O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “
Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “
Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 369-modda), “
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 17-son, 188-modda), “
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 18-son, 201-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi, “
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi, “
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-son “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qaroriga muvofiq, tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibini belgilaydi.
mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan kredit ta’minoti turlaridan biri.
14. “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga asosan, qarz oluvchi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, kafolat beruvchi yoki kafil qarzni qaytarish muddati tugagach, xizmat ko‘rsatuvchi bankning birinchi talabiga binoan shartnomaga muvofiq qarz oluvchining qarzini to‘lashi shart.