Ko‘rsatib o‘tilgan Nizomni qo‘llashga doir tushuntirishlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan beriladi.
Ushbu bandning yettinchi xatboshida nazarda tutilgan hujjatlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli deb topish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
16. Agar me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lsa, mazkur Nizomning II bo‘limi talablariga javob bermasa, yoxud manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan bo‘lsa, me’yoriy hujjatni ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilishi mumkin.