Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

2. Hay’at o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari to‘g‘risidagi nizomlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hay’atning ochiq yig‘ilishlariga “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq axborotdan foydalanuvchilar ham taklif etilishi mumkin. Ularning davlat boshqaruvi organining hay’ati ochiq yig‘ilishlarida ishtirok etish tartibi, huquqlari va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro etish muddatlari

Ijro etish uchun mas’ullar

1.

Vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining hay’atlari tarkibini ularning tarkibiy yoki hududiy bo‘linmalaridan yangi a’zolar bilan to‘ldirish hisobga olingan holda tasdiqlash:

vazirliklar va idoralarning tasdiqlangan tuzilmalari hisobga olinib, hay’at organlari tarkibida faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlarni o‘rganish, nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish va keyinchalik ularni kelishish;

keyinchalik Vazirlar Mahkamasining qarorlarini qabul qilgan holda vazirliklar va idoralar hay’at organlari tarkibini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari

tasdiqlangan

jadvallarga

muvofiq

2017-yil davomida

Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari

2.

O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hay’atining Namunaviy reglamenti asosida Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari bilan kelishgan holda va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari hamda davlat boshqaruvi organlariga qo‘yiladigan zamonaviy talablar inobatga olinib, vazirliklar, davlat qo‘mitalari kollegial organlari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining puxta ishlab chiqilgan reglamentlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari kollegial organlari va davlat boshqaruvi boshqa

organlarining

qarorlari

Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan jadvalga muvofiq 2017-yil davomida

Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar va idoralar rahbarlari

3.

Vazirlar Mahkamasining komplekslari rahbarlari bilan kelishgan holda va qabul qilingan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi talablaridan kelib chiqib, vazirliklar, davlat qo‘mitalari kollegial organlari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining jumladan, quyidagilarni tashkil etish hamda o‘tkazish nazarda tutilgan ish rejasini tasdiqlash:

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari kollegial organlari va davlat boshqaruvi boshqa

organlarining

qarorlari

2017-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar rahbarlari, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari


kollegial organlar yig‘ilishlarida qabul qilingan tegishli maqsadli dasturlarning amalga oshirilishini tanqidiy ko‘rib chiqish va ularning jadal bajarilishi yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;


Kollegial organlar qarorlari, takliflarni o‘z ichiga olgan taxliliy ma’lumotlar


har chorakda


Vazirlar Mahkamasi ATD, vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari


davlat organlari faoliyatining dolzarb masalalarini jadal ko‘rib chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilishni ta’minlash uchun tarkibiy va hududiy bo‘linmalar ishtirokida kollegial organlarning selektor yig‘ilishlarini (bir oyda kamida bir marta) o‘tkazish;


Kollegial organlar qarorlari


har chorakda


Vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari


Hay’atning ko‘chma yig‘ilishlarini kengaytirish, faoliyatning dolzarb masalalarini, shuningdek joylarda ijro intizomiga rioya etish masalasini ko‘rib chiqish;


Kollegial organlar qarorlari


har chorakda


Vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbar?ari


kollegial organlar yig‘ilishlarida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari talablari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash masalalari bo‘yicha tarkibiy va idoraviy mansub bo‘linmalarni maqsadli o‘rganish natijalarini muhokama etish.


Kollegial organlar qarorlari


har chorakda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari, vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari

4.

Kollegial organlarning maxsus yig‘ilishlarida quyidagi masalalarni ko‘rib chiqishni amaliyotga joriy qilish:

davlat boshqaruvi organi nomenklaturasiga kiradigan kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv kadrlari faoliyati samaradorligini baholash.

Kollegial organlar qarorlari

zarur hollarda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari

5.

Kollegial organlar yig‘ilishlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori talablarini bajarish natijalarini muntazam ko‘rib chiqish.

Bunda vazirliklar va idoralar tarkibiy hamda hududiy bo‘linmalarining aybdor mansabdor shaxslariga nisbatan quyidagi holatlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 10-maydagi 264-son qarorida belgilangan choralarni ko‘rish tavsiya etilsin:

hujjatlar loyihalarini kelishish muddatlarining (kelishish muddatlarini asossiz cho‘zish) va Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddatlarining (kiritish muddatlarini asossiz cho‘zish) buzilishi;

hujjatlar loyihalari sifatining pastligi va qonunchilikka mos kelmasligi, shuningdek ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan sifatsiz o‘tkazilishi, asossiz xulosalar va takliflar berilishi;

qonunchilik va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshiriqlarining bajarilmasligi yoki o‘z vaqtida bajarilmasligi, shuningdek ularning amalga oshirilishi va nazoratini tashkil etish sifatining pastligi;

xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining asosiy iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlari pasayishiga yo‘l qo‘yilishi;

jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga kelib tushgan murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan muddatlarning tizimli hamda muntazam buzilishiga, shuningdek ularni ko‘rib chiqishda rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilishi.

Kollegial organlar qarorlari

har chorakda

Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar rahbarlari, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari

6.

Idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini baholash bo‘yicha miqdor va sifat indikatorlarini ishlab chiqish, ushbu indikatorlar bo‘yicha belgilangan parametrlar so‘zsiz ta’minlanishini, shuningdek belgilangan parametrlar buzilishiga yo‘l qo‘ygan tegishli xodimlarga nisbatan javobgarlik choralarini kollegial organlar yig‘ilishlarida muntazam ko‘rib chiqish hamda bu borada tegishli qarorlar qabul qilish.

Kollegial organ qarori

Ishlab chiqish — 2017-yil noyabr Ko‘rib chiqish — har chorakda

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari

7.

Kollegial organ a’zolari tomonidan vazirliklar va idoralarning tegishli tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga ularga yuklangan vazifalarni ta’minlash masalalari bo‘yicha “mutasaddiligi”ni amaliyotga joriy etish, bo‘linmalar rahbarlari bilan bir qatorda kollegial organlar a’zolarining hisobotlarini ham muntazam eshitib borish.

Kollegial organlar qarorlari

2017-yil 1-noyabrgacha

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari

8.

Vazirliklar va idoralarga yuklangan bir-biriga bog‘liq vazifalar bajarilishini ta’minlash uchun ularning kollegial organlarining qo‘shma yig‘ilishlarini o‘tkazish.

Kollegial organlar qo‘shma

yig‘ilishlarining

bayonnomalari

Zarur hollarda

Vazirlar Mahkamasi komplekslari, ATD rahbarlari

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi