O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida” va “
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, davlat veterinariya xizmati tizimida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishni yanada tartibga solish va soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxatiga
5-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
1. Ushbu Nizom “Veterinariya to‘g‘risida” va “
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni (keyingi o‘rinlarda veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalar deb ataladi) ro‘yxatdan o‘tkazish va veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibini belgilaydi.
6. Ushbu Nizom 5-bandining talablari quyidagi maqsadlarda olib kelinayotgan veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarga tatbiq etilmaydi:
8. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini olish uchun arizachi (yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakil) vakolatli organga mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ariza taqdim etib, unga mazkur Nizomga
4-ilovaga muvofiq veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talab etiladigan hujjatlar va namunalarni ilova qiladi.
9. Tadbirkorlik subyektidan ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va namunalarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Vakolatli organ mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq hujjatlar qabul qilib olingandan so‘ng uch kun muddatda arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligini ko‘rib chiqadi, talab etiladigan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan taqdirda bartaraf etish uchun arizachiga qaytaradi.
16. Vakolatli organ mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq hujjatlar qabul qilib olingandan so‘ng o‘ttiz ish kunidan kechiktirmay, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashga xulosalar takdim qiladi. Ilmiy-texnik kengash ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasi berish yoki berishning rad etilganligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
arizachi tomonidan ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmaganda;
312. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasidagi mavjud ma’lumotlar mazkur Nizomning 30,
31 va
311-bandlarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi ariza beruvchining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi.
35. Arizachidan ushbu Nizomning 30 va
31-bandlarida ko‘zda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishning talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddati |
I bosqich | Arizachi | 1. Ushbu Nizomning 8-bandiga asosan veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi. 2. Vakolatli organga hujjatlarni bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etadi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. | Arizachining xohishiga ko‘ra |
II bosqich | Vakolatli organ | Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxat nusxasi hujjatlarning qabul qilingan sanasi ko‘rsatilgan holda vakolatli organ tomonidan darhol arizachiga beriladi (yuboriladi). | Hujjatlar qabul qilingandan keyin 3 kun muddatda |
III bosqich | Vakolatli organ. Ilmiy-texnik kengash | Hujjatlarni ko‘rib chiqadi, Nizomning 15 va 16-bandlarida ko‘rsatilgan ishlarni amalga oshiradi va shu asosda xulosa tayyorlaydi: 1. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish yoki uni rad etish. 2. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning ro‘yxatga olish bo‘yicha sinov ishlarini o‘tkazish. 3. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni sinash natijalari bo‘yicha xulosa berish. | Hujjatlar qabul qili�gan sanadan boshlab o‘ttiz ish kuni mobaynida Sinovlar dasturiga muvofiq muddatlarda |
IV bosqich | Vakolatli organ | Arizachiga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini beradi (yuboradi) yoki ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berilishini rad etish to‘g‘risida arizachini yozma shaklda xabardor qiladi. | Tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir ish kunidan kechiktirmay |
| | | | O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha Davlat ilmiy markazi direktoriga _____________________________
|
Ariza
|
O‘zbekiston Respublikasida veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘rayman: ________________________________________________________________________ |
1. | Arizachi _______________________________________________________ |
| | (yuridik (jismoniy) shaxs) |
2. | Arizachining manzili, tel., faksi va b. q. _____________________________ _______________________________________________________________ |
3. | Arizachining vakili ______________________________________________ |
| | (yuridik (jismoniy) shaxsning manzili, telefoni, faksi) |
4. | Dori vositasi/ozuqabop qo‘shimcha to‘g‘risida ma’lumotlar: |
4.1. | Umumiy qabul qilingan nomi |
4.2. | Savdodagi nomi _________________________________________________ |
4.3. | Tarkibi _______________________________________________________ |
4.4. | Dori shakli _____________________________________________________ |
4.5. | Qo‘llanishi______________________________________________________ |
4.6. | Patent (mualliflik guvohnomasi) mavjudligi, uning tartib raqami _______ _______________________________________________________________ |
4.7. | Tayyorlovchi _____________________________________________________ |
| | (yuridik (jismoniy) shaxs, manzili, telefoni, faksi) |
4.8. | Ishlab chiqaruvchi ________________________________________________ |
| | (yuridik (jismoniy) shaxs, manzili, telefoni, faksi) |
Arizachi veterinariya dori vositasi yoki ozuqabop qo‘shimchani ekspertiza qilish va ro‘yxatga olish, zarur hollarda sinov ishlari haqini to‘lash kafolatini beradi. |
| Zarur hujjatlar to‘plami va sinash uchun namunalar ilova qilinadi. |
| Ariza berildi | 20 ___ yil “___” _____________ | |
| Arizachining imzosi | ___________________________________________ |
| | | (familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi) |
| Muhr (mavjud bo‘lganda) | | | | | |
1. Ushbu Nizom “Veterinariya to‘g‘risida” va “
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda barcha turdagi transportda — avtomobil, temir yo‘l, suv va havo transportida tashiladigan, davlat veterinariya xizmati nazoratidagi (keyingi o‘rinlarda nazoratdagi tovarlar deb ataladi) tovarlarni eksport, import qilishga va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bo‘yicha o‘tkazishga, shuningdek jismoniy shaxslarning qo‘l va bagaj yuklariga yoki pochta jo‘natmalariga ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom mazkur Nizomga 1-ilovada* keltirilgan davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarni eksport, import qilish va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bo‘yicha tashishga ruxsatnoma berishga nisbatan qo‘llaniladi.
41. Nazoratdagi tovarlar MDH davlatlariga eksport qilinganda 1, 2, 3-shakllar bo‘yicha veterinariya guvohnomalari (6, 7, 8-ilovalar*) hamda MDH davlatlaridan tashqariga chiqarishda veterinariya sertifikatlari shakllari import qiluvchi davlatning veterinariya talablari inobatga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
Nazoratdagi tovar qaytarilgan taqdirda davlat chegarasidagi veterinariya nazorat punkti xodimi ushbu Nizomning 10* va 11-ilovalariga muvofiq nazoratdagi tovarni qaytarish to‘g‘risidagi dalolatnoma va deklaratsiyani rasmiylashtiradi.
61. O‘tkazilgan nazorat natijalariga ko‘ra ChVNP mansabdor shaxsi qaror qabul qiladi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishda veterinariya sertifikatiga va kuzatuv hujjatlariga 3-ilovaga* muvofiq shakldagi “Tranzitga ruxsat” yoki “Tranzit taqiqlanadi” shtamplarini qo‘yadi, O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarishda esa “Tranzit yakunlandi” shtampini qo‘yadi va muhrlaydi hamda o‘zining ismi-familiyasini ko‘rsatgan holda imzosi bilan tasdiqlaydi.
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddati |
I bosqich | Arizachi — yuridik yoki jismoniy shaxs | 1. Ushbu Nizomning 31-bandida ko‘rsatilgan ro‘yxatga muvofiq zarur ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni tayyorlaydi. 2. Arizalarni avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda vakolatli organga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga taqdim etadi. | Arizachi xohishiga ko‘ra |
II bosqich | Vakolatli organ | 1. I-kategoriyasiga kiruvchi nazoratdagi tovarlarga tegishli arizalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga tovar kelib chiqishi va eksportyor davlat talabiga mos kelishini o‘rganish uchun yuboradi. II va III-kategoriyalariga kiruvchi nazoratdagi tovarlarga tegishli arizalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlari bilan kelishilmaydi va vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. 2. Taqdim etilgan arizalarni ko‘rib chiqadi va avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda nazoratdagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilish uchun ruxsatnoma beradi yoki rad etishning asosi ko‘rsatilgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi. 3. Tranzit ruxsatnomasini olish uchun tegishli davlatlarning markaziy davlat veterinariya xizmatiga murojaat qiladi. | 1. Bir ish kuni mobaynida 2. Uch ish kuni mobaynida 3. Tranzit davlatlarining milliy qonunchiligida belgilangan muddatlarda |
III bosqich | Vakolatli organ | 1. Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga, shuningdek yuk egasiga avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda berilgan ruxsatnomalarni taqdim etadi. 2. Olingan tranzit ruxsatnomalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga, shuningdek yuk egasiga taqdim etadi. | 1. Uch ish kuni mobaynida 2. Uchinchi davlatdan tranzit ruxsatnomasi olingandan keyin |
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddati |
I bosqich | Arizachi — yuridik yoki jismoniy shaxs | 1. Ushbu Nizomning 44-bandida ko‘rsatilganr ro‘yxatga muvofiq zarur ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni tayyorlaydi. 2. Arizalarni avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda vakolatli organga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga vakolatli organga taqdim etadi. | Arizachi xohishiga ko‘ra |
II bosqich | Vakolatli organ | 1. Ro‘yxatdagi hujjatlarni qabul qiladi, arizachiga hujjat qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda nusxasini qaytaradi (yuboradi). 2. I-kategoriyasiga kiruvchi nazoratdagi tovarlarga tegishli arizalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlariga hududning epizootik holati va hayvonlarni karantin qilish imkoniyatini o‘rganish uchun yuboradi. II va III-kategoriyalariga kiruvchi nazoratdagi tovarlarga tegishli arizalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlari bilan kelishilmaydi va vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. | Uch ish kuni mobaynida |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari | Arizalarni ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi veterinariya, veterinariya-sanitariya talablariga asosan import qilinishi mo‘ljallangan I-kategoriyaga kiruvchi nazoratdagi tovar keltiriladigan hududning epizootik holatini o‘rganadi va tegishli ma’lumotni vakolatli organga yuboradi. | Ikki ish kun mobaynida |
Vakolatli laboratoriyalar | Nazoratdagi tovarlarning xavflilik darajasiga qarab vakolatli organ ko‘rsatmasiga asosan nazorat tartibida import qilingan tovarlarning veterinariya normalariga mos kelishi bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilishini ta’minlaydi. | Tovar turiga qarab, biroq 30 kun muddatdan oshmagan holda |
III bosqich | Vakolatli organ | 1. Taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqadi va avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda nazoratdagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasidan import qilish uchun ruxsatnoma beradi yoki asosi ko‘rsatilgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi. 2. Tranzit ruxsatnomasini olish uchun tegishli davlatlarning markaziy davlat veterinariya organiga murojaatqiladi. | 1. Bir oy muddatda 2. Tranzit davlatlarining milliy qonunchiligida belgilangan muddatlarda |
IV bosqich | Vakolatli organ | 1. Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalariga, shuningdek, nazoratdagi tovar egasiga avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda berilgan ruxsatnomalarni taqdim etadi. 2. Olingan tranzit ruxsatnomalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalariga, shuningdek, nazoratdagi tovar egasiga taqdim etadi. | 1. Uch ish kuni mobaynida 2. Uchinchi davlatdan tranzit ruxsatnomasi olingandan keyin |
Bosqichlar | | Subyektlar | | Tadbirlar | | Bajarish muddati |
| | | | | | |
I bos�ich | | Arizachi — uchinchi davlatlarning markaziy veterinariya organlari, yuridik yoki jismoniy shaxslar (MDH davlatlaridan tashqari) | | 1. Ushbu Nizomning 57-bandida ko‘rsatilgan ro‘yxatga muvofiq zarur ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni tayyorlaydi. 2. Arizalarni avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda taqdim etadi. | | Arizachi xohishiga binoan |
| | |
| | | | | | |
II bosqich | | Davlat veterinariya qo‘mitasi | | 1. Taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqadi va avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda nazoratdagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan nazoratdagi tovarlarning tranzit o‘tishi uchun ruxsatnoma beradi yoki asosi ko‘rsatilgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi. | | Murojaat qilingan kundan boshlab 30 kun mobaynida. |
| | |
Bosqichlar | | Subyektlar | | Tadbirlar | | Bajarish muddati |
| | | | | | |
I �osqich | | tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi | | Tuman (shahar) davlat veterinariya inspektorlari tomonidan avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda import qiluvchi davlatning veterinariya talablariga muvofiq belgilangan shakldagi veterinariya guvohnomasini rasmiylashtiradi. | | Bir ish kuni mobaynida |
| | |
| | | | | | |
II bosqich | | Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi (ChVNP) | | 1. Nazoratdagi tovarlar chegaraga kelganda Davlat chegarasidagi veterinariya nazorati punkti xodimi tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi va veterinariya guvohnomasiga asosan avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatda belgilangan shakldagi veterinariya sertifikatini xorijiy davlatlar uchun rasmiylashtiradi. 2. MDH davlatlari uchun tuman (shahar) davlat veterinariya inspektori tomonidan rasmiylashtirilgan veterinariya guvohnomasiga “olib chiqishga ruxsat berilgan” shtampi qo‘yiladi. | | 4 soat mobaynida (veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish) |
| | |
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT VETERINARIYA XIZMATI
Nazoratdagi tovarlarni tashishda veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishi haqida DALOLATNOMA № |
20__ y. ________________ | | | | “__” ____________ |
| | | | | | | |
Manzil _________________________________________________________________ telefon ________________ E-mail _________________ Mazkur dalolatnoma tuzildi ________________________________________________ |
| | (lavozim, F.I.O.) |
quyidagi shaxslar ishtirokida _______________________________________________ |
________________________________________________________________________ |
| (tovar qabul qiluvchining vakili (ekspeditor)) |
________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________ Amaldagi ishonchnomaga asosan №___________ sana ______________________ Jumladan: _______________________________________________________________ vaqt___________ soat ___ min. “__” ______________ y. tovarning kuzatuv hujjati nomeri ___________________ _______________________. Tovar kelgan vaqt _________________________________________________________ Nazoratdagi tovar nomi ____________________________________________________ Miqdori _______ joy (bosh) ________ og‘irligi _______________ Veterinariya sertifikati/veterinariya guvohnomasi, sifat sertifikati (xavfsizligi) № _____________________ 20__ yil “___” ________________________ Berildi: ________________________________________________________________ |
(eksport qiluvchi davlat, tashkilot, lavozimi, F.I.O.) |
Jo‘natgan joy(davlat): _____________________________________________________ Jo‘natuvchi: ______________________________________________________________ Quyidagi manzilga: ________________________________________________________ |
| (nazoratdagi tovar egasining nomi, manzili, nazoratdagi tovarni qayta ishlash yoki saqlash, karantin va h. k.) |
Aniqlandi: ______________________________________________________________ |
(nazoratdagi tovarlarn� tashishda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari asosida) |
________________________________________________________________________ O‘zbekiston Respublikasining veterinariya sohasiga oid qonun hujjatlariga asosan qaror qabul qilindi: ______________________________________________________ Davlat veterinariya organi bo‘linmasi vakili: __________________________________ ________________________________________________________________________ (lavozimi, F.I.O.) Mansabdor shaxslar ishtirokida: _____________________________________________ |
| | | (lavozimi, F.I.O.) |
Tovar egasining vakili yoki (tovar egasi): ________________________________________________________________________ |
(lavozimi, F.I.O.) |
Dalolatnoma uch nusxada tuzildi. | | | | | |
Veterinariya vrachi va dalolatnoma tuzish uchun asos bo‘lgan vaziyatni tasdiqlashda ishtirok etgan shaxslar (kamida ikki nafar) tomonidan imzolanadi. |
M.O‘./shtamp | | | | | | |
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik faoliyati doirasidagi ruxsat tusidagi hujjatlar ro‘yxatida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-yil 8-son, 55-modda):
1. 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: |
“ | 26. | Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi bo‘yicha veterinariya-sanitariya xulosasi | Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat veterinariya boshqarmalari | ”. |
2. 29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin; |
“ | 29. | Davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarni import, eksport qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsat berish | Eksport uchun veterinariya hujjatlari ilovalarini rasmiylashtirish (veterinariya sertifikati) import qiluvchi davlat talabiga ko‘ra import uchun veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish (veterinariya guvohnomasi) davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarning veterinariya sertifikati va tranzit ruxsatnomasi mavjud bo‘lganda | O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi | ”. |
3. 165-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: |
“ | 165. | Ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi bo‘yicha veterinariya-sanitariya xulosasi | Hayvonlarni ixtisoslashgan so‘yish korxonalarida so‘yish | Tuman yoki shahar davlat veterinariya bo‘limlari | ”. |
4. 213-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: |
“ | 213. | Mahalliy va import qilinuvchi veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi | Veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ishlab chiqarish, sotish, qo‘llash va O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilish | O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi | ”. |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 11-son, 166-modda, 33-son, 857-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 19.09.2019-y., 09/19/787/3770-son, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 12.05.2020-y., 09/20/277/0573-son, 13.05.2020-y., 09/20/281/0576-son; 01.02.2021-y., 09/21/43/0071-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)