Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
TURKMANISTON BILAN HAMKORLIKNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 19-noyabrda Buxoro shahrida oliy darajada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Turkmaniston muzokaralari davomida erishilgan bitimlar va ahdlashuvlarni amalga oshirish TADBIRLARI REJASI

Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
 LexUZ sharhi

T/r

Tadbirlar

Chora-tadbirlar va ularni amalga oshirishga doir takliflar

Muddatlar

Mas’ul
bajaruvchilar

I. Siyosiy hamkorlik sohasida

1.

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirining O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida ikki tomonlama tashqi ishlar vazirliklararo maslahatlashuvlar o‘tkazish.

Navbati bilan Toshkent shahrida va Ashgabad shahrida har chorakda tashqi ishlar vazirliklararo maslahatlashuvlar o‘tkazishni Turkmaniston tomoni bilan kelishish.

2005-yilning I choragi

Tashqi ishlar
vazirligi
2.Ishlab chiqish bosqichida turgan ikki tomonlama O‘zbekiston-Turkmaniston bitimlarini, ularni imzolashga tayyorlash jarayoni tugallangandan keyin, keyinchalik Turkmaniston tomoni bilan muzokaralar olib borish uchun eng dolzarb hujjatlarni aniqlash yuzasidan xatlovdan o‘tkazish.Tomonlarning ishlab chiqishi bosqichida turgan huquqiy xususiyatga ega bo‘lgan barcha hujjatlarni Buxoro shahridagi sammit yakunlari bo‘yicha imzolangan bitimlar doirasida ularning dolzarbligini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Qo‘shma hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqish uchun tayyorlash.2005-yilning I choragi Tashqi ishlar vazirligi, tegishli respublika idoralari

II. Savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida

1.Toshkent shahrida Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi majlisini o‘tkazish.Hukumatlararo komissiyaning O‘zbekiston qismi hamraisini tayinlash to‘g‘risidagi taklifni ishlab chiqish, komissiya majlisini o‘tkazish muddatini va kun tartibini diplomatik yo‘llar orqali Turkmaniston tomoni bilan kelishish.2005-yilning I choragi Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Tashqi ishlar vazirligi
2.Suv resurslarining taqsimlanishi va O‘zbekiston Respublikasining Turkmaniston hududida joylashgan suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning chegaradan o‘tishi masalalarini birgalikda monitoring qilish bo‘yicha ikki tomonlama idoralararo ishchi guruh tashkil qilish masalasini Turkmaniston tomoni bilan ishlab chiqish. Ushbu jarayon doirasida O‘zbekiston va Turkmaniston qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari darajasida uchrashuv uyushtirish.Turkmaniston tomoni bilan muzokaralar doirasida ishchi guruh to‘g‘risidagi nizomni ko‘rib chiqish va imzolash.2005-yil I yarim yilligiQishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi
3.Turkmaniston Temir yo‘llar vazirligi va boshqa transport idoralari bilan O‘zbekiston yuklarini Turkmaniston hududi orqali tranzit bo‘yicha olib o‘tishga imtiyozli tariflar to‘g‘risidagi Tejen-Seraxs qoidalarining amal qilishini tiklash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish.Muzokaralarda quyidagi masalalarni ko‘rib chiqish:

1996-yilda foydalanishga topshirilgan Tejen-Seraxs temir yo‘l liniyasi qurilishida ulush qo‘shgan holda qatnashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi xarajatlari summasini Turkmaniston tomonidan to‘lash;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasi yuklarini Turkmaniston hududi orqali tranzit bo‘yicha olib o‘tishga imtiyozli tariflar belgilash.
2005-yil II chorak “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aks�yadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi
4.Savdo uylari tashkil etish, shu jumladan tegishli huquqiy baza yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash, keyinchalik ularni amaliy aloqalar doirasida Turkmaniston tomoni bilan kelishish. Savdo uylarini ochish uchun barcha tashkiliy masalalarni 2005-yil birinchi yarim yilligi oxirigacha kelishish. 2005-yil I yarim yilligiTashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbeksavdo” kompaniyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi
5.Transport vositalarining barcha turlari bilan yuklarni tashishda paydo bo‘ladigan masalalarni tezda hal etish uchun ikki tomonlama ishchi guruh tashkil etish va muntazam uchrashuvlar o‘tkazish mexanizmi to‘g‘risidagi masalani Turkmaniston tomoni bilan ishlab chiqish. Ko‘rsatib o‘tilgan masalalarni diplomatik kanallar orqali Turkmaniston tomoni bilan tayyorlash va ishlab chiqish.2005-yil II chorakO‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi
6.Milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini Turkmanistonga yetkazib berishni ko‘paytirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish.Ashgabad shahrida O‘zbekiston Respublikasining eksport potensiali taqdimotini o‘tkazish masalasini ishlab chiqish. Ikkala mamlakatlar o‘rtasida erkin savdo rejimi ta’sirchanligini o‘rganish. 2005-yil I chorakTashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

III. Xavfsizlik, bojxona va chegara masalalari sohasidagi hamkorlik

1.Huquqni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida o‘zaro ahdlashuv bo‘yicha ikkala davlatlarning tegishli vazirliklari va idoralari rahbarlarining tashriflarini muntazam ayirboshlash.Tegishli �azirliklar va idoralar rahbarlarining tashriflarini ayirboshlash muddatlari diplomatik kanallar orqali kelishiladi.Ahdlashuv bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi
2.Chegara hududida ishonch munosabatlarini mustahkamlash chora-tadbirlari doirasida respublika tegishli viloyatlari ma’muriyatlari rahbarlarining chegarada hamkorlik masalalarini birgalikda hal qilish uchun Turkmanistonning chegara yaqinidagi viloyatlari mahalliy hokimiyatlari bilan amaliy aloqalarini yo‘lga qo‘yish.DoimoQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari, Tashqi ishlar vazirligi
3.Chegarada ishonch muhitini mustahkamlash, chegaradagi nizolarning oldini olish va kontrabandaga qarshi birgalikda kurashishni yo‘lga qo‘yish maqsadida chegara va bojxona idoralari vakillarining muntazam ravishdagi uchrashuvlarini o‘tkazish mexanizmini ishlab chiqish va Turkmaniston tomoni bilan kelishish.2005-yil I chorakMilliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi
4.O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasidagi 10 ta alohida uchastkani dyelimitatsiya qilishni tugallash va uni demarkatsiya qilish jarayoniga kirishish.Turkmaniston tomoni bilan erishilgan ahdlashuvga muvofiq.2005-yil I yarim yilligiTashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi

IV. Madaniy-gumanitar hamkorlik sohasida

1.2005-2006-yillar uchun madaniy almashuv dasturini tayyorlash (ko‘rgazmalar, ijodiy jamoalar chiqishlari va boshqalar) va uni Turk�aniston tomoni bilan ishlab chiqish.Dasturni tayyorlashda unda O‘zbekistondagi turkmanlar orasidan madaniyat arboblari qatnashishi zarurligini hisobga olish.2005-yil I chorak?Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi