20.06.2022 yildagi PQ-287-son
ikki oy muddatda ushbu qarorning 3-bandida ko‘rsatilgan musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish va ularni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

Yoshlar o‘rtasida qo‘l jangini keng targ‘ib qilish.

1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qo‘l jangi bo‘yicha taniqli va faxriy sportchilar hamda trenerlar ishtirokida seminar, trening, mahorat saboqlarini tashkil etish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil avgust

Amalga oshirish — 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qo‘l jangi federatsiyasi

(R. Djurayev),

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov)

2. Qo‘l jangi bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etish.

2023-yil aprel

Homiylik mablag‘lari

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi

(R. Djurayev),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov)

3. Hududlarda, tuman (shahar) markazlarida, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, istirohat bog‘larida va boshqa maskanlarda “Qo‘l jangi sport turi kuni”ni keng nishonlash.

Har yili 23-mart

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qo‘l jangi federatsiyasi

(R. Djurayev)

2.

Qo‘l jangi bo‘yicha xalqaro va respublika musobaqalarini o‘tkazish.

1. Har yili 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan Qurolli Kuchlar chempionatini hamda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida qahramonlik va jasorat ko‘rsatib, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar xotirasiga bag‘ishlangan Xotira turnirini tashkil etish.

2023-yil yanvar, aprel

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi

(R. Djurayev),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Davlat bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Turizm va madaniy meros vazirligi

(B. Ibragimov),

Buxoro

(B. Zaripov),

Qashqadaryo

(M. Azimov),

Namangan

(Sh. Abdurazakov),

Samarqand

(E. Turdimov)

va Toshkent shahar

(J. Artikxodjayev)

hokimliklari

2. Har yili professional sportchilar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” xalqaro turnirini o‘tkazish.

2023-yil iyul

3. Har ikki yilda bir marotaba yoshlar o‘rtasida “Amir Temur kubogi” xalqaro turnirini o‘tkazish.

2024-yil aprel

3.

Qo‘l jangi bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolarining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash.

1. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga asosan qo‘l jangi bo‘yicha musobaqalarni tizimli ravishda o‘tkazish.

2. Iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya), shuningdek, milliy terma jamoalar tarkibiga kiritish.

3. Nufuzli xalqaro musobaqalarda terma jamoa a’zolarining ishtirokini ta’minlash.

2022-2023-yillar davomida

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalarida nazarda tutilgan mablag‘lar

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qo‘l jangi federatsiyasi

(R. Djurayev)

4.

Qo‘l jangi bo‘yicha trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish.

1. Qo‘l jangi bo‘yicha malaka oshirish kurslariga jalb qilinmagan trenerlar, hakamlar va mutaxassislarning ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash.

2022-yil iyun

Ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi

(R. Djurayev)

2. Tasdiqlangan ro‘yxat asosida trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.

2022-yil avgust

5.

Tuman (shahar)larda qo‘l jangi bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida klublar faoliyatini tashkil etish.

1. Tadbirkorlik subyektlari va salohiyatli investorlar bilan qo‘l jangi bo‘yicha klublarni tashkil qilish yuzasidan muzokaralar olib borish.

2. Tadbirkorlik subyektlari va salohiyatli investorlarga klublarni tashkil qilish bo‘yicha har tomonlama ko‘mak berish va klublar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2022-2023-yillar davomida

Ijrochilar va tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qo‘l jangi federatsiyasi

(R. Djurayev),

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

(Z. Bozorov)

6.

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qo‘l jangi federatsiyasi hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashish.

1. O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qo‘l jangi federatsiyasi hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasi va resurs imkoniyatlarini xatlovdan o‘tkazish.

2022-yil avgust

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qo‘l jangi federatsiyasi

(R. Djurayev)

2. Xatlov natijalariga ko‘ra hududiy bo‘linmalarning moliyaviy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga bo‘sh turgan binolarni belgilangan tartibda ajratib berish.

2022-yil dekabr