Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 10.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-son qarori ijrosini ta’minlash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni davlat tomonidan boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, shuningdek, “Zarafshon” milliy tabiat bog‘idagi relikt va noyob to‘qayzor o‘rmonlar, tabiiy majmualarni muhofaza qilish, tabiiy obyektlar va majmualardan qonunchilik talablari asosida foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
a) 1-banddagi “Mo‘ynoq” so‘zi “Mo‘ynoq, Taxtako‘pir” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning II bo‘limi “Hudud nomi” ustunidagi “Mo‘ynoq” so‘zi “Taxtako‘pir” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning II bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan 2021 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturiga 9-ilovaning “Milliy tabiat bog‘lari” bo‘limi 3-pozitsiyasi “Idoraviy mansubligi” ustunidagi “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat ekologiya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘rmon fondi yerlari va sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish hamda yog‘ochbop mahsulotlar yetishtirish hajmini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 14-iyuldagi 442-son qaroriga 3-ilovaning “Samarqand viloyati” bo‘limi 5-pozitsiyasi “Ihota daraxtzorlarini barpo etuvchi davlat o‘rmon xo‘jaliklari nomi” ustunidagi “Zarafshon milliy tabiat bog‘i” so‘zlari “Kattaqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi