Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.06.2001
 LexUZ sharhi
Sudlar shuni nazarda tutmoqlari qonunga binoan (Jinoyat-protsessual kodeksining 479, 500, 504-moddalari), protsess ishtirokchilari kelib tushgan shikoyat yoki protestlar bilan tanishishga va o‘z e’tirozlarini bildirishga haqlidirlar. Lekin, ularga bu majburiyatlarni yuklash qonunga ziddir.
3. Jinoyat-protsessual kodeksining 506-moddasi mazmuniga binoan sud majlisiga guvohlar, ekspertlar, mutaxassislarni chaqirish masalalari kassatsiya bosqich sudi tomonidan ish holatlaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi.
Biroq sudlar JPKning 52-moddasida advokatdan voz kechish sud uchun majburiy bo‘lmagan holatlar qayd etilganini nazarda tutmoqlari kerak. Kassatsiya bosqichi bunday voz kechishni qabul qilmasdan, ishni mazmunan ko‘radi. Advokatdan voz kechishni qabul qilish yoki qabul qilmaslik haqidagi qaror kollegial ravishda qabul qilinadi va kassatsiya ajrimi matniga kiritiladi.
7. Bir necha kishiga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilayotganda, sud Jinoyat-protsessual kodeksining 482-moddasiga binoan, kassatsiya shikoyati bermagan, yoki jabrlanuvchining kassatsiya shikoyati va prokuror protesti bo‘lmagan shaxslarga nisbatan ham ish to‘la hajmda tekshiriladi. Agar asoslar bo‘lsa, yuqorida ko‘rsatilgan mahkumlarning ahvolini og‘irlashtirmaslik sharti bilan, sud hukmiga kerakli o‘zgartishlar kiritish, yoki uni bekor qilish mumkin. Agarda hukmga o‘zgartirish kiritish yoki uni bekor qilish uchun asoslar bo‘lmasa, ushbu mahkumlarga nisbatan ish tekshirilganligi va hukm o‘zgartirilmasdan qoldirilganligini ko‘rsatish kerak emas. Shuningdek, kassatsiya shikoyati yoki protest keltirilmagan mahkumning shaxsiga doir ma’lumotlarni qayd etmaslik kerak.
8. Jinoyat-protsessual kodeksi 482, 528-moddalarining mazmuniga ko‘ra, ayrim mahkumlarga nisbatan kassatsiya shikoyatlari yoki prokuror protesti berilib ish bo‘yicha hukm yuqori sud tomonidan bekor qilinmasa, bu hukm ish kassatsiya bosqichida ko‘rib chiqilishidan so‘ng hamma mahkumlarga nisbatan kuchga kiradi.
9. Agarda biror sabab bilan ayrim mahkumlarga nisbatan o‘z muddatida berilgan kassatsiya shikoyati yoki protest, ishni boshqa mahkumlarga nisbatan ko‘rib chiqilganidan so‘ng kelib tushsa, yoki Jinoyat-protsessual kodeksining 501-moddasiga binoan shikoyat yoki protest keltirish muddati tiklangan bo‘lsa, shuningdek mahkum va uning advokatining kassatsiya shikoyati, boshqa sud protsessi ishtirokchisining kassatsiya shikoyati yoki protesti bilan ushbu mahkumga nisbatan ish ko‘rilib chiqilganidan so‘ng kelib tushsa, kassatsiya bosqich sudi bunday shikoyat yoki protestni mazmunan ko‘rib, ular bo‘yicha ajrim chiqarishi lozimdir.
Jinoyat-protsessual kodeksining 508-moddasiga binoan ishni qo‘shimcha ko‘rish tartibi, kechikib kelgan xususiy shikoyat va xususiy protestni hal qilishga ham taalluqlidir.
11. Agar ishni ko‘rish natijasida kassatsiya bosqichi mahkumning harakatlarini javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi uchun yoki amnistiya akti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilmaydigan qonun moddasi bo‘yicha tavsiflash zarur degan xulosaga kelsa, u Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi 1, 2-bandlariga rioya qilgan holda, birinchi bosqich sudi qabul qilishi majburiy bo‘lgan, lekin qabul qilmagan qaror chiqarishi, ya’ni, sodir qilingan harakatni qonunning tegishli moddasiga qayta tavsiflab, ushbu modda bilan jazo tayinlashi va mahkumni bu jazodan ozod qilishi kerak.
Bunda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, mahkumning mulkini davlat foydasiga o‘tkazish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211-moddasiga binoan hamda fuqarolik ish yurituvchi tartibida prokurorning da’vosi bo‘yicha Fuqarolik-protsessual kodeksining tegishli moddasiga binoan, vafot etganning harakatlari bilan yetkazilgan zararni undirish masalasi esa jabrlanuvchi yoki prokurorning vafot etganning vorislariga yoki uning mulkini idora etishni zimmasiga olgan shaxslarga nisbatan berilgan da’vo arizasi bo‘yicha ko‘rilishi mumkin. Ish bo‘yicha daliliy ashyolarning taqdiri kassatsiya bosqich sudining qarori bilan, ularning tegishliligi bo‘yicha, tortishuv bo‘lganda esa fuqarolik ishlarini sudda ko‘rish tartibida hal etilishi lozim.
15. Kassatsiya bosqich sudi, bunga zarurat tug‘ilganda, Jinoyat-protsessual kodeksining 541, 542-moddalarida ko‘rsatilgan tartibda hukmni mohiyatiga daxl qilmaydigan va mahkumning ahvolini og‘irlashtirmaydigan, hukm kamchiliklari natijasida paydo bo‘lgan shubha va noaniqliklarnigina, hal qilishga haqlidir.
17. Jinoyat-protsessual kodeksining 512-moddasi tartibida jinoyat ishini talab qilib olish masalasini hal etishda shikoyatdagi vajlar sudning hukmini, ajrimini yoki qarorini qonuniyligiga va asosliligiga shubha tug‘dirgan yoki bunday shubhalar boshqa asoslardan yuzaga kelgan har bir holatda ish talab qilib olinishi lozimligidan kelib chiqmoq kerak.
18. Protest keltirish uchun asoslar mavjud bo‘lmaganligi munosabati bilan shikoyatni qanoatlantirish rad qilinganligi haqida JPKning 516-moddasiga binoan arizachi xat bilan xabardor qilinishi va unda shikoyatning barcha vajlariga asoslantirilgan javoblar berilgan bo‘lishi lozim.
19. Jinoyat-protsessual kodeksi 479-moddasining 4-qismiga ko‘ra nazorat bosqichi sudi zarur hollarda sud majlisiga tushuntiruv berish uchun mahkumni, oqlangan shaxsni, ularning advokatlarini, voyaga yetmagan shaxslarning qonuniy vakillarini, jabrlanuvchini va uning vakilini, fuqaroviy da’vogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini taklif etish masalasini muhokama qilishi kerak.
20. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, JPK 76-moddasining 3-qismiga ko‘ra, ishni birinchi yoki kassatsiya bosqichi sudida yoxud nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok etgan sudya, uning ishtirokida chiqarilgan sud qarori bekor qilingandan keyingina o‘sha ishni ko‘rishda ishtirok eta olmaydi. Bu tartib jinoyat ishlari Plenumda ko‘rilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga taalluqli emas.
Jinoyat-protsessual kodeksining 520-moddasiga binoan nazorat bosqichi sudida jinoyat ishlari shu kodeksning 506-moddasida qayd etilgan qoidalar asosida ko‘riladi. Jumladan, ushbu moddada sudyalar maslahatlashuvining sir saqlanishiga rioya etish ko‘zda tutilganligini e’tiborga olish zarur.
Jinoyat-protsessual kodeksining 487-moddasiga binoan sudyalar maslahatlashuvining sir saqlanishining buzilishi jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi hisoblanadi.
21. Jinoyat-protsessual kodeksi 513-moddasining mazmunidan kelib chiqqan holda mahkumning ahvolini og‘irlashtiruvchi asoslar bo‘yicha sudlarning quyidagi masalalarga taalluqli hukmlarini, ajrimlarini va qarorlarini, ular qonuniy kuchga kirgandan keyin bir yil vaqt o‘tgach nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi, jumladan:
24. Hukm bekor qilinib, jinoyat ishi yangitdan sudda ko‘rish uchun yuborilganda va yangitdan hukm chiqarilganda, nazorat bosqich sudi JPK 490-moddasiga ko‘ra birinchi yoki kassatsiya bosqich sudlarining faqat keyingi qarorlarini bekor qilishi yoki o‘zgartirishi mumkin.
25. Nazorat bosqich sudining qarori aniq, izchil-mantiqiy, huquqiy asoslantirilgan bo‘lishi hamda aybning hajmi va tasdiqlangani, jinoyatning tavsiflanishi, hukm bo‘yicha tayinlangan jazoning qonuniyligi haqida birinchi yoki kassatsiya bosqich sudi qarorining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqidagi xulosalarni o‘z ichiga olishi kerak. JPK 496-moddasi talabiga ko‘ra ajrimda (qarorda) hukmni qaror qismining mazmunidan tashqari protestning mazmuni, prokuror mulohazasining va ishda ishtirok etgan shaxslar izohlarining qisqacha bayoni, nazorat bosqich sudining protest vajlarining asosliligi haqidagi xulosasi, tegishli moddiy va protsessual qonunlarga asoslanib qabul qilingan qarorning asoslari ko‘rsatilishi lozim.
26. Sud JPK 482-moddasiga ko‘ra sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini barcha, shu jumladan ustidan protest keltirilmagan mahkumlarga nisbatan to‘liq hajmda tekshirishga majbur. Bunda JPK 484, 489-moddalariga binoan sud qarorlarini bekor qilishga yoki o‘zgartirishga asos bo‘luvchi Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari talablariga, dastlabki tergovda va sud muhokamasi davrida ahamiyat berilgan yoki berilmaganligi har tomonlama tekshirilishi lozim. Protest keltirilmagan mahkumlarga nisbatan bunday asoslar aniqlanmagan bo‘lsa, ajrim (qaror)da ular bo‘yicha ish tekshirilgani va sud qarorlari ularga nisbatan kuchida qoldirilgani to‘g‘risida ko‘rsatilmasligi kerak (bu yerda va bundan buyon kassatsiya va nazorat bosqichi sudlari nazarda tutiladi).
27. Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunlarning hukmni bekor bo‘lishiga olib keladigan jiddiy buzilishlarini aniqlab, sud yo‘l qo‘yilgan buzilishlar taalluqli bo‘lgan barcha mahkumlarga nisbatan, ulardan qaysi biri shikoyat berganidan yoki qaysi biriga prokuror protest keltirganidan qat’iy nazar, hukmni bekor qilishi lozim. Ushbu talabga Jinoyat-protsessual kodeksi 487-moddasining 2-qismida ko‘rsatilgan qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yilganda ham, jinoyat yoki jinoyat-protsessual qonunlarining boshqa buzilishlari ayblanuvchini, sudlanuvchini yoki protsessning boshqa ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarini cheklash yo‘li bilan yoxud boshqacha tarzda sud ishning holatlarini har tomonlama, to‘la va xolisona aniqlashiga halal berganda hamda qonuniy va asosli hukm chiqarishiga ta’sir qilganda yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lganda ham rioya qilinishi kerak.
Qo‘shimcha hujjatlar Jinoyat-protsessual kodeksining 149, 170, 290 va 398-moddalarida nazarda tutilgan (murdani eksgumatsiya qilish, telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, mol-mulkni xatlash, mulkiy zararni qoplash va mol-mulkni musodara etishni ta’minlash) tergov harakatlarini olib borishni tergovchiga topshirish yo‘li bilan ham olinishi mumkin.
32. Jinoyat-protsessual kodeksi 490-moddasining 3-qismiga binoan sud asoslar bo‘lganda, mahkumni o‘ta xavfli retsidivist deb e’tirof etishga, unga tarbiya koloniyasining yoki jazoni ijro etish koloniyasining jiddiyroq turini belgilashga, jinoyat oqibatida keltirilgan zararni qoplash miqdorini ko‘paytirishga haqlidir.
36. Nazorat bosqich sudi mahkumning jazosini yengillashtirish masalasini hal qilaturib, JPK 482-moddasiga muvofiq nafaqat jazoni kamaytirishi, balki boshqa yengilroq jazo turiga o‘tishi ham mumkin. Bu holatda qonun bilan o‘rnatilgan chegarada yengilroq jazoning muddati hukm bo‘yicha tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddatidan oshig‘roq bo‘lishi mumkin (masalan, ikki yilga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumga sud 3 yil axloq tuzatish ishi tayinlashga haqli).
Lekin, Jinoyat-protsessual kodeksi 495-moddasining 2-qismiga binoan, u surishtiruv, dastlabki tergov va sud xulosalarini oldindan hal qiluvchi ko‘rsatmalar berishga haqli emas, chunki ishni qayta ko‘rish paytida birinchi bosqich sudi sudlanuvchining aybdor yoki aybdor emasligi, jinoyat qonunini qo‘llash va jazo tayinlash masalalarini ishdagi barcha holatlarni har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rib chiqishga asoslangan holda o‘zining ichki ishonchi bo‘yicha dalillarga baho berishdan kelib chiqib hal qilishi lozim.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi