Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish va e’lon qilish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Hujjatlar loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish va kelishish

3-bob. Hujjatlar loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali huquqiy ekspertizadan o‘tkazish

4-bob. Hujjatlar loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish va e’lon qilish

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

2-ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish va e’lon qilish TARTIBI

3-ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ tusga ega bo‘lmagan qaror va farmoyishlar loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish va e’lon qilish TARTIBI

4-ILOVA
“E-qaror” elektron tizimini barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarida tatbiq etish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”

5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 14-apreldagi 218-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 469-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/469/0718-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Mas’ullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Loyihani ishlab chiqadi.

2. Loyihani “E-qaror” elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda — elektron tizim) orqali manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish uchun yuboradi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Manfaatdor tashkilotlar

1. Loyihani elektron tizim orqali ish yurituviga qabul qiladi hamda loyihani ko‘rib chiqadi.

2. Loyihani elektron raqamli imzo qo‘yish yo‘li bilan kelishadi (viza qo‘yadi) yoki zarurat bo‘lganda loyihani ishlab chiquvchiga elektron tizim orqali e’tiroz va takliflari ko‘rsatilgan javob xatini kiritadi.

3. Kelishilgan (viza qo‘yilgan) loyihani ishlab chiquvchiga yuboradi.

3 kun muddatda

3-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Kelishilgan (viza qo‘yilgan) loyihani elektron tizimdan oladi.

2. Loyihani manfaatdor hududiy davlat organining tegishli xulosasini hisobga olgan holda (zarur hollarda) yakuniy ko‘rib chiqadi.

3. Loyihani elektron tizim orqali mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organidagi mas’ul o‘rinbosarga va tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yoki mahalliy vakillik organlari kotibiyatlari va doimiy komissiyalariga kiritadi.

3 kun muddatda

4-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining mas’ul o‘rinbosari, tegishli tarkibiy bo‘linmasi, mahalliy vakillik organi kotibiyati

1. Loyihani elektron tizim orqali ish yurituviga qabul qiladi hamda ko‘rib chiqadi.

5-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Kelishilgan (viza qo‘yilgan) loyihani elektron tizimdan oladi.

2. Loyihani mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi mas’ul o‘rinbosari va tegishli tarkibiy �o‘linmalar yoki mahalliy vakillik organlari kotibiyatlari va doimiy komissiyalarining tegishli xulosasini hisobga olgan holda (zarur hollarda) yakuniy ko‘rib chiqadi.

3. Loyihani elektron tizim orqali tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmatiga kiritadi.

4. Loyiha mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmati, hokim yoki Kengash raisi tomonidan e’tiroz bilan qaytarilgan hollarda loyihani qayta ko‘rib chiqadi, takomillashtiradi hamda elektron tizim orqali mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmatiga qaytadan kiritadi.

1 kun muddatda

6-bosqich

Mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmati

1. Loyihani elektron tizimi orqali ish yurituviga qabul qiladi hamda loyihani ko‘rib chiqadi.

2. Loyihani Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtiradi.

3. Jamoatchilik muhokamasi yakunlangandan so‘ng loyiha bo‘yicha belgilangan tartibda xulosa tuzadi.

4. Loyihani elektron raqamli imzo qo‘yish yo‘li bilan kelishadi (viza qo‘yadi) yoki e’tirozlari mavjud bo‘lsa, loyihani ishlab chiquvchiga qaytaradi.

5. Loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun hududiy adliya organlariga belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda kiritadi.

2 kun muddatda

7-bosqich

Hududiy adliya organi

1. Loyihani elektron tizim orqali ish yurituviga belgilangan tartibda qabul qiladi.

2. Loyihani belgilangan tartibda huquqiy eksp�rtizadan o‘tkazadi, loyiha qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lsa, xulosa beradi va bu haqda elektron tizim orqali mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yoki vakillik organini xabardor qiladi.

3. Loyiha bo‘yicha e’tirozlar mavjud bo‘lsa, loyihani mahalliy ijro etuvchi yoki vakillik organiga qaytaradi.

Belgilangan muddatlarda

8-bosqich

Mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmati

1. Loyiha va hududiy adliya organining tegishli xulosasini elektron tizim orqali ish yurituviga belgilangan tartibda qabul qiladi.

2. Adliya organining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda, loyihani imzolash uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat yoki mahalliy vakillik organi rahbariga kiritadi.

3. Agarda loyiha hududiy adliya organi tomonidan e’tiroz bilan qaytarilgan bo‘lsa, loyihani qayta ishlab chiqadi hamda ushbu qayta ishlangan loyihani hududiy adliya organiga belgilangan tartibda elektron tizim orqali kiritadi.

4. Agarda loyiha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat yoki mahalliy vakillik organi rahbari tomonidan e’tiroz bilan qaytarilgan bo‘lsa, loyihani qayta ishlab chiqadi hamda ushbu qayta ishlangan loyihani mahalliy ijro etuvchi hokimiyat yoki mahalliy vakillik organi rahbariga elektron tizim orqali kiritadi.

5. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat yoki mahalliy vakillik organi rahbari yoki hududiy adliya organi tomonidan loyihani qabul qilish maqsadga muvofiq emas degan xulosaga kelgan taqdirda, bu haqda loyiha ishlab chiquvchini xabardor qiladi.

2 kun muddatda

9-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat yoki mahalliy vakillik organi rahbari

1 Loyihani elektron tizim orqali qabul qiladi.

2. Loyihani elektron raqamli imzo bilan imzolaydi, imzolangan va maxsus raqam bilan hisobga qo‘yilgan hujjatni elektron tizim bosh sahifasida avtomatik tarzda e’lon qiladi.

3. Loyihani qabul qilishni maqsadga muvofiq emas deb topsa, loyihani belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqish uchun mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmat xodimiga yoki ishlab chiquvchiga qaytaradi.

4. Imzolangan hujjatni elektron tizim orqali mas’ul ijrochilarga yetkazish uchun hokimlikning mas’ul tarkibiy bo‘linmasi yoki Kengash kotibiyati mudiriga yuboradi.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat — 1 kun muddatda Mahalliy vakillik organi — belgilangan muddatda

10-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining mas’ul tarkibiy bo‘linmasi yoki Kengash kotibiyati

1. Imzolangan hujjatni elektron tizim orqali qabul qilib oladi hamda shu tizim orqali ijrochi va manfaatdor tashkilotlarga yetkazadi.

2. Imzolangan hujjatni majburiy tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy-veb saytlarida e’lon qiladi.

1 kun muddatda

(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 469-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/469/0718-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Mas’ullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Loyihani ishlab chiqadi.

2. Loyihani “E-qaror” elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda — elektron tizim) orqali manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish uchun yuboradi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Manfaatdor hududiy davlat organlari

1. Loyihani elektron tizim orqali ish yurituviga qabul qiladi hamda ko‘rib chiqadi.

2. Loyihani elektron raqamli imzo qo‘yish yo‘li bilan kelishadi (viza qo‘yadi) yoki zarurat bo‘lganda loyihani ishlab chiquvchiga elektron tizim orqali e’tiroz va takliflari ko‘rsatilgan javob xatini kiritadi.

3. Kelishilgan (viza qo‘yilgan) loyihani ishlab chiquvchiga yuboradi.

3 kun muddatda

3-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Kelishilgan (viza qo‘yilgan) loyihani elektron tizimdan oladi.

2. Loyihani manfaatdor hududiy davlat organining tegishli xulosasini hisobga olgan holda (zarur hollarda) yakuniy ko‘rib chiqadi.

3. Loyihani elektron tizim orqali mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organidagi mas’ul o‘rinbosarga va tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yoki mahalliy vakillik organlari kotibiyatlari va doimiy komissiyalariga kiritadi.

3 kun muddatda

4-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining mas’ul o‘rinbosari, tegishli tarkibiy bo‘linmasi, mahalliy vakillik organi kotibiyati

1. Loyihani elektron tizim orqali ish yurituviga qabul qiladi hamda ko‘rib chiqadi.

2. Loyihani elektron raqamli imzo qo‘yish yo‘li bilan kelishadi (viza qo‘yadi) yoki zarurat bo‘lganda loyihani ishlab chiquvchiga elektron tizim orqali e’tiroz va takliflari ko‘rsatilgan javob xatini kiritadi.

3. Kelishilgan (viza qo‘yilgan) loyihani ishlab chiquvchiga yuboradi.

3 kun muddatda

5-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Kelishilgan (viza qo‘yilgan) loyihani elektron tizimdan oladi.

2. Loyihani mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi mas’ul o‘rinbosari va tegishli tarkibiy bo‘linmalar yoki mahalliy vakillik organlari kotibiyatlari va doimiy ko�issiyalarining tegishli xulosasini hisobga olgan holda (zarur hollarda) yakuniy ko‘rib chiqadi.

3. Loyihani elektron tizim orqali tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmatiga kiritadi.

4. Loyiha mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmati, hokim yoki Kengash raisi tomonidan e’tiroz bilan qaytarilgan hollarda, loyihani qayta ko‘rib chiqadi, takomillashtiradi hamda elektron tizim orqali mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmatiga qaytadan kiritadi.

1 kun muddatda

6-bosqich

Mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmati

1. Loyihani elektron tizim orqali ish yurituviga qabul qiladi va uni ko‘rib chiqadi.

2. Loyihani elektron raqamli imzo qo‘yish yo‘li bilan kelishadi (viza qo‘yadi) yoki e’tirozlari mavjud bo‘lsa, loyihani ishlab chiquvchiga qaytaradi.

3. Loyihani imzolash uchun mahalliy davlat hokimiyati organi rahbariga kiritadi.

4. Agarda loyiha mahalliy davlat hokimiyati organi rahbari tomonidan e’tiroz bilan qaytarilgan bo‘lsa, loyihani qayta ko‘rib chiqadi hamda ushbu qayta ishlangan loyihani imzolash uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat yoki vakillik organi rahbariga kiritadi.

2 kun muddatda

7-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat va mahalliy vakillik organi rahbari

1 Loyihani elektron tizim orqali qabul qilib oladi.

2. Loyihani elektron raqamli imzo bilan imzolaydi, imzolangan va maxsus raqam bilan hisobga qo‘yilgan hujjatni elektron tizim bosh sahifasida avtomatik tarzda e’lon qiladi (xizmat doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjatlar bundan mustasno).

3. Loyihani qabul qilish yoki chiqarishni maqsadga muvofiq emas deb topsa, loyihani belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqish uchun loyihani mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmat xodimiga yoki ishlab chiquvchiga qaytaradi.

4. Imzolangan hujjatni elektron tizim orqali mas’ul ijrochilarga yetkazish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tegishli tarkibiy bo‘linmasi yoki mahalliy vakillik organi Kengashi kotibiyatiga yuboradi.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat — 1 kun muddatda Mahalliy vakillik organi — belgilangan muddatda

8-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tegishli tarkibiy bo‘linmasi, mahalliy vakillik organi kotibiyati

1. Imzolangan hujjatni elektron tizimi orqali qabul qilib oladi.

2. Imzolangan hujjatni elektron tizim orqali ijrochi va manfaatdor tashkilotlarga yetkazadi.

1 kun muddatda

(3-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 469-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/469/0718-son)

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

1.

“E-qaror” elektron tizimini ishga tushirish bilan bog‘liq quyidagi tadbirlarni amalga oshirish:

mahalliy davlat hokimiyati organlari, hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va mas’ul ijrochilari (mas’ul shaxslar)ni id.egov.uz yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazish;

mas’ul shaxslarni “E-qaror” elektron tizimida avtorizatsiyadan o‘tkazish;

mas’ul shaxslarga “E-qaror” elektron tizimida shaxsiy kabinet ochish bo‘yicha “UZINFOCOM” davlat axborot xizmatlarini yaratish va qo‘llab-q�vvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ administratoriga murojaat qilish hamda ruxsat olgandan so‘ng kabinetga kirish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari, hududiy davlat organlari va tashkilotlari rasmiy blankalarining elektron shakldagi namunalarini “UZINFOCOM” MChJga yuborish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Adliya vazirligi

2.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, hududiy davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “E-qaror” elektron tizimida ishlash bo‘yicha o‘zlarining mas’ul xodimlarini rasmiy hujjat (qaror, farmoyish, buyruq yoki boshqa hujjat) bilan biriktirilishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, hududiy davlat organlari va tashkilotlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

“UZINFOCOM” davlat axborot xizmat�arini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ bilan birgalikda mahalliy davlat hokimiyati organlari, hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va mas’ul ijrochilarini “E-qaror” elektron tizimiga ulanishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari (tuman va shahar) tomonidan “E-qaror” elektron tizimida qaror va farmoyishlar qabul qilish boshlangandan so‘ng hokimliklardagi qaror va farmoyishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish reyestr kitobini yuritishni to‘xtatish hamda dalolatnoma asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga topshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

tuman va shahar hokimliklari

6.

“E-qaror” elektron tizimida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar va farmoyishlarni mazkur tizim doirasida ijrochi va manfaatdor tashkilotlarga yetkazish imkoniyatini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyul

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatl�r va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

“E-qaror” elektron tizimida mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarini Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga avtomatik tarzda joylashtirish maqsadida ushbu normativ tusdagi qarorlarni “Adolat” milliy huquqiy axborot markaziga mazkur elektron tizim orqali yuborish imkoniyatini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyul

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Respublikaning barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini “E-qaror” elektron tizimida ishlash bo‘yicha o‘qitish yuzasidan seminarlar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun-iyul

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

“E-qaror” elektron tizimida ishlash yuzasidan videodarslar va qo‘llanmalar tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyul

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Tizimda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, qabul qilingan qaror va farmoyishlarda yo‘l qo‘yilgan texnik xatoliklarni, ushbu xatolikka yo‘l qo‘ygan hokimlikning xatiga asosan qaror mazmunini o‘zgartirmagan holda bartaraf etish chorasini ko‘rib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi