T/r | Tadbirlar nomi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar: |
Vazirlik va idoralar | Vazirlar Mahkamasi apparatidan |
I.Tashkiliy-tayyorgarlik va texnik tadbirlar |
1. | 1.1. Quyidagilarni o‘rganish uchun vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarini xatlovdan o‘tkazish: ularni Yagona elektron tizimga ulash; mazkur tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul ijrochilarida elektron raqamli imzolarning mavjudligi; Yagona elektron tizimda ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlarni biriktirish. 1.2. Xatlov yakunlari bo‘yicha vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, mas’ul ijrochilarni (tashkilot rahbari tomonidan aniqlanadi) elektron raqamli imzo bilan, shuningdek, Yagona elektron tizimga bosqichma-bosqich ulanishni ta’minlash jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2019-yil 20-aprelga qadar | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar | Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Yuridik ta’minlash boshqarmasi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari |
2. | 2.1. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, mas’ul ijrochilarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan ta’minlash.
2.2. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, mas’ul ijrochilarini O‘zbekiston Respublikasi elektron hukumati foydalanuvchilari yagona identifikatsion tizimida tegishli login va parollarni olish orqali ro‘yxatdan o‘tkazish.
2.3. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarini Yagona elektron tizimga ulash, shuningdek, Yagona elektron tizim orqali ishlash uchun mas’ul rahbarlar va ijrochilarini biriktirish.
| Tasdiqlangan jadvalga asosan | Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Adliya vazirligi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar | Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari |
3. | Yagona elektron tizim orqali O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini elektron shaklda kelishish (viza qo‘yish) da foydalaniladigan elektron raqamli imzolarning uzluksiz va muammosiz ishlashini, shuningdek tezlashtirilgan holda berilishini ta’minlash. | doimiy asosda | Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi | Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalal�ri kotibiyati |
4. | Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa mahalliy davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari va boshqa mas’ul shaxslari uchun Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining binolarida quyidagilar bilan tanishish bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil etish: Yagona elektron tizim doirasida amalga oshirilayotgan norma ijodkorligi jarayonining xususiyatlari, uning ijobiy tomonlari va ustunliklari; Yagona elektron tizimga ulanish va undan maqsadli foydalanish tartibi; Yagona elektron tizim doirasida amalga oshirilayotgan norma ijodkorligi jarayoni sohasida qonun hujjatlari talablari; Yagona elektron tizimdan foydalanganda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablar. | 2019-yil 20-aprelga qadar 2019-yil 10-aprelga qadar — seminarlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash
2019-yil 15-aprelga qadar — seminarlar ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar tayyorlash
| Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar | Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Yuridik ta’minlash boshqarmasi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari |
5. | Yagona elektron tizimi orqali normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish va kelishish qismida zarurat bo‘lganda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish. | 2019-yil 1-oktabrga qadar | Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | Yuridik ta’minlash boshqarmasi, Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Vazirlar Mahka�asi apparatining tarkibiy bo‘linmalari |
6. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qo‘yish) ning yagona elektron tizimini samarali va uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi muvofiqlashtiruvchi guruhga Yagona elektron tizimni joriy etish va foydalanishga oid kelib tushayotgan savollarni ko‘rib chiqish. | doimiy asosda | Muvofiqlashtiruvchi guruh | Yuridik ta’minlash boshqarmasi, Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati |
II. Pilot loyihani joriy etish (2019-yil 1-maydan 1-oktabrgacha) |
7. | O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlarining loyihalarini Yagona elektron tizim orqali ishlab chiqish, kelishish (viza qo‘yish) va kiritish tartibini o‘z vaqtida joriy etish uchun barcha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarini Yagona elektron tizimiga ulash. | 2019-yil 1-mayga qadar | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar | Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Yuridik ta’minlash boshqarmasi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari |
8. | 8.1. Vazirlar Mahkamasi rahbariyatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan ta’minlash. 8.2. Vazirlar Mahkamasi rahbariyatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi elektron H�kumati foydalanuvchilarining Yagona identifikatsiyalash tizimida tegishli login va parollarni olish orqali ro‘yxatdan o‘tkazish.
8.3. Vazirlar Mahkamasi apparatini Yagona elektron tizimga ulash, shuningdek, Yagona elektron tizimning lozim darajada ishlashi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarni belgilash.
| 2019-yil 1-mayga qadar
2019-yil 1-mayga qadar
2019-yil 1-mayga qadar
| DSQ, Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi | Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati
Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,
Yuridik ta’minlash boshqarmasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi, Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,
Umumiy bo‘lim |
9. | Quyidagilar bilan tanishtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi apparati mas’ul xodimlari uchun seminarlar tashkil etish: Yagona elektron tizim doirasida amalga oshiriladigan norma ijodkorligi jarayonining xususiyatlari, uning ijobiy tomonlari va afzalliklari; Yagona elektron tizimga ulanish va undan maqsadli foydalanish tartibi; Yagona elektron tizim doirasida amalga oshiriladigan norma ijodkorligi jarayoni sohasidagi qonunchilik talablari; Yagona elektron tizimdan foydalanishda axborot xavfsizligini ta’minlashga doir talablar. | Tasdiqlangan jadvalga muvofiq, keyinchalik zarurat bo‘lganda | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi | Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi, Umumiy bo‘lim, Yuridik ta’minlash boshqarmasi |
10. | Yagona elektron tizim orqali elektron ko‘rinishda tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga qabul qilish mexanizmini joriy etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish. | 2019-yil 1-mayga qadar | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi, Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Umumiy bo‘lim, Xo‘jalik faoliyati boshqarmasi |
11. | Yagona elektron tizimda O‘zbekiston Respublikasi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjati loyihasini manfaatdor vaziliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan takliflar va e’tirozlarni hisobga olgan holda birgalikda yakuniy qayta ishlashni nazarda tutuvchi funksional imkoniyatni yaratish masalasini ko‘rib chiqish. | 2019-yil 1-iyulga qadar | Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Yuridik ta’minlash boshqarmasi |
12. | Yagona elektron tizimning ishlashi bilan bog‘liq vujudga kelayotgan texnik va boshqa muammoli masalalarni aniqlash va ularni tezkor hal etish. | doimiy asosda | Muvofiqlashtiruvchi guruh, vazirliklar va idoralar | Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Yuridik ta’minlash boshqarmasi |
13. | Yagona elektron tizimning funksional imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha choralarni ko‘rish, shuningdek, mazkur tizimdan foydalanishda vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlariga texnik ko‘mak ko‘rsatish. | doimiy asosda | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi | Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Yuridik ta’minlash boshqarmasi |
14. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimni Adliya vazirligiga beg‘araz asosda o‘tkazib berilishini ta’minlash. | 2019-yil 1-oktabrga qadar | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi | Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Yuridik ta’minlash boshqarmasi |
15. | Yagona elektron tizimning yaratilishi, uzluksiz ishlashi, texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun zarur pul mablag‘larini ajratish bo‘yicha choralarni ko‘rish. | 2019-yil 1-oktabrga qadar | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi | Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Yuridik ta’minlash boshqarmasi |
III. Yagona elektron tizimni to‘laqonli ishga tushirish va uni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadbirlar (2019-yil 1-oktabrdan) |
16. | Tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘�bekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish va kelishish uchun faqatgina Yagona elektron tizim orqali kiritish mexanizmini Vazirlar Mahkamasi apparatida majburiy qo‘llash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish. | 2019-yil 25-sentabrga qadar | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi, Umumiy bo‘lim, Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Yuridik ta’minlash boshqarmasi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari |
17. | Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari, Vazirlar Mahkamasi apparati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari loyihalarini elektron ko‘rinishda kiritishda Yagona elektron tizim orqali o‘zaro hamkorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish. | 2019-yil 1-oktabrga qadar | Muvofiqlashtiruvchi guruh | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi, Umumiy bo‘lim, Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Yuridik ta’minlash boshqarmasi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari |
18. | Yagona elektron tizimi faoliyatini texnik va axborot ko‘llab-quvvatlashni, shuningdek axborot xavfsizligini hamda Internet jahon axborot tarmog‘ida foydalanilishini ta’minlash. | doimiy asosda | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi | Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Yuridik ta’minlash boshqarmasi |
19. | Manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlarini faqatgina Yagona elektron tizim orqali ishlab chiqish va kelishish jarayonini doimiy monitoring qilib borish. | doimiy asosda | Muvofiqlashtiruvchi guruh | Yuridik ta’minlash boshqarmasi, Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati |
20. | Yagona elektron tizim orqali ishlash tartibi va mexanizmini, shu jumladan uni davlat organlari �a tashkilotlarning elektron hujjat aylanish idoraviy axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish. | doimiy asosda | Muvofiqlashtiruvchi guruh | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi, Umumiy bo‘lim, Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Yuridik ta’minlash boshqarmasi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari |
21. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini faqatgina Yagona elektron tizimdan foydalangan holda ishlab chiqish va kelishishning belgilangan tartibiga muntazam ravishda rioya etmayotgan yoki buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlariga nisbatan tegishli intizomiy choralarni qo‘llash bo‘yicha takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | doimiy asosda | Muvofiqlashtiruvchi guruh | Yuridik ta’minlash boshqarmasi, Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari |