Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

×
 ×



mundarija mavjud emas

3. JPK 406-moddasiga muvofiq, har bir jinoyat ishi aynan bir tarkibdagi sud yoki bir sudya tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, vakolat muddati yakunlangani, boshqa sudyalik lavozimiga yoki boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan sudyaning (shu jumladan, xalq maslahatchisining) vakolatlari tugagan taqdirda, ko‘rilishi tugallanmagan ish sudning boshqa tarkibida boshidan ko‘rib chiqilishi lozim.
4. JPK 407-moddasida nazarda tutilgan hollarda ishda ishtirok etgan zaxiradagi xalq maslahatchisi sud majlisida ish muhokamasi boshlangandan tugagunga qadar uzluksiz ishtirok etishi shart.
6. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK 25-moddasining oltinchi qismi, 26-moddasining birinchi qismi, 409 va 439-moddalariga ko‘ra, prokuror sud protsessining ishtirokchisi sifatida odil sudlovni amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, bular davlat ayblovchisi tomonidan ayblov xulosasining (ayblov dalolatnomasining) xulosa qismida bayon etilgan ayblovni o‘qib eshittirish, dalillarni tekshirishda bevosita ishtirok etish: sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar va guvohlarni so‘roq qilish, ekspertlarning xulosasini tinglash, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish, sudda bayonnomalar va ishning boshqa hujjatlarini o‘qib eshittirishdan iborat.
JPK 412-moddasining birinchi qismi talabiga muvofiq, prokuror sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda, sud jinoyat ishi muhokamasini keyinga qoldiradi. Prokuror uzrli sababsiz kelmay qolgan taqdirda, sud bu haqda yuqori turuvchi prokurorga xabar berishi shart.
7. Shuni nazarda tutish lozimki, JPK 410 — 412-moddalariga muvofiq, sudlanuvchi, himoyachi va prokurorning sud majlisiga kelishi ularning majburiyati hisoblanadi, chunki bu ish materiallarini to‘liq, har tomonlama va xolisona tekshirish zarurati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bunga rioya etmasdan qonuniy va adolatli qaror qabul qilish imkoniyati yo‘q.
Shu munosabat bilan qayd etilgan protsess ishtirokchilaridan birortasi sud majlisiga kelmagan taqdirda, ishning muhokamasi keyinga qoldirilishi (JPK 410-moddasining uchinchi qismi bilan nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) va uning sudga kelishini ta’minlash bo‘yicha qonunda nazarda tutilgan choralar ko‘rilishi lozim.
8. JPK 410-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra, sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lib, sudga kelishdan bo‘yin tovlasa, uning yo‘qligi esa ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmasa, sud ishni sudlanuvchi ishtirokisiz ko‘rishga haqli.
Sud majlisini sudlanuvchi ishtirokisiz o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda, sudya JPK 388-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, sudlanuvchining himoyachisiga ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi nusxasi topshirilgan-topshirilmaganligini tekshirishi lozim.
9. JPK 414-moddasiga ko‘ra, birinchi instansiya sudida jinoyat ishini muhokama qilish faqat ish bo‘yicha ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslarga nisbatan va e’lon qilingan ayb doirasida amalga oshiriladi.
10. JPK 420-moddasiga muvofiq, ko‘rilishi boshlangan jinoyat ishi quyidagi hollarda to‘xtatilishi mumkin:
sud tomonidan prokurorga JPK 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qo‘shimcha protsessual harakatlar amalga oshirilishini topshirish haqida ajrim chiqarilsa.
JPK 420-moddasida nazarda tutilgan holatlardan kelib chiqib, sud ishni biror sudlanuvchiga nisbatan yoki butunlay to‘xtatishi mumkin.
12. JPK 438-moddasi mazmuniga ko‘ra, sud muhokamasi ishtirokchilarining yangi guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni chaqirish to‘g‘risidagi, ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish to‘g‘risidagi iltimosnomalari bevosita ular arz qilingan va muhokama qilingandan so‘ng hal etilishi lozim. Sud muhokamasi ishtirokchilari doirasini aniqlash va ishning harakati bilan bog‘liq boshqa barcha iltimoslar ham (jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar sifatida tan olish to‘g‘risida, ishni to‘xtatish yoxud uning muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risida, ishni tugatish to‘g‘risida va boshqalar), ular sud majlisining tayyorgarlik qismida yoki sud muhokamasi davomida arz qilinganligidan qat’iy nazar, shu qoidalar asosida hal qilinadi.
Qonunga ko‘ra (JPK 438-moddasining uchinchi qismi), iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish tarafni ushbu iltimosnomani boshqa asoslar bo‘yicha sud muhokamasi davomida qayta arz qilish huquqidan mahrum etmaydi.
14. Sudlanuvchining ko‘rsatmalari faqat JPK 104-moddasida nazarda tutilgan hollarda o‘qib eshittirilishi mumkin va sud tomonidan sud tergovi davomida tekshirilishi lozim.
15. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari JPK 55, 57, 59, 61, 63-moddalariga muvofiq o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun barcha sud majlislarida ishtirok etishga haqlidirlar. Shu sababli bu shaxslarning keyingi sud majlislarida ishtiroki ixtiyoriy (ularning ishtiroki sud tomonidan zarur deb topilgan hollar bundan mustasno) bo‘lib, bu haqda ish muhokamasi keyinga qoldirilganda sud majlisi bayonnomasida qayd etgan holda tushuntirilishi shart.
19. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JPK 262-moddasining birinchi qismiga muvofiq, guvoh sudga kelishdan uzrli sabablarsiz bosh tortganda, u majburiy keltirilishi mumkin. Jumladan, quyidagilar guvohning sudga kelmasligiga uzrli sabablar deb tan olinishi mumkin:
20. JPK 296-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash sud muhokamasining muhim tarkibiy qismi ekanligini hisobga olib, sudlar har bir jinoyat ishini ko‘rib chiqish chog‘ida yetarli asoslar mavjud bo‘lganda, xususiy ajrim chiqarishlari lozim.
Bayonnoma JPK 426-moddasi talablariga qat’iyan muvofiq tarzda tuzilishi lozim. Bunda quyidagilar bayon etilishiga alohida e’tibor qaratilishi lozim:
Bayonnoma sifatli va o‘z vaqtida tuzilishi uchun raislik qiluvchi bilan bir qatorda sud majlisi kotibi javobgar bo‘lib, u JPK 32-moddasiga muvofiq, bayonnomada sudning harakatlari va qarorlarini, shuningdek, sud muhokamasi ishtirokchilari harakatlarini to‘liq va to‘g‘ri bayon qilib borishi shart.
22. JPK 449-moddasiga muvofiq, taraflar muzokarasi davlat va jamoat ayblovchisi nutqi bilan boshlanadi. So‘ngra jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki ularning vakillari, himoyachi va jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili so‘zga chiqadi.
Sudlarga tushuntirilsinki, muzokaralar tugagandan so‘ng taraflar JPK 457-moddasi birinchi qismining 1 — 6-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan o‘zlari taklif etgan qaror mazmunini sudga yozma tarzda taqdim etishlari mumkin. Davlat ayblovchisi va himoyachi muzokaralar tugagandan so‘ng sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirgunga qadar sudga o‘zlarining yozma taklifini berishga majbur.
23. Taraflar muzokarasi ishtirokchilari o‘z so‘zlarida, sudlanuvchi esa, shuningdek, oxirgi so‘zida ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi holatlar to‘g‘risida xabar bersalar, sud, sud tergovini JPK 452-moddasi talablariga muvofiq, yangidan boshlab, sudlanuvchini ushbu holatlar to‘g‘risida batafsil so‘roq qilishi hamda ularni protsessual qonunning sud tergoviga oid talablariga rioya etgan holda sinchkovlik bilan tekshirishi lozim.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi