Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining qabul qilinishi fuqarolar, davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning uy-joy munosabatlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarini aniq chegaralab berdi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
— Uy-joy kodeksining 71—74, 79, 85-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha turar-joydan ko‘chirish bilan bog‘liq nizolar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 107-moddasi talabiga muvofiq turar-joyning mulkdori va uning voyaga yetgan oila a’zolari, ijaraga oluvchi va uning voyaga yetgan oila a’zolari, hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi va pay jamg‘armasining qismiga huquqi bo‘lgan uning oila a’zolari o‘rtasida turar-joyni almashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishilmagan bo‘lsa, ulardan har biri egallab turgan joyini turli uylar, kvartiralardagi turar-joylarga majburan almashtirishni sud tartibida talab qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Fuqarolarni qonunda ko‘zda tutilgan asoslar bo‘yicha (Uy-joy kodeksining 71 — 73-moddalari) boshqa uy-joy bergan holda uy-joydan ko‘chirish to‘g‘risida da’vo arizasini qabul qilishda, sudya da’vo arizasida uydan ko‘chirilayotgan fuqarolarga taqdim etilayotgan uy-joyning aniq manzili ko‘rsatilganligini tekshirishi shart. Agar da’vo arizasida manzil ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bu holat FPK 195-moddasi birinchi qismining 4-bandiga muvofiq da’vo arizasini qaytarish haqida ajrim chiqarish uchun asos bo‘ladi.
12. Sud, ishni ko‘rishda ishning haqiqiy holatini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har tomonlama to‘liq va xolisona o‘rganib chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining tegishli moddalarida bayon etilgan harakatlarni amalga oshirishi zarur, xususan, taraflar yoki ularning vakillarini suhbatga taklif etishi, ularning mazkur da’voga oid barcha dalil hamda e’tirozlarini va ishni kelishuv bitimi yo‘li bilan hal etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, zarur hollarda, taraflarga ishni sudda ko‘rishga tayyorlash va ish sudda ko‘rilayotgan jarayonda ham kelishuv bitimi yo‘li bilan tugatishni taklif qilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 42-moddasiga muvofiq uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari tomonidan bir kishi hisobiga o‘n olti kvadrat metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravalarda harakatlanayotgan nogironlar uchun esa yigirma uch kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi. Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslar bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaslik maqsadida davlat uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha turar-joy berilishi mumkin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 43-moddasi talabiga muvofiq korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylarida bo‘shayotgan turar-joylar, shuningdek, bu idoralarning ulushli ishtirok etish tartibida topshirilgan mablag‘lariga qurilgan uylarda bo‘shayotgan turar-joylar birinchi navbatda ushbu korxona, muassasa, tashkilotlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan xodimlarga ko‘chib kirish uchun berilishiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 50-moddasi talabiga ko‘ra ijaraga oluvchining oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar-joydan foydalanishda ijaraga oluvchi bilan teng huquqqa egadir va bu shaxslar ijaraga berish shartnomasi majburiyatlari yuzasidan ijaraga beruvchi oldida javobgardirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
18. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga muvofiq munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar-joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha bo‘lmaganlarida (agar, turar-joy bo‘yicha uzoq muddat saqlanishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa) turar-joy olti oy muddat davomida uning hisobida saqlanadi. (Shu moddaning ikkinchi qismida bayon qilingan holatlar bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
26. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 80-moddasi talabiga muvofiq xizmat turar-joylarida istiqomat qiluvchi ayrim toifadagi fuqarolar boshqa turar-joy ajratilmasdan ko‘chirilishi mumkin bo‘lmaganligidan kelib chiqib, sud, bunday fuqarolar mazkur moddada ko‘zda tutilgan imtiyozlarga ega ekanligini aniqlashi zarur. Bunday imtiyozga ega bo‘lgan fuqarolar xizmat turar-joylaridan faqat boshqa sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shu aholi punkti chegarasi doirasida bo‘lgan turar-joy berilishi bilan ko‘chirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud, xizmat lavozimi bilan bog‘liq ravishda berilgan yotoqxonadan ko‘chirishda da’vogar va javobgar o‘rtasida qanday mehnat shartnomasi tuzilganligi va u qanday asoslarga ko‘ra bekor qilinganligini aniqlashi zarur. Bunda, sudlar, shuni nazarda tutishlari lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 85-moddasiga muvofiq ishni tugatgan mavsumiy-vaqtinchalik ishchilar, muddatli mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlovchilar, shuningdek, uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z ixtiyori bilan yoki mehnat intizomini buzganligi sababli yoki jinoyat sodir etganligi sababli mehnat shartnomasi bekor bo‘lib ishdan bo‘shaganlar hamda o‘quv yurtida o‘qishni tugatganlar, o‘quv yurti talabasi safidan chiqarilganlar boshqa turar-joy berilmasdan ko‘chirilishi lozim.
Boshqa asoslar bo‘yicha mehnat munosabatlarini to‘xtatgan shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 80-moddasida qayd etilgan shaxslar, faqat, Uy-joy kodeksining 9-moddasi talablariga javob beradigan boshqa uy ajratilgan holda yotoqxonadan ko‘chirilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Agarda yotoqxonadan joy ajratish mumkin bo‘lmagan fuqaroga yotoqxona berilgan bo‘lsa, bunday shaxsni ko‘chirish to‘g‘risida da’vo taqdim qilinganda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 46-moddasiga muvofiq yotoqxonadan joy berish to‘g‘risidagi hujjat (order)ni haqiqiy emas deb topish masalasi hal etilishi lozim. Bunda sudlar Uy-joy kodeksining 47-moddasida ko‘zda tutilgan qoidalar qo‘llanilishini e’tiborga olishlari zarur.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi