T/r | Chora-tadbirlar nomi | Ijro etish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar |
I. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish |
1. | Teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlari, teatr va musiqa san’ati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilari va konsertmeysterlarini uzoq muddat xizmat qilganligi uchun lavozim maoshiga nisbatan har oylik rag‘batlantirish tartibini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash. | 2019-yil fevral | - | Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi, vazirliklar va idoralar |
2. | O‘zbekiston davlat filarmoniyasi rasmiy veb-saytini yaratish, musiqa va raqs san’atining rivojlanishi tarixi, uning yo‘nalishlari, afishalar, konsert dasturlari, musiqa va raqs jamoalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda aks ettirib borish. Shuningdek, veb-saytdagi ma’lumotlarni doimiy yangilab borish, chiptalarning onlayn buyurtma berish va xarid qilish tizimi va chiptalar hisobini yuritishning elektron dasturini yaratish. | 2019-yil fevral | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, O‘zbekiston davlat filarmoniyasining o‘z mablag‘lari | Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi |
3. | O‘zbekiston davlat fi�armoniyasi rahbarlari va ijodiy xodimlarining malaka toifalari va lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2019-yil fevral | - | Madaniyat vazirligi, Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, vazirliklar va idoralar |
4. | O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalarining namunaviy shtat jadvallarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash. | 2019-yil fevral | - | Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi |
5. | O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va hududiy bo‘linmalarning ijodiy jamoalarni musiqa cholg‘u asboblari bilan ta’minlash me’yorlarini va ularning davlat standartlarini ishlab chiqish. | 2019-yil II chorak | - | Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, vazirliklar va idoralar |
II. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash |
6. | O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari faoliyatini samarali tashkil etish uchun bo‘sh turgan binolarni ajratish va mukammal ta’mirlash ishlarini olib borish. | 2019-yil | Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari, O‘zbekiston davlat filarmoniyasining o‘z mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi |
7. | O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va jihozlash (musiqa asboblari, tovush-chiroqli apparatura, sahna kiyim-kechaklari, mebel, kompyuter texnikasi va boshqalar). | 2019-yil II chorak | Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablag‘lari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
8. | “Turkiston” san’at saroyiga tutash hududda zamonaviy texnik vositalaridan keng foydalanilgan holda reklama lavhalari, panno va bannerlar o‘rnatish. | doimiy | Budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi |
9. | O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan tashkil etiladigan konsert tomoshalariga aholini jalb etish maqsadida konsert dasturlari namoyishini ikki hafta oldin quyidagilar orqali keng yoritish: Internet veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali zarur ma’lumotlarni (konsert tomoshalarining rejissori, xonandalari, repertuari, konsert tomoshalarga kirish narxlari va boshqa ma’lumotlarni) joylashtirish; Viloyat va shahar (tuman)larning markaziy ko‘chalarida reklama bannerlarini joylashtirish. | doimiy | Budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
10. | O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Do‘stlik klubi”ni tashkil etish, bunda tashkil etiladigan klub doirasida besh yillik aniq chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. | 2019-yil II chorak | Yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
11. | O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibida sahna liboslari, mashg‘ulot liboslari va maxsus anjomlar, jihozlar (ayollar taqinchoqlari, maxsus raqs poyabzallari) tayyorlaydigan sex faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 2019-yil I chorak | Budjetdan ajratilgan mablag‘lar, budjetdan tashqari tushumlar, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, homiylik xayriyalari O‘zbekiston davlat filarmoniyasining o‘z mablag‘lari | Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
III. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi ijodiy jamoalar faoliyatini takomillashtirish |
12. | O‘zbek milliy mumtoz va raqs san’atini hamda klassik san’atni aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibida faoliyat yuritayotgan jamoalar har oyda 3 tadan 6 tagacha va uning hududiy bo‘linmalari 2 tadan 4 tagacha tuman (shahar)lardagi san’at saroylarida, madaniyat va aholi dam olish markazlarida, amfiteatrlarda va boshqa tomosha zallarida konsert dasturlari va ijodiy tomoshalarini tashkil etish. | doimiy | Budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
13. | Hududlardagi musiqiy auditoriyani maqsadli kengaytirish hamda aholining musiqiy estetik talabini shakllantirish va qondirish yo‘lida har bir jamoa tomonidan yuqori badiiy saviyadagi turli janrlardagi yiliga kamida 4 ta yangi repertuarni yaratish. Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish: jamoalarning kadrlar salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirish; uzoq muddatli repertuar siyosatini shakllantirish; ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish. | doimiy | Budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
14. | O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalaridagi badiiy jamoalarini yangi musiqa asarlari, jumladan, milliy mumtoz va jahon klassik san’atiga doir asarlar bilan ta’minlash. | doimiy | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi |
15. | O‘zbek milliy mumtoz va raqs san’atini keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalaridagi badiiy jamoalarni xorij davlatlariga gastrol safarlariga yuborish. | doimiy, tasdiqlangan reja asosida | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
16. | Respublikaning chekka hududlarida tasdiqlangan reja asosida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari tarkibidagi ansambllarning gastrol-konsert tomoshalarini tashkil etish | doimiy, tasdiqlangan reja asosida | Budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
17. | Ustoz san’atkorlar xizmatini qadrlash, shoir, bastakor va xonandalarning yosh ijrochi va san’atkorlar bilan ijodiy hamkorligini yo‘lga qo‘yish orqali “Ustoz-shogird” maktablarini tashkil etish va shu asosda: yosh iste’dodli san’atkorlarni aniqlash; yosh ijrochi va san’atkorlar tomonidan yaratilgan yangi va eng yaxshi asarlar mualliflari hamda san’atkor ijrochilarni moddiy rag‘batlantirish; yosh iste’dodlar tomonidan yaratilgan musiqiy asarlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish; yosh ijrochi va san’atkorlarning ijodiy yutuqlarini, el yurtimizga manzur bo‘ladigan asarlarini davlat mukofotlariga tavsiya etish ishlarini tashkil etish. | 2019-yil II chorakdan boshlab doimiy | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlar uyushmasi |
18. | O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi badiiy jamoalarning ijodiy yutuqlarini ommaviy axborot vositalarida, teleradiokanallarda keng yoritish va targ‘ibot qilish. | doimiy | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlar uyushmasi |
19. | Bugungi globallashuv jarayonida jamiyat hayotida o‘zbek milliy musiqa va raqs, jahon klassik san’atining o‘rni va ta’sirini kuchaytirish maqsadida konsert tomoshalarga tomoshabinlar tashriflarini uyushtirish bo‘yicha reja ishlab chiqish. | doimiy | - | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi |
20. | Respublika hududlarida mashhur ijrochilar ishtirokida konsert-tomosha tadbirlari va ijodiy kechalarni tashkil qilish. | doimiy | Konsert faoliyatidan tushumlar, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari | O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
21. | Ommaviy axborot vositalarida keng yoritish orqali “Bahor nafasi” Xalqaro san’at festivalini o‘tkazish. | har yili | Madaniyat vazirligiga ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
22. | Respublikada faoliyat yuritayotgan ijodiy jamoalar (xodimlar) o‘rtasida turli yo‘nalishlarda musiqa, ashula va raqs tanlovlarini o‘tkazish | har yili, tasdiqlangan reja asosida | Madaniyat vazirligiga ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
23. | O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hududiy bo‘linmalari hamda uning tarkibida faoliyat yuritayotgan ansambllar faoliyatini monitoringini amalga oshirish va Filarmoniyaning Badiiy kengashida muhokama etish. | har chorakda | - | Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi |
IV. Kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish, ularning faoliyatini baholash hamda rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, sohada ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish |
24 | O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalaridagi rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish. | 2019-yil II chorak | - | Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
25. | O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari tarkibidagi ijodiy jamoalar rahbar va xodimlarini Rossiya va Yevropa davlatlarida malaka oshirishlarini tashkil etish. | 2019-yil II chorakdan boshlab reja asosida | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi |
26. | Filarmoniya yo‘nalishidagi xorijiy tajribadan jamoatchilikni xabardor qilib borish maqsadida: boshqa mamlakatlardagi filarmoniyalar bilan hamkorlikda mahorat darslarini va “master klass”larni o‘tkazish; xorijda t�jriba almashish va malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish, xalqaro miqyosdagi turli tanlov va festivallarda sohaning yetuk mutaxassislari va jamoalarini ishtirokini ta’minlash. | 2019 ― 2028-yillar | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, Tashqi ishlar vazirligi |
27. | Filarmoniya va uning hududiy bo‘linmalarini malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlanganlik holatni chuqur o‘rganish, shuningdek ularning istiqbolli talab-ehtiyojidan kelib chiqib tegishli oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash yuzasidan taklif kiritish. | 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab | - | Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |