Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta narxini shakllantirish mexanizmi to‘g‘risida” 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-son Farmonini bajarish yuzasidan paxta tolasi uchun jahon bozorida vujudga kelgan narxlar konyunkturasini hisobga olgan holda bir hafta muddatda 2004-yil hosili paxta xomashyosi uchun xarid narxlarini belgilasinlar hamda xarid narxlari preyskurantini va hisob-kitob qilish tartibini paxtachilik xo‘jaliklariga yetkazsinlar.
2. Paxta yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarining paxta xomashyosi yetishtirishni ko‘paytirishdan manfaatdorligini rag‘batlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta xomashyosi yetishtirishda bozor prinsiplarini amalga oshirish va uni yetishtirishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-fevraldagi 93-son qarori bilan prognozda belgilangan hajmlardan ortiqcha yetishtirilgan paxta xomashyosi uchun joriy hisob-kitoblar shartnomaviy narxlar bo‘yicha, yagona xarid narxlaridan 20 foiz ortiq bo‘lgan narxlarda amalga oshiriladigan tartib tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi