Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masalalar

1.

O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish uchun tegishli ko‘rgazmali materiallar ilova qilingan holda belgilangan tartibda tegishli buyurtmanoma bilan Osiyo Olimpiya Kengashiga murojaat qilish.

1. O‘zbekisto�da Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish uchun tegishli ko‘rgazmali materiallarni tayyorlash.

2. Osiyo Olimpiya Kengashiga O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomidan tegishli buyurtmanomani tayyorlash va imzolash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

3. Imzolangan murojaat xatini Osiyo Olimpiya Kengashiga yuborish.

2019-yil

20-iyun

2019-yil

25-iyun

2019-yil

30-iyunga qadar

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Jismoniy tarbiya

va sport vazirligi,

Tashqi ishlar

vazirligi

2.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining O‘zbekistonga tashriflarini tashkil etish.

1. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha muzokaralar olib borish.

2. Xalqaro olimpiya qo‘�itasi, Osiyo Olimpiya Kengashi hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha kutib olish dasturini tayyorlash.

3. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining tashrifi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni, shu jumladan, aviachiptalar, ichki transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarini qoplash.

2019-yil

iyun

Kelishuvga muvofiq

Milliy olimpiya qo‘mitasi mablag‘lari, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

mablag‘lari,

xorijiy investorlarning mablag‘lari

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Jismoniy tarbiya

va sport vazirligi,

Tashqi ishlar

vazirligi, Sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

3.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida O‘zbekistonda xalqaro nufuzli musobaqalarni, shu jumladan, yozgi Osiyo o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha jamg‘arma tashkil etish.

O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish va O‘zbekistonda turli darajadagi xalqaro nufuzli musobaqalarni o‘tkazishni o‘z ichiga olgan jamg‘armani tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2019-yil

iyul

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Jismoniy tarbiya

va sport vazirligi

II. O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish

4.

2017-2018-yillarda o‘tkazilgan yozgi Osiyo o‘yinlari tajribasini o‘rganish, shu jumladan:

2017-yil 12 — 28-sentabr kunlari Ashxobod shahrida (Turkmaniston) yopiq sport inshootlarida bo‘lib o‘tgan jang san’atlari va V Osiyo o‘yinlari;

2018-yil 14-avgust — 3-sentabr kunlari Jakarta va Palembang shaharlarida (Indoneziya) bo‘lib o‘tgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari.

1. Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish tajribasini o‘rganish bo‘yicha vazirlik va idoralararo ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda ishchi guruh deb ataladi) tarkibini shakllantirish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2. O‘rganilgan tajriba natijalarini tahlil qilish va O‘zbekiston Respublikasida Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishda samarali foydalanish.

2019-yil iyul-avgust oylari

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Jismoniy tarbiya

va sport vazirligi,

Tashqi ishlar

vazirligi,

Sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar),

tegishli vazirliklar
va idoralar

III. O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha respublikada mavjud bo‘lgan sport inshootlari, logistika,
transport va mehmonxona infratuzilmalarini o‘rganish va yangilarini barpo etish bo‘yicha takliflar tayyorlash

5.

Yozgi Osiyo o‘yinlarini ommaviy axborot vositalari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatish.

Ishchi guruh tomonidan yozgi Osiyo o‘yinlarini to‘g‘ri�an-to‘g‘ri ommaviy axborot vositalari orqali yoritish masalalarini o‘rganish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil iyul

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Samarqand viloyati hokimligi,

Toshkent shahar hokimligi

6.

Toshkent va Samarqand shaharlari markaziy ko‘chalari va Toshkent — Samarqand yo‘nalishi avtomagistral yo‘llarini ta’mirlash.

Ishchi guruh tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar va ularni amalga oshirish xarajatlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil

avgust

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Samarqand viloyati hokimligi,

Toshkent shahar hokimligi

7.

Respublikada mavjud bo‘lgan sport inshootlari, logistika, transport, mehmonxona infratuzilmalari quvvatlarini tahlil qilish va chet el tajribasini o‘rgangan holda yirik nufuzli xalqaro kompleks musobaqalarni o‘tkazish uchun talab etiladigan tegishli qo‘shimcha infratuzilmalar va obyektlar ro‘yxatini shakllantirish, ularning qurilishi hajmlari va qiymatlarini aniqlash hamda ehtiyojlardan kelib chiqqan holda obyektlarni ta’mirlash va qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash.

Ishchi guruh tomonidan mavjud infratuzilmalar quvvatini o‘rganish tahlili asosida qo‘shimcha infratuzilmalar va ularni yaratishga xarajatlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil

sentyabr

Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Davlat statistika qo‘mitasi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Toshkent shahar hokimligi

8.

O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlari ishtirokchilarini (30 000 nafar) qabul qilish, maishiy shart-sharoitlarni o‘z ichiga olgan Olimpiya shaharchalarini Toshkent va Samarqand shaharlarida qurish.

Ishchi guruh tomonidan O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlarga aniqlik kiritish va ularning sarf-xarajatlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil sentyabr

Samarqand viloyati hokimligi,

Toshkent shahar hokimligi

9.

Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, takliflar va hisob-kitoblarni tahlil qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda yirik nufuzli xalqaro kompleks musobaqalarni o‘tkazish uchun sport infratuzilmani yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, takliflar va hisob-kitoblarni kompleks tahlillar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil

aprel

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

tegishli vazirliklar va idoralar


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi