yetkazilgan mulkiy zararni to‘liq qoplanganligi, sudlanuvchini yoxud uning ota-onasini jiddiy kasalligi, ularning mehnatga yaroqsizligi, aybdorni oilada yagona boquvchi ekanligi, sudlanuvchining keksaligi, jabrlanuvchining jinoyatni sodir etilishga sababchi bo‘lgan g‘ayriqonuniy harakatlari va sh.o‘.
qonunda ko‘rsatilganidan ham yengilroq jazo tayinlash paytida hukmning qaror qismida tegishli modda /qism, band/ bo‘yicha Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilib, tayinlangan qat’iy jazo chorasini ko‘rsatish kifoya bo‘lib, uni qo‘llash sabablari hukmning bayonot-asoslantirish qismda ko‘rsatilishi kerak;
aybdor jinoyat qonunining turli moddalarida ko‘zda tutilgan bir necha jinoyat uchun sudlanayotgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 57-moddasi jinoyatlar jami bo‘yicha tayinlanadigan jazodan keyin emas, balki alohida jinoyatlar uchun jazo tayinlash paytida qo‘llaniladi;
sud Jinoyat kodeksining 57-moddasiga asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga boshqa, yengilroq jazo tayinlasa, bu holat aybdorning harakati kvalifikatsiya qilinayotgan modda ko‘zda tutgan qo‘shimcha jazolarni qo‘llash imkoniyatini cheklamaydi.
Jinoyat kodeksining 57-moddasida ko‘rsatilgan asoslar bo‘lmagan taqdirda, tayinlanishi qonun bo‘yicha majburiy bo‘lgan qo‘shimcha jazoni qo‘llamaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9.5. Jinoyat kodeksining 45-moddasiga muvofiq sodir etilgan jinoyat shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha xizmat burchini bajarish yoki ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa, sud jinoyatning xususiyatini hisobga olib, sudlanuvchini u yoki bu mansabni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish masalasini har safar muhokama qilishi shart. Bunday jazoni tayinlash paytida hukmning qaror qismida mansabning nomi yoki faoliyat turi aniq ko‘rsatilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksining 45-moddasiga muvofiq qo‘shimcha jazolar sud tomonidan to‘liq yoki qisman qo‘shilgan taqdirda, ularning umumiy muddati uch yildan oshmasligi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
9.9. Agar jinoyat qonuni moddasining sanksiyasida qo‘shimcha jazo sifatida mol-mulkni musodara qilish nazarda tutilgan bo‘lsa, birinchi bosqich sudi asosiy jazoni Jinoyat kodeksi 57-moddasi tartibida qonunda belgilanganidan ham yumshoqroq turiga almashtirgan taqdirda ham mol-mulk musodarasini qo‘llashga haqli. Kassatsiya /nazorat/ bosqich sudi ham, shu asoslarda, asosiy jazoning yengilroq turiga o‘tib, hukmning aybdor mol-mulkini musodara qilish qismini o‘zgarishsiz qoldirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9.11. Mulk dastlabki tergov davrida Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasi tartibida xatlangan bo‘lsa, sud ishni ko‘rish chog‘ida Jinoyat kodeksi 53-moddasining musodara etilishi mumkin bo‘lmagan mulklar to‘g‘risidagi talabiga rioya etilganligini tekshirishi va bunday mulklar xatlangan bo‘lsa, o‘z ajrimi bilan ularni ro‘yxatdan chiqarib, xatlanganlikni bekor qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi