T/r | Vazirliklar va idoralarning nomi | Shakllantirish manbai | Ajratmalar miqdori (foizlarda) |
1. | O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi | O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan solinadigan jarimalar summasi | 80 |
2. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi) | Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun undiriladigan jarima va pul mablag‘lari, hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarima va pul mablag‘lari bundan mustasno | 74 |
Atrof-muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari | 74 |
3. | Davlat bojxona qo‘mitasi | Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bojxona yig‘imlari va to‘lovlar shaklidagi tushumlar | 30 |
Bojxona organlari va Chegara qo‘shinlari tomonidan olib qo‘yilgan hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 25* |
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan xorijiy davlatlarning avtotransport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun bojxona organlari tomonidan undirilgan jarima summasi | 25 |
4. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari | Bojxona organlari va Chegara qo‘shinlari tomonidan olib qo‘yilgan hamda qonun hujjatlarida b�lgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 25* |
Chegara qo‘shinlari materiallari asosida fuqarolar va mansabdor shaxslarga solinadigan jarimalar | 50 |
5. | Davlat xavfsizlik xizmati | Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 16 |
6. | Bosh prokuratura | Qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8** |
7. | O‘zbekiston Respublikasining Diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamg‘armasi (Tashqi ishlar vazirligi) | Kirish va chiqish hujjatlari, boshqa konsullik xizmatlari rasmiylashtirilganligi uchun yig‘imlar va boshqa tushumlar | 30 |
8. | Davlat soliq qo‘mitasi | Davlat soliq organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 25 |
Soliq to‘g‘risidagi qonunlar buzilganligi uchun moliyaviy jazolar va ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarimalar summasi | 40*** |
81 | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti | Budjet mablag‘larini oluvchi davlat organlari va tashkilotlarida Departament tomonidan o‘tkazilgan taftishlar va tekshiruvlar natijalari bo‘yicha aniqlangan hamda budjet va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadiga undirilgan budjet mablag‘larning noqonuniy xarajatlari, o‘g‘irliklar, talon-torojliklar, kamomadlar summasi | 10 |
9. | Ichki ishlar vazirligi | Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari. | 45 |
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasi (tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda tegishli og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun hamda bojxona organlari tomonidan undirilgan jarima summasi bundan mustasno). | 50 |
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan xorijiy davlatlarning avtotransport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan undirilgan jarima summasi. | 25 |
Avtomototransport vositalari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun to‘lov summasi. | 8 |
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar. | 8 |
Chiqish va kirish vizalari berilganligi, ular muddatining uzaytirilganligi, vaqtincha turgan joy bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi, doimiy yashash uchun hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun davlat bojlari. | 8 |
|
| Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yo‘l h�rakati qoidalari buzilganligi uchun undirilgan jarima summasi: tizim joriy etilib, ishga tushirilgan kundan boshlab bir yil davomida; tizim joriy etilib, ishga tushirilganidan bir yil o‘tgan kundan boshlab. | 10 15 |
91. | Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasi | Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar summasi, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qayd etgan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar summasidan tashqari | 10 |
Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va o‘zgartirish bo‘yicha yig‘imlar | 40 |
92. | Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi | Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar summasi (davlat ijrochilari tomonidan ijro ishi bo‘yicha undirilganlar mablag‘lar bundan mustasno) | 5 |
|
Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar summasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3989-son qarori bilan joriy etilgan loyiha bo‘yicha) | 25 |
Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va o‘zgartirish bo‘yicha yig‘imlar | 20 |
Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar summasi | 100 |
Avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha auksiondan olib, auksionga qo‘yilgan boshlang‘ich narxi bo‘yicha umumiy tartibda realizatsiya qilishdan olingan tushumlar | 50 |
10. | Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitas� | Xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar | 2,5 |
Davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomalarini tuzish va bekor qilish, berilgan kreditlar va qarzlar bo‘yicha tushgan penyalar va jarimalar summasi | 50 |
Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan jarimalar va mablag‘lar summasi | 20 |
Mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoxud o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun mansabdor shaxslardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan undiriladigan jarimalar summasi | 80 |
Baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalaganlik uchun, shuningdek baholovchiga malaka sertifikati berganlik (malaka imtihonidan o‘tganlik) va malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirganlik (jumladan qayta rasmiylashtirganlik va dublikat berganlik) uchun, sud boshqaruvchisining arizani ko‘rib chiqqanligi va attestat berganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq undiriladigan yig‘imlar summasi | 100 |
“Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq undiriladigan jarimalar summasi | 15 |
Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) buyurtmanomalari ko‘rib chiqilganligi uchun maxsus yig‘imlar summasi | 100 |
11. | Moliya vazirligi | Budjet tashkilotlarini va budjet mablag‘laridan foydalanuvchilarni taftish qilish va tekshirishlar natijalari bo‘yicha Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan budjet va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadiga undirilgan rastratalar, talon-toroj, kamomad, noqonuniy xarajatlar summalari, shuningdek taftish va tekshirishlar natijalari bo‘yicha paxta tozalash korxonalaridan undirilgan rastratalar, talon-toroj va kamomad summalari | 8 |
Aksiyalarning davlat ulushidan dividendlar o‘z vaqtida budjetga o‘tkazilmaganligi uchun jarimalar summasi |
Xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun bojxona yig‘imlari va to‘lovlari ko‘rinishida kelib tushgan tushumlar | 2,5 |
Budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etish tartibini buzish uchu� jarimalar summasi | 100 |
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish uchun jarimalar summasi | 100 |
Tayyorlov tashkilotlarining foizsiz qarz ajratish to‘g‘risida tuzilgan shartnomal?rga muvofiq Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasining maqsadli m?blag‘larini qaytarish bilan ?og‘liq o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki tegishli ravishda bajarmaganligi uchun jarimalar va penyalar summasi | 100 |
12. | Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi (Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi) | Jinoiy, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy v� harbiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlar bo‘yicha davlat bojlari va jarimalar summasi. | 40 |
Ijro etish bo‘yicha budjetga undirilgan summalar, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bundan mustasno. | 40 |
121. | Budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi (Adliya vazirligi) |
|
|
Notariuslar tomonidan undiriladigan davlat bojlari summasi | 12 |
Adliya organlari tomonidan nodav�at notijorat tashkilotlarini, advokatlik byurolarini, firmalarini, hay’atlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik, nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek, ularning oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazganlik, nodavlat notijorat tashkiloti ramzlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining ta’sis hujjatlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning dublikatini berganlik uchun, advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik uchun undiriladigan mablag‘lar, shuningdek, adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar summasi | 80 |
13. | Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi | O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar turlari uchun — yovvoyi hayvonlarni tutishga va O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yig‘ishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov | 12 |
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar turlari uchun — yovvoyi hayvonlarni tutishga va O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yig‘ishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov | 40 |
Musodara qilingan ovchilik va baliq ovlash qurollari, shuningdek ovchilikning noqonuniy mahsulotlari sotilishidan tushgan mablag‘lar | 40 |
Ma’muriy huquqbuzarlik hamda hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun jarimalar undirishdan olingan mablag‘lar | 40 |
14. | Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi | Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun iqtisodiy jazolar summasi | 8 |
15. | O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi maxsus jamg‘arma | Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik hujjatlarining talablari buzilganligi uchun moliyaviy va ma’muriy jarimalar | 100 |
17. | O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi | Xorijiy valyutadagi patent bojlari va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlar | 8 |
Milliy valyutadagi patent bojlari va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlar | 80 |
19. | Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi | Mas’ul saqlovchilardan davlat zaxiralari bilan ishlash tartibini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan jarimalar va penyalar summasi***** | 100 |
Davlat zaxirasi moddiy boyliklarini qarzga olishda, shuningdek “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi tomonidan mahsulotlarni yangilash tartibida (shu jumladan vaqti-vaqti bilan) sotishda undiriladigan qo‘shimcha to‘lov | 40 |
21. | Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi | Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga iqtisodiy jazolar summasi | 8 |
22. | Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (“O‘zkimyosanoat” DAK) | “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvidagi tashkilotlarning davlat mulkini xususiylashtirish va aksiyalarini sotishdan olingan mablag‘lar, qonun hujjatlariga muvofiq Davlat raqobat qo‘mitasi tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar bundan mustasno | 100 |
23. | O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi | Avtomobil transportida yo‘lovchilar va yukni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi va ularning muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji | 60 |
Avtomobilda tashish sohasida ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarimalar summasi | 60 |
Avtomobil va temir yo‘l transportida yo‘lovchilar va yuk tashish huquqini beruvchi litsenziyalarni olish uchun berilgan arizalar ko‘rib chiqilganligi, shuningdek, avtomobilda yo‘lovchilar va yukni xalqaro tashishni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar blankalari berilganligi uchun yig‘imlar | 100 |
Shahar, shahar atrofi, viloyat ichida shaharlararo yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlarda qatnashganlik uchun to‘lovlar | 100 |
Temir yo‘l transportida yo‘lovchilar va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji | 20 |
24. | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) | Aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji | 50 |
Aloqa sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan normativ hujjatlar, davlat tarmoq standartlari talablari, aloqa sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun undiriladigan jarima sanksiyalari | 45 |
Abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov | 10 |
241. | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi | “Xavfsiz shahar” kompleksi orqali aniqlangan huquqbuzarliklar uchun jarimalar summasi, aloqa kanallarini tashkillashtirish va ijarasi bo‘yicha xarajatlarni qoplash, boshqa tizimlar bilan integratsiyalash va rivojlantirish, Markaz faoliyatini, mehnatga haq to‘lash fondini moliyalashtirish hamda uning xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish, shuningdek moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash uchun maqsadli yo‘naltirilgan holda (Vazirlar Mahkamasining “2020-2021-yillarda Toshkent viloyati va Toshkent shahrida infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 17-martdagi qarorida ko‘rsatilgan jarima summasidan ajratmalar bundan mustasno) | 10 |
25. | Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi) | Respublikaning tabiiy baliqchilik xo‘jaliklari suv havzalari ijaraga berilganligidan tushgan mablag‘lar | 20 |
26. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi | Neft mahsulotlari va gazdan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga iqtisodiy jazolar summasi | 8 |
27. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi | Davlat statistika hisobotini taqdim etish tartibini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq solinadigan jarimalar summasi | 100 |
28. | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi | O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar turlari uchun — yovvoyi hayvonlarni tutishga va O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yig‘ishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov | 8 |
29. | O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi | Quyidagilardan: |
|
urug‘liklar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari importiga karantin ruxsatnomalarini rasmiylashtirishdan | 80 |
urug‘lik, o‘simlik va o‘simlik mahsulotlari bo‘lgan yuklarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga karantin ruxsatnomalarini rasmiylashtirishdan |
urug‘liklar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari eksportiga fitosanitariya sertifikatlarini va (yoki) karantin ostidagi o‘simlik mahsulotlariga reeksport fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirishdan |
respubl�ka hududi ichida karantin yuklariga fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirish va berishdan har bir transport birligiga ko‘zdan kechirish dalolatnomasi, ochib ko‘rish va hujjatlarni rasmiylashtirish to‘g‘risidagi dalolatnomani berishdan |
o‘simliklar karantini sohasida ma’muriy huquqbuzarliklar uchun qonun hujjatlariga muvofiq undiriladigan jarimalardan |
karantin ostidagi eksport va import qilinadigan mahsulotni zararsizlantirish bo‘yicha fitosanitar ishlov ?erish ishlarini bajarishdan tushgan daromadlar | 100 |
karantin ostidagi mahsulotlarning namunalarini laboratoriya ekspertizasini o‘tkazish xizmatlari |
o‘simliklarni himoya qilishda qo‘llaniladigan kimyoviy vositalar, mineral va organik o‘g‘itlarni saqlash, realizatsiya qilishni litsenziyalashdan olinadigan to‘lovlar |
biolaboratoriyalar faoliyati uchun beriladigan texnik ruxsatnoma va biomahsulot sifati bo‘yicha sertifikatlar uchun olinadigan to‘lovlar |
kimyoviy va biologik himoya vositalarining biologik samaradorligi bo‘yicha o‘tkaziladigan sinovlar uchun olinadigan to‘lovlar |
30. | O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi | Turistik yig‘im (mehmonxona yig‘imi) va o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penya | 100 |
32. | O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi) | Yerdan xo‘jasizlik bilan foydalanilganligi yoxud u ishdan chiqarilganligi, xo‘jalik ichki yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqilganligi, davlat yer kadastrini yuritish qoidalari buzilganligi, chegaralovchi va cheklovchi belgilar yo‘q qilinganligi yoki shikastlanganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq solinadigan jarimalar summsi | 40 |
33. | Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi | Respublika iste’molchilariga energiya resurslarini sotishdan tushgan mablag‘lar | 10 |
Vakolatli organlar tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablag‘lar | 8 |
Byuro organlari tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklarni sotishdan tushgan mablag‘lar | 8 |
Davlat ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yig‘imi mablag‘lari | 80 |
Byuro xodimlari tomonidan qo‘llaniladigan va undiriladigan jarimalar | 80 |
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar | 100 |
Byuro bo‘linmalari, shuningdek, prokuratura organlarining Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilingan asosiy vositalarini sotishdan olingan mablag‘lar | 50 |
Qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar | 100 |
34. | O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi | Kemalarni, shu jumladan kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish, kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan, kemalarni qurishda, foydalanishda, qayta jih?zlashda va ta’mirlashda ko‘rikdan o‘tkazishdan tushgan mablag‘lar | 60 |
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik, kichik hajmli kemalarniro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzganlik, kema boshqaruvchilarining kemalar va kichik hajmli kemalarni mast holda boshqargani uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi | 60 |
35. | O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi | O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan rasmiylashtirilgan bayonnomalar asosida sudlar tomonidan solingan jarimalardan tushadigan mablag‘lar | 95 |
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushadigan mablag‘lar | 100 |
Hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan belgilanadigan ichimlik suvi ta’minoti xizmatlariga tariflarga maxsus ustama | 50 |
Hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda, Toshkent shahar hokimligi tomonidan belgilanadigan ichimlik suvi ta’minoti xizmatlariga tariflarga maxsus ustama | 30 |
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushadigan mablag‘lar | 100 |
36. | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi | nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi | 10 |
37. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi | Inspeksiya huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi daromadlari summasi | 20 |
Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun Inspeksiya vakolatlari doirasida qo‘llanilgan jarima sanksiyalari summasi | 40 |
Inspeksiya xodimlari tomonidan solinadigan jarimalar summasi | 50 |
Traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari, o‘zi yurar mashinalar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, guvohnomalar, raqam belgilari va texnik p�sportlar berish uchun undiriladigan yig‘imlar summasi | 80 |
38. | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Madaniy meros jamg‘armasi | Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilganligi uchun undirilgan jarimalar, yetkazilgan zarar, kompensatsiya va ularga hisoblangan penyalar | 100 |
39. | O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi | Oz miqdorda talon-toroj qilish uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi. | 25 |
O‘ta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu obyektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi. | 25 |
Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklardan tashqari)uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi. | 25 |
40. | Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi | Xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun bojxona yig‘imlari va to‘lovlari ko‘rinishida kelib tushgan tushumlar | 2,5 |