Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA BUDJETDAGI MUASSASALAR XODIMLARINING ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh ChORALARI TO‘G‘RISIDA

Vazirlar Mahkamasining
Oliy o‘quv yurtlarining talabalariga, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilariga beriladigan stipendiyalar MIQDORLARI

Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
5. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korxonalar va xo‘jaliklar ish haqining 1992-yil 25-avgustdagi Farmonga muvofiq belgilangan eng kam miqdorini hisobga olgan holda mehnat unumdorligini oshirish va tejamkorlik, barcha mavjud zaxiralarni jalb qilish asosida ishlab chiqarish hajmlarini tabiiy ko‘rinishda (ishlar va xizmatlar) oshirish hisobiga ishlovchilarning ish haqi yanada oshishini ta’minlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi va Pensiya jamg‘armasining O‘zbekiston respublika bo‘limi 10 kun muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 25-avgustdagi Farmoni bilan belgilangan eng kam miqdordan kelib chiqqan holda fuqarolarning alohida xizmatlari uchun pensiyalarni oshirishning tuzatish koeffitsiyentlari to‘g‘risida asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
7. “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zdehqonchiliksanoatbank”, Pensiya jamg‘armasi O‘zbekiston respublika bo‘limi, shuningdek, tijorat banklari Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-apreldagi 218-son qaroriga muvofiq pensiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 25-avgustdagi Farmonida nazarda tutilgan oshirilgan miqdorlarda to‘lashni ta’minlovchi sug‘urta badallarining to‘liq va o‘z vaqtida kelib tushishini ta’minlasinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 10-iyuldagi 319-son qarori 2-bandi ikkinchi xatboshining imtiyozli ovqatlanish uchun har oylik qo‘shimcha to‘lovlarga tegishli qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

Talabalar va o‘quvchilarning toifalari

Oyiga so‘m hisobida
Oliy o‘quv yurtlari
O‘zlashtiruvchi talabalarga 895
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydiganlarga990
faqat a’lo baholarga o‘qiydiganlarga1110
Yetimlikda va ota-ona qarovisiz o‘sgan talabalarga1185
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga1360
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga1550
Yetimlikda va ota-ona qarovisiz o‘sgan, davlat ta’minotida bo‘lgan talabalarga740
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga840
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga960
Baynalmilal burchini bajarish chog‘idagi jarohatlanish, kontuziya, yaralanish va orttirilgan kasallik tufayli nogiron bo‘lib qolgan sobiq harbiy xizmatchi bo‘lgan talabalarga1330
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga1455
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga1550
Tayyorlov bo‘limlarining o‘quvchilariga585
Sobiq baynalmilalchi jangchi bo‘lgan talabalarga1180
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga1300
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga1420
Sobiq ittifoq organlarining buyruqlari bilan belgilangan mutaxassisliklar bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarida o‘qiydigan talabalarga (SSSR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim ministrligining 1987-yil 11-maydagi 330-son, 1987-yil 12-iyundagi 420-son va SSSR Davlat xalq ta’limi Komitetining 1989-yil 20-yanvardagi 8s-son va 1990-yil 9-apreldagi 21-son buyruqlari)1110
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga1260
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga1420
Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Sotsialistik Mehnat Qahramonlari bo‘lgan talabalarga1550

Nomli stipendiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan ta’sis etilgan atoqli fan, texnika va madaniyat arboblari nomlaridagi stipendiyalar1550
ayrim fanlarni o‘rganishdagi va fan-texnika ijodkorlariga alohida muvaffaqiyatlari uchun Ilmiy kengash qarori bo‘yicha belgilanadigan shaxsiy stipendiyalar1280
Kar-soqov va ko‘zi ojiz talabalarga yuqorida belgilanganidan 50 foiz ko‘p stipendiya berish nazarda tutiladi

O‘rta maxsus o‘quv yurtlari

Kar-soqov va ko‘zi ojiz talabalarga yuqorida belgilanganidan 50 foiz ko‘p stipendiya berish nazarda tutiladi
O‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga745
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydiganlarga810
faqat a’lo baholarga o‘qiydiganlarga920
Yetimlikda va ota-ona qarovisiz o‘sgan o‘quvchilarga1185
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydiganlarga1360
faqat a’lo baholarga o‘qiydiganlarga1550
Yetimlikda va ota-ona qarovisiz o‘sgan, davlat ta’minotida bo‘lgan o‘quvchilarga585
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga675
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga780
Baynalmilalchi jangchi bo‘lgan o‘quvchilarga1030
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga1150
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga1260
Baynalmilal burchini bajarish chog‘idagi jarohatlanish, kontuziya, yaralanish va orttirilgan kasallik tufayli nogiron bo‘lib qolgan sobiq harbiy xizmatchi bo‘lgan o‘quvchilarga 1330
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga1455
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga1550
Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari bo‘lgan o‘quvchilarga1550
nomli stipendiyalar oluvchilarga1330
Kar-soqov va ko‘zi ojiz talabalarga yuqorida belgilanganidan 50 foiz ko‘p stipendiya berish nazarda tutiladi

Hunar-texnika bilim yurtlari

O‘qish muddati 10 oydan ko‘p bo‘lmagan barcha xildagi hunar-texnika bilim yurtlarining (qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida, suv xo‘jaligi qurilishida va o‘rmon xo‘jaligida ishlash uchun tayyorlaydiganlardan tashqari) o‘zlashtiruvchi o‘quvchilariga 585
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga675
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga740
Baynalmilalchi jangchilar bo‘lgan o‘quvchilarga 1020
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga1150
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga1260
Baynalmilal burchini �ajarish chog‘idagi jarohatlanish, kontuziya, yaralanish va orttirilgan kasallik tufayli nogiron bo‘lib qolgan sobiq harbiy xizmatchi bo‘lgan o‘kuvchilarga1330
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek; faqat yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydiganlarga1455
faqat a’lo baholarga o‘qiydiganlarga1550
Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning va Ulug‘ Vatan urushining 1 va 11 guruh nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarning bolalari bo‘lgan o‘quvchilarga675
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga740
faqat a’lo baholarga o‘kiydigan o‘quvchilarga810
Oliy o‘quv yurtlarining, o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlarining davlat ta’minotida bo‘lgan talabalari, o‘quvchilari uchun stipendiyalar miqdorlari o‘zgartirilmaydi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi