Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Ruhiy holati buzilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, qonunlarida nazarda tutilgan fuqarolarning barcha huquqlari va erkinliklariga egadir.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-iyundagi 137-sonli “Advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to‘lash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
 LexUZ sharhi
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy rozilikni ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar shunday rozilikni beradigan shaxsga ma’lum qilinganidan keyin ota-onasidan biri yoki boshqa qonuniy vakili beradi, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga nisbatan esa uning qonuniy vakili rozilik beradi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan ruhiy holat buzilishlarini davolash uchun asl holiga qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarni keltirib chiqaradigan jarrohlik usullarini hamda boshqa usullarni qo‘llashga, shuningdek ularda profilaktika, tashxis qo‘yish, davolash va tibbiy reabilitatsiya qilish usullari, tibbiyot uchun mo‘ljallangan dori vositalari va buyumlari, maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlari sinovlarini o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Jinoyat-ijroiya kodekslarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha hamda tartibda sudning qaroriga ko‘ra qo‘llaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi XVII bobi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 33 bobi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil 14-martdagi 11, 8, 5, 6, 23 qq, 37-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel).
 LexUZ sharhi
Agar tekshirilayotgan shaxs ushbu Qonun 28-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha dispanser kuzatuvida turgan bo‘lsa, uni psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish uning ma’lumotlarni bilgan holdagi ixtiyoriy roziligisiz yoki qonuniy vakilining ma’lumotlarni bilgan holdagi ixtiyoriy roziligisiz amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu Qonun 24-moddasining yettinchi qismi ikkinchi xatboshisida va sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hollarda shaxsni psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror shifokor-psixiatr tomonidan ushbu shaxsning roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz mustaqil ravishda, ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Ushbu Qonun 24-moddasi yettinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda shaxsni o‘zining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan chiqariladi.
Shaxsni o‘zining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror shunday tekshiruv o‘tkazish uchun ushbu Qonun 24-moddasining yettinchi qismida sanab o‘tilgan asoslar mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yozma arizaga binoan shifokor-psixiatr tomonidan qabul qilinadi, bundan ushbu Qonun 24-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ushbu Qonun 24-moddasi yettinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda ariza og‘zaki shaklda ham berilishi mumkin. Shaxsni psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror shifokor-psixiatr tomonidan darhol qabul qilinadi va tibbiy hujjatlarga yozib qo‘yish orqali rasmiylashtiriladi.
Dispanser kuzatuvi shaxs sog‘ayib ketganda yoki uning ruhiy holati sezilarli va turg‘un yaxshilanganda tugatiladi. Dispanser kuzatuvi tugatilganidan keyin ambulatoriya sharoitlaridagi psixiatriya yordami ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha va tartibda mazkur shaxsning iltimosiga ko‘ra yoki roziligi bilan yoxud uning qonuniy vakilining iltimosiga ko‘ra yoki roziligi bilan ko‘rsatiladi.
Ruhiy holati buzilgan shaxsning ruhiy holati o‘zgargan taqdirda, u ushbu Qonunning 24 va 25-moddalarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha hamda tartibda o‘zining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin. Bunday hollarda dispanser kuzatuvi shifokor-psixiatrlar komissiyasining qaroriga binoan qaytadan o‘rnatilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
O‘z qonuniy vakillarining iltimosiga binoan yoki roziligi bilan psixiatriya statsionariga yotqizilgan voyaga yetmagan shaxs va sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs ushbu Qonun 34-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan majburiy tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim. Dastlabki olti oy ichida bu shaxslar statsionarda yotishni uzaytirish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan har oyda kamida bir marta tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.
Ushbu Qonunning 31-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha psixiatriya statsionariga yotqizilgan ruhiy holati buzilgan shaxs shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan qirq sakkiz soatdan oshmagan muddatda majburiy tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim, komissiya statsionarga yotqizilganlikning asoslanganligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Statsionarga yotqizish asossiz deb topilgan va statsionarga yotqizilgan shaxs psixiatriya statsionarida qolish istagini bildirmagan hollarda, u darhol statsionardan chiqarilishi lozim.
Psixiatriya statsionariga ixtiyoriy ravishda yotqizilgan ruhiy holati buzilgan shaxsni chiqarish, agar g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish uchun ushbu Qonunning 31-moddasida nazarda tutilgan asoslar shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan aniqlanadigan bo‘lsa, rad etilishi mumkin. Bunday holda psixiatriya statsionarida bo‘lish, yotishni uzaytirish va statsionardan chiqarish masalalari ushbu Qonunning 34 — 36-moddalarida, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan tartibda hal etiladi.
1) O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi 123-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 215-modda);

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi