T/r | Vazirliklar va idoralarning nomi | Shakllantirish manbai | Ajratmalar miqdori (foizlarda) |
1. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi | O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalar summasi | 80 |
2. | Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi(O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi) | Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun undiriladigan jarima va pul mablag‘lari, hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarima va pul mablag‘lari bundan mustasno | 50 |
Atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari | 50 |
3. | Davlat bojxona qo‘mitasi | Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bojxona yig‘imlari va to‘lovlar shaklidagi tushumlar | 40**** |
Bojxona organlari tomonidan (shu jumladan chegara xizmatlari bilan birgalikda) olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8* |
4. | O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi | Bojxona organlari tomonidan chegara xizmatlari bilan birgalikda olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8* |
5. | Milliy xavfsizlik xizmati | Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 16 |
6. | Bosh prokuratura | Qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8** |
7. | Tashqi ishlar vazirligi | Kirish va chiqish hujjatlari, boshqa konsullik xizmatlari rasmiylashtirilganligi uchun yig‘imlar va boshqa tushumlar | 8 |
8. | Davlat soliq qo‘mitasi | Soliq organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 10 |
Soliq haqidagi qonunlar buzilganligi uchun moliyaviy jazolar va ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarimalar summasi | 10*** |
Yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun undiriladigan davlat boji summasi | 60 |
9. | Ichki ishlar vazirligi | Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi | 8 |
Avtomototransport vositalari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun to‘lov summasi | 8 |
Qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8 |
Chiqish va kirish vizalari berilganligi, ular muddatining uzaytirilganligi, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi, doimiy yashash uchun hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun davlat bojlari | 8 |
10. | Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi | Xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar | 2,5 |
Davlat aktivlarini�g oldi-sotdi shartnomalarini tuzish va bekor qilish, berilgan kreditlar va qarzlar bo‘yicha tushgan penyalar va jarimalar summasi | 50 |
Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan jarimalar va mablag‘lar summasi | 20 |
Mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoxud o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun mansabdor shaxslardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan undiriladigan jarimalar summasi | 80 |
Baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalaganlik uchun, shuningdek baholovchiga malaka sertifikati berganlik (malaka imtihonidan o‘tganlik) va malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirganlik (jumladan qayta rasmiylashtirganlik va dublikat berganlik) uchun, sud boshqaruvchisining arizani ko‘rib chiqqanligi va attestat berganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq undiriladigan yig‘imlar summasi | 100 |
“Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunigamuvofiq undiriladigan jarimalar summasi | 15 |
Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) buyurtmanomalari ko‘rib chiqilganligi uchun maxsus yig‘imlar summasi | 100 |
11. | Moliya vazirligi | Budjet tashkilotlarini va budjet mablag‘laridan foydalanuvchilarni taftish qilish va tekshirishlar natijalari bo‘yicha Nazorat-taftish Bosh boshqarmasi va hududiy boshqarmalaridan budjet va maqsadli davlat fondlari daromadiga undirilgan rastratalar, talon-toroj, kamomad, noqonuniy xarajatlar summalari, shuningdek taftish va tekshirishlar natijalari bo‘yicha “O‘zpaxtasanoat” AJ korxonalaridan undirilgan rastratalar, talon-toroj va kamomad summalari | 8
|
Aksiyalarning davlat ulushidan dividendlar o‘z vaqtida budjetga o‘tkazilmaganligi uchun jarimalar summasi |
12. | Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi (Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi) | Jinoiy, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlar bo‘yicha davlat bojlari va jarimalar summasi | 16 |
Ijro etish bo‘yicha budjetga undirilgan summalar, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bundan mustasno | 24 |
121. | Budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi(Adliya vazirligi) | FHDY bo‘limlari tomonidan undiriladigan davlat bojlari summasi | 16 |
Notariuslar tomonidan undiriladigan davlat bojlari summasi | 8 |
Adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini, advokatlik byurolarini, firmalarini, hay’atlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik, nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek, ularning oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazganlik, nodavlat notijorat tashkiloti ramzlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining ta’sis hujjatlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning dublikatini berganlik uchun, advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik uchun undiriladigan mablag‘lar, shuningdek, adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar summasi | 80 |
13. | Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi | O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar turlari uchun — yovvoyi hayvonlarni tutishga va O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yig‘ishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov | 12 |
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar turlari uchun — yovvoyi hayvonlarni tutishga va O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yig‘ishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov | 40 |
Musodara qilingan ovchilik va baliq ovlash qurollari, shuningdek ovchilikning noqonuniy mahsulotlari sotilishidan tushgan mablag‘lar | 40 |
Ma’muriy huquqbuzarlik hamda hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun jarimalar undirishdan olingan mablag‘lar | 40 |
14. | Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi | Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun iqtisodiy jazolar summasi | 8 |
15. | “O‘zstandart” agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish jamg‘armasi | Standartlar, metrologiya va sertifikatlashtirishning majburiy talablari, davlat inspektorlarining xo‘jalik faoliyati subyektlari tomonidan mahsulotlar realizatsiyasi (yetkazib berilishi, sotilishi) taqiqlanishi haqidagi ko‘rsatmalari buzilganligi uchun jarimalar | 8 |
16. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi | Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-moddasiga muvofiq solinadigan jarimalar summasi (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi yuzasidan). | 8 |
17. | O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi | Xorijiy valyutadagi patent bojlari va boshqa soliq bo‘lmag�n to‘lovlar | 8 |
Milliy valyutadagi patent bojlari va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlar | 80 |
19.
| Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi
| Mas’ul saqlovchilardan davlat zaxiralari bilan ishlash tartibini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan jarimalar va penyalar summasi***** | 100 |
Davlat zaxirasi moddiy boyliklarini qarzga olishda, shuningdek “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi tomonidan mahsulotlarni yangilash tartibida (shu jumladan vaqti-vaqti bilan) sotishda undiriladigan qo‘shimcha to‘lov****** | 40
|
20. | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi | Suvni limitdan ortiqcha olganlik, suvni ruxsat etilmagan suv olish joylaridan olganlik, shuningdek suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suvni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun jarimalar | 40 |
21. | Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi | Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qo�dalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga iqtisodiy jazolar summasi | 8 |
22. | Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (“O‘zkimyosanoat” DAK) | “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvidagi tashkilotlarning davlat mulkini xususiylashtirish va aksiyalarini sotishdan olingan mablag‘lar, qonun hujjatlariga muvofiq Davlat raqobat qo‘mitasi tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar bundan mustasno | 100 |
23. | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi | Avtomobil va daryo transportida yo‘lovchilar va yuk tashishga litsenziyalar berilganligi, shuningdek avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashishga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji | 25 |
Avtomobillarda tashuvlar sohasida ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarimalar summasi | 25 |
24. | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) | Aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji | 50 |
Aloqa sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan normativ hujjatlar, davlat tarmoq standartlari talablari, aloqa sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun undiriladigan jarima sanksiyalari | 45 |
Abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov | 10 |
241. | Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) | “Xavfsiz shahar” kompleksi orqali aniqlangan huquqbuzarliklar uchun jarimalar | 10 |
25. | “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi | Respublikaning tabiiy baliqchilik xo‘jaliklari suv havzalari ijaraga berilganligidan tushgan mablag‘lar (Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi bundan mustasno) | 100 |
26. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi | Neft mahsulotlari va gazdan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga iqtisodiy jazolar summasi | 8 |
27. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi | Davlat statistika hisobotini taqdim etish tartibini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq solinadigan jarimalar summasi | 100 |
28. | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi | O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar turlari uchun — yovvoyi hayvonlarni tutishga va O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yig‘ishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov | 8 |
29. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi | Quyidagilardan: | 25 |
boshqa davlatlardan kelayotgan urug‘lik, ko‘chat material va karantin nazorati ostidagi boshqa o‘simlik mahsulotlarini, shuningdek respublika hududi orqali tranzit o‘tayotgan karantin ostidagi yuklarni import qilishga karantin ruxsatnomasi berilganligidan |
karantin ostidagi mahsulotlarni respublikadan eksport qilishda o‘simliklar karantini va ularni himoya qilish davlat organlari tomonidan fitosanitariya sertifikati yoki guvohnoma berilganligidan |
respublika ichida karantin fitosanitariya sertifikati berilganligidan |
import yuklarni kreditlardan holi qilishdan va hujjatlarni berishdan (samolyot, vagon, konteyner, avtotransport va boshqa transport vositalari) |
o‘simliklar karantini chegara punktlarida O‘zbekiston Respublikasi orqali o‘tadigan karantin ostidagi tranzit yuklarni ochmasdan transport birliklari hujjatlarini |
30. | O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi | Turistik yig‘im (mehmonxona yig‘imi) va o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penya | 100 |
31. | O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Mashinalar va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi (“O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi) | “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha davlat inspektorlari tomonidan undiriladigan yig‘imlar | 40 |
32. | O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi) | Yerdan xo‘jasizlik bilan foydalanilganligi yoxud u ishdan chiqarilganligi, xo‘jalik ichki yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqilganligi, davlat yer kadastrini yuritish qoidalari buzilganligi, chegaralovchi va cheklovchi belgilar yo‘q qilinganligi yoki shikastlanganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq solinadigan jarimalar summasi | 40 |
33. | Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi | Respublika iste’molchilariga energiya resurslarini sotishdan tushgan mablag‘lar | 10 |
Vakolatli organlar tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablag‘lar | 8 |
Davlat ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yig‘imi mablag‘lari | 80 |
Mol-mulkni sotish yoki baholash bo‘yicha zimmasiga olingan shartnomaviy majburiyatlarni bajarmaganlik (zarur darajada bajarmaganlik) uchun birjalarga, baholash, maxsus savdo va rieltorlik tashkilotlariga, boshqa shaxslarga solinadigan jarimalar va penyalar | 80 |
34. | O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi | Kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan (qayta ro‘yxatdan) hamda texnik ko‘rikdan o‘tkazishdan tushgan mablag‘lar | 60 |
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik, kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini, shuningdek, bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzganlik, kema boshqaruvchilarining kichik hajmli kemalarni mast holda boshqargani uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi | 60 |
35. | O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy- kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy-kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi | O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘pxonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushadigan mablag‘lar | 100 |
Hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan belgilanadigan ichimlik suv ta’minoti xizmatlariga tariflarga maxsus ustama |
36. | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi | nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi | 10 |
nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi | 10 |