Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?
Avtorizatsiya qilish
Ro‘yxatdan o‘tish
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Asosiy rekvizitlar
Kodifikatsiya
Qayta ko‘rib chiqilgan hujjatlar
Hujjatni qayta ko‘rib chiqishga asos bo‘lgan hujjatlar
Korrespondentlar
Respondentlar
Joriy versiya
05.04.2022
17.08.2019
Hammasi
Keyingi tahrirga havola
Oldingi tahrirga havola
APK bo‘yicha indekslash
QSUK bo‘yicha indekslash
TTR bo‘yicha indekslash
QMQ bo‘yicha indekslash
O‘zgartirishlar manbasi
Rasmiy nashr manbasi
Sharh
683 17.08.2019
[
OKOZ:
1.
13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
[
TSZ:
1.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qo‘qon universitetini tashkil etish to‘g‘risida
Jahon tajribasini hisobga olgan holda oliy ma’lumotli raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish, o‘quv jarayonining ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini kuchaytirish, oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, mamlakat hududlaridagi yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Da Vinci” mas’uliyati cheklangan jamiyatining (keyingi o‘rinlarda Muassis deb ataladi) Qo‘qon shahrida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Qo‘qon universitetini (keyingi o‘rinlarda Universitet deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Universitetda O‘zbekiston oliy ta’lim dasturlari bilan birga dunyoning nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarining oliy ta’lim dasturlarini joriy etish;
respublika iqtisodiyoti real sektorlari tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash;
xorijning ilg‘or oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish;
o‘quv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritib borish, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qilish;
ta’lim jarayoniga yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining malakali professor-o‘qituvchilari, olim va mutaxassislarini keng jalb qilish;
ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etish;
professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan ularning stajirovkasini nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish.
3. Muassisning quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
Universitetni zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari, o‘quv va ilmiy adabiyotlar, mebel, kompyuter texnikasi bilan ta’minlash hamda o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Universitetning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash;
Universitetni tanlov asosida malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan to‘ldirish;
har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Universitet granti asosida) 10 nafardan kam bo‘lmagan abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish.
4. Belgilansinki:
Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi;
Universitet ta’lim jarayonini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlari asosida amalga oshiradi;
Universitetda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasida amalda mavjud ta’lim shakllari hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari respublika mehnat bozori ehtiyojlari hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda Universitet tomonidan belgilanadi;
Universitetga abituriyentlarni qabul qilish tartibi va qoidalari Universitet tomonidan belgilanadi;
Universitetda ta’lim faoliyati 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi;
Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Adliya vazirligi Universitetni tashkil etish davrida uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘lik tashkiliy, yuridik, iqtisodiy, o‘quv- uslubiy, moddiy-texnik va boshqa masalalarni hal etishda Muassisga ko‘maklashsin.
6. Quqon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy manzilida joylashgan Quqon servis va tadbirkorlik kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tegishli hududi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga operativ boshqaruv huquqi bilan berilsin va keyinchalik ushbu joyda Universitet tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Qo‘kon servis va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga berilayotgan bino va inshootlarda o‘quv jarayonini davom ettiradilar.
7. Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Oldingi
tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Universitetga har yili yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar mavjud talab va ehtiyojni hamda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini hisobga olib, mehnat bozori konyunkturasining tez o‘zgaruvchan sharoitida yuqori malakali kadrlarning amaliy tayyorgarligini ta’minlaydigan yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishga ruxsat berilsin.
9. Qo‘kon shahar hokimligi Universitet faoliyatini 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yish uchun uning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash bo‘yicha zarur loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashda, o‘qituvchi va talabalar uchun turar joy binosini qurishda, zarur o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondlari bilan ta’minlashda Muassis bilan hamkorlik qilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Universitetda ta’lim sifatini va qonunchilikka rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Universitet buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-o‘qituvchilar tarkibi va ma’muriy xodimlar hamda ularning oila a’zolari uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yig‘imlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Universitet buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-o‘qituvchilar tarkibi va ma’muriy xodimlar hamda ularning oila a’zolari uchun davlat boji undirilmasdan, belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
13. 2022-yil 1-avgustga qadar:
Universitet barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan;
Universitetga jalb etiladigan xorijiy professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar yagona ijtimoiy to‘lovni va jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni to‘lashdan;
Universitetni jihozlash va faoliyatini tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar (shu jumladan laboratoriya uskunalari), kompyuter texnikasi, elektron doskalar, proyektorlar, multimedia mahsulotlari, adabiyotlar, qurilish materiallari va inventar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda chetdan olib kelingan tovarlardan Universitet tomonidan maqsadli foydalanilishi bo‘yicha nazorat o‘rnatsin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Belgilansinki, chetdan olib kelinadigan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan to‘lanmagan bojxona to‘lovlari summasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirib olinadi.
(13-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-avgust,
683-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/683/3588-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
×
×