T/r | Vazirliklar va idoralarning nomi | Shakllantirish manbai | Ajratmalar miqdori (foizlarda) |
1. | O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi | O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan solinadigan jarimalar summasi | 80 |
2. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi) | Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun undiriladigan jarima va pul mablag‘lari, hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarima va pul mablag‘lari bundan mustasno | 74 |
Atrof-muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari | 74 |
3. | Davlat bojxona qo‘mitasi | Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bojxona yig‘imlari va to‘lovlar shaklidagi tushumlar | 50 |
Bojxona organlari tomonidan (shu jumladan chegara xizmatlari bilan birgalikda) olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8* |
4. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari | Bojxona organlari tomonidan chegara xizmatlari bilan birgalikda olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8* |
5. | Davlat xavfsizlik xizmati | Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 16 |
6. | Bosh prokuratura | Qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8** |
7. | O‘zbekiston Respublikasining Diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamg‘armasi (Tashqi ishlar vazirligi) | Kirish va chiqish hujjatlari, boshqa konsullik xizmatlari rasmiylashtirilganligi uchun yig‘imlar va boshqa tushumlar | 30 |
8. | Davlat soliq qo‘mitasi | Davlat soliq organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 25 |
Soliq to‘g‘risidagi qonunlar buzilganligi uchun moliyaviy jazolar va ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarimalar summasi | 40*** |
9. | Ichki ishlar vazirligi | Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi, maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari | 45 |
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasi | 50 |
Avtomototransport vositalari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun to‘lov summasi | 8 |
Qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8 |
Chiqish va kirish vizalari berilganligi, ular muddatining uzaytirilganligi, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi, doimiy yashash uchun hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun davlat bojlari | 8 |
91. | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasi | Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi, maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasidan tashqari | 10 |
10. | Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi | Xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar | 2,5 |
Davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomalarini tuzish va bekor qilish, berilgan kreditlar va qarzlar bo‘yicha tushgan penyalar va jarimalar summasi | 50 |
Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan jarimalar va mablag‘lar summasi | 20 |
Mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoxud o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun mansabdor shaxslardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan undiriladigan jarimalar summasi | 80 |
Baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalaganlik uchun, shuningdek baholovchiga malaka sertifikati berganlik (malaka imtihonidan o‘tganlik) va malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirganlik (jumladan qayta rasmiylashtirganlik va dublikat berganlik) uchun, sud boshqaruvchisining arizani ko‘rib chiqqanligi va attestat berganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq undiriladigan yig‘imlar summasi | 100 |
“Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq undiriladigan jarimalar summasi | 15 |
Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) buyurtmanomalari ko‘rib chiqilganligi uchun maxsus yig‘imlar summasi | 100 |
11. | Moliya vazirligi | Budjet tashkilotlarini va budjet mablag‘laridan foydalanuvchilarni taftish qilish va tekshirishlar natijalari bo‘yicha Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan budjet va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadiga undirilgan rastratalar, talon-toroj, kamomad, noqonuniy xarajatlar summalari, shuningdek taftish va tekshirishlar natijalari bo‘yicha paxta tozalash korxonalaridan undirilgan rastratalar, talon-toroj va kamomad summalari | 8
|
Aksiyalarning davlat ulushidan dividendlar o‘z vaqtida budjetga o‘tkazilmaganligi uchun jarimalar summasi |
Xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun bojxona yig‘imlari va to‘lovlari ko‘rinishida kelib tushgan tushumlar | 5 |
Tayyorlov tashkilotlarining foizsiz qarz ajratish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarga muvofiq Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasining maqsadli mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq o‘z majburiya�larini bajarmaganligi yoki tegishli ravishda bajarmaganligi uchun jarimalar va penyalar summasi | 100 |
12. | Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi (Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi) | Jinoiy, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlar bo‘yicha davlat bojlari va jarimalar summasi. | 40 |
Ijro etish bo‘yicha budjetga undirilgan summalar, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bundan mustasno. | 40 |
121. | Budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi (Adliya vazirligi) | FHDY bo‘limlari tomonidan undiriladigan davlat bojlari summasi | 16 |
Notariuslar tomonidan undiriladigan davlat bojlari summasi | 12 |
Adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini, advokatlik byurolarini, firmalarini, hay’atlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik, nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek, ularning oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazganlik, nodavlat notijorat tashkiloti ramzlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining ta’sis hujjatlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning dublikatini berganlik uchun, advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik uchun undiriladigan mablag‘lar, shuningdek, adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar summasi | 80 |
13. | Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi | O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar turlari uchun — yovvoyi hayvonlarni tutishg� va O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yig‘ishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov | 12 |
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar turlari uchun — yovvoyi hayvonlarni tutishga va O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yig‘ishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov | 40 |
Musodara qilingan ovchilik va baliq ovlash qurollari, shuningdek ovchilikning noqonuniy mahsulotlari sotilishidan tushgan mablag‘lar | 40 |
Ma’muriy huquqbuzarlik hamda hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun jarimalar undirishdan olingan mablag‘lar | 40 |
14. | Davlat raq�bat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi | Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun iqtisodiy jazolar summasi | 8 |
15. | “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamg‘armasi | Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonun hujjatlarining talablari buzilganligi uchun ma’muriy jarimalar | 50 |
16. | O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi | Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-moddasiga muvofiq solinadigan jarimalar summasi (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi yuzasidan). | 8 |
17. | O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi | Xorijiy valyutadagi patent bojlari va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlar | 8 |
Milliy valyutadagi patent bojlari va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlar | 80 |
19.
| Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi
| Mas’ul saqlovchilardan davlat zaxiralari bilan ishlash tartibini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan jarimalar va penyalar summasi***** | 100 |
Davlat zaxirasi moddiy boyliklarini qarzga olishda, shuningdek “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi tomonidan mahsulotlarni yangilash tartibida (shu jumladan vaqti-vaqti bilan) sotishda undiriladigan qo‘shimcha to‘lov | 40
|
21. | Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi | Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga iqtisodiy jazolar summasi | 8 |
22. | Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (“O‘zkimyosanoat” DAK) | “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvidagi tashkilotlarning davlat mulkini xususiylashtirish va aksiyalarini sotishdan olingan mablag‘lar, qonun hujjatlariga muvofiq Davlat raqobat qo‘mitasi tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar bundan mustasno | 100 |
23. | O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi | Avtomobil transportida yo‘lovchilar va yukni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi va ularning muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji | 60 |
Avtomobilda tashish sohasida ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarimalar summasi | 60 |
Avtomobil va temir yo‘l transportida yo‘lovchilar va yuk tashish huquqini beruvchi litsenziyalarni olish uchun berilgan arizalar ko‘rib chiqilganligi, shuningdek, avtomobilda yo‘lovchilar va yukni xalqaro tashishni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar blankalari berilganligi uchun yig‘imlar | 100 |
Shahar, shahar atrofi, viloyat ichida shaharlararo yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlarda qatnashganlik uchun to‘lovlar | 100 |
Temir yo‘l transportida yo‘lovchilar va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji | 20 |
24. | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) | Aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji | 50 |
Aloqa sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan normativ hujjatlar, davlat tarmoq standartlari talablari, aloqa sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun undiriladigan jarima sanksiyalari | 45 |
Abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov | 10 |
241. | Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) | “Xavfsiz shahar” kompleksi orqali aniqlangan huquqbuzarliklar uchun jarimalar | 10 |
25. | Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi) | Respublikaning tabiiy baliqchilik xo‘jaliklari suv havzalari ijaraga berilganligidan tushgan mablag‘lar | 20 |
26. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi | Neft mahsulotlari va gazdan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga iqtisodiy jazolar summasi | 8 |
27. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi | Davlat statistika hisobotini taqdim etish tartibini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksigamuvofiq solinadigan jarimalar summasi | 100 |
28. | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi | O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar turlari uchun — yovvoyi hayvonlarni tutishga va O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yig‘ishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov | 8 |
29. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi | Quyidagilardan: | 80 |
urug‘liklar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari importiga karantin ruxsatnomalarini rasmiylashtirishdan |
urug‘lik, o‘simlik va o‘simlik mahsulotlari bo‘lgan yuklarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga karantin ruxsatnomalarini rasmiylashtirishdan |
urug‘liklar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari importiga fitosanitariya sertifikatlarini va (yoki) karantin ostidagi o‘simlik mahsulotlariga reeksport fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirishdan |
respublika hududi ichida karantin yuklariga fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirish va berishdan |
har bir transport birligiga ko‘zdan kechirish dalolatnomasi, ochib ko‘rish va hujjatlarni rasmiylashtirish to‘g‘risidagi dalolatnomani berishdan |
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlarida tranzit o‘tayotgan karantin ostidagi yuklarni ochmasdan transport birligiga hujjatlarni rasmiylashti�ishdan |
o‘simliklar karantini sohasida ma’muriy huquqbuzarliklar uchun qonun hujjatlariga muvofiq undiriladigan jarimalardan | |
karantin ostidagi eksport va import qilinadigan mahsulotni zararsizlantirish bo‘yicha fumigatsiya ishlarini bajarishdan tushgan daromadlar | 100 |
30. | O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi | Turistik yig‘im (mehmonxona yig‘imi) va o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penya | 100 |
32. | O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi) | Yerdan xo‘jasizlik bilan foydalanilganligi yoxud u ishdan chiqarilganligi, xo‘jalik ichki yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqilganligi, davlat yer kadastrini yuritish qoidalari buzilganligi, chegaralovchi va cheklovchi belgilar yo‘q qilinganligi yoki shikastlanganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq solinadigan jarimalar summsi | 40 |
33. | Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi | Respublika iste’molchilariga energiya resurslarini sotishdan, shuningdek, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar | 10 |
Vakolatli organlar tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablag‘lar | 8 |
Byuro organlari tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklarni sotishdan tushgan mablag‘lar | 8 |
Davlat ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yig‘imi mablag‘lari | 80 |
Byuro xodimlari tomonidan qo‘llaniladigan va undiriladigan jarimalar | 80 |
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar | 100 |
Byuro bo‘linmalari, shuningdek, prokuratura organlarining Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilingan asosiy vositalarini sotishdan olingan mablag‘lar | 50 |
Qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar | 100 |
34. | O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi | Kemalarni, shu jumladan kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish, kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan, kemalarni qurishda, foydalanishda, qayta jihozlashda va ta’mirlashda ko‘rikdan o‘tkazishdan tushgan mablag‘lar | 60 |
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik, kichik hajmli kemalarniro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzganlik, kema boshqaruvchilarining kemalar va kichik hajmli kemalarni mast holda boshqargani uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi | 60 |
35. | O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy- kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy-kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi | O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘pxonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushadigan mablag‘lar | 100 |
Hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan belgilanadigan ichimlik suv ta’minoti xizmatlariga tariflarga maxsus ustama |
36. | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi | nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi | 10 |
nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi | 10 |
37. | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi | Inspeksiya huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi daromadlari summasi | 20 |
Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv iste’moli sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Inspeksiya vakolatlari doirasida qo‘llanilgan jarima sanksiyalari summasi | 40 |
Inspeksiya xodimlari tomonidan solinadigan jarimalar summasi | 50 |
Traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari, o‘zi yurar mashinalar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, guvohnomalar, raqam belgilari va texnik pasportlar berish uchun undiriladigan yig‘imlar summasi | 80 |
38. | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Madaniy meros jamg‘armasi | Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilganligi uchun undirilgan jarimalar, yetkazilgan zarar, kompensatsiya va ularga hisoblangan penyalar | 100 |
39. | O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi | Oz miqdorda talon-toroj qilish uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi | 25 |
O‘ta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu obyektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi | 25 |