O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni faqat sud amalga oshiradi.
Jinoyat ishlari hay’atda ko‘riladi, Jinoyat kodeksi 15-moddasining ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar esa, sudya tomonidan yakka tartibda ko‘riladi.
Agar sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi vaqtida Jinoyat kodeksi 15-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, ishning ko‘rilishi uni yakka tartibda ko‘rib chiqishni boshlagan sudya tomonidan davom ettiriladi.
Davlat va jamoat ayblovchilari, sudlanuvchi, voyaga yetmagan sudlanuvchining qonuniy vakili, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari sud majlisida taraflar sifatida ishtirok etadilar va dalillar taqdim etish, ularni tekshirishda qatnashish, iltimos bilan murojaat qilish, ishning to‘g‘ri hal etilishi uchun ahamiyatga molik har qanday masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishda teng huquqlardan foydalanadilar. Sudya yakka o‘zi yoki sud tarkibida ish tutib, ushbu Kodeksning 29-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bilan bog‘liq harakatlarni bajaradi, sud majlisida raislik qiladi va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni amalga oshiradi.
Tergovchi: jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so‘roq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash haqida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i mustasno; o‘z yurituviga qabul qilgan ishlar bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish to‘g‘risida yozma topshiriqlar berishga; boshqa tergovchi va surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to‘g‘risida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish to‘g‘risidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko‘maklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va
2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma berishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhining boshlig‘i va uning o‘rinbosari ishlarni tekshirib ko‘rishga, shuningdek dastlabki tergov o‘tkazish, shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yo‘nalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish haqida tergovchiga ko‘rsatmalar berishga, ishni bir tergovchidan ikkinchi tergovchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha tergovchiga topshirishga, shuningdek tergovchi vakolatlaridan foydalanib, dastlabki tergov olib borishda qatnashishga va dastlabki tergovni shaxsan o‘zi olib borishga haqlidir. Surishtiruvchi: jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so‘roq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish haqida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i mustasno; o‘z yurituviga qabul qilgan ishlar bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish haqida yozma topshiriqlar berishga; boshqa surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to‘g‘risida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish to‘g‘risidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko‘maklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va
2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma berishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari ishlarni tekshirib ko‘rishga, surishtiruvchiga surishtiruv yuritish, shaxsni ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yo‘nalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish haqida ko‘rsatmalar berishga, ishni bir surishtiruvchidan ikkinchi surishtiruvchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha surishtiruvchiga topshirishga, shuningdek surishtiruvchi vakolatlaridan foydalanib, surishtiruv yuritishda qatnashishga va surishtiruvni shaxsan o‘zi olib borishga haqlidir. Ushbu Kodeksning 391-moddasida sanab o‘tilgan har bir organning rahbarlari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning boshlig‘i sifatida harakat qila turib, tergovga qadar tekshiruvni boshlashga yoki o‘ziga bo‘ysunuvchi boshqa mansabdor shaxsga uni yuritishni topshirishga, jinoyat ishini qo‘zg‘atishga yoki ish qo‘zg‘atishni rad etishga yoxud arizani, xabarni tergovga tegishliligiga ko‘ra o‘tkazishga haqlidir.
Ayblanuvchi: o‘zining nimada ayblanayotganligini bilish; qamoqqa olinganligi va turgan joyi to‘g‘risida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabar berish; himoyachiga ega bo‘lish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeks 230-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; o‘ziga qo‘yilgan ayblov yuzasidan hamda ishning boshqa har qanday holatlari bo‘yicha ko‘rsatuvlar berish yoxud ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish va ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish; o‘z ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; o‘zining himoyalanish huquqini shaxsan o‘zi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; jinoyat ishining surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan tugatilganligiga qarshi e’tiroz bildirish hamda sud muhokamasi o‘tkazilishini talab qilish; sud tomonidan ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazilayotganda ishtirok etish, yarashuv to‘g‘risidagi, amnistiya aktini qo‘llash haqidagi ishlar bo‘yicha, birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa, kassatsiya instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u haqda o‘z mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan protestlar, apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga ega.
Gumon qilinuvchi: o‘zining nimada gumon qilinayotganligini bilish; ushlab turilganligi va turgan joyi to‘g‘risida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabar berish; u amalda ushlangan yoki jinoyat joyida ushlash bilan bog‘liq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan yoxud uning gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi qaror unga ma’lum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega bo‘lish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeksning 230-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; ushlanganidan keyin yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay so‘roq qilinishini talab qilish; o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumon xususida hamda ishning boshqa har qanday holatlari to‘g‘risida ko‘rsatuvlar berish yoxud ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish va ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish; o‘z ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; o‘zining himoyalanish huquqini shaxsan o‘zi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; yarashuv to‘g‘risidagi, amnistiya aktini qo‘llash haqidagi ishlar bo‘yicha sud majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqiga ega.
Ushbu Kodeks 51-moddasi birinchi qismining 1 — 4,
8,
83,
84va
9-bandlarida nazarda tutilgan hollarda himoyachidan voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Himoyachi: manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini bilish; advokatlik guvohnomasini ko‘rsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan so‘ng ishda ishtirok etish; gumon qilinuvchi so‘roq qilinayotganda ishtirok etish, shaxsga ayblov e’lon qilinayotganda hozir bo‘lish hamda ayblanuvchi so‘roq qilinayotganda, shuningdek ularning ishtirokida o‘tkaziladigan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish va gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga savollar berish; boshqa tergov harakatlari yurgizilayotganda surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan ishtirok etish; o‘zi ishtirok etgan tergov harakatining yuritilishi xususida yozma mulohazalar berish; iltimosnoma berish va rad etish; ushbu Kodeks 87-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq dalillarni to‘plash va taqdim etish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida o‘tkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom bo‘lganidan keyin esa jinoyat ishining barcha materiallari bilan tanishish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; agar himoyani amalga oshirish uchun zarur bo‘lsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni o‘z ichiga olgan axborot bilan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tanishish; sud tomonidan ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazilayotganda va sud muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va bu haqda o‘z mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan shikoyatlar, protestlar to‘g‘risida bilish hamda ularga nisbatan e’tirozlar bildirish; apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi majlislarida ishtirok etish huquqiga ega.
Ekspert: ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish; ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; tergov harakatlari o‘tkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsati bilan hozir bo‘lish hamda shu tergov harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga ekspertiza predmetiga oid savollar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish va so‘roq qilinayotgan shaxslarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; o‘z xulosasida nafaqat o‘zining oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki ko‘rsatuvlari protsess ishtirokchilari tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida tergov harakati yoki sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar berish; agar u ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa taqdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan shikoyatlar qilish huquqiga egadir. Ekspert: ushbu Kodeksning 76 va
78-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda o‘zini o‘zi rad etishi haqida darhol arz qilishi; o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning chaqiruviga binoan surishtiruvda, dastlabki tergovda yoki sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun kelishi; o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; ekspertizani o‘tkazishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini ta’minlashi; ish tergov qilinayotganda va sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
Mutaxassis: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; tergov harakatlari va sud muhokamasini yuritishda dalillarni topish va mustahkamlash uchun ilmiy-texnika vositalari, maxsus bilim va malakasidan foydalangan holda ishtirok etishi; ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning e’tiborini qaratishi; o‘zi bajarayotgan harakatlar bo‘yicha tushuntirishlar berishi; jinoyatning kelib chiqish sabablarini, sodir qilinishiga imkon bergan sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berishi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. 1) u shu ish bo‘yicha jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, guvoh, himoyachi sifatida, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining qonuniy vakili yoki jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan bo‘lsa; Ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis ushbu Kodeksning 76-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek ishda ishtirok etayotgan shaxslardan birortasiga xizmat yuzasidan yoki boshqa jihatdan tobe bo‘lsa, jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va rad qilinishi lozim.
Bundan tashqari, basharti ekspert, mutaxassis, tarjimonning o‘z kasbiga noloyiqligi ayon bo‘lib qolsa, xolislar esa, ichki ishlar organi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, adliya yoki sud xodimi bo‘lsalar, rad qilinishlari lozim. Ushbu Kodeksning 76 — 79-moddalarida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud majlisining kotibi, jamoat birlashmasining yoki jamoaning vakili, himoyachi, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis o‘zini o‘zi rad etishi shart. Agar o‘zlari bunday qilmasalar, ular shu asosga ko‘ra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, himoyachi tomonidan, sud majlisida esa, bundan tashqari davlat ayblovchisi, jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili tomonidan rad qilinishi mumkin.
Agar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi ushbu Kodeksning 76,
79-moddalarida ko‘rsatilgan holatlar mavjudligi sababli o‘zini o‘zi rad etmasa, uni rad qilish masalasi manfaatdor shaxslarning arizalariga ko‘ra tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘i yoki prokuror tomonidan hal qilinadi. Rad qilishni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik haqida qaror chiqariladi.
Bu ma’lumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ko‘rsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi. 2) sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek Jinoyat kodeksida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa holatlari; qilmish va ro‘y bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish;
8) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida shaxsning o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi tufayli yoxud belgilangan muddat ichida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanganligi va (yoki) jinoyat oqibatlari bartaraf etilganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilinishi nazarda tutilgan bo‘lsa.
Ushbu modda birinchi qismining 1,
2,
3 va
8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, agar ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki vafot etgan ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari talab qilsa, ishni yuritish umumiy tartibda davom ettirilishi mumkin. Bunday hollarda hukm qilish uchun asoslar mavjud bo‘lsa, ayblov hukmi jazo tayinlanmasdan chiqariladi.
Jabrlanuvchi Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan yarashgan taqdirda jinoyat ishi ushbu Kodeksning
62-bobida belgilangan tartibda sud tomonidan ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatilishi mumkin.
Tergov yoki sud harakatining borishi va natijalari aks ettirilgan fotosuratlar, fonogrammalar, videoyozuvlar, kinotasvirlar, qoliplar, nusxalar, rejalar, sxemalar va boshqalar bayonnomaga ilova qilinadi. Har qaysi ilovada tergov yoki sud harakatining nomi, o‘tkazilgan joyi, sanasi ko‘rsatilgan izohlovchi matn bo‘lishi lozim. Bu izohlovchi matnni surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi o‘z imzolari bilan tasdiqlaydilar. Ushbu modda to‘rtinchi qismining 5,
6 va
7-bandlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etish ushbu Kodeksda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tegishli qaror chiqaradi.
Videokonferensaloqa rejimida so‘roq, shaxslarni yoki narsalarni tanib olish yoxud yuzlashtirish ushbu Kodeksning 96 — 108,
112 — 131-moddalari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Tergov harakati ishtirokchilariga videokonferensaloqada ishtirok etayotgan shaxslarga savollar berish va ulardan javoblar olish, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual huquqlar va majburiyatlarni amalga oshirish imkoniyati ta’minlanishi kerak.
Dalillar belgilangan tartibda to‘plangan va ushbu Kodeksning 88,
90,
92 — 94-moddalarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bo‘lsagina, ular maqbul deb e’tirof etiladi.
Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‘roq qilish oldidan so‘roq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi va otasining ismini, tug‘ilgan vaqti (yili, oyi, kuni) va tug‘ilgan joyini, yashash joyi va ish joyini, mansabi, mashg‘ulot turi, ma’lumoti, oilaviy ahvolini, sudlanganligi yoki sudlanmaganligini aniqlashi hamda bu ma’lumotlarni jinoyat ishidagi yoki so‘roq qilinuvchining shaxsiy hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rishi yoxud so‘roq qilinuvchi o‘zini kim deb tanishtirgan bo‘lsa, aynan o‘sha shaxs ekanligiga boshqa yo‘llar bilan ishonch hosil qilishi lozim. Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini so‘roq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga, shuningdek, ushbu bobning quyidagi moddalariga rioya qilgan holda olib boriladi.
1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46 va
48-moddalarida nazarda tutilgan protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
Guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga, shuningdek ushbu bobning quyidagi moddalariga rioya qilgan holda olib boriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar uzrli sabablarga ko‘ra sudga kelmagan taqdirda, sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra videokonferensaloqa vositasida so‘roq qilinishi mumkin.
Yuzlashtirish o‘tkazish chog‘ida ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan so‘roq qilishning umumiy qoidalariga, shuningdek ushbu bobning quyidagi qoidalariga rioya qilinadi.
Barcha hollarda bayonnomaga: tanib oluvchi, tanib olish uchun ko‘rsatish sharoiti, jarayoni va natijalari, tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxslar, ularning yoshi, bo‘yi, millati, turar joyi, ko‘zga tashlanuvchi belgilari, kiyimlari; tanib olish uchun ko‘rsatilgan narsalar tavsifi; tanib olish uchun ko‘chmas obyektlar ko‘rsatilganda esa, shuningdek tanib oluvchi ko‘rsatgan yo‘nalishlar va izlanayotgan obyektga biror aniq joydan borish yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi lozim. Ko‘rsatuvlar hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirilgani haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa tekshiruvning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasiga kiritadi.
Murda topilgan joyda uni tanib olish uchun ko‘rsatish chog‘ida ushbu Kodeksning 126 va
131-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinadi. Tanib olinmagan murdalarning barmoq izlari olinishi shart. Ushbu Kodeksning
188 — 191,
193 va
197-moddalari talablariga rioya qilgan holda murdadan tekshirish uchun boshqa xil namunalar ham olinishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi ko‘zdan kechirish o‘tkazilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuzadi, sud esa ko‘zdan kechirish jarayonini va uning natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi.
Guvohlantirish o‘tkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa guvohlantirish jarayoni va natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomada guvohlantirish o‘tkazgan shaxsning hamma harakatlari va guvohlantirish davomida aniqlangan barcha izlar, xususiyatlar va belgilar qayd etilgan bo‘lishi lozim.
Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksgumatsiya jarayoni va natijalarini sud majlisining bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomaga qabr, tobut va murdaning fotosuratlari, kinotasvir va videoyozuvlari ilova qilinishi mumkin.
Tajriba harakatlarini o‘tkazishdan oldin o‘rganilayotgan hodisa sharoitlari tekshirilayotgan ko‘rsatuv yoki tusmollarga to‘la muvofiq holda tiklangan bo‘lishi lozim. Buning uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarning har biriga alohida-alohida o‘zi qatnashgan yoki shohid bo‘lgan hodisaning sharoit va holatlarini tiklash taklif qilinishi mumkin. Shundan keyin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli tajriba harakatlarini o‘tkazadi, shu maqsadda o‘lchash, fotosuratga tushirish, kinotasvirga olish, ovoz yozish, videoyozuv, reja, sxema va chizmalar tuzish, eksperimental qoliplar va izlarning nusxalarini tayyorlash mumkin. Eksperiment o‘tkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksperimentning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi. Bundan tashqari, bayonnomada: eksperiment qanday maqsadda, qachon, qayerda va qanday sharoitda o‘tkazilganligi; hodisaning sharoitini va holatini tiklash aynan nimalarda o‘z aksini topganligi; qanday tajriba harakatlari qay tartibda, kim tomonidan va necha marta o‘tkazilganligi; qanday natijalar olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Ushbu Kodeksning 157 va
158-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda surishtiruvchi yoki tergovchi shaxsning kiyimlari, uning yonidagi buyumlari ichidan yoki badanidan topilgan, ish uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarni olib qo‘yishi mumkin.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi faqat ushbu Kodeksning 224-moddasiga asosan shaxsni ushlagan taqdirda, unda qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, uni shaxsiy tintuv qilishni va olib qo‘yishni amalga oshirishga ham haqlidir. Bunda shaxsiy tintuv va olib qo‘yish bayonnomasi ushbu Kodeksning
163-moddasi talablariga rioya qilgan holda tuziladi.
Shaxsiy tintuv va olib qo‘yish ushbu Kodeksning 157 — 161-moddalarida ko‘rsatilgan qoidalar asosida o‘tkaziladi. Ammo shaxsiy tintuv va olib qo‘yish quyidagi hollarda alohida qaror yoki ajrim chiqarilmasdan o‘tkazilishi mumkin:
Surishtiruvchi, tergovchi olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazilgani to‘g‘risida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda bayonnoma tuzadi. Sud tomonidan o‘tkazilgan narsa va hujjatlarni olib qo‘yish natijalari sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sud ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi ajrim tegishli aloqa muassasasining boshlig‘iga yuboriladi va uni bajarish mazkur boshliq uchun majburiydir. Bu ajrimni bajarmaganlik yoki uning mazmunini oshkor etganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sud ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan apellatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Apellatsiya shikoyati, protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud ularni qirq sakkiz soat ichida materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berilishi sudning pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi ajrimi ijrosini to‘xtatib turmaydi. Apellatsiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay ko‘rib chiqishi kerak.
Surishtiruvchi yoki tergovchi aloqa muassasasiga borib, ushlangan pochta-telegraf jo‘natmalarini xolislar ishtirokida, zarurat bo‘lganda esa, tegishli mutaxassis ishtirokida ochib, ko‘zdan kechiradi. Ish uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar, hujjatlar, narsalar topilgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi pochta-telegraf jo‘natmalarini olib qo‘yadi yoxud ulardan nusxa ko‘chirish bilan chegaralanadi. Agar ko‘zdan kechirilgan jo‘natmalarda ish uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar, hujjatlar, narsalar bo‘lmasa, surishtiruvchi, tergovchi ularni egalariga yetkazish yoki o‘zi belgilagan muddatgacha ushlab turish haqida ko‘rsatma beradi. Ekspertizani tayinlagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertga ekspertiza tayinlanganligi to‘g‘risidagi qarorni yoki ajrimni taqdim etadi, uni ushbu Kodeksning 68-moddasida ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlari bilan tanishtiradi va bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bundan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi. Ekspert bergan ariza va iltimosnomalar ham shu zaylda qayd etiladi. Ekspertning iltimosi rad etilgan taqdirda, ekspertiza tayinlagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradi.
Xulosada: ekspertiza o‘tkazilgan sana va joy; ekspertizani o‘tkazish asosi; ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) to‘g‘risida ma’lumotlar; ekspert (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani o‘tkazish topshirilgan tashkilot haqida ma’lumotlar; ekspertning bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qo‘yilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan shaxslar haqida ma’lumotlar; qo‘llanilgan usullar ko‘rsatilgan holda ekspert tekshiruvlarining mazmuni va natijalari, shuningdek bu ekspert tekshiruvlari, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan bo‘lsa, kim tomonidan o‘tkazilganligi; ekspert tekshiruvi natijalarining baholanishi, qo‘yilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan va ekspertning tashabbusiga ko‘ra aniqlangan holatlar ko‘rsatilishi lozim. Ushbu Kodeksning 1873-moddasida ko‘rsatilgan organlar va tashkilotlar taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim olingan paytdan e’tiboran ikki ish kunidan kechiktirmay taftish o‘tkazish haqida taftishni o‘tkazish uchun tayinlangan shaxslarni albatta ko‘rsatgan holda buyruq chiqaradi.
O‘zga shaxslardan namunalar faqat ushbu Kodeksning 190-moddasida nazarda tutilgan hollarda hamda tanosil kasalligi va boshqa yuqumli kasalliklarni aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda majburlov yo‘li bilan olinishi mumkin.
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olinganligi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa, o‘ziga kelgan namunalarni sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi.
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taqdim qilingan narsani ushbu Kodeksning 136,
137,
139 va
140-moddalarida bayon qilingan qoidalarga asosan ko‘zdan kechirishi, agar taqdim qilingan narsani ish uchun ahamiyatli deb topsa yoki kelgusida ahamiyati bo‘lishi mumkin deb hisoblasa, uni qabul qilishi shart. Shuningdek ushbu ish uchun ahamiyatli bo‘lmagan, lekin muomaladan chiqarilgan narsalar (qurollar, giyovandlik vositalari, pornografiya nashrlari va boshqalar) ham qabul qilib olinishi lozim.
Ushbu Kodeksning 203-moddasida ko‘rsatilgan alomatlari, belgilari, izlari bo‘lgan hujjatlar va boshqa xatlar ham ashyoviy dalil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ashyoviy va yozma dalil sifatida foydalaniladigan narsalar, hujjatlar va boshqa yozuvlar hodisa sodir bo‘lgan joyni yoki boshqa joylarni, binolarni ko‘zdan kechirish, tanib olish uchun ko‘rsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ko‘rsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, olib qo‘yish, tintuv yoki eksperiment o‘tkazish jarayonida olinishi mumkin yoxud ular ushbu Kodeksning 198 — 202-moddalarida nazarda tutilgan tartibda surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilinishi mumkin.
1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lgan jinoyat qurollari musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo‘q qilib yuboriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxo‘rlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, xuddi shuningdek merosxo‘rlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga o‘tkaziladi; Ichki ishlar organi xodimi, boshqa vakolatli shaxs ushlab turishning ushbu Kodeksning 221-moddasida ko‘rsatilgan asoslaridan bittasi mavjudligini bevosita aniqlasa yoki boshqa shohidlarning so‘zlaridan aniqlasa:
Ushbu moddaning birinchi va
ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart.
Ushbu moddaning birinchi va
ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni bajarishni kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, ularni videoyozuv orqali qayd etmasdan amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi. Mazkur qoida ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ binosida amalga oshiriladigan ushlab turishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushlab turish, jinoyat ishi qo‘zg‘atish, ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorlar darhol gumon qilinuvchiga e’lon qilinadi, ayni vaqtda unga ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan huquqlari tushuntiriladi va tanlangan yoki tayinlangan himoyachiga tanishib chiqish uchun taqdim etiladi. Qaror bilan tanishtirilgani va huquqlari tushuntirilgani qarorda qayd etilib, vakolatli shaxs va ushlangan shaxs tomonidan imzolanib, tasdiqlanadi. Bunda ushlangan shaxs ushlab keltirilgan paytdan boshlab yigirma to‘rt soatdan kechiktirilmay so‘roq qilinishi lozim.
Ayblanuvchi, sudlanuvchi sodir etgan, Jinoyat kodeksi 15-moddasining to‘rtinchi va
beshinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatning xavfliligi tufayli u surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan yashirinishi mumkin degan o‘rinli taxmin ham qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asos bo‘lishi mumkin.
Ehtiyot choralaridan qaysi birini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani hal qilishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslardan tashqari qo‘yilgan aybning og‘irligini, ayblanuvchining shaxsini, mashg‘ulot turini, yoshi, sog‘lig‘i, oilaviy ahvoli va boshqa holatlarni ham hisobga oladi.
4) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalariga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining, tumanlararo ma’muriy sudlarining va O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlarining sudyalariga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi mavjud bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligi bilan; Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha qo‘llaniladi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi himoyachi, qonuniy vakil, belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi zimmasiga yuklatilgan organ, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bilan so‘zlashish uchun, shuningdek zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni, tez tibbiy yordamni, yong‘in xavfsizligi xizmatini, qutqaruv xizmatini va boshqa shoshilinch xizmatlarni chaqirish uchun telefon aloqasidan foydalanish huquqidan cheklanishi mumkin emas. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘z yashash joyidagi uy qamog‘ini ijro etish zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga har bir shunday qo‘ng‘iroq haqida xabar beradi. Ushbu Kodeks 2421-moddasining beshinchi qismi doirasidagi uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) prokurorning yoki prokurorning roziligi bilan surishtiruvchining yoxud tergovchining iltimosnomasiga ko‘ra sudyaning ajrimi asosida belgilanishi mumkin.
Agar qamoqqa olinganlar Jinoyat kodeksi 15-moddasining to‘rtinchi va
beshinchi qismlarida nazarda tutilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan bo‘lsa, prokurorning qaroriga yoki sudning ajrimiga ko‘ra tergov hibsxonasining bir kishilik kamerasida qamoqda saqlab turilishi mumkin. Bu chora voyaga yetmaganlarga, oltmish yoshdan oshganlarga, shifokorning yozma xulosasi bilan tasdiqlangan og‘ir kasallarga va ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Muddatni yanada uzaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan iltimosnomalarni ko‘rib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek protsessual normalar va talablarga rioya etilganligini inobatga oladi.
Qamoqda saqlab turish muddatiga ushbu Kodeksning 599-moddasiga muvofiq shaxsni O‘zbekiston Respublikasiga ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rovga ko‘ra uning xorijiy davlat hududida qamoqda saqlangan vaqti qo‘shib hisoblanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxsni ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida belgilangan qamoqda saqlab turishning oxirgi muddati tugagan bo‘lsa va ishning holatlariga ko‘ra qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini o‘zgartirish mumkin bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlarining iltimosnomasiga binoan sud ushbu Kodeksning
247-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda, qamoqda saqlab turishning qo‘shimcha muddatini belgilashga haqli, ammo ushbu muddat shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha saqlash hibsxonasiga yoxud tergov hibsxonasiga joylashtirilgan paytdan e’tiboran uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Garovni qabul qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisi bayonnomasiga tegishlicha belgi qo‘yadi. Bayonnomada gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46 va
48-moddalarida ko‘rsatilgan majburiyatlari tushuntirilganligi va u bu majburiyatlarni buzmaslikka so‘z berganligi, garovga qo‘yuvchiga esa gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda garov summasidan mahrum bo‘lishi ma’lum qilinganligi ko‘rsatilishi kerak. Bayonnoma garovni qabul qilgan mansabdor shaxs, garovga qo‘yuvchi va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan imzolanadi.
Munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ayblanuvchining yoki sudlanuvchining surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga tergov va suddan yashirinmaslik, jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilmaslik, jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanmaslik, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruvi bilan yetib kelish haqida bergan yozma majburiyatidan iboratdir. Tilxat beruvchi shaxs bundan tashqari o‘z zimmasiga surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ijozatisiz ushbu aholi punktidan chiqib ketmaslik va shu aholi punkti doirasida istiqomat joyini o‘zgartirsa, bu haqda ularni xabardor qilish majburiyatini oladi. Jamoat birlashmasi yoki jamoa o‘z qarorini ayblanuvchining, sudlanuvchining munosib xulq-atvorda bo‘lishiga kafil ekanligi to‘g‘risidagi yozma majburiyat tarzida bayon qiladi. Bu majburiyat surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga taqdim qilinadi, ular jamoat birlashmasi yoki jamoaning qaroriga rozi bo‘lsalar, shunday ehtiyot chorasini tanlab, bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradilar. Ayni vaqtda jamoat birlashmasi yoki jamoa vakiliga ushbu ehtiyot chorasi qo‘llanilishiga sabab bo‘lgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga esa, basharti xulq-atvori nomunosib bo‘lsa, ehtiyot chorasi jiddiyrog‘i bilan almashtirilishi mumkinligi tushuntirilgani to‘g‘risida bayonnoma tuziladi. Ayblov hukmi chiqarilganda yoki ushbu Kodeksning 84-moddasi asosida aybdorlik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilganda surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning qaroriga ko‘ra qonunchilikda belgilangan tartibda yangi pasport (harakatlanish hujjati) berilishi bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi.
Ushbu moddaning birinchi va
uchinchi qismlarida nazarda tutilgan sud ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Ajrim ijro uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa himoyachiga, jabrlanuvchining vakiliga, guvohning advokatiga, qonuniy vakilga yuboriladi.
Ushbu moddaning birinchi va
uchinchi qismlarida nazarda tutilgan sud ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, uning himoyachisi, jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati va qonuniy vakil tomonidan apellatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud ularni qirq sakkiz soat ichida materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berilishi sud ajrimining ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi. Apellatsiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmasdan ko‘rib chiqishi kerak.
Sud ekspertizasi natijalariga ko‘ra shaxs aqli noraso deb e’tirof etilganda uning tibbiy muassasada bundan buyon bo‘lishi to‘g‘risidagi masala ushbu Kodeksning 61-bobi normalariga muvofiq hal etiladi, jabrlanuvchi, guvoh aqli noraso deb e’tirof etilgan yoki shaxsning psixiatriya yordami ko‘rsatish talab etiladigan boshqa turdagi ruhiy kasalligi aniqlangan hollarda esa, qonunchilikka muvofiq umumiy asoslarda hal etiladi.
Jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga, shuningdek ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlariga o‘ldirish, kuch ishlatish, mol-mulkini yo‘q qilib tashlash yoxud mol-mulkiga shikast yetkazish bilan yoki o‘zga g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinayotir deyish uchun yetarli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bu shaxslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilish, shuningdek aybdorlarni aniqlash hamda ularni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishlari shart. Jinoyat ishini yuritish chog‘ida Jinoyat kodeksining 230 — 241-moddalarida nazarda tutilgan, odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatni sodir etgan protsess ishtirokchilari ushbu Kodeksning umumiy qoidalariga binoan javobgarlikka tortiladilar.
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari — surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, mutaxassis, ekspert, tarjimon, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, xalq maslahatchilarining kelishiga to‘sqinlik qilganlik, jinoyatning sabablariga va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarga barham berish to‘g‘risidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning taqdimnomasini yoki sudning xususiy ajrimini bajarmaganlik yoxud talab darajasida bajarmaganlik uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishlari mumkin. Sud majlisida tartibni buzgan, raislik qiluvchining farmoyishlariga bo‘ysunmagan yoki sudni behurmat qilgan taqdirda tartibbuzar bunday harakatlarning takrorlanishi uni sud majlisi zalidan chiqarib yuborishga sabab bo‘lajagi haqida, ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan tartibbuzar esa, bundan tashqari, ma’muriy javobgarlikka tortilishi ham mumkinligi xususida ogohlantiriladi. Bu ogohlantirish ta’sir qilmasa, protsess ishtirokchisi sudning ajrimiga, boshqa shaxslar esa, raislik qiluvchining farmoyishiga muvofiq sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi. Ishni ko‘rish chiqarib yuborilgan shaxslarsiz davom ettiriladi.
Sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan qilmish jinoyat deb topilmaganligi sababli u oqlangan taqdirda, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan asoslardan boshqa asoslarga ko‘ra tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha ish yuritish tugatilganda sud da’voning isbotlanish darajasi va hajmini e’tiborga olib, uni to‘liq yoki qisman qanoatlantiradi yoki qanoatlantirishni rad etadi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi mol-mulkni xatlash to‘g‘risida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalari talablariga rioya qilgan holda ikki nafardan kam bo‘lmagan xolislar ishtirokida bayonnoma tuzadi. Bayonnomada xatlangan barcha mol-mulkning nomi, o‘lchovi, og‘irligi, eskirish darajasi va boshqa o‘ziga xos belgilari sanab o‘tilib, mol-mulkni xatlayotgan shaxsning harakatlari to‘g‘risidagi va bayonnomaga kiritilgan mol-mulkning uchinchi shaxslarga tegishliligi haqidagi arzlar bayon etiladi. Mol-mulk olib qo‘yilgan taqdirda aynan nimaning olinganligi va qayerga yoki kimga saqlash uchun topshirilganligi bayonnomada ko‘rsatiladi.
Oqlov hukmi, shuningdek ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan holatlar shaxsni reabilitatsiya etishga asos bo‘ladi.
Bunday hollarda reabilitatsiya etilgan shaxsning ushbu Kodeksning 310-moddasida nazarda tutilgan mehnat qilish, nafaqa olish, uy-joydan foydalanish va boshqa huquqlari ham tiklanishi lozim.
Reabilitatsiya etilgan shaxsga ushbu Kodeksning 302 va
303-moddalarida ko‘rsatilgan qonunga xilof harakatlar bilan yetkazilgan mulkiy ziyon to‘la hajmda qoplanadi.
Reabilitatsiya etilgan shaxs vafot etgan taqdirda ushbu moddaning 1,
3,
4,
5 va
6-bandlarida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga uning merosxo‘rlari,
2-bandida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga esa boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanishi lozim bo‘lganlar jumlasiga kiruvchi oila a’zolari ega bo‘ladilar.
Ushbu Kodeks 304-moddasining 1,
3,
4,
5 va
6-bandlarida ko‘rsatilgan ziyon moliya organlari tomonidan,
2-bandida ko‘rsatilgan ziyon O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Ushbu Kodeks 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra chiqarilgan oqlov hukmida yoki ishni tugatish haqidagi ajrimda sud, ishni tugatish to‘g‘risidagi qarorda esa surishtiruvchi, tergovchi, prokuror reabilitatsiya etilgan shaxsning o‘ziga yetkazilgan mulkiy ziyonni undirib olish huquqini e’tirof etishlari lozim. Hukm, ajrim yoki qarorning nusxasi reabilitatsiya etilgan shaxsga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. Ayni vaqtda unga hukm, ajrim yoki qaror ustidan shikoyat qilish tartibi, shuningdek mulkiy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklab olish tartibi tushuntiriladi.
Shaxs ushlab turilganligi, qamalganligi yoki uy qamog‘ida turganligi, lavozimidan chetlashtirilganligi, tibbiy muassasaga joylashtirilganligi yoki hukm qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar matbuotda e’lon qilingan, radio, televideniye yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan bo‘lsa, reabilitatsiya etilgan shaxsning, u vafot etgan bo‘lsa, qarindoshlarining, sud, prokuror, tergovchining va surishtiruvchining talabiga ko‘ra tegishli ommaviy axborot vositalari uning reabilitatsiya etilganligi to‘g‘risida bir oy ichida xabar berishlari shart. Mulkiy ziyonni qoplash uchun pul tovoni to‘lashni reabilitatsiya etilgan shaxs yoki ushbu Kodeks 304-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar bunday to‘lovlarni amalga oshirish haqidagi ajrim yoki qarorni olgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida talab qilishlari mumkin.
4) ushbu Kodeksning 50-moddasiga muvofiq sudlanuvchi to‘lovdan ozod qilingan taqdirda yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun himoyachiga to‘lanadigan haqdan;
Ushbu moddaning 1,
2,
3,
4 va
71-bandlarida ko‘rsatilgan summalar surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga muvofiq budjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Guvoh tariqasida, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi tariqasida chaqiriladigan shaxsning surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga chaqirilganligi bilan bog‘liq butkul vaqt uchun ularning ish joyida o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi. Protsessual chiqimlar, ushbu moddaning oltinchi,
yettinchi va
sakkizinchi qismlarida nazarda tutilganidan tashqari hollarda, mahkumlardan undiriladi yoki davlat hisobiga o‘tkaziladi.
Sudlanuvchi oqlangan yoki ushbu Kodeksning 83-moddasiga muvofiq ish tugatilgan taqdirda protsessual chiqimlar davlat hisobiga o‘tkaziladi. Sudlanuvchi bir ayblov bo‘yicha oqlangan, boshqa ayblov bo‘yicha esa aybli deb topilgan bo‘lsa, sud u aybli deb topilgan ayblov bilan bog‘liq protsessual chiqimlarni to‘lashni uning zimmasiga yuklaydi.
Tergovga qadar tekshiruv mazkur Kodeksning 391-moddasida ko‘rsatilgan organlar tomonidan ushbu Kodeksning
41-bobida belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Dastlabki tergov ushbu Kodeksning 345-moddasi ikkinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari bo‘yicha, shuningdek ushbu moddaning
to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda o‘tkaziladi.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atishga ushbu Kodeksning 113-moddasida nazarda tutilgan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz sabab bo‘lsa, bila turib yolg‘on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilmasligini mustasno etganda, unga shaxslarning arizalarini qabul qilish va rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ushbu moddada nazarda tutilgan barcha qoidalar taalluqlidir.
Jinoyat kodeksi 105-moddasining birinchi qismida,
109-moddasida, 110-moddasining
birinchi qismida,
111-moddasida, 118-moddasining
birinchi qismida, 119-moddasining
birinchi qismida, 121-moddasining
birinchi qismida,
136-moddasida, 139-moddasining
birinchi va
ikkinchi qismlarida, 140-moddasining
birinchi va
ikkinchi qismlarida, 141
1-moddasining
birinchi qismida,
149-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi jinoyat ishlari aybdorni javobgarlikka tortishni so‘rab jabrlanuvchi bergan shikoyat arizasi asosidagina qo‘zg‘atiladi. Jabrlanuvchi nochor ahvolda bo‘lganligi, ayblanuvchiga qaram bo‘lganligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z huquqini va qonuniy manfaatlarini o‘zi himoya qila olmaydigan alohida hollarda prokuror jabrlanuvchining shikoyatisiz ham jinoyat ishini qo‘zg‘atishi shart.
Jinoyat kodeksining 167,
170,
172,
173-moddalarida nazarda tutilgan va ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan yuridik shaxsga nisbatan uning xodimi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi jinoyat ishlari faqat mazkur yuridik shaxs rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atiladi.
Ushbu modda birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat ichida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, uning davomida qo‘shimcha hujjatlar, tushuntirishlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish ushbu Kodeks 162-moddasining
ikkinchi qismiga muvofiq shaxsiy tintuv va olib qo‘yish, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, ekspertiza o‘tkazish, taftish tayinlash, tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish haqida topshiriqlar berish mumkin. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish man qilinadi.
Ushbu Kodeksning 322-moddasida nazarda tutilgan sabab va asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi qaror chiqaradi.
Ushbu Kodeks 83-moddasining 1 va
2-bandlarida hamda 84-moddasi birinchi qismining
1,
3 — 8-bandlarida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi, jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risida xabar bergan fuqaro, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasi yoki mansabdor shaxs bu haqda xabardor qilinadi. Bunda ularga qaror ustidan shikoyat qilish huquqi va tartibi tushuntirilishi lozim. Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi prokurorga yuboriladi.
Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan holat surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan aniqlangan taqdirda, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish ushbu Kodeksning
63-bobida nazarda tutilgan qoidalarga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 1,
2,
3-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etishga, agar o‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi masala qo‘yilayotgan shaxs yoki vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari bunga e’tiroz bildirsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
Kelib tushgan xabarda fuqarolarning siyosiy, mehnat, uy-joy, oilaviy yoki boshqa huquqlari buzilganligi, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qo‘riqlanadigan qonuniy manfaatlari buzilganligi ko‘zga tashlansa, unda ishni qo‘zg‘atishni rad qilish bilan bir vaqtda manfaatdor shaxslarga sudga murojaat qilish huquqlari va tartibi tushuntirilishi lozim. Basharti ular ma’lum sabablarga ko‘ra, sud orqali o‘zlarini himoya qilishni so‘rash imkoniyatiga ega bo‘lmasalar, prokuror bunday shaxslarni himoya qilib, sudga ariza bilan murojaat etishga haqlidir. 1) prokuror ishni ushbu Kodeksning 345 va
3812-moddalariga muvofiq dastlabki tergov yoki surishtiruv organiga yuboradi yoxud o‘zi dastlabki tergov yoki surishtiruv yuritishga kirishadi;
4) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘i jinoyat ishini ushbu Kodeksning 345 va
3812-moddalarida belgilangan tergovning tegishliligiga ko‘ra dastlabki tergov yoki surishtiruv organiga o‘tkazish uchun darhol prokurorga yuboradi. Jinoyat ishining tergovi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirgan organning surishtiruviga yoki dastlabki tergoviga tegishli bo‘lgan taqdirda, jinoyat ishi prokurorni darhol xabardor qilgan holda surishtiruvni yoki dastlabki tergovni amalga oshirish uchun qabul qilinishi mumkin.
Ushbu moddaning ikkinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov o‘tkazilishi shart.
Jinoyat kodeksining 97 — 1031,
108,
116,
132,
137,
141 — 149,
175-moddalarida, 177-moddasi
uchinchi va
to‘rtinchi qismlarida,
180 — 1811-moddalarida, 184-moddasi
uchinchi qismida,
1841-moddasida, 186-moddasi
ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida,
1921 — 19211,
1971,
205 — 215,
218 — 222,
2294,
230 — 2302,
231-moddalarida, 232-moddasi
ikkinchi qismida,
2321 — 236,
2411 — 242,
265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek qonunda ko‘rsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Jinoyat kodeksining 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 150 — 163,
182,
223,
246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 104-moddasida, 105-moddasi
ikkinchi qismida,
106,
107-moddalarida, 110-moddasi
ikkinchi qismida, 113-moddasi
uchinchi — beshinchi qismlarida, 114-moddasi
uchinchi qismida,
1151-moddasida, 117-moddasi
ikkinchi va
uchinchi qismlarida,
118,
119-moddalarida, 121-moddasi
ikkinchi qismida,
124-moddasida, 127-moddasi
ikkinchi va
uchinchi qismlarida, 127
1-moddasi
ikkinchi va
uchinchi qismlarida, 128-moddasi
ikkinchi va
uchinchi qismlarida, 129-moddasi
ikkinchi qismida, 131-moddasi
uchinchi va
to‘rtinchi qismlarida, 133-moddasi
ikkinchi qismida,
1331,
1332,
134,
135-moddalarida, 138-moddasi
ikkinchi qismida,
164 — 166-moddalarida, 168-moddasi
ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 169-moddasi
ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 171-moddasi
uchinchi qismida, 173-moddasi
uchinchi qismida,
176-moddasida,
1861-moddasida, 186
2-moddasi
ikkinchi va
uchinchi qismlarida,
193 — 197,
198 — 204,
216-moddalarida, 216
1-moddasining
ikkinchi qismida,
217-moddasida, 225-moddasi
uchinchi qismida, 226-moddasi
ikkinchi qismida, 228-moddasi
ikkinchi qismida,
2296,
243,
244,
2443-moddalarida, 244
4-moddasi
ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida,
245,
247,
248-moddalarida, 248
1-moddasi
ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida,
249,
250-moddalarida, 250
1-moddasi
ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida,
251 — 2551-moddalarida, 255
2-moddasi
ikkinchi — to‘rtinch� qismlarida,
256 — 258-moddalarida, 259-moddasi
ikkinchi qismida, 260-moddasi
ikkinchi va
uchinchi qismlarida, 260
1-moddasi
ikkinchi va
uchinchi qismlarida, 262-moddasi
ikkinchi va
uchinchi qismlarida,
263-moddasida, 263
1-moddasi
ikkinchi va
uchinchi qismlarida,
264-moddasida, 266-moddasi
ikkinchi va
uchinchi qismlarida,
267-moddasida, 268-moddasi
ikkinchi va
uchinchi qismlarida, 269-moddasi
ikkinchi va
uchinchi qismlarida, 270-moddasi
ikkinchi va
uchinchi qismlarida,
271,
273-moddalarida, 274-moddasi
ikkinchi qismida,
275-moddasida, 276-moddasi
ikkinchi qismida, 277-moddasi
uchinchi qismida, 278-moddasi
birinchi va
ikkinchi qismlarida, 278
7-moddasi
ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarga doir barcha ishlar bo‘yicha (qasddan odam o‘ldirish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar bundan mustasno) dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Jinoyat kodeksining 130-moddasi uchinchi qismida, 167-moddasi
ikkinchi va
uchinchi qismlarida,
178,
1863,
188,
1881,
2441,
2442-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha dastlabki tergov ish qo‘zg‘atgan dastlabki tergov organi tomonidan amalga oshiriladi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organ yoki surishtiruv organi tomonidan ushbu qismda nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan taqdirda, ish bo‘yicha tergovni amalga oshiruvchi dastlabki tergov organi prokuror tomonidan belgilanadi.
Jinoyat kodeksining 237 — 241-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov ushbu ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli bo‘lsa, o‘sha organ tomonidan olib boriladi.
Agar tergovni olib borishda surishtiruv organiga tegishli bo‘lgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bog‘liq bo‘lmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga o‘tkazish ushbu Kodeksning 332 va
3812-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu Kodeks 381
2-moddasining
ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruvni amalga oshirish prokuror tomonidan surishtiruvchiga topshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan dastlabki tergov muddati tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan besh oygacha uzaytirilishi mumkin.
Shaxs ushbu Kodeksning 221-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlangan bo‘lsa yoxud ishda uni jinoyat sodir etishda gumon qilishga asos beruvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, u jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinadi.
Biror jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs ish qo‘zg‘atilgunga qadar ushlangan bo‘lsa va ushbu Kodeksning 225-moddasida nazarda tutilgan tekshirish ushlab turishning asosli ekanligini tasdiqlagan bo‘lsa, tergovchi shaxsni ushlab turish, ish qo‘zg‘atish va ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqida to‘xtamlarga kelib, ularni bitta qarorda bayon qiladi.
Qarorda ushlab turilgan shaxs qaysi jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganligi, Jinoyat kodeksining qaysi moddasida bu jinoyat nazarda tutilgani, ushlab turishning sabab va asoslari, shuningdek shaxsni ushlab turish, agar jinoyat ishi ilgari qo‘zg‘atilmagan bo‘lsa, jinoyat ishini qo‘zg‘atish va uni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qaror ko‘rsatilishi kerak.
3) Jinoyat kodeksining ushbu jinoyatni nazarda tutgan moddasi, qismi, bandi aks ettirilishi lozim.
Jinoyat kodeksining turli moddalari, qismlari yoki bandlarida nazarda tutilgan bir necha jinoyatni sodir etishda ayblaganda, bu jinoyatlardan har birining mohiyati va yuridik tavsifi alohida ko‘rsatilishi lozim.
Ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining
birinchi va
beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ayblanuvchini reabilitatsiya etish uchun asos bo‘ladigan yoki ishni yuritish uchun monelik qiladigan holatlar aniqlansa, ayblov tugatiladi.
Basharti Jinoyat kodeksi yoki ushbu Kodeks normalarini qo‘llanishdagi xatolar natijasida ish tugatilgan bo‘lsa, shuningdek ayblanuvchining aybliligini ko‘rsatuvchi yangi dalillar aniqlansa, tugatilgan ayblov qayta tiklanishi mumkin. Bunday hollarda, shuningdek ayblovni noto‘g‘ri tugatish odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatning yoki ayblanuvchi tomonidan yoxud ayblanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan harakat qilgan o‘zga shaxs tomonidan dalillarni qalbakilashtirish, yashirish yoxud yo‘q qilib yuborishning oqibati bo‘lsa, ayblov Jinoyat kodeksining
64-moddasida belgilangan jinoiy javobgarlikka tortish muddati ichida qayta tiklanishi mumkin.
Dastlabki tergov ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab to‘xtatiladi. Lekin dastlabki tergov to‘xtatilgunga qadar tergovchi ayblanuvchi yo‘qligida bajarish mumkin bo‘lgan barcha tergov harakatlarini bajarishi shart.
Ushbu Kodeksning 242 va
243-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda qidirilayotgan ayblanuvchi topilgan taqdirda, sudning ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin
Jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83 va
84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda tugatiladi.
Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lganda, jinoyat ishini tugatish ushbu Kodeksning
63-bobida nazarda tutilgan qoidalarga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi.
Tergovchi ishni tugatish to‘g‘risida qaror chiqargach, bu haqda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy da’vogarga, fuqaroviy javobgarga va ularning vakillariga, xuddi shuningdek ish korxona, muassasa, tashkilot yoki fuqaroning bergan xabari bilan qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, shu korxona, muassasa, tashkilot vakiliga yoxud fuqaroga xabar qiladi. Ayni vaqtda ularga ishni tugatish to‘g‘risidagi qaror ustidan prokurorga shikoyat qilish huquqiga ega ekanliklari tushuntiriladi. Surishtiruvni ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan organlarning surishtiruvchilari amalga oshiradi.
1) ichki ishlar organlarining — Jinoyat kodeksining 105-moddasi birinchi qismida,
109-moddasida, 110-moddasi
birinchi qismida,
111,
112-moddalarida, 113-moddasi
birinchi va
ikkinchi qismlarida, 114-moddasi
birinchi va
ikkinchi qismlarida,
115-moddasida, 117-moddasi
birinchi qismida,
120-moddasida, 121-moddasi
birinchi qismida,
125,
1251,
126-moddalarida, 127-moddasi
birinchi qismida, 127
1-moddasi
birinchi qismida, 128-moddasi
birinchi qismida,
1281-moddasida, 129-moddasi
birinchi qismida, 131-moddasi
birinchi va
ikkinchi qismlarida, 133-moddasi
birinchi qismida,
136-moddasida, 138-moddasi
birinchi qismida,
139,
140-moddalarida, 168-moddasi
birinchi qismida, 169-moddasi
birinchi qismida,
170-moddasida, 171-moddasi
birinchi va
ikkinchi qismlarida,
172-moddasida, 173-moddasi
birinchi va
ikkinchi qismlarida,
185 — 1851-moddalarida, 186
2-moddasi
birinchi qismida, 216
1-moddasi
birinchi qismida,
2162-moddasida, 225-moddasi
birinchi va
ikkinchi qismlarida, 226-moddasi
birinchi qismida,
227-moddasida, 228-moddasi
birinchi va
uchinchi qismlarida,
2281 — 2293-moddalarida, 244
4-moddasi
birinchi qismida (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari),
2445-moddasida, 248
1-moddasi
birinchi qismida, 255
2-moddasi
birinchi qismida, 259-moddasi
birinchi qismida, 260-moddasi
birinchi qismida, 260
1-moddasi birinchi qismida,
261-moddasida, 262-moddasi
birinchi qismida, 263
1-moddasi
birinchi qismida, 266-moddasi
birinchi qismida, 268-moddasi
birinchi qismida, 269-moddasi
birinchi qismida, 270-moddasi
birinchi qismida, 274-moddasi
birinchi qismida, 276-moddasi
birinchi qismida, 277-moddasi
birinchi va
ikkinchi qismlarida, 278-moddasi
uchinchi va
to‘rtinchi qismlarida,
2781 — 2786-moddalarida, 278
7-moddasi
birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha;
5) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi bo‘linmalari — Jinoyat kodeksining 2501-moddasi birinchi qismida (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari) va
2591-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha.
Jinoyat kodeksining 130-moddasi birinchi va
ikkinchi qismlarida (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari),
1301-moddasida (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari), 167-moddasi
birinchi qismida,
2443-moddasida (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari) nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha surishtiruv ishni qo‘zg‘atgan organ tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 237-moddasi birinchi qismida, 238-moddasi
birinchi va
ikkinchi qismlarida,
239,
240-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha surishtiruv ushbu ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli bo‘lsa, o‘sha organ tomonidan olib boriladi.
Agar surishtiruvni olib borishda dastlabki tergov organiga tegishli bo‘lgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bog‘liq bo‘lmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga o‘tkazish ushbu Kodeksning 332 va
345-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu Kodeks 345-moddasining
oltinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshirish prokuror tomonidan dastlabki tergov organiga topshiriladi.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha jinoyat ishini o‘tkazish haqida prokuror asoslantirilgan qaror chiqaradi.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan surishtiruv muddati prokuror tomonidan yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin.
Surishtiruvchilar guruhini tuzish tartibi, guruh rahbari va a’zolarining vakolatlari, shuningdek tergov harakatlarining bir necha surishtiruvchilar tomonidan bajarilishi tartibi ushbu Kodeksning 354 — 357-moddalarida belgilangan tergovchilar guruhini tuzish, guruh rahbarining va guruh a’zolari bo‘lgan tergovchilarning vakolatlari, shuningdek tergov harakatlarini bir necha tergovchilar tomonidan bajarish tartibi bilan bir xil belgilanadi.
Agar surishtiruv ushbu Kodeksning 364-moddasi 1-bandida belgilangan asoslarga ko‘ra to‘xtatilgan bo‘lsa, surishtiruvchi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar orqali ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxsni aniqlash va uni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishi shart.
Jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83 va
84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda tugatiladi.
Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lganda jinoyat ishini tugatish ushbu Kodeksning
63-bobida nazarda tutilgan qoidalarga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi.
Surishtiruvchi ishni tugatish to‘g‘risida qaror chiqargach, bu haqda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy da’vogarga, fuqaroviy javobgarga va ularning vakillariga, xuddi shuningdek ish korxona, muassasa, tashkilot yoki fuqaroning bergan xabari bilan qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, shu korxona, muassasa, tashkilot vakillariga yoxud fuqaroga xabar qiladi. Ayni vaqtda ularga ishni tugatish to‘g‘risidagi qaror ustidan prokurorga shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi. Agar ayblanuvchi qamoqda saqlanayotgan bo‘lsa, ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar prokurorning topshirig‘iga ko‘ra unga qamoqda saqlash joyining ma’muriyati tomonidan ular kelib tushgan kuni tilxat olib topshiriladi, tilxat hujjatlar topshirilgan sana va vaqt ko‘rsatilgan holda sudga taqdim etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining sudloviga Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismida, 118-moddasining
to‘rtinchi qismida,
150,
153,
155,
157,
158-moddalarida, 159-moddasining
uchinchi va
to‘rtinchi qismlarida,
160,
161-moddalarida, 210-moddasining
uchinchi qismida,
230,
231,
242,
244-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar tegishlidir.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan masalalarga doir ajrim sudya tomonidan ish sudga kelib tushgan paytdan e’tiboran yetti sutkadan kechiktirmay qabul qilinadi. Bu muddat shu sudning raisi tomonidan ko‘pi bilan uch sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
Sudya ushbu Kodeks 395-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan masalalarni hal etishda jinoyat ishi bo‘yicha har bir ayblanuvchiga nisbatan quyidagi holatlarni aniqlashi kerak:
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudining raisi tomonidan to‘rt oygacha uzaytirilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudining raisi tomonidan ikki oygacha uzaytirilishi mumkin.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, sud taraflarning iltimosiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazadi.
Ushbu Kodeks 4057-moddasining birinchi qismiga muvofiq yuritilishi to‘xtatib turilgan jinoyat ishi ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ayblanuvchini qidirish choralarini ko‘rish uchun o‘tkaziladi.
ushbu Kodeks 4057-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda — ayblanuvchi topilguniga qadar;
ushbu Kodeks 4057-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda — ayblanuvchi sog‘ayguniga qadar.
Ushbu Kodeksning 83-moddasida, 84-moddasining
birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda sud jinoyat ishini tugatadi.
Sud ushbu Kodeks 84-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ishni tugatishga haqlidir.
Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra jinoyat ishini prokurorga yuborishda sud ayblanuvchining, o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini og‘irroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida tavsiflash uchun asos bo‘lgan holatlarni ko‘rsatishi shart. Bunda sud jinoyatni yoki ijtimoiy xavfli qilmishni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining qaysi moddasi bilan tavsiflash lozimligini ko‘rsatishga, shuningdek dalillarni baholash to‘g‘risida, ayblanuvchining aybdorligi haqida xulosa qilishga haqli emas.
Dastlabki eshituv vaqtida ushbu Kodeksning 392-moddasida nazarda tutilgan, jinoyat ishi kelib tushganidan keyin yuzaga kelgan asoslar aniqlangan taqdirda, sudya o‘z tashabbusi bilan yoki taraflarning iltimosnomasiga ko‘ra jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Prokuror birinchi instansiya sudlarida jinoyatlarga doir ishlarni ko‘rishda ishtirok etib, davlat ayblovini quvvatlaydi, dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, sudlanuvchilarga, jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va sudga taklif etilgan boshqa shaxslarga savollar beradi, Jinoyat kodeksining normalarini qo‘llash, sudlanuvchining harakatlarini tavsiflash, unga jazo turini va me’yorini tayinlash to‘g‘risida hamda sud hal etishi lozim bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan o‘z fikrini bayon qiladi, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar haqida hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar xususida o‘z fikrini bildiradi.
Sudlanuvchi sud majlisiga kelmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Sudga kelmagan sudlanuvchini sud majburiy keltirishga, shuningdek unga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llashga yoki ehtiyot chorasini o‘zgartirishga haqlidir.
Sud ushbu moddaning sakkizinchi qismida ko‘rsatilgan masalalarni hal qilishda sudlanuvchi va uning himoyachisi huquqlarini ta’minlash uchun sud majlisida o‘n sutkagacha tanaffus e’lon qiladi.
Sud ushbu moddaning yettinchi qismida ko‘rsatilgan masalalarni hal qilishda sudlanuvchi, uning himoyachisi huquqlarini ta’minlash uchun sud majlisida o‘n sutkagacha tanaffus e’lon qiladi.
Sudlanuvchi yashiringan bo‘lsa, shuningdek sudga kelishga imkoniyat bermaydigan ruhiy holati buzilgan yoki boshqa og‘ir kasallikka chalingan taqdirda, sud mazkur sudlanuvchiga nisbatan ishni to‘xtatadi va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan ishni muhokama qilishni davom ettiraveradi. Agar sud ushbu Kodeksning 416 va
417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda prokurorga qo‘shimcha protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshirish haqida ajrim chiqarsa, shuningdek ishni alohida-alohida muhokama qilish haqiqatni aniqlashni qiyinlashtirgan taqdirda, ishni yuritish butunlay to‘xtatiladi. Yashiringan sudlanuvchini qidiruv sud ajrimi bilan e’lon qilinadi.
Jinoyat ishini ko‘rishni to‘xtatishning asosi sifatidagi, ushbu Kodeksning 420-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgach, to‘xtatilgan jinoyat ishini ko‘rish qaytadan boshlanadi.
Agar sud majlisida ushbu Kodeksning 83-moddasida va 84-moddasi birinchi qismining
1,
2,
3 va
8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlansa, sud ishni ko‘rishni davom ettiradi hamda
83-moddada nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha oqlov hukmi, 84-modda birinchi qismining
1,
2,
3 va
8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha esa aybdor shaxsga jazo tayinlamay, ayblov hukmi chiqaradi.
Sud ehtiyot choralarini qo‘llash (o‘zgartirish, bekor qilish) to‘g‘risidagi, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish haqidagi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi, rad qilishlar haqidagi ajrimlarni, boshqa organlarga ijro etish uchun yuboriladigan o‘zga ajrimlarni, shuningdek xususiy ajrimlarni alohida xonada (maslahatxonada) chiqaradi. Bu ajrimlar alohida hujjatlar tarzida rasmiylashtiriladi va sud tomonidan imzolanadi. Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: sud ishining raqami; majlisning joyi va sanasi, majlis boshlangan va tamom bo‘lgan vaqt ko‘rsatilgan holda; sudning nomi va tarkibi; sud majlisining kotibi, tarjimon, ayblovchi, himoyachi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, shuningdek sud chaqirgan boshqa shaxslar; ko‘rilayotgan ish; sudlanuvchining shaxsiga doir ma’lumotlar; hozir bo‘lgan va hozir bo‘lmagan guvohlar hamda ularning kelmaganlik sabablari. Bayonnomada: raislik qiluvchining barcha farmoyishlari ko‘rsatiladi va sudning harakatlari qanday tartibda o‘tgan bo‘lsa, shu tartibda yoziladi; ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ariza va iltimosnomalari; sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlar ko‘rsatuvlarining batafsil mazmuni; berilgan savollarga ekspertning javoblari; sud muzokaralarining ketma-ketligi, sud muzokaralarida ishtirok etgan shaxslarning xulosalari hamda sudlanuvchi oxirgi so‘zining mazmuni; basharti jinoyat protsessi ishtirokchilari iltimos qilsa, ishni ko‘rish paytida yuz bergan holatlar to‘g‘risidagi arzlar aks ettiriladi. Raislik qiluvchi tarjimonga ushbu Kodeksning 72-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarini, shuningdek javobgarligini tushuntiradi.
Raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, kimlar davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, himoyachi, jamoat himoyachisi ekanligini, kimlar jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va kimlar ularning vakillari ekanligini, kimlar sud majlisining kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon ekanligini ma’lum qiladi. Shundan keyin sudlanuvchiga va boshqa taraflarga ularning sudyani, sud tarkibini yoki sudyalardan birortasini, shuningdek taraflardan birortasini rad qilish huquqlarini tushuntiradi. Rad qilishlar ushbu Kodeksning 80-moddasida belgilangan qoidalar asosida hal qilinadi.
Raislik qiluvchi sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, oyi, kuni va joyini, yashab turgan joyi, mashg‘uloti, ma’lumoti, oilaviy ahvoli va uning shaxsiga daxldor boshqa ma’lumotlarni so‘rab, uning shaxsini aniqlaydi. So‘ngra raislik qiluvchi sudlanuvchidan ayblov xulosasining va ayblov dalolatnomasining nusxasi, shuningdek ushbu Kodeks 388-moddasining ikkinchi qismida sanab o‘tilgan protsessual hujjatlarning nusxalari unga topshirilgan-topshirilmaganligini va aynan qachon topshirilganligini so‘raydi. Bu hujjatlarning nusxalari topshirilmagan yoki sud majlisi boshlanishiga uch sutkadan kam muddat qolganda topshirilgan bo‘lsa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim.
Raislik qiluvchi sudlanuvchining shaxsini aniqlaganidan keyin unga ushbu Kodeksning 46-moddasida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlarini tushuntiradi. So‘ngra sudlanuvchidan ana shu huquqlarning har birini tushungan yoki tushunmaganligini so‘raydi. Basharti sudlanuvchi salbiy javob bersa, raislik qiluvchi uning yoshini, umumiy zakovat darajasini, ruhiy va jismoniy holatini e’tiborga olib, unga huquqlarini qaytadan tushuntiradi.
O‘n olti yoshga to‘lmagan guvohga ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan oshkora qasamyod qilish taklif qilinadi, lekin ko‘rsatuv berishdan bosh tortgani yoki bila turib yolg‘on ko‘rsatuv bergani uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilmaydi va undan tilxat olinmaydi.
Sudda so‘roq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan talablarga, shuningdek quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda olib boriladi.
Sud ko‘zdan kechirishni ushbu Kodeksning 135 — 141-moddalarida nazarda tutilgan talablarga va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda o‘tkazadi.
Sud tergovida guvohlantirishni sud ushbu Kodeksning 142 — 147-moddalarida nazarda tutilgan talablarga hamda quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda o‘tkazadi.
Sud tergovida ekspertiza ushbu Kodeksning 172 — 187-moddalarida nazarda tutilgan talablarga va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda tayinlanadi va o‘tkaziladi.
Sud tergovida tanib olish uchun ko‘rsatish, eksperiment o‘tkazish va ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish ushbu Kodeksning 125 — 131,
153 — 156,
188 — 197-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi. Taraflar shu sud harakatlari munosabati bilan iltimoslar qilishga va o‘z mulohazalarini bildirishga haqlidirlar.
Muzokara tamom bo‘lganidan keyin taraflar ushbu Kodeks 457-moddasining birinchi qismidagi 1 — 6-bandlarda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan chiqariladigan qarorning o‘zlari taklif etadigan mazmunini sudga yozma ravishda taqdim etishlari mumkin. Davlat ayblovchisi va himoyachi uchun qarorning bunday mazmunini sudga taqdim etish majburiydir.
8) sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 34-moddasiga muvofiq o‘ta xavfli retsidivist deb topish lozimmi;
Ushbu moddaning 15-bandida nazarda tutilgan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ekspertning tegishli xulosasi mavjud bo‘lgandagina qo‘llanilishi mumkin.
Sud muhokamasi jarayonida ushbu Kodeks 533-moddasining birinchi qismi 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan holatlardan birortasi aniqlanib qolsa, sud hukmning ijrosini qonunda belgilangan tartibda kechiktirish masalasini muhokama qilishi shart.
Ish sud tarkibi tomonidan ko‘rilayotgan bo‘lsa, hukm chiqarish oldidan raislik qiluvchi boshchiligida sudyalarning maslahatlashuvi o‘tkazilib, raislik qiluvchi sud hal qilishi lozim bo‘lgan savollarni ushbu Kodeksning 457-moddasida ko‘rsatilgan izchillikda qo‘yadi. Har bir savol shunday shaklda qo‘yilishi kerakki, toki bu savolga ma’qullovchi, yoki rad etuvchi javob qaytariladigan bo‘lsin. Javob qaytarganidan so‘ng sudya javobning sabab-asoslarini ifodalashi mumkin.
Ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida ko‘rsatilgan masalalarni alohida xonada (maslahatxonada) muhokama qilish vaqtida sud ish uchun ahamiyati bo‘lgan biror holat qo‘shimcha ravishda aniqlanishi kerak deb topsa, hukm chiqarmay, sud tergovini yana davom ettirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Sud tergovi tamom bo‘lganidan keyin sud yana taraflarning muzokarasini boshlaydi va sudlanuvchining oxirgi so‘zini eshitadi.
2) shaxsning hukm chiqquniga qadar qamoqda yoki uy qamog‘ida bo‘lgan vaqti Jinoyat kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan ushlab turishni, qamoqqa olishni yoki uy qamog‘ini hisobga olish qoidalarini nazarda tutib, sud tomonidan tayinlangan jazo chorasiga teng yoxud bu choradan ortiq bo‘lsa;
6) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 71-moddasiga muvofiq shaxsni o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi tufayli jazodan ozod qilish uchun asoslar mavjud bo‘lsa.
Ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida nazarda tutilgan masalalar hal etilganidan so‘ng sud hukmni tuzishga kirishadi. Sudda ish qaysi tilda ko‘rilgan bo‘lsa,hukm shu tilda, aniq va tushunarli iboralarda bayon qilinadi va kirish, tavsif hamda qaror qismlaridan iborat bo‘ladi.
4) sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblov Jinoyat kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilganligi ko‘rsatiladi.
Sud, shuningdek Jinoyat kodeksi moddasining jazo qismida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jazo choralari ham nazarda tutilgan bo‘lsa, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo nimaga asoslanib tayinlaganini; ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinganga koloniyada saqlash tartibining muayyan turini belgilashni yoki ozodlikdan mahrum etish jazosini turmada o‘tashni tayinlashni; sudlanuvchi o‘ta xavfli retsidivist deb topilganligini; shartli hukm qo‘llanilganini; Jinoyat
kodeksining moddasida xuddi shunday jinoyat uchun nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo tayinlanganligini; boshqa yengilroq jazoga o‘tilganligini; umumiy qoidalardan chekinib koloniya turi tayinlanganligini; boshqa ta’sir choralarini qo‘llab yoki qo‘llamasdan sudlanuvchi jazodan ozod etilganligini asoslab berishi shart.
3) Jinoyat kodeksining sudlanuvchining aybli deb e’tirof etilishiga asos bo‘lgan moddasi (moddaning qismi, bandi), shuningdek sudlanuvchining o‘ta xavfli retsidivist deb topilganligi, basharti sud shunday qaror qabul qilgan bo‘lsa;
4) sudlanuvchi aybli deb topilgan har bir jinoyati uchun tayinlangan jazo turi va me’yori; Jinoyat kodeksining moddalariga muvofiq uzil-kesil tayinlangan va o‘talishi lozim bo‘lgan jazo chorasi; ozodlikdan mahrum etilgan shaxsning jazo muddatini o‘tashi lozim bo‘lgan tegishli tartibli koloniya turi;
9) ushbu Kodeksning 533-moddasida nazarda tutilgan asoslar aniqlangan hollarda hukmning ijrosini kechiktirish to‘g‘risidagi qaror ko‘rsatiladi.
Basharti sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan ayblov qo‘yilgan bo‘lsa, hukmning qaror qismida sudlanuvchi qaysi moddalar bo‘yicha oqlanganligi va qaysi moddalar bo‘yicha hukm qilinganligi ko‘rsatilishi lozim.
Ushbu Kodeksning 50-moddasida ko‘rsatilgan tartibda tayinlangan advokat ishda himoyachi bo‘lib qatnashgan hollarda sud advokatlar byurosi, hay’ati yoki firmasi rahbarining iltimosnomasi bo‘lgan taqdirda ajrim chiqarib, unda advokatlar byurosi, hay’ati yoki firmasi foydasiga mahkumdan haq undirish va bu haqning miqdori to‘g‘risidagi masalani hal qiladi.
Ushbu Kodeksning 298 va
300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning e’tiborini surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga jalb qilish zarur bo‘lganda sud hukm chiqarish bilan bir vaqtda xususiy ajrim ham chiqaradi.
Hukm chiqargan sud apellatsiya shikoyati, protesti berilganligi to‘g‘risida mahkumni, oqlangan shaxsni, ularning himoyachilarini, qonuniy vakilini, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy da’vogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini agar shikoyat, protest ularning manfaatlariga daxldor bo‘lsa, xabardor qiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning ko‘chirma nusxalari yoxud hukm chiqargan sudning internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga shikoyat, protest yuzasidan o‘z e’tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi ularni taqdim etish muddati ko‘rsatilgan holda tushuntiriladi. Shikoyat, protest ustidan kelib tushgan e’tirozlar ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Hukm ustidan shikoyat berish va protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagach, hukm chiqargan sud ushbu Kodeksning 4976-moddasida nazarda tutilgan talablarni bajarib, ishni shikoyatlar, protestlar hamda ular yuzasidan bildirilgan e’tirozlar, shuningdek taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar bilan birga o‘n kundan kechiktirmay apellatsiya instansiyasi sudiga yuboradi.
Agar apellatsiya shikoyatining, protestining mazmuni mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan talablarga javob bermasa va bu kelgusida ishni mazmunan ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilsa, sudya apellatsiya shikoyatini, protestini uni bergan shaxsga qaytarish to‘g‘risida apellatsiya shikoyatini yoki protestini qayta tuzish uchun muddatni belgilagan holda uch kunlik muddatda ajrim chiqaradi.
3) ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishini yopiq sud majlisida ko‘rish to‘g‘risidagi;
Agar jinoyat ishini o‘rganish chog‘ida birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu Kodeks 4976-moddasi ikkinchi qismining talablari bajarilmaganligi aniqlansa, sudya apellatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rib chiqishga monelik qiluvchi holatlarni bartaraf etish uchun jinoyat ishini shu sudga qaytaradi.
Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida o‘tkaziladi, bunda shikoyat, protest bergan shaxs birinchi bo‘lib so‘zga chiqadi.
1) ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida ko‘rsatilgan holatlar yetarlicha to‘liq aniqlanmagan bo‘lsa;
6) ushbu Kodeksning 416 yoki
417-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniqlanganda, ayblov hukmini bekor qilish haqida va ishni birinchi instansiya sudiga yuborish to‘g‘risida;
Ushbu modda birinchi qismining 1,
5 — 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda apellatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi.
Ushbu modda birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya hukmini chiqaradi.
Agar jinoyat ishini apellatsiya tartibida ko‘rish chog‘ida ushbu Kodeksning 416,
417-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniqlansa, sud prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining yoki mahkumning, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga ko‘ra, sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa shaxsni ish bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida ajrim chiqaradi.
Sudning ajrimi ushbu Kodeksning 416,
417-moddalarida belgilangan muddatda bajarilmagan yoki prokurorning ayblovga qo‘shimcha kiritish yoxud yangi shaxsni ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun jalb etish mumkin emasligi to‘g‘risidagi xulosasi kelib tushgan taqdirda, apellatsiya instansiyasi sudi sud muhokamasini jinoyat ishida mavjud bo‘lgan dalillar asosida davom ettiradi.
Apellatsiya instansiyasi sudining hukmi ushbu Kodeksning 454 — 477-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladi.
Apellatsiya instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 298 va
300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan hollarda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning e’tiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga qaratish zarur bo‘lgan taqdirda xususiy ajrim chiqaradi.
Apellatsiya instansiyasi sudida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq bayonnoma yuritadi. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan mulohazalar berilishi mumkin bo‘lib, ular ushbu Kodeksning
427-moddasida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ushbu Kodeksning 4972-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda apellatsiya tartibida xususiy shikoyat, protest berishga haqli.
Ba’zi mahkumlarga daxli bo‘lgan, belgilangan muddatda yuborilgan apellatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga ko‘ra apellatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi ko‘rib bo‘linganidan keyin kelib tushsa yoki o‘tkazib yuborilgan muddat ushbu Kodeksning 4975-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan tiklansa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessning boshqa ishtirokchisi bergan apellatsiya shikoyati yoxud apellatsiya protesti bo‘yicha ko‘rib chiqilganidan so‘ng kelib tushgan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni ko‘rib chiqishi va u bo‘yicha ajrim chiqarishi shart.
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorlari ushbu Kodeksning 49719-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning o‘rinbosarlari protestiga ko‘ra takroran kassatsiya tartibida qayta ko‘rilishi mumkin.
Shikoyat, protest bergan shaxs ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin umumiy tartibda yangitdan murojaat qilishga haqli.
shikoyatni, protestni ushbu Kodeksning 502-moddasiga muvofiq qaytarishga doir asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi;
ushbu Kodeksning 522-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun kiritishni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Ushbu moddaning birinchi va
ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan qaror qabul qilinganligi to‘g‘risida kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaxsga uch kunlik muddat ichida xabar qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning ko‘chirma nusxasi yuboriladi yoxud ularning elektron nusxalari bilan kassatsiya instansiyasi sudining internet-resursi orqali tanishish mumkinligi to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga shikoyatga (protestga) doir o‘z e’tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida, e’tirozlar taqdim etilgan muddatni ko‘rsatgan holda berishga bo‘lgan huquqi tushuntiriladi. Shikoyat (protest) ustidan kelib tushgan e’tirozlar ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Ish o‘ta murakkab bo‘lganda va boshqa alohida hollarda, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi bilan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
3) ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan hollarda, jinoyat ishini yopiq sud majlisida ko‘rish to‘g‘risidagi;
Qabul qilingan qaror to‘g‘risida ushbu Kodeks 499-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga, shuningdek prokurorga uch sutka ichida xabar qilinadi.
ushbu Kodeksning 51 va
52-moddalarida ko‘rsatilgan hollarda, himoyachi.
Sud muhokamasining borishi va mazmuni haqida sud majlisining bayonnomasi tuziladi. Bayonnoma ushbu Kodeksning 426-moddasida ko‘rsatilgan muddatda tayyorlanishi kerak. Bayonnoma bilan sud majlisining barcha ishtirokchilari tanishishga va zarurat bo‘lganda ushbu Kodeksning
427-moddasida nazarda tutilgan tartibda unga doir o‘z mulohazalarini bildirishga haqlidir.
1) ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — soxta dalillar taqdim etganlikda, bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlikda yoki ish bo‘yicha tergov yuritishda yoxud ishni sudda ko‘rishda jinoiy suiiste’mol sodir etganlikda aybli shaxslarga nisbatan chiqarilgan hukm qonuniy kuchga kirgan kun;
2) ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash to‘g‘risida sudga prokuror tomonidan protest yoki ushbu Kodeks 524-moddasining
birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan iltimosnoma kiritilgan kun.
Agar sudga kelib tushgan iltimosnomada, protestda ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan holatlarni ko‘rsatuvchi ma’lumotlarga havola mavjud bo‘lsa, sudya surishtiruv, tergov organlaridan va suddan tegishli protsessual hujjatlarni talab qilib oladi hamda asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash to‘g‘risidagi yoki bunday asoslar mavjud emasligi haqidagi masalani o‘z ajrimi bilan kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Agar sudga kelib tushgan iltimosnomada ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 4-bandida ko‘rsatilgan holatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, sud materiallarni tergov o‘tkazish uchun prokurorga yuborish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Yangi ochilgan holatlar tergov qilinayotganda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda so‘roq, ko‘zdan kechirish, ekspertiza, olib qo‘yish va boshqa tergov harakatlari o‘tkazilishi mumkin. Tergov natijalari bo‘yicha prokuror uch oylik muddatda sudga yangi ochilgan holatlar tufayli sud hukmi, ajrimini qayta ko‘rish uchun asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida tegishli materiallarni ilova qilgan holda xulosa yuboradi.
Agar prokurorga kelib tushgan arizada yoki xabarda ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan holatlar mavjudligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, ularni tekshirish yoki tergov qilish natijalari bo‘yicha ish yuritishni yangi ochilgan holatlar tufayli qaytadan boshlash uchun asoslar aniqlanganda prokuror kassatsiya instansiyasi sudiga tegishli protest kiritadi.
Protest ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishi materiallari va boshqa ish bo‘yicha hukmning ko‘chirma nusxasi, shu modda uchinchi qismining
4-bandida nazarda tutilgan hollarda esa tergov materiallari ilova qilingan holda sudga yuboriladi.
Jinoyat kodeksining 73 va
74-moddalarida nazarda tutilgan hollarda jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining taqdimnomasiga yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan qo‘llaniladi.
Jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish Jinoyat kodeksining 44,
451,
46,
481,
82,
821,
83 va
841-moddalariga muvofiq sudya tomonidan jazoni ijro etuvchi organlarning taqdimnomasiga ko‘ra yoki jamoat birlashmasining yoxud mehnat jamoasining iltimosnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Birinchi va ikkinchi guruh nogironi bo‘lib qolgan shaxslarni ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risidagi, hukm ijrosini kechiktirish to‘g‘risidagi, hukmni ijro qilmaslik to‘g‘risidagi, jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risidagi, axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni umumiy mehnat stajiga qo‘shish to‘g‘risidagi, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilayotgan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini o‘zgartirish, uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan shaxslarga nisbatan majburiy davolash choralarini qo‘llash, uzaytirish yoki to‘xtatish to‘g‘risidagi fuqaroviy da’vo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi bo‘yicha masalalarni, shuningdek hukmni ijro etishda yuz beradigan har qanday shubha va noaniqliklarni hukmni chiqargan sud hal qiladi. Basharti hukm uni chiqargan sud faoliyat ko‘rsatayotgan hududdan tashqarida ijro etilayotgan bo‘lsa, bu masalalar teng darajadagi sud tomonidan hal etiladi, hukm ijro etilayotgan hududda teng darajadagi sud bo‘lmasa, yuqori sud tomonidan hal etiladi. Bunday hollarda ajrimning nusxasi hukm chiqargan sudga jo‘natiladi. Mahkumni kasalligi, nogironligi sababli jazoni o‘tashdan ozod etish to‘g‘risidagi, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish to‘g‘risidagi, jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish to‘g‘risidagi, jazoning shartliligini bekor qilish to‘g‘risidagi, bir jazoni o‘tash koloniyasidan boshqa tartibli koloniyaga o‘tkazish to‘g‘risidagi, tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga, jazoni ijro etish koloniyasidan turmaga va turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi, maxsus tartibli jazoni o‘tash koloniyasidan qattiq tartibli jazoni o‘tash koloniyasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi, axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning mehnat stajiga qo‘shish, shuningdek mahkumlarga nisbatan amnistiya aktini qo‘llash to‘g‘risidagi masalalar mahkum jazoni o‘tab turgan joydagi tuman (shahar) sudining ajrimi bilan hal etiladi. Ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda voyaga yetmagan ayblanuvchiga ushbu Kodeksning
237-moddasida nazarda tutilgan ehtiyot choralaridan birini qo‘llash mumkin. Voyaga yetmagan shaxs ota-onasining, homiylar, vasiylarning qaroviga yoki, basharti u bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan bo‘lsa, shu muassasa rahbarlarining qaroviga ham berilishi mumkin.
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish yoki uy qamog‘i voyaga yetmagan shaxsga nisbatan faqat ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘lganda va unga besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanishi mumkin bo‘lgan qasddan jinoyat sodir etganlikda ayb e’lon qilingan hamda ayblanuvchining munosib xulq-atvorda bo‘lishini boshqa ehtiyot choralari ta’minlay olmaydigan taqdirda qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu Kodeks 19-moddasining birinchi va
ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmaganlarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ish yopiq sud majlisida ko‘riladi.
Voyaga yetmagan sudlanuvchiga nisbatan hukm chiqarishda sud, ushbu Kodeksning 457-moddasida ko‘rsatilgan masalalardan tashqari, basharti voyaga yetmagan shaxs shartli hukm qilinsa, unga ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlansa, voyaga yetmagan shaxsga jamoat tarbiyachisi tayinlash zarurligini muhokama qilishga majbur.
Voyaga yetmagan shaxsni Jinoyat kodeksi 87-moddasining birinchi qismiga muvofiq javobgarlikdan ozod qilib, materiallarni voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyada ko‘rishga topshirishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ishni ko‘rishda Jinoyat kodeksi 87-moddasining ikkinchi va
uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda sud voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov chorasini qo‘llanish to‘g‘risidagi masalani muhokama etishi shart. Sud majburlov chorasini qo‘llanish yoki qo‘llanmaslik to‘g‘risida asoslantirilgan ajrim chiqaradi.
Surishtiruvchi, tergovchi qarorning tavsif-asoslash qismida ushbu Kodeksning 566-moddasida nazarda tutilgan holatlarni, shuningdek ishni sudga yuborish asoslariga norozi bo‘lgan himoyachining va boshqa shaxslarning vajlarini, agar shunday vajlar bildirilgan bo‘lsa, bayon qiladi va ish sahifalariga havola qilib, uning fikricha, ishni sudga yuborish uchun asoslar borligini tasdiqlovchi dalillar keltiradi.
1) ushbu Kodeksning 83 va
84-moddalarida, (84-moddaning birinchi qismi
2-bandi bundan mustasno) nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra ishni tugatish;
Sud muhokamasi ushbu Kodeksning 50 — 52-boblarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq ravishda o‘tkaziladi.
Sud ajrimning kirish qismida sud ishining raqamini, ishi ko‘rilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, oyi, kuni va joyi, turar joyi, ish joyi, mashg‘ulot turi, ma’lumotini va shaxsi to‘g‘risidagi ish uchun ahamiyatga molik boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda sudya ishni sudda ko‘rishga tayinlashdan oldin tegishli tibbiy muassasadan shu shaxsning sog‘lig‘i to‘g‘risida shifokorlar komissiyasining xulosasini talab qilib oladi.
Yarashilganligi munosabati bilan Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilishi mumkin.
Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bayonnoma yuritiladi.
3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tug‘ilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashg‘uloti, ma’lumoti va ish uchun ahamiyatga molik boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 1) jinoyat ishini taraflarning yarashganligi munosabati bilan yoki ushbu Kodeksning 83 va
84-moddalarida belgilangan boshqa asoslar bo‘yicha tugatish yoxud uni umumiy qoidalar bo‘yicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni amalga oshirish uchun prokurorga yuborish to‘g‘risidagi;
1) ushbu Kodeksning 61-bobida belgilangan tartibda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun asoslar mavjud bo‘lsa;
ushbu Kodeks 5863-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni bajarmaganlik oqibatlari.
Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra bayonnoma yuritiladi.
Sud taraflarda jinoyat ishini tugatish yoxud jinoyat ishi qo‘zg‘atishni ushbu Kodeksning 83 va
84-moddalarida belgilangan boshqa asoslar bo‘yicha rad qilish uchun asoslar bor-yo‘qligini aniqlaydi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra bayonnoma yuritiladi.
3) amnistiya aktini qo‘llash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qo‘yilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tug‘ilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashg‘uloti, ma’lumoti, oilaviy ahvoli va ularning shaxsi to‘g‘risidagi, ish uchun ahamiyatli boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. prokurorning iltimosnomasini qisman qanoatlantirish va ushbu Kodeksning 83 va
84-moddalarida belgilangan boshqa asoslar bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi;
Zarur hollarda, ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan organlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan aloqa bog‘laydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni chaqirish to‘g‘risidagi so‘rov ushbu Kodeksning
592-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi. Shaxslarni chaqirishda protsessual majburlov choralarini qo‘llash tahdidi bo‘lmasligi kerak.
Chaqiruv bo‘yicha kelgan, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tguniga qadar sodir etilgan qilmishlar uchun yoki chiqarilgan hukmlar asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoxud shaxsiy erkinlikning boshqacha cheklanishlariga duchor etilishi mumkin emas. Agar chaqiruv bo‘yicha kelgan shaxs uning hozir bo‘lishi chaqirtirgan mansabdor shaxsga boshqa kerak bo‘lmay qolgan paytdan e’tiboran o‘n besh sutkalik uzluksiz muddat o‘tguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududini tark etish imkoniyatiga ega bo‘la turib, shu hududda qolishda davom etsa yoki jo‘nab ketganidan keyin O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelsa, mazkur immunitetning amal qilishi tugaydi.
Xorijiy davlat hududida qamoqda saqlanayotgan shaxs, basharti bu shaxs ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni chaqirish to‘g‘risidagi so‘rovda nazarda tutilgan protsessual harakatlar bajarilishi uchun xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha o‘tkazilgan bo‘lsa, ushbu moddada belgilangan tartibda chaqiriladi. Bunday shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘ladigan butun davrida qamoqda saqlanaveradi. Uni qamoqda saqlashga xorijiy davlat vakolatli organining tegishli qarori asos bo‘ladi. Mazkur shaxs so‘rovga berilgan javobda ko‘rsatilgan muddatlarda tegishli xorijiy davlat hududiga qaytarilishi kerak.
Prokurorning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi, uning sudya tomonidan ko‘rib chiqilishi, ajrim chiqarilishi, shuningdek sudyaning ajrimi ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish ushbu Kodeksning 241 va
243-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Shaxs qamoqqa olinganligi to‘g‘risida prokuror O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni qamoqqa olish haqida iltimosnoma yoki ushlab berish to‘g‘risida so‘rov yuborgan yoxud yuborishi mumkin bo‘lgan xorijiy davlatning vakolatli organini darhol yozma ravishda xabardor qiladi.
ushbu Kodeks 605-moddasining uchinchi qismiga muvofiq ushlab turilgan shaxsni qamoqqa olish to‘g‘risidagi iltimosnoma u ushlangan paytdan e’tiboran uch sutka ichida kelib tushmagan bo‘lsa;
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ashyolarni topshirish, agar mazkur ashyolar boshqa jinoyat ishini yuritish uchun zarur bo‘lsa, vaqtincha kechiktirib turilishi mumkin.
Uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ashyolarni topshirish xorijiy davlat vakolatli organining jinoyat ishini yuritish tamomlanishi bilan ashyolarni qaytarish to‘g‘risidagi kafolatlari mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 2-son; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda, 9-son, 241-modda; 1998-y., 5-6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda, 7-8-son, 217-modda; 2001-y., 1-2-son, 11-modda, 23-modda, 9-10-son, 165-modda, 182-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; 2007-y., 6-son, 248-modda, 249-modda; 2012-y., 38-son, 433-modda, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 2005-y., 52-son, 385-modda; 2006-y., 25-26-son, 226-modda; 2007-y., 17-18-son, 171-modda, 39-son, 401-modda, 50-51-son, 502-modda, 503-modda, 52-son, 532-modda; 2008-y., 14-15-son, 84-modda, 94-modda, 37-38-son, 363-modda, 365-modda, 39-son, 390-modda, 52-son, 509-modda, 514-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda, 15-son, 179-modda, 38-son, 415-modda, 52-son, 552-modda, 553-modda; 2010-y., 22-son, 174-modda,35-36-son, 300-modda, 37-son, 314, 315-moddalar, 39-son, 340-modda, 52-son, 509-modda; 2011-y., 16-son, 161, 162-moddalar; 2011-y., 40-son, 410-modda; 51-son, 542-modda; 2012-y., 1-son, 3-modda, 38-son, 433-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2015-y., 32-son, 425-modda; 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda, 39-son, 457-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda, 13-son, 194-modda, 24-son, 487-modda, 36-son, 943-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son; 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 2019-y., 2-son, 47-modda, 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son; 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 09.07.2019-y., 03/19/548/3395-son, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son; 06.11.2019-y., 03/19/579/3994-son; 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 07.12.2019-y., 03/19/587/4122-son; 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son, 15.05.2020-y., 03/20/617/0585-son, 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son; 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son; 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; 15.01.2021-y., 03/21/667/0035-son; 13.02.2021-y., 03/21/673/0112-son; 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son; 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son; 16.02.2022-y., 03/22/754/0134-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son; 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-son; 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son; 11.05.2023-y., 03/23/841/0270-son; 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son; 19.01.2024-y., 03/24/899/0048-son; 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son)