Sudda nizolarni hal qilish yuridik shaxslarning mulkchilik shaklidan, qayerda joylashganligidan, kimga bo‘ysunishidan qat’i nazar, fuqarolarning esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan, shuningdek boshqa holatlardan qat’i nazar qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi. Sud ishlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi.
Ushbu Kodeksning 20 va
21-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi va tarjimon o‘zini o‘zi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham shu asoslarga ko‘ra ularni rad qilish haqida arz qilinishi mumkin. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, sud majlisi kotibini, tarjimonni rad qilish sudning tashabbusiga ko‘ra ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
5) ushbu Kodeksning 30-moddasida ko‘rsatilgan korporativ nizolar bo‘yicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno;
51) ushbu Kodeksning 301-moddasida ko‘rsatilgan investitsiyaviy nizolar bo‘yicha ishlar;
52) ushbu Kodeksning 302-moddasida ko‘rsatilgan raqobatga oid ishlar;
Ushbu modda birinchi qismining 41,
5 va
51-bandlarida ko‘rsatilgan ishlar nizo yuzaga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi yuridik yoki jismoniy shaxslar bo‘lishidan qat’i nazar, sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Iqtisodiy sudlar ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan ishlarni ushbu Kodeksning
8,
28 va
29-boblarida ko‘rsatilgan xususiyatlar bilan birgalikda iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ushbu Kodeksning
291-bobida ko‘rsatilgan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda ko‘rib chiqiladi.
Ushbu modda birinchi qismining 1 — 4,
7 va
8-bandlarida sanab o‘tilgan ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan faqat, agar arbitraj joyi O‘zbekiston Respublikasida joylashgan bo‘lsa, ko‘rib chiqiladi.
Korporativ nizolar bo‘yicha da’volar ushbu Kodeksning 30-moddasida ko‘rsatilgan yuridik shaxs joylashgan erdagi sudga taqdim etiladi.
Ushbu Kodeksning 33 va
34-moddalarida belgilangan sudlovga tegishlilik taraflarning kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, ko‘chirma nusxa olish, rad qilish to‘g‘risida ariza berish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni ko‘rish davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘z vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlariga e’tiroz bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) hamda ushbu Kodeksda o‘zlariga berilgan boshqa protsessual huquqlardan foydalanish huquqiga ega. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan protsessual harakatlar amalga oshirilayotgan vaqtda sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sud majlisining kotibi sifatida qatnashadi.
Ekspert: ushbu Kodeksning 20 va
21-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, o‘zini o‘zi rad etishi haqida darhol arz qilishi; o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun sud chaqiruviga binoan kelishi; o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; ekspertiza o‘tkazilishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining but saqlanishini ta’minlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga uni vakil qilgan shaxs nomidan barcha protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini beradi, bundan da’vo arizasini imzolash, ishni hakamlik sudiga topshirish, da’vo talablaridan qisman yoki butunlay voz kechish va da’voni tan olish, da’vo predmetini yoki asosini o‘zgartirish, kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv yoki mediativ kelishuvni tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga topshirish (ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizani imzolash, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish, undirilgan mol-mulkni yoki pulni olish mustasno. Xulosada: ekspertiza o‘tkazilgan sana va joy; ekspertizani o‘tkazish asosi; ekspertizani tayinlagan sudya to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ekspert to‘g‘risidagi (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani o‘tkazish topshirilgan tashkilot haqidagi ma’lumotlar; ekspertning bila turib noto‘g‘ri xulosa berganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qo‘yilgan masalalar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar; tekshirishlarning qo‘llanilgan usullar ko‘rsatilgan holdagi mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan bo‘lsa, kim tomonidan o‘tkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qo‘yilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan va ekspertning tashabbusiga ko‘ra aniqlangan holatlar aks ettirilgan bo‘lishi kerak. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Ammo ularning kelmaganligi da’voni ta’minlash chorasini almashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
1) ushbu Kodeks 101-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishli sudning sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga yoki tergov harakatlari tugallanguniga qadar;
2) ushbu Kodeks 101-moddasining 2 va
5-bandlarida, 102-moddasining
3 va
4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — ish yuritishni to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf qilinguniga qadar;
3) ushbu Kodeks 101-moddasining 3 va
4-bandlarida va 102-moddasining
2-bandida nazarda tutilgan hollarda — ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi aniqlanguniga, muomalaga layoqatsiz shaxsga vakil tayinlanguniga, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tguniga qadar;
31) ushbu Kodeks 101-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tugaguniga qadar, biroq oltmish kundan ortiq bo‘lmagan muddatda;
4) ushbu Kodeks 102-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud tomonidan ekspertiza xulosasi olinguniga qadar to‘xtatib turiladi.
Sud ajrimda ish yuritishni tugatish asoslarini ko‘rsatadi, shuningdek ushbu Kodeks 110-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan holda davlat bojini budjetdan qaytarish va sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risidagi masalalarni hal qiladi.
Sudya ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha, shuningdek agar bildirilgan talab ushbu Kodeksning
135-moddasida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
Arizani qabul qilish bildirilgan talab ushbu Kodeksning 135-moddasida nazarda tutilmaganligi asosida rad etilganligi kreditorning ushbu talab bo‘yicha umumiy tartibda da’vo taqdim etish imkoniyatiga to‘sqinlik qilmaydi.
1) ariza ushbu Kodeksning 136-moddasida belgilangan talablarga rioya qilmagan holda berilgan bo‘lsa;
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani ushbu modda birinchi qismining 1 — 6-bandlari asosida qaytarish haqida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu modda birinchi qismining
7-bandi asosida esa sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish haqidagi ariza kelib tushgandan keyingi kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha suddan yoki ma’muriy suddan da’vo arizasi (ariza) yoki ish materiallari kelib tushganda sudya da’vo arizasi (ariza) ushbu Kodeksning 149,
150 va
151-moddalarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay da’vogarni (arizachini) kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi va unga buning uchun o‘n kundan oshmaydigan muddat beradi.
Sudya ushbu Kodeks 151-moddasi birinchi qismining 1 va
4-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan da’vo arizasini, agar da’vo arizasiga davlat bojini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi yoki da’vogarda mavjud bo‘lmagan dalillarni talab qilib olish haqidagi tegishli iltimosnomalar ilova qilingan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan bo‘lsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qo‘zg‘atishga haqli.
Sudyaning ushbu Kodeks 151-moddasi birinchi qismining 1 va
4-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
1) da’vo arizasining ushbu Kodeks 149-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan bo‘lsa;
11) da’vogar sudyaning ushbu Kodeks 152-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ko‘rsatmasini belgilangan muddatda bajarmagan bo‘lsa;
Sud ushbu Kodeks 160-moddasining ikkinchi qismi talablariga muvofiq bo‘lmagan qarshi da’voni qaytaradi.
Taraflar kelmagan taqdirda, sudya ushbu Kodeks 163-moddasining birinchi va
ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshiradi. Bunday holda sudgacha majlis bayonnomasi tuzilmaydi.
Ishda ishtirok etuvchi, ammo sud majlisiga kelmagan shaxslar ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda yangi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan tilxat orqali xabardor qilinadi.
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida faqat mazkur modda ikkinchi qismining 1 — 4,
6 — 8,
11-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan yozuv kiritiladi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar bergan tushuntirishlarning boshlangan va tugagan vaqti, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertlarning o‘z xulosalari yuzasidan bergan og‘zaki tushuntirishlari, muzokaralar va prokurorning fikrlari aks ettiriladi, shuningdek sud majlisida yozib olish texnik vositalaridan foydalanganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Elektron yoxud boshqa audio- yoki videoyozuvlar jamlangan vositalar sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yiladi.
Agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lmasa, da’vogarning iltimosnomasiga ko‘ra, javobgarning roziligi bilan boshqa ishlar ham soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin.
O‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talab bildirilgan bo‘lib, ulardan biri ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan talablarga taalluqli bo‘lgan, boshqalari esa ularga taalluqli bo‘lmagan taqdirda, barcha talablar da’vo ishini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rilishi lozim.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 21-bobida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga ko‘ra, ushbu bobda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda sud tomonidan qabul qilinadi.
Korporativ nizo bo‘yicha da’vo arizasiga ushbu Kodeksning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi va uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan hujjat ilova qilinadi.
Ushbu moddada, shuningdek ushbu Kodeksning 219-moddasida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning
155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha arizachiga qaytariladi.
Ushbu Kodeks 223-moddasining birinchi va
ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish ushbu Kodeksning
154-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha rad etilishi kerak.
Ushbu Kodeks 37-moddasining uchinchi qismida, mazkur moddaning
birinchi,
ikkinchi,
to‘rtinchi va
beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning
155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha arizachiga qaytariladi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun ushbu Kodeksning 226-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va e’tirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi.
Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lmasa yoki nizo hakamlik sudi tomonidan “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi talablarini buzgan holda ko‘rib chiqilgan bo‘lsa yoxud hakamlik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini qabul qilgan bo‘lsa, hakamlik sudining hal qiluv qarori iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi kerak.
Ushbu Kodeks 228-moddasining ikkinchi qismi talablariga rioya etilmaganda, shuningdek ushbu moddaning
oltinchi qismida nazarda tutilgan o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilgan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish ushbu Kodeksning
154-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha rad etiladi.
Ushbu Kodeks 37-moddasining to‘rtinchi qismida, ushbu moddaning
birinchi,
ikkinchi,
to‘rtinchi va
beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmaganda, shuningdek ariza olti oylik muddat o‘tgach berilgan taqdirda va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning
155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha arizachiga qaytariladi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 231-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va e’tirozlarni asoslash uchun iqtisodiy sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeks 37-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan iqtisodiy sudning ish yurituvida bo‘lsa, mazkur hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilayotgan iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin.
Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lmasa yoki nizo hakamlik sudi tomonidan “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi talablarini buzgan holda ko‘rib chiqilgan bo‘lsa yoxud hakamlik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida hal qiluv qarorini qabul qilgan bo‘lsa, iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi.
Iqtisodiy sudning ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq chiqarilgan ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ushbu Kodeksning 2321-moddasida ko‘rsatilgan arizalar yozma shaklda beriladi va arbitraj muhokamasining tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak, arbitraj sudi tomonidan dalillarni olishga ko‘maklashish to‘g‘risida berilgan ariza esa raislik qiluvchi arbitr tomonidan imzolanishi kerak.
Ushbu Kodeksning 2323-moddasida, ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, ariza ushbu Kodeksning
155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha arizachiga qaytariladi.
Ushbu Kodeksning 2321-moddasida ko‘rsatilgan arizalarga quyidagilar ilova qilinadi:
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan ishlarni ko‘rib chiqish chog‘ida sud doimiy arbitraj muassasasi arbitrlarining ro‘yxatiga kiritilgan arbitrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgan ish bilan bog‘liq bo‘lgan ish materiallarini talab qilib olishi mumkin. Arbitraj muassasasi talab qilib olinadigan hujjatlarni so‘rov qabul qilinganidan keyingi kundan kechiktirmay iqtisodiy sudga taqdim etishi shart.
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu arizani bergan taraf arbitrajning hal qiluv qarorini olgan sanadan e’tiboran, “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi Qonunning 49-moddasiga muvofiq iltimosnoma berilgan taqdirda esa ushbu iltimosnoma bo‘yicha arbitraj sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan sanadan e’tiboran yoki ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari to‘g‘risida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxs arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani berish uchun asos bo‘lgan holatlarni bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan sanadan e’tiboran uch oy o‘tgach berilishi mumkin emas.
Ushbu Kodeks 2325-moddasining birinchi va
ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, ushbu Kodeksning
154-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilishi lozim.
Ushbu Kodeks 37-moddasining beshinchi qismida, mazkur moddaning
birinchi,
ikkinchi,
to‘rtinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning
155-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra arizachiga qaytariladi.
2) “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasida ko‘rsatilgan arbitraj kelishuvining taraflaridan biri qaysidir darajada muomalaga layoqatsiz ekanligi dalilini;
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi ajrimi bilan ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi ishni ko‘rishda ushbu Kodeksning 255-256-moddalarida nazarda tutilgan holatlarni O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudiga taqdim etilgan, bildirilgan talablar va e’tirozlarni asoslovchi dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi.
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror faqat prokuror ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya protesti keltirishga haqli.
11) apellatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni ushbu Kodeksning 263-moddasida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmasa yoki apellatsiya shikoyatiga ushbu Kodeks 265-moddasining
uchinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha keltirilgan protestga tarafning murojaati ko‘chirma nusxasi ilova qilinmagan bo‘lsa;
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyat (protest) bergan shaxs apellatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Ushbu Kodeksning 50-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular sudning qarori ustidan shikoyat bermagan bo‘lsa, taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi.
6) ushbu Kodeks 279-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga haqli.
Ushbu Kodeks 279-moddasi beshinchi qismining 2,
3 va
6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda apellatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘radi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar ko‘rsatiladi.
2) sud majlisining bayonnomasi imzolanmagan yoki ushbu Kodeks 202-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolangan yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan bo‘lsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa manbalari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmagan bo‘lsa;
2) kassatsiya shikoyatining (protestining) shakliga va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 286-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 288-moddasining
uchinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha protestga taraflarning murojaati ko‘chirma nusxasi ilova qilinmagan bo‘lsa;
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Ushbu Kodeksning 50-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular hal qiluv qarori ustidan shikoyat bermagan bo‘lsa, taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi.
5) ushbu Kodeks 302-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga haqli.
Ushbu Kodeks 302-moddasi beshinchi qismining 2,
3 va
6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘radi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar ko‘rsatiladi.
2) sud majlisining bayonnomasi imzolanmagan yoki ushbu Kodeks 202-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolangan bo‘lsa yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan bo‘lsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa manbalari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmagan bo‘lsa;
ushbu Kodeks 307-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan;
ushbu Kodeks 307-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.
Ushbu Kodeks 307-moddasining ikkinchi va
uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan sud hujjatlari ustidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ko‘rib chiqilmaydi.
2) shikoyatning (protestning) mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 311-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ushbu Kodeks 313-moddasining
uchinchi va
to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha protestga ishda ishtirok etuvchi shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar murojaatining ko‘chirma nusxasi ilova qilinmagan bo‘lsa;
7) shikoyat (protest) ushbu Kodeks 309-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holda hal qiluv qarorini qabul qilgan sudni chetlab o‘tib yuborilgan bo‘lsa.
Ushbu Kodeksning 307 — 313-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan o‘rganiladi.
1) shikoyatni (protestni) ushbu Kodeksning 316-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risida;
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan ariza ko‘rib chiqilmaydi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni taftish tartibida ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ushbu Kodeksning 50-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular hal qiluv qarori ustidan shikoyat bermagan bo‘lsa, taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi.
3) ushbu Kodeks 302-moddasi beshinchi qismining 3 va
6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun sud hujjati bekor qilingan apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga;
7) ushbu Kodeks 302-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga haqli.
Ushbu Kodeksning 307-moddasida nazarda tutilgan ajrim, qaror ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu bobda taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda taftish instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladi.
1) ariza ushbu Kodeksning 328 va
329-moddalarida belgilangan qoidalar buzilgan holda berilgan bo‘lsa;
Ushbu modda birinchi qismining 1 va
2-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, ariza bergan shaxs ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi, arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.01.2018-y., 02/18/IPK/0623-son, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son; 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 24.05.2019-y., 03/19/541/3179-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son; 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son; 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son; 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)