b) “a” bandda ko‘rsatilgan ishlar uchun tuproq, tosh, shag‘aldan, shuningdek belgilangan qoidalarga muvofiq ichki suv yo‘llarining qirg‘oq polosasi doirasidagi chakalakzorlar va mayda daraxtlardan (diametri 8 santimetrgacha) tekin foydalanish;
55. Agar kema egasining o‘zi mazkur Ustavning 54-bandida ko‘rsatib o‘tilgan holatni aniqlasa yoxud agar yuk yoki bagaj qabul qilib oluvchi yoki jo‘natuvchi juda bo‘lmaganda shu holatlardan birortasining borligini ko‘rsatib o‘tgan bo‘lsa, u tijorat dalolatnomasini tuzishga majburdir.
71. Mazkur Ustavning 63,
66 va
70-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan talablarga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksi bilan belgilangan muddat o‘tishining uzilishi va to‘xtatilishi to‘g‘risidagi qoida qo‘llaniladi. Ushbu muddatlarning uzaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.