T/r | Vazirliklar va idoralarning nomi | Shakllantirish manbai | Ajratmalar miqdori (foizlarda) |
1. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi | O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalar summasi | 80 |
2. | Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi) | Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarimalar va undirilgan mablag‘lar hamda atrof muhit ifloslanganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari summalari (hayvonot va o‘simliklar dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq buzilishlar uchun jarimalar va undiriladigan pul summalari bundan mustasno) | 40 |
3. | Davlat bojxona qo‘mitasi | Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bojxona yig‘imlari va to‘lovlar shaklidagi tushumlar | 20 |
Bojxona organlari tomonidan (shu jumladan chegara xizmatlari bilan birgalikda) olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daro�adiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8* |
4. | O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi | Bojxona organlari tomonidan chegara xizmatlari bilan birgalikda olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8* |
5. | Milliy xavfsizlik xizmati | Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 16 |
6. | Bosh prokuratura | Qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8** |
7. | Tashqi ishlar vazirligi | Kirish va chiqish hujjatlari, boshqa konsullik xizmatlari rasmiylashtirilganligi uchun yig‘imlar va boshqa tushumlar | 8 |
8. | Davlat soliq qo‘mitasi | Soliq organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 10 |
Soliq haqidagi qonunlar buzilganligi uchun moliyaviy jazolar va ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarimalar summasi | 10*** |
Yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun undiriladigan davlat boji summasi | 60 |
9. | Ichki ishlar vazirligi | Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi | 8 |
Avtomototransport vositalari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun to‘lov summasi | 8 |
Qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8 |
Chiqish va kirish vizalari berilganligi, ular muddatining uzaytirilganligi, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, doimiy yashash uchun hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun davlat bojlari | 8 |
10. | Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi | Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar | 2,5 |
Davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomalarini tuzish va bekor qilish, berilgan kreditlar va qarzlar bo‘yicha tushgan penyalar va jarimalar summasi | 50 |
11. | Moliya vazirligi | Taftishlar va tekshirishlar natijalari bo‘yicha budjet daromadi�a undirilgan rastrata, talon-toroj, kamomad, noqonuniy xarajatlar, aksiyalarning davlat ulushidan olingan dividendlar budjetga o‘z vaqtida o‘tkazilmaganligi uchun jarimalar summasi | 8 |
12. | Sudlar va adliya muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi (Adliya vazirligi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti) | Umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan ko‘riladigan ishlar bo‘yicha jarimalar va davlat bojlari summasi | 16 |
Xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘riladigan ishlar bo‘yicha jarimalar va davlat bojlari summasi | 12 |
Adliya organlari va FHDY bo‘limlari tomonidan undiriladigan davlat bojlari summasi | 16 |
Notariuslar tomonidan undiriladigan davlat bojlari summasi | 12 |
Nodavlat notijorat tashkilotlari, advokatlik byurolari, firmalari, hay’atlari, ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, notarial va advokatlik faoliyati litsenziyalanganligi, yuridik kadrlar malaka attestatsiyasidan o‘tkazilganligi uchun adliya organlari tomonidan undiriladigan mablag‘lar, shuningdek adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar | 80 |
Ijro etish bo‘yicha budjetga undirilgan summalar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlar undirilishi bundan mustasno | 24 |
Vakolatli organlar tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzlarni undirishdan tushadigan mablag‘lar | 8 |
Sud ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yig‘imi mablag‘lari | 80 |
Mol-mulkni sotish yoki baholash bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi (zarur tarzda bajarilmaganligi) uchun birjalarga, baholash tashkilotlariga, savdo tashkilotlariga, boshqa shaxslarga solinadigan jarimalar va penya | 80 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 37-bandida nazarda tutilgan hollarda sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limlari depozit hisob raqamiga o‘tkaziladigan ochiq auksion savdolarida qatnashish uchun qo‘yilgan zakalatlar | 80 |
13. | “Davbionazorat” inspeksiyasi | O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar turlari uchun — yovvoyi hayvonlarni tutishga va O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yig‘ishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov | 12 |
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar turlari uchun— yovvoyi hayvonlarni tutishga va O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yig‘ishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov | 40 |
Musodara qilingan ovchilik va baliq ovlash qurollari, shuningdek ovchilikning noqonuniy mahsulotlari sotilishidan tushgan mablag‘lar | 40 |
Ma’muriy huquqbuzarlik hamda hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun jarimalar undirishdan olingan mablag‘lar | 40 |
Respublikaning tabiiy baliqchilik xo‘jaligi suv havzalari ijaraga berilishidan tushgan mablag‘lar | 12 |
14. | Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi | Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun iqtisodiy jazolar summasi | 8 |
15. | “O‘zstandart” agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish jamg‘armasi | Standartlar, metrologiya va sertifikatlashtirishning majburiy talablari, davlat inspektorlarining xo‘jalik faoliyati subyektlari tomonidan mahsulotlar realizatsiyasi (yetkazib berilishi, sotilishi) taqiqlanishi haqidagi ko‘rsatmalari buzilganligi uchun jarimalar | 8 |
16. | Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi | Qurilish sohasidagi huquqbuzarlik uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar summasi | 8 |
17. | O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi | Xorijiy valyutadagi patent bojlari va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlar | 8 |
Milliy valyutadagi patent bojlari va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlar | 80 |
18. | O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi | Monopoliyaga qarshi qonunchilik, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan jarimalar va mablag‘lar summasi | 20 |
Mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoxud o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun mansabdor shaxslardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan undiriladigan jarimalar summasi | 80 |
19. | Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi | Mahsulotlar va materiallarni davlat zaxirasidan qarzga olish | 0,8 |
20. | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi | Suv limiti ortiqcha olinganligi uchun jarimalar | 40 |
21. | Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi | Elekt� va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga iqtisodiy jazolar summasi | 8 |
22. | Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (“O‘zkimyosanoat” DAK) | “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvidagi tashkilotlarning davlat mulkini xususiylashtirish va aksiyalarini sotishdan olingan mablag‘lar, qonun hujjatlariga muvofiq Davlat mulki qo‘mitasi tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar bundan mustasno | 100 |
23. | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi | Avtomobil va daryo transportida yo‘lovchilar va yuk tashishga litsenziyalar berilganligi, shuningdek avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashishga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji | 25 |
24. | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi (Aloqa va axborotlashtirish agentligi) | Aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji | 50 |
Aloqa sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan normativ hujjatlar, davlat tarmoq standartlari talablari, aloqa sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun undiriladigan jarima sanksiyalari | 45 |
25. | Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi) | Respublikaning tabiiy baliqchilik xo‘jaliklari suv havzalari ijaraga berilganligidan tushgan mablag‘lar | 20 |
26. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi | Neft mahsulotlari va gazdan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga iqtisodiy jazolar summasi | 8 |
27. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi | Statistika hisoboti o‘z vaqtida, to‘liq taqdim etilmaganligi va ishonchsiz ma’lumotlar bilan taqdim etilganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga solinadigan iqtisodiy sanksiyalar va jarimalardan tushadigan mablag‘lar | 100 |
28. | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi | O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar turlari uchun — yovvoyi hayvonlarni tutishga va O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yig‘ishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov | 8 |
29. | O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini bo‘yicha bosh davlat inspeksiyasi | Quyidagilardan: | 50 |
boshqa davlatlardan kelayotgan urug‘lik, ko‘chat material va karantin nazorati ostidagi boshqa o‘simlik mahsulotlarini, shuningdek respubl�ka hududi orqali tranzit o‘tayotgan karantin ostidagi yuklarni import qilishga import karantin ruxsatnomasi berilganligidan |
karantin ostidagi mahsulotlarni respublikadan eksport qilishda o‘simliklar karantini va ularni himoya qilish davlat organlari tomonidan fitosanitariya sertifikati yoki guvohnoma berilganligidan |
respublika ichida karantin fitosanitariya sertifikati berilganligidan |
import yuklarni kreditlardan xoli qilishdan va hujjatlarni berishdan (samolyot, vagon, konteyner, avtotransport va boshqa transport vositalari) |
o‘simliklar karantini chegara punktlarida O‘zbekiston Respublikasi orqali o‘tadigan karantin ostidagi tranzit yuklarni ochmasdan transport birliklari hujjatlarini rasmiylashtirishdan tushgan daromadlar |