2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlashga ham sarflanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi negizida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tashkil etilgan.
b) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha Jamg‘armaga yo‘naltiriladigan korxonalarni, xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondidagi aksiyalar (ulushlar)ni, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara va mulk huquqi hamda davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi o‘rinlarda davlat aktivlari deb ataladi) sotishdan, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat aktivlari bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilganda, ularga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida hisoblanadigan foizlardan, shuningdek “UzAssets” AJ investitsiya kompaniyasi ustav kapitaliga berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni sotishdan hamda “UzAssets” AJ sof foydasidan Jamg‘armaga tushgan mablag‘lar;
v) mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha jamlanadigan boshqa manbalar, shu jumladan:
4. Mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlarida jamlanadi.
6. Jamg‘armaga mazkur Nizom 3-bandining “b” kichik bandiga muvofiq kelib tushgan mablag‘larni taqsimlash quyidagi nisbatlarda amalga oshiriladi:
b) hududi 10 000 kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari (bundan ushbu bandning “v” kichik bandi mustasno), shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari asosida sotiladigan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar:
g) xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan davlat aktivlarini (bundan ushbu bandning “b” kichik bandi mustasno) sotishdan tushgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamg‘armasiga;
9. Mazkur Nizomning 3-bandining “v” kichik bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar Jamg‘armaning shaxsiy hisobvaraqlarida jamlanib, taqsimlanmaydi va belgilangan tartibda foydalaniladi.
11. Mablag‘larni mazkur Nizomning 6-bandiga muvofiq taqsimlash quyidagilarni chegirgan holda amalga oshiriladi:
Bunda, ushbu bandning ikkinchi,
to‘rtinchi,
oltinchi va
yettinchi xatboshilarida ko‘zda tutilgan xarajatlarga mablag‘, Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi hamda ushbu xarajatlar Agentlik direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Nizomga asosan amalga oshiriladi.