Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining (bundan buyon matnda Farmon deb yuritiladi) 18-bandiga muvofiq koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarini amalga oshirish vaqtida (bundan buyon matnda karantin davrida deb yuritiladi) maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilgan davrda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga haq to‘lanadigan yillik mehnat ta’tili (bundan buyon matnda mehnat ta’tili deb yuritiladi) berishning vaqtinchalik tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan tartib oldindan tasdiqlangan ta’tillar jadvaliga muvofiq mehnat ta’tilida bo‘lgan xodimlarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
12. Ushbu Nizomning 10-bandi birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha mehnat ta’tili muddatidan oldin tugallangan taqdirda, mehnat ta’tili uchun ortiqcha to‘langan haq belgilangan tartibda qaytariladi.
13. Agar mazkur Nizomning 10-bandi birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan sabablar mehnat ta’tili davrida yuzaga kelgan bo‘lsa, unda ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi tasdiqlangan ta’tillar jadvaliga muvofiq yoki xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv asosida belgilangan boshqa muddatga, shu jumladan keyingi kalendar yili uchun mehnat ta’tiliga qo‘shish orqali ko‘chirilishi mumkin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi