Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat 05.12.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Xo‘jalik sudlarining e’tibori sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi)da belgilangan qoidalarga qat’iy rioya etilgan holda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi (bundan buyon matnda Soliq kodeksi deb yuritiladi), “Lizing to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari asosida ko‘rilishiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, XPKning 103-moddasida nazarda tutilgan sud buyrug‘i berish bo‘yicha talablarning ro‘yxati tugal hisoblanadi va u kengaytirilgan tarzda talqin qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2.1. Agar sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizada talab XPK 103-moddasining 1-bandiga asosan qo‘yilgan bo‘lsa, soliq qarzining miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lmasligi, shuningdek talabda qarzni undirishni qarzdorning mol-mulkiga qaratish so‘ralgan bo‘lishi lozim.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi talab XPK 103-moddasining 1-bandiga asosan qo‘yilgan holda, qarzdor tomonidan qarzdorlikning tan olinishi talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2.2. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 133-moddasining birinchi qismiga muvofiq kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar sovuq va issiq suv ta’minoti, suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya), elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, isitish (issiqlik ta’minoti), qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun to‘lanadigan to‘lovlardan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasining “Aloqa to‘g‘risida”gi Qonuni 2-moddasining birinchi qismiga ko‘ra aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari pochta jo‘natmalarini qabul qilib olish, tashish va ko‘rsatilgan joyga yetkazib berish vositalarining yig‘indisi bo‘lgan pochta aloqasi tarmoqlaridan hamda bir yoki bir nechta uzatish turlarini: telefon, telegraf, faksimil uzatishlarni, hujjatli xabarlarning boshqa turlari ma’lumotlarini uzatishni, televideniye va radioeshittirish dasturlarini translatsiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiyalar vositalari yig‘indisi bo‘lgan telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan iborat.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi talab XPK 103-moddasining 11-bandiga asosan bildirilganda, qarzdor tomonidan qarzdorlikning tan olinishi talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3. Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, XPK 103-moddasining 2-bandiga asosan berilgan sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizada debitorlik qarzni qarzdorning mol-mulkidan undirish to‘g‘risida talab qo‘yilishi mumkin emas. Bunday talab bildirilganda, arizani qabul qilish XPK 107-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan rad etiladi.
XPK 103-moddasining 2-bandiga asosan qarzdorlikni undirish to‘g‘risida talab qo‘yilganda qarzdorlik qarzdor tomonidan hujjatlar asosida tan olingan bo‘lishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
2.4. XPK 103-moddasining 4-bandiga asosan berilgan arizada faqat lizingga berilgan mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risida talab qo‘yilishi mumkin. Agar arizada lizingga berilgan mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi talabdan tashqari lizing to‘lovlarini undirish to‘g‘risidagi talab ham bildirilgan bo‘lsa, arizani qabul qilish XPK 107-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan rad etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza XPKning 23, 26—28, 32-moddalarida nazarda tutilgan sudlovga taalluqlilik va tegishlilikning umumiy qoidalariga amal qilgan holda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. XPK 104-moddasining birinchi qismi talablariga ko‘ra sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza xo‘jalik sudiga yozma shaklda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Sudlarga tushuntirilsinki, sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza bilan kreditor yoki uning vakili murojaat qilishi mumkin. Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-sonli qaroriga asosan yuridik shaxslar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni undirishni mol-mulkka qaratish to‘g‘risidagi arizalar bilan sudga murojaat qilish vakolati davlat soliq xizmati organlariga yuklatilgan. Bunday hollarda davlat soliq xizmati organlari kreditor hisoblanmasligini inobatga olib, sud buyrug‘ida kreditor sifatida tegishli energiya ta’minoti korxonasi ko‘rsatiladi hamda qarzdorlik energiya ta’minoti korxonasi foydasiga undiriladi.
6. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning mazmuni XPK 104-moddasining ikkinchi qismi talablariga mos kelishi lozim, aks holda arizani qabul qilish XPK 107-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan rad etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. XPKning 105-moddasiga muvofiq arizachi (kreditor) sud buyrug‘ini berish to‘g‘risida ariza berganida qarzdorga arizaning nusxasini topshirishi shart. Qarzdor — yuridik shaxsga sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning nusxasi topshirilganligining dalili bo‘lib, uning rahbari yoki xodimining muhr (shtamp) bilan tasdiqlangan imzosi, qarzdor — fuqaroga esa uning shaxsiy imzosi hisoblanadi. Ushbu tartibga rioya qilinmagan taqdirda, sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish XPK 107-moddasi birinchi qismining 4-bandiga asosan rad etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. XPK 106-moddasining birinchi qismiga ko‘ra sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza uchun sudga da’vo arizasi bilan umumiy tartibda murojaat qilinganda nizolashilayotgan summa asosida hisoblab chiqilgan stavkaning ellik foizi miqdorida davlat boji to‘lanadi.
Soliq kodeksining 330-moddasiga asosan xo‘jalik sudlarida davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan shaxslar sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha ham davlat bojini to‘lashdan ozod etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
10.1. XPK 106-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, undiruvchi to‘lagan davlat boji undiruvchi tomonidan qarzdorga umumiy tartibda da’vo arizasi berilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji hisobiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10.2. Soliq kodeksi 337-moddasi yigirma beshinchi qismining mazmuniga ko‘ra sud buyrug‘i bekor qilingan taqdirda, kreditor tomonidan to‘langan davlat boji qaytarilmaydi. Kreditor tomonidan sudga umumiy tartibda da’vo arizasi berilgan taqdirda, u to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji hisobiga olinadi, murojaat qilinmagan taqdirda esa, to‘langan davlat boji bo‘yicha xarajat uning zimmasida qoldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10.4. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos ravishda rad etilganda, ariza XPK 118-moddasi birinchi qismining 5, 6, 9-bandlariga mos holda qaytarilganda, shuningdek, sud buyrug‘ini berish XPK 109-moddasining ikkinchi qismiga asosan rad etilganda kreditor tomonidan to‘langan davlat boji qarzdorga nisbatan umumiy tartibda kreditor tomonidan da’vo taqdim etilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan boj hisobiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. XPK 108-moddasining birinchi qismiga ko‘ra qarzdor unga sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning nusxasi topshirilgan paytdan boshlab o‘n kunlik muddatda xo‘jalik sudiga kreditor talablariga qarshi e’tirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini taqdim etishga haqli.
XPKning 108-moddasida qarzdor yozma fikrining shakli va mazmuniga nisbatan muayyan talablar belgilanmaganligi sababli u erkin shaklda bayon etilishi mumkin. Biroq yozma fikrda arizadagi talabga munosabat bildirilgan bo‘lishi kerak. Yozma fikr axborot tizimi orqali elektron shaklda ham yuborilishi mumkin.
Sudlar inobatga olishlari lozimki, XPK 108-moddasining birinchi qismida belgilangan o‘n kunlik muddat sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning nusxasi qarzdorga topshirilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar arizaning nusxasi topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatda bunday sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa, o‘n kunlik muddat ushbu ariza sudga kelib tushgan kundan boshlab hisoblanadi.
XPKda sud buyrug‘ini berish muddati ko‘rsatilmaganligi bois u yozma fikrni taqdim etish uchun qarzdorga berilgan o‘n kunlik muddat tugaganidan keyingi kundan yoki bildirilgan talabga qarzdorning roziligi haqidagi yozma fikri kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. XPK 109-moddasining birinchi qismiga ko‘ra sudya sud buyrug‘ini ishni sudda muhokama qilmasdan, qarzdor va undiruvchini chaqirmasdan hamda ularning tushuntirishlarini eshitmasdan beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
15.1. XPK 109-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, agar qarzdor bildirilgan talabga rozi bo‘lmasa, huquq to‘g‘risidagi mavjud nizo taqdim etilgan hujjatlar asosida hal etib bo‘lmaydi deb hisoblansa, sudya sud buyrug‘ini berishni rad etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, sud buyrug‘ining mazmuni XPK 110-moddasining birinchi qismi talablariga mos kelishi, shuningdek unda qarzdordan undiruvchi foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan sud xarajatlarining summasi ham ko‘rsatilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Sudlar XPK 103-moddasining 1-bandiga asosan berilgan sud buyrug‘i ijrosini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish haqidagi masalani hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning qaysi turlari, summalari hamda ularning to‘lovi qanday muddatga kechiktirilganligi va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etilganligini aniqlashlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
20. XPK 111-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, agar qarzdor sud buyrug‘i berilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risida ariza bersa, sudya buyruqni bekor qiladi.
Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuniga nisbatan XPKda muayyan talablar belgilanmagan. Shundan kelib chiqib, ariza erkin shaklda bayon etilishi mumkin, ammo unda sud buyrug‘ini bekor qilish sabablari ko‘rsatilgan, shuningdek unga ushbu sabablarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan bo‘lishi kerak. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza axborot tizimi orqali elektron shaklda ham berilishi mumkin.
XPKda sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati nazarda tutilmaganligi sababli, u sudga kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirilmasdan, sudda muhokama qilinmasdan, qarzdor va undiruvchi chaqirtirilmasdan hamda ularning tushuntirishlari eshitilmasdan ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ajrim chiqariladi. Ajrimda kreditorning sudga umumiy tartibda murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
Agar ariza XPKning 111-moddasida nazarda tutilgan muddat o‘tkazib yuborilgan holda berilgan bo‘lsa va muddatning o‘tkazilishi sabablari iltimosnoma asosida uzrli deb topilsa, sudya muddatni tiklab, sud buyrug‘ini bekor qilishga haqli.
XPKda o‘tkazilgan muddatni tiklashning uzrli sabablari ro‘yxati nazarda tutilmaganligi bois, sudlar muddatni tiklash masalasini hal etishda iltimosnomada keltirilgan sabablarni o‘rganib, ularga o‘z ichki ishonchlari asosida baho berishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Sudlar e’tiborga olishlari kerakki, XPKning 107-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish, shuningdek 109-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi bo‘yicha sud buyrug‘ini berishni rad etish masalalari sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay ko‘riladi, natijasi bo‘yicha ajrim chiqariladi. XPK 109-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi bo‘yicha sud buyrug‘ini berishni rad etish haqidagi masala kreditorning talabiga qarzdorning rozi bo‘lmaganligi haqidagi yozma fikri kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan ko‘riladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Sudlarga tushuntirilsinki, sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan ajrimlar XPK 153-moddasining birinchi qismiga mos holda ular chiqarilgandan keyin besh kunlik muddatda taraflarga yuboriladi yoki ularga tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzili mavjud bo‘lgan taqdirda esa, ajrimlar axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi