Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar notarius yordamchisi bo‘lishi mumkin emas.
Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar notarius stajori bo‘lishi mumkin emas.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan cheklov davlat notarial idorasining boshqa xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta badali (sug‘urta summasi) yoki sug‘urta badali yetarli bo‘lmagan taqdirda notariusning shaxsiy mol-mulki hisobidan, notariusning shaxsiy mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi hisobidan qoplanadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning qasddan sodir etgan xatti-harakatlari natijasida zarar yetkazilganligi sudning qarori bilan tasdiqlangan taqdirda, ushbu zararning o‘rni Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi hisobidan qoplanmaydi.
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar o‘zlari tasdiqlagan vasiyatnomalarning va notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq ishonchnomalarning bittadan nusxasini vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchi doimiy yashaydigan joydagi notarial idoraga saqlash uchun kechiktirmay yuborishi shart.
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar vasiyatnomalarni o‘zgartirish va bekor qilish, shuningdek ishonchnomaning amal qilishini tugatish uchun asos bo‘ladigan hujjatning bittadan nusxasini ushbu moddada belgilangan tartibda kechiktirmay notarial idoraga berishi shart.
Notariuslar ushbu Qonun 6-moddasining ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxslarning yozma arizasiga binoan notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestrlaridan ko‘chirmalar beradi.