20.05.2023 yildagi 208-son
8. Reyting baholash mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq kompyuterda reyting baholash axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasiga (keyingi o‘rinlarda — ishchi organ) murojaat qiladi.

Belgilangan muddatlarda

2-bosqich

Ishchi organ va Raqamli texnologiyalar vazirligining hududiy bo‘linmasi

1. So‘rovnomada keltirilgan ma’lumotlar haqiqiyligini tekshiradi va qabul qiladi.

2. Talabgorga YIDXP orqali reyting baholash o‘tkaziladigan sana va joy yoki reyting baholashdan o‘tkazish rad etilganligi to‘g‘risida elektron xabarnoma yuboradi.

Baholash o‘tkaziladigan sanadan 5 ish kuni oldin

3-bosqich

Talabgor

Reyting baholashdan o‘tish uchun “elektron hukumat”ning yagona identifikatsiya tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tadi va test savollariga javob beradi.

Belgilangan muddatlarda

4-bosqich

Ishchi organ

Talabgor reyting baholashdan muvaffaqiyatli o‘tganda QR-kod qo‘yilgan reyting baholash guvohnomasi rasmiylashtiriladi va talabgorga reyting baholash axborot tizimi orqali yuboriladi.

Real vaqt rejimida

5-bosqich

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi

Talabgor reyting baholashdan o‘ta olmagan taqdirda:

1. Baholash ma’lumotnomasida tavsiya etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha 24 soatdan kam bo‘lmagan o‘quv kurslarida malakasini oshiradi;

1. 4 oy mobaynida

2. Takror reyting baholashdan o‘tishini ta’minlaydi.

2. 10 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Ishchi organ

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga talabgorning reyting baholash natijalarini yuboradi.

5 ish kuni mobaynida

1. 1-ilovaning 1-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.