1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi 513-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan 76-II-sonli
Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 147-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (
ilova qilinadi).
Rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazishga ushbu Qonun 26-moddasiga muvofiq tasdiqlangan sport turlarining qoidalari asosidagina yo‘l qo‘yiladi.
ushbu Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan dopingga qarshi qoidalarga rioya etishi;
xodimlarga va ularning oila a’zolariga ushbu qismning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun sport obyektlari, sport jihozlari va anjomlaridan foydalanish imkoniyatini berish haqidagi;
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan bosqichlar tarkibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ta’lim muassasalari jumlasiga jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi oliy ta’lim muassasalari kiradi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan ta’lim muassasalari jumlasiga kirmaydigan ta’lim muassasalarida sportchilarni tayyorlash maqsadida sport turlari bo‘yicha shunday tayyorgarlikni chuqurlashtirilgan o‘quv-mashq jarayoni asosida amalga oshiradigan tarkibiy bo‘linmalar, ixtisoslashtirilgan sinflar va guruhlar tashkil etilishi mumkin.